Adabiyotshunoslikka



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana26.02.2022
Hajmi6,97 Mb.
#465803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Adabiyotshunoslika kirish (E.Xudoyberdiyev)

Sujet qismlari
Badiiy asar sujeti b ir n e c h a tarkibiy qism lardan iborat va ular o ‘zaro 
b o g ‘liq; qism lar q atoriga ek spozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulm inatsiya va 
yech im kiradi. Ba'zi asarlarda sujetning prolog (m uqaddim a) va epilog (xotima) 
k a b i qism lari ham b o ‘ladi. A sarning o ‘zida sujetning b arch a qism lari boMishi 
s h a r t em as. A m m o tugun va kulm inatsiya bo‘lishi zarur. X ususan, prolog va 
e p ilo g kam uchraydi. Lirik asa rla rd a esa sujet qism larini b irm a-b ir qidirib,


topish ancha qiyin. Ulardagi sujet qismlari haqida gapirganda, fíkrlar oqim ining 
boshlanishi. m antiqli tarzda davom ettirilishi, rivoji, yakunlanishi t o ‘g ‘risida 
so ‘z yuritish, kechinm a tasdiqlanishi yo inkor qilinishi m um kin. E pik va 
dramatik asarlaming barchasida. lirik-epik asarlaming ko‘pchiligida ckspo/itsiya, 
tugun, voqca rivoji, kulminatsiya, yechim mavjud b o ia d i.
Sujet qism larining h ar biri badiiy asar m azm unini o ch ish da m uay yan
vazifani bajaradi. Shunga ko‘ra ulam ing h arbirini alohida-alohida ko‘rib o ‘tish 
va aniq m ushohada qilish zarur. Sujet qism lari va qahram on xarakteri rivojini 
birga tahlil etm ay, asar m azm unini shu nchak i hikoya qílib b erish q u ru q
bayonchilikdir. C hunki sujet xarakter tarixidir.
E kspozitsiya. K o‘pchilik asarlard a yozuvchilar su jetlard ag i v o q e a la r 
boshlangunga qadar ishtirok etuvchi shaxslarning qanday yashaganliklari, o'sib, 
ulg‘ayishlari, xarak ter xususiyatlarining shakllanishi haqida hikoya qiladilar. 
Bu hikoya asa r ziddiyati boshlangandan keyin s o d irb o ia d ig a n q a h ra m o n la r 
xatti-harakatlarin i asoslash va shu y o ‘l bilan kitobxonni ularga tay yo rlash va 
ishontirish u ch u n qilingan dastlabki zaruriyatdir.
Ziddiyat yuzaga kelgunga q ad a r qiyofasini shakliantirgan sh a ro itn in g va 
unda q aro r to pgan xarakter xususiyatlarining tasviri ekspozitsiya d e b ataladi. 
Ekspozitsiya asarda ishtirok etuvchi shaxslarning badiiy his qilinayotgan ziddiyat 
davom idagi xatti-harakatlarini dalillash vazifasini o ‘taydi; h ay o tlari, o ‘sish, 
ulg‘ayishlari t o ‘g ‘risidagi m a’lu m o tla r turli o ‘rin!arda b erila d i. 0 ‘lm as 
Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” qissasida Munisxon bilan Rahim jon Saidovning 
asosiy voqealardan aw algi hayotlari, lurm ush qurishlari, x arak tcrlarid ag i 
qirralarning shakllanishi turli b o b lard a hikoya qilinadi. B unday ekspozitsiya 
kechiktirilgan ekspozitsiya deyiladi. Biroq ekspozitsiya asaming qayerida kelirmsin, 
h ar doim bir vazifani bajaradi, y a’ni kitobxonni q a h ra m o n la r b ilan , ular 
xarakteri shakllangan sharoit bilan tan ish tirad i, u la m in g keyingi x atti- 
harakatlarini dalillashga yo‘l ochadi.
Biz O ybekning “ Qutlug4 q o n ” ro m an i ekspozitsiyasidan YoM chining 
qishloqda o g ‘ir hayot kechiiganini, on asi o ‘lgach, qarzga b o tg a n in i, yerni 
sotishga m ajbur boMganini va ukasini tashlab, Toshkentga ish qidirib kelganini 
ham da shaharda, tog‘asinikida ham qashshoqlarcha kun k o 'ray o tg an in i, turli 
toifadagi kishilar bilan tanishganini bilib olam iz. Bularning ham m asi bizning 
keyinchalik YoMchi qalbida og‘ir hayotga, qashshoqlikka va kishilam i shunday 
turm ushga m ahkum etgan sharoitga nisbatan norozilik tuy g'usi uyg‘onishiga, 
ongining o ‘sishiga, milliy ozodlik harakatining q ah ram o n ig a aylanishiga 
ishonishim iz uchun imkon beradi.
Dramatik asarlarda ekspozitsiya m a’lumotlari ko‘pincha ayrim ishtirok etuvchi 
shaxslarning axboroti yo hikoyasida beriladi. Izzat Sultonning “ Im on” dramasida 
YoMdosh va Sanjarovlaming asardagi asosiy voqealardan, ziddiyat boshlanishidan 
avvalgi, ya’ni um sh yillaridagi yashash tarzlari, xatti-harakatlari, xulq-atvorlari


p ro fesso r Komilovning hikoyasi orqali m a’lum qilinadi. Ayrim pyesalarda esa 
ekspozitsiya m a ’lum otlari vo sitalar tarzida, ya’ni aks etlirilayotgan ziddiyat 
so d ir b o ‘lgan vaziyatning o ‘zi orq ali yuzberadi. S arvar A zim ovning “Q onli 
s a r o b ” dram asidagi vaziyatdan, qahram onlarning o 'z a ro m unosabatlaridan, 
t o ‘qnashuvlaridan ularning b ir vaqtlar o ‘z m am lakatini tashlab ketganligini, 
ch e t elda turli ishlar qilganliklarini, doim o Vatan xayoli bilan yashaganliklarini 
va tu rli voqealam i boshlaridan kcchirganliklarini bilib olam iz.
K o‘ram izki, ekspozitsiya a sa r m azm unini to ‘liq o ch ish da va kitobxonni 
unga ishontirishda muhim ahamiyatga ega.
T ugun va voqea rivoji. A sardagi voqealar rivojini boshlovchi ziddiyatlar- 
n in g p ay d o b o lish in i ko‘rsatuvchi o ‘rinlar tugun deb ataladi. T ugun yuzaga 
kelgan ziddiyatni ochib berish yo‘lib ila n kitobxonning asar mavzusini to ‘g‘ri 
tushunishiga imkon tug‘diradi.
N avoiyning «Layli va M ajn u n » dostoni tuguniga Q aysning Laylini sevib 
qolishi, Laylining otasi sovchilaiga rad javobi berishi kiradi. Tugun Qaysning 
m u staq il fikrlovchi, ch in o sh iq , erkinlikni sevishini, o ‘z biqiq m uhitidan 
n o ro z i kishiligini k o'rsatadi. T u g u n Laylining otasining «jinni» (M ajnun)ga 
o ‘z qizini yerishdan o r qilishi bilan b o g liq boMgan badiiy kontliktga ham
tutashadi.
Asarda voqea rivoji ham katta ahamiyatga ega. U asartugunidan boshlanadi. 
V oqea rivojida kishilar orasidagi m unosabat va ziddiyatlar yuzaga chiqadi; insoniy 
x a ra k te rla rn in g tu rli-tu m a n qirralari ayon b o ‘ladi, shaxslarning shakllanishi 
va ulg ‘ayish tarixi aks etadi.
A gar tu gun kitobxonning asard a ko‘rsatilgan m uam m oni tushunishiga yo‘l 
o c h sa , voqea rivoji ju m b o q n in g hal etilishi yo‘llari haqida ham m ulohaza 
tu g ‘d irad i. “ Q u tlu g 4 qon” ro m an id a g i voqealar rivoji davom ida YoMchining 
m a ’n av iy boyishi, zulm ga q arsh i kurashish zarurligini anglay borishi, zolim
boylarga qarshi faol harakatga kirishishi, nihoyat, ozodlikka chiqish mumkinligi 
yoMlarini tushuna boshlashi ayon b o ia d i. Shu voqealar rivoji yordamida kitobxon 
o n g ig a ro m an mavzusi, ya’n i insofsiz va diyonatsiz boylar bilan m ehnatkash 
xalq orasidagi m unosabatlar m uam m osi kurash orqali hal b o iis h i to ‘g ‘risidagi 
fikr singdiriladi.
K uim inatsiya va yechim . V o q e a la r rivojidagi eng keskin, hayajonli jihat 
kulm inatsiya (cho‘qqi) deb ataladi. Kuiminatsiya asarda ko‘tarilgan muam m oni 
n ih o y a td a o 'tk irlash tirib , k u ch a y tirib , t a ’sirchanligini oshirib borishi bilan 
m azm u n d o rd ir.
“Q utlug4 q o n ” rom anida Y o‘lchi singan ezilgan m ehnatkashlam ing kolonial 
zu lm g a va uning malayiga aylangan b a ’zi mahalliy hukm dorlar zo ‘ravonligiga 
q arsh i q o ‘zg‘olon ko‘tarishi asa m in g kulminatsiyasidir. U q o ‘yilgan masalani 
ch u q u rro q , to ‘liqroq, yorqinroq his etishimizga, atroflicha tushunishim izga va 
eslab qolishim izga yordam beradi.


Kulminatsiya faqat epik, lirik-epik va dram atik asarlardagina em as, balki 
lirik she'rlarda ham m avjud. Ehtiros bilan yozilgan h ar bir sh e’rdagi fikr 
oqim ining yuqori nuqtasi kulminatsiyadir.
Kulm inatsiya keng k o ’Iamli, yiriksujetii asarlard a faqat bir o ‘rin dag in a 
em as, balki h a r b ir s u je t chizig‘ida bo‘lishi m um kin. Biroq ularning barchasi 
asam ingum um sujet oqimíga bo‘ysundirilgan b o ia d i. Oybekning “ U lug‘ y o l ” 
rom anida um um kulm inatsion nuqtadan tashqari U m arali, Z u m rad , U n sin
xarakterlariga tegishli b o lg a n alohida k ulm inatsion n u qtalar ham bor. U la r 
asam ing har jo y -h ar joyida muayyan bir keskin hoiatlarni vujudga keltiradi va 
shu yo‘l bilan hayotning haqqoniy aks ettirilishiga dastak b o ‘ladi.
Kulminatsiya yozuvchi uslubiga ko‘ra asam ing oxirida, o ‘rtasida va h a tto
boshida ham kelishi m umkin.
«Layli va M ajnun» dostonida kulm inatsiya asar ichida (o ‘rtasid a)d ir, u 
t o r t qaltis voqeani o ‘z ichiga oladi: a) ota-o n asi Q aysni Ka’baga olib b o rad i, 
uni tavba qildirm oqchi boMadi, am m o Q ays x u d o d an ishqni k uchaytirishni 
so'raydi; b) Navfal M ajnunga ko‘m aklashish u c h u n Laylining otasiga q arsh i 
urush ochadi va bunda nstuniikka erishadi. Otasi Laylini o ldirm oq chi b o ‘ladi, 
buni bilgan M ajnun urushni to ‘xtatadi va Laylini o iim d a n saqlab q oladi; v) 
Layli Ibn Salomga pinhona unashtiriladi, Layli eshitib, noroziligini bildiradi. 
Ibn Salom to ‘yda ko‘p ichib, yiqilib qoladi, Layli t o ‘y kuni tunda sa h ro g a 
borib, M ajnun bilan uchrashib, unga vosil boMadi (iffat saqlangan h o ld a).
O lm a s Umarbekovning “Yoz y o m g iri” qissasi xuddi shunday kulm inatsion 
cho‘qqidan, ya’ni M unisxonning oMdirilishidan boshlanadi. Keyin esa m u a llif 
shu voqeaning tafsilotlarini, q and ay so d ir boM ganligini, sab ab larin i va 
m ohiyatini oshkor etadi. Bu uslub yozuvchidan katta m ahorat talab q ilad i. 
Chunki dastlabki sahifalarda boshlangan dram atik holat asar oxirigacha d av o m
qiiishi kerak.
Kulm inatsiya asam ing eng keskin, h ay ajonli o 'rn i b o ig an lig i sab a b li 
kitobxonni ziddiyat qanday barham top ish i, yakunlanishi haqida o ‘y lash ga 
majbur qiladi. Tasvirlanayotgan voqea sirlarining qanday ochilishini ko‘rsatuvchi 
yoki kitobxonga uning hal etilish yo'llari haqida tushuncha beruvchi o ‘rin a s a r 
yechimi deb ataladi. “Qutlug' qon”da qo‘zg‘olonning bostirilishi va Yo‘lchining 
o ‘limi rom an yechim idir.
Anglashiladiki, ziddiyatlar asar tu g u n id a yuzaga kelib, voqealar riv o jid a 
keng k o lam d a ayon b o ‘la boradi, kulminatsiyada nihoyatda yuksak o ‘tkirlik va 
keskinlikka erishadi ham da yechimda hal boMadi.
Proles va epilog. Asosiysujet rivojidan aw al beriJadigan o ‘ziga xos m uqaddim a 
prolog
deb ataladi. Prolog sujet rivojidan oldin kelib, asardagi voqealam ing en g
dastlabki sabablarini ochishga dastyorlik qiladi. Bu sabablar keyingi h o la tla r va 
harakatlar mohiyatini aniq-ravshan qiladi. S a rv a r Azimovning “Qonli s a r o b ” 
dram asining prologida asosiy q ah ram o n lard an M avlono Fig‘oniy, S h ayx


Abdulfotih, Yurtolbek, Saidxonlar birin-ketin sahnada paydo bo'lib, uzoq yillar 
aw al o ‘zlarining vatanlaridan ketib, chet elga kclib qolganlari, sarson-sargardon 
bo'lganlari, ikkinchi jahon urushi davridagi kechmishlari va kelajakka oid rejalari 
haqida so‘zlaydilar. Bu so‘zlar ulaming keyingi xatli-harakatlari, qismatlari qanday 
sabablaiga ko‘ra shunday bo'lganligini tushunishga yordam bcradi.
O datda, prolog asarning eng boshida bo‘ladi. Lekin b a ’zan vozuvchilar uni 
asarning boshqa qism lariga, h atto oxiriga k o x h irib ham qo'yadilar. Bunday 
holni Gogolning “ Q o ‘rqinchli qasos” deb atalgan ertak-qissasida uchratam iz. 
A sarni xotim alovchi q o ‘shig‘ida uzoq yillar a w a l Ivan va Petro ishtirokida 
fojiali voqealar so d ir b o ‘lganligi, Ivanning halokati va “q o ‘rqinchli qasosi” 
haqida hikoya qilinadi. X uddi shu og‘ir voqealar qissada Danila va K aterina 
oilasida yuzbergan barcha baxtsizliklarning va Petro qarindoshlaridan boMmish 
Jo d u g a r qilgan h a m m a jin o y atla rn in g dastlabki sabablaridir. Shunga k o kra 
bandurachi qo ‘shig‘i asa r oxirida berilgan boMsa-da, “Q o ‘rqinchli qasos” ning 
prologi hisoblanadi.
Yozuvchi a sa r y e c h im id a p ersonajlarning keyingi taq diri y etarlicha 
ochilm agan deb hisoblagan paytlarda epilogdan foydalanadi. Bundan tashqari, 
epilogda san ’atk o r asa rd a tasvirlangan voqea va xarakterlarga nisbatan o ‘z 
m unosabatini, u la r u stid an chiqaradigan hukm ini an iq ro q ifodalashga ham
h arak at qiladi. A sarda tasvirlangan voqealar va x arak terlar rivojidan kelib 
chiqadigan eng so ‘nggi natijalarni aks ettiruvchi jihat epilog deb ataladi.
Yozuvchi Abdulla Q ahhom ing “Sinchalak” povesti xotimasida, ya’ni epilogda 
qahram o n larn in g asardagi asosiy voqealardan b ir n ech a yil o ‘tganda keyingi 
hayoti va ulam ing o ‘zaro munosabatlari, to ‘qnashuvlari qanday yakunlanganligi 
haqida ma'lumot beriladi. Xususan, Qalandarovning kishilaiga munosabati ancha 
yaxshilanganligi, S aid an in g K ozim bek bilan tu n n u s h qurib, sovxozga ishga 
o ‘tganligi hamda Tojixonning Hamidulladan ajrashganligi aytiladi. Epilog oxirida 
yozuvchi: “T aqdirini o ‘z q o ‘liga oigan odam larning kelajagi, albatta, yorqin 
b o kladi, hali bu n e ’m atg a erishm aganlarning kurash yo‘lini y o ritad i” deb 
o ‘zining qahram onlariga b o ‘lgan munosabatini, ulam ing hayot taqdiri haqidagi 
xulosalarini aniq -ravshan ifodalaydi.
A sarlard a v o q e a la rn in g e ste tik y ak u n lan g a n lig id an ko ‘ra, u la m in g
hayotiyligi m u h im ro q b o ‘lib qoladi. Bu m asala asar sujeti uchun m uhim dir. 
B undan tashqari, badiiy sujetni aniqlashda asarning bosh qahram oni faoliyatiga 
ta y a n ish lozim , c h u n k i a sa r niazm u n id an kelib ch iq adigan g 'o y a shu bosh 
qah ram o n orqali ifoda qilinadi. “ S an ’atkom ing erkinligi ko‘zlangan g ‘oyaviy- 
b ad iiy vazifalarni y e c h ish n in g eng maqbul su jet-k o m p o zitsio n yechim ini 
to p ish , asarn ing ich ki q u rilish in i uyushtirishga individual yondashish bilan 
b o g ‘liq d ir” . Y ozuvchi a s a r sujetini sh akllantirishd a faqat nazariy fikrlarga 
su y an ish bilan k ifo y alan ib qolm aydi. E ndilikda sujet q urishn in g o ‘zi q a t’iy


q o id alar bilan cheklanm aydi. U tasvirianayotgan v o q e a la r dinam ikasi
s a n ’atk o rn in g u lar m ag‘zini chaqishi bilan b elg ilan ad i. S ujet qism larining 
o ld in d an tayinlangan b ir o ‘rinda kelishi ham m a a s a rla r u c h u n shart em as. 
Ekspozitsiya tu g tin d an avvalgina em as, balki keyin h a m keladi (A bdulla 
Q ahhorning “Q o 'sh c h n o r chiroqlari” rom anida sh unday ). Ekspozitsiya asar 
ichiga sochib yuborilishi ham m um kin. Tuguni ham , yechim i ham b o ‘lm agan 
asar m azm unsiz safsatadan boshqa narsa emas.
Adabiyot ilm ining ko‘rsatishicha, sujetning besh xil k o ‘rinishi mavjud:
1. Xronikal sujet. Bunday sujetda voqea tarixiy va m antiqiy jihatdan birin- 
ketin, izchil ko‘rsatiladi (m asalan, P arda T u rsu n n in g “ 0 ‘qituvchi” rom ani 
sujeti shunday).
2. Konsentrik sujet. Bu xil sujetda voqealar sabab-oqibat tarzida, bir markaz^a 
jalb etilgan holda bayon etiladi.
3. Retrospektiv sujet. Voqea rivoji to 'x tatilib , tarix ga m urojaat qilinadi, 
ya’ni ortga qaytiladi (A bdulla Q odiriyning “0 ‘tgan k u n la r” rom ani shunday 
sujetga ega).
4. Assotsiativ sujet. Bunisi obyektiv tasvir bilan birga subyektiv his-tuyg‘ular, 
xotiralar, tasaw urlar ham aks ettiriladigan, psixologizm ga tayangan sujetdir, 
iehki kechinm alar, o ‘y va ehtiroslar ham sujetda o ‘rin olad i (O ybekning 
“ Q utlug‘ q o n ” roinani shunday sujet bilan tanilgan).
5. Sintetik sujet. Q orishiq tarzli sujet xilm a-xil tasv ir usullariga suyanadi, 
tahlil realistik boMadi, hayot turli y o ila r bilan t o i a k o ‘rsatiladi, voqea tasviri 
determ iniv (sababli bog‘lanish tarzida) ko‘rinadi (O ybekning “ Bolalik” asari 
sujeti shunaqa).
Sujet badiiy asar qah ram o n i tarixidir, shu sab ab li u bosh qah ram o n
obraziga asoslanadi. Buyuk Navoiyning “ Farhod va Shirin” dostoni1 54 bobdan 
iborat, oldingi 11 va oxirgi 2 bob sujetga kirm aydi, u lar m uqaddim a va epilog 
o ‘rnidadir. Asarda avtor obrazi (rivoyati) va h a r b o b oxirida lirik chekinish 
h am asar boshidan oxirigacha davom etuvchi epik voqea m avjud, dem ak, bu 
doston lirik-epikdir, sujeti ham shunday sujet ekspozitsiya (tanishuv), tugun, 
voqea rivoji, kulminatsiya (cho‘qqi), yechim kabi qism lardan iboratligi m a’lum.
Ekspozitsiya 12, 13-boblami o ‘z ichiga oladi. U bizni C hin (Xitoy) xoqoni, 
uning o ‘g‘li Farhod va F arhodning muallimi donishm and bilan uchrashtiradi. 
Ekspozitsiya Farhodni iste’dodli bola sifatida ko‘rsatadi. U ning o'qishi haqida 
shunday deyilgan:
Agar bir qatla ko‘rdi h ar saboqni,
Yana ochm oq yo‘q erdi ul varaqni (70-bet).
1 ( A lis h e r N a v o iy . M u k a m m a l a s a r l a r t o 'p l a m i . Y ig irm a t o m l i k , s a k k i z i n c h i to m . X a m s a . 
F a r h o d v a S h irin . T.: “ F a n ” , 1 9 9 1 )


Tugun 14-32-boblardagi voqealardasodirbo‘ladi. Ekspozitsiyadan keyinroq, 
hali yosh bola b o ‘lgan F arhodda g‘oyibdan sevgi paydo b o ‘ladi va Farhodni 
“Z a ’faron q ila m a n ” deydi, bu ham hali tu gun em as, balki tugunning paydo 
bo'la boshlashi edi, ch unki hali F arh o d kimni sevadi, uni ko‘rganm¡, seviküsi 
ham Farhodni sevadim i degan savollaigajavob yo‘q edi. D ostonda oliy tuyg‘u 
ehtiro si-h ijro n g ‘am i va aldang an sevgi m avzusidir. U n d a ijtim oiy zulm , 
zo ‘ravonlik, so x ta m u habbat bilan m ajoziy (dunyoviy) ishqi haqiqiy (ilohiy) 
ishqqa aylangan kuchli hayajonlaro‘rtasidagi ziddiyat konfliktni yuzaga keltirndi 
va bu konflikt doston sujetiga dastak bo ‘lib qoladi.
G 'a m g in lik — F arh o d n in g m uhim belgisi. X oqon o ‘g‘lini b u n d an xalos 
etish uchun to ‘rt q a sr qurdiradi. F arh o d qurilishda M oniydan naqqoshlikni, 
B oniydan m e ’m o rlik n i, Q o ra n d an tosh y o ^ is h n i o 'rg an ad i, ko ‘p ilm larni 
egallaydi. A m m o F arhodning g ‘ami kamaymaydi. U otasi xazinasida Iskandar 
oynasini ko‘rib qoladi, bu o y n aduny oni ko‘rsatadi. M a’lum bo‘ladiki, yunonga 
borilsa, oynadagi sir ochiladi. Shunda F arhod otasiga yuzlanib:
D edi: H a r ishni qilmish odam izod,
T afak k u r birla bilmish odam izod.
U lu m ichra m ango to bo‘ldi madxal,
T o p ilm a s m ushkile m en qilm ag‘o n hal (122-bet).
deydi.
X o qon va m e h rib o n v azir M ulkoro F arh o d n i yunon m am lakatiga olib 
boradi. F a rh o d S u h a y lo hakim g ‘o riga bo rib , Isk a n d a r ko‘zgusini egallash 
uchun yo‘ldagi ajd ah o n i yengib, A hram an devni oMdiradi, g ‘ordagi Iskandar 
oynasi taq o zo si b ila n bu yerga kelding, y an a bo rib , u o y n ani k o'rishin g 
kerak, deydi. S u q ro t h akim F arh o d g a ta s a w u f va ishq t o ‘g ‘risida sh u nd ay 
deydi:
M ajoziy ishqdin o ‘ftansa joning,
Borib sayli fanog'a xonum oning.
H aqiqiy ishqdin esgay nasim e,
Y e tib o n in g nasm idin shom im e.
B o lib m a ’shuqi asliy chorasozing,
H aqiqatqa badal b o ‘lg‘ay m ajozing (181-182-betlar).
F arh od C h in g a qaytgach, Isk an d ar k o ‘zgusini k o 'rad i, u n d a A rm an 
m a m la k a tin i, S h ir in n i va o ‘zin i k o ‘rib, S h irin n i sevib q o lad i, ahvoli 
o g ‘irlash ad i. U n i d en g izg a sayo h atg a olib chiqishad i, b o ‘ro n x o q o n va


M u lk o ro n i C hinga olib borib tashlaydi, F arhod esa b ir p a rc h a taxta ustida 
qolib, yaman savdogariariga duch keladi. Shopur bilan tanishadi, savdo kemasini 
dengiz qaroqchilaridan himoya qiladi. Shopur Farhodni Y am andan Armaniyaga 
olib boradi, chashm adan qasrga, ariq qazib, suv keltirish u c h u n ishlayotgan 
xalqqa duch kelishadi. Farhod:
H u n am i asrabon netkum dir oxir,
Olib tufroqqam u ketkum dur oxir, (2 3 0 -b et).
deydi va tog‘ qazuvchilarga yordam bera boshlaydi. Shirin buni eshitib, qurilishga 
yetib keladi, Farhod va Shirin bir-birini ko‘rib, sevib qolishadi. Tugundan bu 
sevgi oqibati nima b o ‘ladi degan xulosa kelib chiqadi. T ug un orqali Farhodning 
ko'ngli yumshoqligi, sevgi ta’sirida savdoyi, devona sifat boMganligi ozib ketishi, 
k o ‘p yig 'lashi, h u n a rm a n d va bilim don ligi, m e rg a n lig i, qahram onligi 
oydinlashadi, xarakterida o ‘zgarishlar yuz beradi.
Voqea rivoji 33-36-boblami qam rab oladi. Farhod qasr qurib, oldida “ Bahrun 
najol” hovuzini yuzaga keltiradi. Unga Farhod qazigan “N ahrut hayot” arig‘idan 
suv keladi. Suv “Aynul h ay o t” chashm asidan oqib k eladi. Shirin F arhod 
sharafiga ziyofat beradi. Arab va E ron shohi Xisrav P arvez Shiringa sovchi 
yuboradi. Farhod voqea rivojida mislsiz mehnat jasoratini k o ‘rsatadi. Shu sababli 
N avoiy bu dostonni “m e h n atn o m a” debataydi.
37-42-boblar kulm inatsiya (c h o ‘qqi) dir. S ujetn in g b u qism i shu bilan 
izohlanadiki, Shirin Xisrav yuborgan odam larga m e n tu rm u sh qurm oqchi 
em asm an,
Manga neyoru ne oshiq havasdur,
A g arm en odam o ‘lsam ushbu basdur, (2 93-bet).
d eb javob qiladi. Xisrav bun d an g ‘azablanib, qo‘shin to rtib keladi, Armaniya 
qo‘ig‘onini qamal qiladi. Farhod mardlik namunasini ko‘rsatadi. Navoiy deydiki, 
b u n d ay paytda xato ham chiqishi m um kin, lekin x a to h aq ishda kam chilik 
hisoblanm aydi:
X atodin xolí erm as odam izod,
Erur haq ishda sahv etm oqdin ozod (308 -bet).
S h o ir sevish-sevilish m uam m osini ham t o ‘g ‘ri h al qiladi:
N edin F arhod anga ch u n bo‘ldi oshiq,
Erur ko'ngli aning birla muvofiq (309-bet).


Navoiy asli F arh o d n in g bezarar, b e o z o r odam ligini ta ’kidlaydi:
Y o ‘q ersa yo‘q edi m um kinki ul zor,
T egurgay poshshaning parriga ozor (314-bet).
Xisrav yuborgan hiylagar Farhodga dori sepilgan gulni hidlatib, uní behush 
qiladi va Xisravga keltiradi. Xisrav va F arhod o ‘itasida savol-javob (bahs) bo‘lib 
o ‘tadi, F arh o d bu bahsda o'zining qo ‘rqm as, dono, bosiq ekanligini namoyish 
qiladi, X israv esa o 'z in in g qiziqqon, q o 'p o l, p o ‘pisachi ekanligini bildirib 
qo‘yadi, m a’naviy yengiladi. Farhod Salosil qal’asidan zindonga solinadi. Farhod 
kulm inatsiyada ja n g va bahsda m ardlikni, aql-u zakovat, farosat va ziyraklikni 
ko‘rsatadi.
4 3 -5 2 -b o b lar sujetning yechim idir. Xisrav S hopum i, u bandi F arh o d va 
Shirin xatlarini bir-biriga olib borgani uchun qamoqqa oladi, Farhod qam oqda 
Shiringa yozgan xatini “ oxiri xayrli b o ‘lsin” deb tugatadi, og‘ir ahvolda ham
hayotdan um idvorlikni q o ‘ldan berm aydi. Xisrav Farhodga m akkor kam pim i 
yollab yuboradi, kam pir Farhodga Shirin zahar ichib o ‘ldi deb, yolg‘on gapiradi, 
Farhod vafot etad i. Shirin Farhodni jasadini oldirib keladi, Xisravning o ‘g‘li 
Sheruya otasi o ‘ldirilgach, Shiringa yaqinlashish uchun, Shopum i qam oqdan 
ozod qiladi. S hirin F arhod jasadi ustida jo n beradi, buni ko ‘rgan M ohinbonu 
ham olam dan o ‘tadi. Farhodning amakivachchasi-lashkarboshi Bahrom Xitodan 
kelib, A rm aniyaga yangi podsho tayinlaydi, Sheruya tovon to ‘laydi.
Navoiy F a rh o d va Shirin sevgisi yechim i to ‘g‘risida shunday xulosa qiladi:
0 ‘ta r d am uyla foniy b o id i m utlaq,
K im , ul ishqni boqiy ayladi haq.
V ujudin o ‘rtab ul so‘z -u gudozi,
H aqiqatqa badal bo'ldi majozi.
T u tu b soqi-yi vahdat jo m i tavfiq,
N asibi ayladi haq rohi tahqiq.
B aqo shahrida sultonliqqa yetti,
Haqiqat mulkida xonliqqa yetti (449-450-betlar).
S h o ir yechim da Xisrav to ‘g ‘risida shunday kinoya qiladi:
Birovg‘akim , bitrovdin yetti ofat,
H am onokim qatig‘ro q d u r mukofot...


Sitam din bas ilikni chekm ak a’lo,
Vavou m ehr tuxm in ekm ak avlo.
C hu m azra’ ichra sochting h ar ne d o n a,
H am ul dona, ko‘targung jovidona (437-bet).
Y echim dan ayon b o ‘ladiki, F a rh o d va S hirinning m ajoziy (dunyoviy) 
ishqi haqiqiy (ilohiy) ishqqa aylanadi. Zolim Xisrav va u ning o ‘g ‘li Sheruyani 
hayot jazolaydi. Vafo, m ehr unib chiqishi uchun vafo va m e h r u ru g 'in i ekish 
lozim . S hohlik, zo ‘rlik, tengsizlik, zulm sevgining d u sh m a n id ir degan fikr 
dostonning g‘oyasidir.
Xulosada shuni ham alohida aytib o ‘tish kerakki, Navoiy “ F arhod va Shirin” 
d o sto n id a o ‘z zam onidagi bir q a n c h a illatlarga sham a q ilad i va u lard an o ‘z 
noroziligini bildiradi. Bu esa dostonning rom antik sujeti realizm ni jonlantirib 
va yorqinlatib yuboradi:
1) S hoh o ‘lkaning bezagidir:
Bu kun chun shah zam onning a ’qalidur,
M u n a w a rk o ‘ngli davlat m ash’a lid u r(1 3 0 -b e t).
Erursen sh o h -ag ar ogohsen sen,
A garogohsen sen -sh o h sen sen. (462-bet).
A m m o hayotda ko‘pincha buning teskarisi b o lad i.
2) Shoh Farhodni dorga osm o q ch i b o ig a n id a xalq ich id a bunga qarshi 
g ‘a la -g ‘ovur, g‘ulg‘ula boshlanadi. X alq zolim X isravni tu tib olib, turm aga 
qam aydi (436-bet). Navoiy deydi:
Ichib may, saitan at ilm ay ko'zum ga.
Qilay zulm, elga qilg‘uncha, o'zum ga (297-bet).
3) Zolim falak, zam on Farhod og‘zig‘a “zahar tom izad i” . Shirin Farhodga 
yozgan x atida aytishicha, falak z u lm n i kasb qilib o lg a n , ayriliq soluvchi 
o ‘sh a d ir (55,527-528-betlar).
C hu aylabtur s im e h ri tez raftor,
Seni biryon, m e n i b iryon giriftor (3 73 -bet).
4) Toj egasiga chinakam ishq begonadir. C hunki s h o h la r k o ‘p in cha ko‘p 
nikohli (ko‘p xotinlikka asoslangan) o ila tip ig a m a n s u b b o ‘ladilar.
5) D ostonda bosqinchilikva urush qattiq qoralangan.


6) T arixda A bdullatif hokim iyatni q o ‘lga olish uchun otasi Ulug‘bekni qatl 
etishda bosh rolni o ‘ynagan edi. D osto n d a Sheruya Shirinni tortib olish uchun 
otasi Xisravni o ‘ldiradi.
7) N avoiy davrida tarki dunyo qilish, qalandarlik va zohidlik qilish hollari 
yo‘q em as edi. S hoir kishilami diniy e ’tiqod va m ehnatga undadi.
8) C h in xoqoni o ‘g ‘li Farhodga podsholikni topshirm oqchi b o ia d i, Farhod 
esa unam aydi. Bu o ‘rin shoir davrida kuchaygan taxt uchun kurashishga qarshi 
qaratilgan.
9) F a rh o d S u q ro td an m axily ilm larn i ham o ‘rgangan edi. U b ir ismni 
aytsa, z in d o n eshiklan ochilar, u esa tashqariga chiqib ozod, sayr qilib yurar, 
y an a z in d o n g a qaytib kelar edi. N ig o h b an d (soqchi)lar F arh o d n i valiy deb 
o ‘ylab, u n g a xohlagan joyingizga ketavering, deyishadi. A m m o F arho d 
unam aydi, m e n ketsam , podsho m en u ch u n sizlarni jazolaydi, deydi. Navoiy 
o ‘zboshim chilik, m onarxiyachilik d av rid a qonunchilik va olijanoblikni ilgari 
surdi.
“ F arh o d va S hirin” dostonisujetiga haqiqiy m uhabbat insonni h ar jihatdan 
poklaydi deg an estetik ideal asos qilib olingan.
D o sto n sujeti bosh q ah ram o n n in g tu g llish id a n vafot etishigacha b o ‘lgan 
v oqealarg a suyanadi. Bu shu asa rn in g epiksujet tipid ir. D astlab m en yosh- 
m an , ta jrib a siz m a n deb, p o d sh o b o lishga norozilik bild irg an F arh o d
h u n arm a n d lik , bilim donlik, ishchanlik va m ardlikni ko'rsatishgacha bo'lg an 
katta amaliy va m a’naviy takomillashuvga erishadi. Farhod o ‘zbek adabiyotining 
eng yetuk ishlangan qahram onidir.
K om pozitsiya
Y ozuvchi m uayyan tu rm u sh m an za rasin i aks ettirar ek an , u n i o ‘quvchi 
ko‘z o ‘n g id a b u tu n to ‘laligi va yaxlitligi bilan nam oyon qilish u ch u n asarini 
m a ’lu m shaklga soladi. Adabiy asa rn in g barcha qism lam i o ‘zaro birlashtirib 
turuvchi, m uayy an hayotni vaxlitlikda va m uallif nuqtayi nazariga m os holda 
obrazli aks ettirishga yordam beruvchi qurilishi kompozitsiya deb ataladi.
K om pozitsiya nihoyatda m azm undortush unchad ir. U o ‘zining m urakkab, 
biroq an iq qonuniyatlariga ega.
B iror asa r kom pozitsiyasi, y a’ni tuzilishi haqida fikr yuritish u ch u n undagi 
voqealar, h o d isa va shaxslar nim a m aqsadda kiritilgani xususida o ‘ylab ko‘rish 
kerak boMadi. M aqsad aniq b o lm a s a , harakat ham , ya’ni kiritilgan voqealar, 
u la rd a q a tn a s h a d ig a n shaxslar h a m tartibsiz b o ia d i. Shu sababli asar 
k o m p o zitsiy asin i an iqlash u c h u n m a ’lum birlikda turgan narsa, voqea va 
shaxslam ing n im a m aqsad bilan birlashganiga diqqat qilish lozim. Shu narsa


aniqlanm asa, asardagi birfikni va uning qismlari bajaradigan vazifasini anglab 
olish m ushkul.
Adabiy asarda narsa, voqea va shaxslami bir nuqtaga yig‘adigan kuch bor. 
Bu g ‘oya, niyat, yozuvchi ifodalam oqchi boMgan fik rd ir. Shu yo‘sinda 
san ’atkom ing e ’iibor beradigan diqqat markazi paydo b o ‘Iadi. Vozuvchi qamrab 
olingan hayot m aterialida nim aiarnidir diqqat m arkazida tu ta d i. nim alam idir 
o 'z in in g diqqat m arkaziga olm aydi. Y a’ni har b ir n arsa, voqea, shaxsga ifoda 
qilinm oqchi b o ‘lgan g ‘oya, n iyatdan kelib chiqib o ‘rin beradi. Yozuvchi 
A Tolstoy: “ Maqsadsiz yoza berish mumkin em as”ligini aytib, kompozitsiyani 
“sa n ’atkor diqqat m arkazining belgilanishidir” , — d e g a n edi.
K om pozitsiyani shu xilda t a ’riflash qadim z a m o n la rd a n beri bor edi. 
S an ’atkom ing dem oqchi boMgan gapi asam ing hajm ini belgilaydi.
Demak, badiiy asam ing tuzilishi, tashkil topishida yozuvchi ilgari surmoqchi 
bo‘lgan fïkr, g ‘oya «isosiy kuch hisoblanadi. “0 4tgan kuniar” rom anida yozuvchi 
A bdulla Q odiriy diqqat m arkazida xonlik zulm i avjiga ch iq q an b ir davrda, 
oddiy m ehnatkash kishilar u y oqda tursin, hatto O ta b e k , K um ush singari 
hokim sinf vakillari ham baxtli b o ‘la olmasligi, taqdiri fojiali ekanligi haqidagi 
niy atn i ifodalash m aqsadi tu ra d i. T an lan g an h a m m a o b ra z , voqea va 
tafsilotlargacha asardagi m aqsad orqali, ya’ni k o 'z d a tu tilg a n g ‘oyani yetarli 
darajada ifodalash nuqtayi nazaridan kelib chiqib joylashtiriladi. Agar Abdulla 
Qodiriy ham m a narsani asosiy maqsadga bo‘ysundirm aganda rom an g‘oyaviy- 
b a d iiy jih a td an m ukam m al chiqm agan bo‘lar edi.
Eng yaxshi badiiy asariarda h a r bir bob, boblardagi h a r b ir m anzara ham 
o ‘z m arkaziga ega bo 'ladi. A na shundagina adabiy asa r z a ru r izchillikka ega 
bo'lishi mumkin. Barcha m arkazlar aniq va ravshan yozilgan, haqqoniy bo'lishi, 
personajlar xarakterining rivoji, ruhiyati bilan bogM anishi, asosiy m arkazga 
borib q o ‘shilishi lozim. Barcha chekka m arkazlam in g yig‘indisidan badiiy 
asaming yagona markazi vujudga keladi. Bosh markazning asosiy belgilari chekka 
m arkazlam ing sifat xususiyatiarini keltirib chiqaradi. S.Ayniy yozgan “ Qullar” 
romanining birinchi qismida kompozitsion markaz o ‘tgan asrda 0 ‘rta Osiyodagi 
qullam ingtaqdirini ko‘rsatishdan iborat. Har bir bob o ‘zining alohida markaziga 
ega. Ayniyning m ahorati shundaki, boblam ing h a rb irid a g i m arkaz um um iy 
m arkazning nuri bilan yoritilgan. G o ‘yo um um iy m ark az m ay da b o ‘laklarga 
bo‘linib, o'sha boblarga joylashganga o ‘xshaydi.
Shu rom anning birinchi qism idagi o ‘n yettinchi b o b n i eslaylik. U nda 
buxorolik A bdurahim boyning ta ta r savdogari bilan u ch rash u v i va suhbati 
tasvirlanadi. Suhbatda har narsa to ‘g ‘risida tartibsiz ravishda gapirilavermaydi. 
Birinchidan, bu manzarada ikki tafsilot — tatar savdogarining suhbat davomida 
te z - te z issiq choy so ‘rab tu rish i va gap o ra sid a “ ...sh u la y , sh u lay ” ni 
takrorlayverishi bu suhbatga jonlilik bag‘ishlagan. Bu y erd a en g asosiy narsa


shuki, m uallif kitobxonlam ing e ’tiborini suhbat m azm unidan kelib chiqadigan 
yagona markazga jalb qiladí. Suhbatning m azm uni esa ms podshohining farmoni 
bilan qullam ing o zo d qilinishi va Abdurahim boyning kelajakda o ‘z qullaridan, 
ya’ni boylik m an b a y id a n ajralib qolishi natijasida za rar k o'rishidan iztirob 
chekishi, tatar savdogarlarining qullam ing ozod qilinishi boyga foyda ekanligini 
tushuntirishgn z o ‘r b erib urinishidan iborat. Ikki boy suhbatlashar ek an , 
nim alar h aq id a gap lashm aydi, deysiz. Biroq yozuvchini aw alo qu llam in g
taqdiri q iziq tirad i, sh u n in g uchun h a m , m u allif boylar suhbatining m azkur 
holatini, a sa r q a h ram o n larin in g taqdiri to ‘g ‘risida so ‘z boradigan qism ini 
tasvirlaydi. M u allif bobning m arkazi oldiga q o ‘yilgan m aqsadni bajarish bilan 
chegaralangan.
“Q ullar” ro m an in in g bu bobida bir m anzara va bír markaz mavjud b o lib , 
ular asarn in g u m u m iy m arkazi bilan b o g la n ib ketgan.
Ba’zan badiiy asarlarda bobning yagona markazi bilan bir qatorda bir necha 
voqea beriladi va ularning harbiri o ‘z markaziga ham ega bo'ladi. Bu m arkazlar 
esa bobning m ark azi bilan, sh u ningdck , asarning um um iy m arkazi bilan 
uzviy ravishda b o g ‘lanib ketadi. O ybekning “ N avoiy" rom anidagi ikkinchi 
bobni eslaylik. Bu bobning m arkazi Alisher Navoiy insonparvarligining asosiy 
nuqtalari m ohiyatini ochib berishdan iborat. Bu g ‘oya keyinchalik b utun asar 
davom ida to b o ra kengroq ochila boradi. Bu bob uch manzaradan iborat b o lib , 
ularning h a r biri o*z m arkaziga ega. Birinchi m anzarada A lisher Navoiy 
shohning m uhrdorligi vazifasiga tayinlanishi m unosabati bilan uning uyidagi 
inehm ond orchilik tasvirlanadi. O 'quvchini bu yerda qahram onning m ehm on 
kutish m aro sim i o rtiq ch a jalb etm ay d i, balki ikki ulug‘ odam ning - Navoiy 
va Sultonm urodning uchrashuvlari, Alisheming o ‘z ideallari, fan va madaniyatni 
rivojlantirish t o ‘g ‘risidagi m ulohazalari uning e ’tiborini tortadi. Xuddi ana shu 
narsa voqeaning markazi.
Bu b o b n in g ikkinchi voqeasida yozuvchi diqqati N avoiyning o ‘z ukasi 
D arveshali b ila n suhbati va bu su h b atd a davlat ham da h uk m d o r faoliyati 
to ‘g‘risidagi ideali yuzasidan ilgari surilgan mulohazalariga qaratilgan. Keyingi 
voqeada esa yozuvchining diqqat m arkazi Alisher Navoiyning X o‘ja Afzal bilan 
uchrashuvi va m am lakat, xalq hayoti, kelajagi to ‘g ‘risidagi ideallari haqidagi 
m ulohazalari tasviriga qaratilgan.
K o‘rinib tu rib d ik i, bobning u m um iy m arkazi g o ‘yo uch qism ga boMinib, 
alohida v oqealarga joylashtirilganga o ‘xshaydi. Lekin bu uch voqea m arkazi 
bobning u m u m iy m arkazidan kelib chiqqan, o ‘z navbatida bu bob, rom anning 
um um iy m arkazini vujudga keltirishda ishtirok etadi.
K om pozitsiyaning yana m uhim m asalalaridan biri muvofiqlikdir. Bu yerda 
ayrim tafsilotlar, epizodlam ing, voqealar tasviri va obrazlaming asar markaziga, 
yozuvchi m aq sad ig a muvofiqligi k o ‘zda tutiladi. H ar bir dalilning m uayyan


sharoitga muvofïqligini sezish va aniqlash u ishtirok etayotgan m anzara, bob va 
u m um asar m arkazini his qilish va aniqlash orqaligina b o ‘lishi m u m k in .
Agar badiiy asar boblari va v oqealarida yozuvchining diqqat m ark azi aniq 
va ravshan sezilib turm asa, fakt yo tafsilotlarning muvofiqligi haqida gapirish 
m um kin emas.
K om pozitsiyaning m uhim to m o n la rid a n yana biri m e ’y o r m asalasidir. 
Haqiqiy yozuvchi asar ustida ishlar ek an , o ‘zining hajm jih a tid a n q a t’iy 
chekianganini his qiladi. U ayrim talsilotlar va dalillar tasvirini o ‘zboshim chalik 
bilan c h o ‘zish yoki chcklab qo'yish huquqiga cga em as. M e’y o r m asalasi har 
bir tafsilot va voqeaning m arkazga nisbatan muvofiqligiga bogMiq boMadi. 
Muvotlqlik darajasi hamisha tasvir oMchovini belgilab bcradi. M arkazga m utlaq 
darajada tafsilot va voqealar. m a n za rala ro rasid a ularning asosi hisoblangan, 
ya’ni m arkazni ifodalovchi d e ta l, voqealargina mufassal, k eng tasvirlanadi. 
“ N avoiy” rom anining beshinchi bobidagi voqea va tafsilotlarning m e ’yorini 
eslaylik. Bu bob birinchi qism ining m arkazi o ‘z birodarlarini o ‘ldiruvchilarç»a 
Alisher Navoiyning munosabati va aqlning kuch-qudratiga b o ‘lgan ishonchini 
ko'rsatishga da'vat qilgan. Bu qismda voqea tafsilotlami tasvirlash shakli-o'lchovi 
xuddi ana shu markazga qat’iy b o ‘ysundirilgan. M uallif ortiqcha detallashtirishga 
yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, yaltiroq tasvirlar bilan ham m ashg'ul boMmaydi. 
Bulaming barchasi m azkurqism ning markaziga muvofiqdir. Y odgor M irzoning 
H usayn Boyqaroga qilgan hujum i, B oyqaroning harbiy m a h o ra ti, Alisher 
N avoiyning m am lakat tarixi, taqdiri haqidagi o ‘ylari yuzasida g ap b o i^ a n d a
ham m u allif fikrlam i juda ixcham jo y lash tirad i, so‘zlam igina em as, hatto 
tafsilotlam i ham kam ayttiradi — yozuvchi uslubi fikm i lo ‘n d a qilib aytish 
bilan izohlanadi. Roman muallifi Y odgor M irzoning butun h ayotini, Husayn 
Boyqaro haqidagi b a ’zi m a 'lu m o tla m i, m am lakatning o ‘tm ish i to kg ‘risidagi 
fîkrlarni ikki sahifaga sig‘diradi. B u lam in g ham m asi kitobxonni keyinchalik 
keng yoritiladigan m uam m olarning tarixidan xabardor qiladi.
R om an m uallifi kitobxonni asosiy sharoit bilan tan ish tirib , o ‘z badiiy 
maqsadiga erishgach, o ‘sha qismning markaziy kuchga kiradigan o ‘rinlari tasviriga 
o ‘tadi. N atijada Alisher Navoiyning H usayn Boyqaro bilan u ru sh la rv a ulam i 
davom ettirish to ‘g‘risidagi masala tufayli tug‘ilgan to'qnashuvidan iborat b o ‘lgan 
voqea beriladi. Bu o'ringa kelib, yozuvchining qisqa axborotlar bilan cheklanishi 
m um kin b o ‘lm ay qoiadi. Z otan, asa m in g m arkazi bevosita b ayo n etiladigan 
qism tasvirida oddiy va qisqa xabarlar bilan cheklanishi mumkin em as, aksincha, 
bu qism go 'zal va hayajonli bo*lishi kerak. Bu yerda biz xuddi a n a shu qoidaga 
rioya qilinganini ko'ramiz. Yozuvchi m arkaziy voqea tasviriga o ‘ta r ekan, uning 
uslubi o ‘zgara boradi. Endi u ma’lum ot bermaydi, aksincha, mufassal tasvidaydi. 
Endi o brazlar h ar tom oniam a p u x ta , o 'ziga xos n utqlari, qiyofalaridagi


o 'z g a rish la ri, nozik h arakatlari b ilan k o ‘rsati!adi, shu y o ‘l bilan ularning 
ru h iy m ohiyati ochiladi.
D em ak , badiiy asarkom pozitsiyasi, aw alo, mazm unning, p o etik g ‘oyaning 
aniqlígi, realligi, estetikligi va shu p o e tik g‘oyaga nisbatan qism lam ing, 
obrazlam ing joy-joyiga qo‘yilishi va ularning asardagi muvofiqlik qoidasiga binoan 
an iq lan g a n tasvir m e ’yoridan iborat.
K om pozitsion vositalar
A d a b iy a sa rn i b ir b u tu n q ilib ijo d etish da, qism lam i, v o q ea la m i o ‘zaro 
bogM ashda, q a h ra m o n la r h a ra k a t qilad igan sharoitni qayta hosil etishda 
yo zu v c h i tu rli-tu m a n y o rd a m c h i k o m p o zitsio n v ositalard an foydalanadi. 
U nday kom pozitsion vositalar jum lasiga link chekinish, kiritm a voqea, badiiy 
qoliplash, epigraf, portret, peyzaj, detai vaboshqalar kiradi. Bu kompozitsion 
v o sita la rn in g barchasi h ar b ir a sa rd a , albatta uchrashi sh art em as. Agar 
p o rtre t, peyzaj (m an z ara ), lirik c h e k in ish va detal (tafsil) ad ab iy asarlarda 
birm u n ch a ko‘p uchrasa, boshqalari ko‘zga kamroq tashlanadi. Kom pozitsion 
v o sita la r a sa r g ‘oyasini o c h ish d a m u ay y an rol o ‘ynashiga k o ‘ra o ‘ziga xos 
m azm u n d o rlik k a ega b o ‘ladi. Shu sababli ularning h ar birini alohida-alohida 
k o ‘rib o ‘tish lozim dir.
l i r i k chekinish. Adabiy asarda yozuvchining bevosita o ‘z fikr va tuyg‘ularini 
aytishi lirik chekinish deb ataladi. B unday chekinishtar, asosan, epik asarlarda 
bo‘ladi, chunki dram ada um um an m uallif nutqi bolm aydi, lirika esa butunicha 
sh o ir k ech in m alarin in g m ujassam idir.
L irik chek in ish tu rli-tu m a n k o m pozitsion vazifani bajaradi. K o‘pincha 
y o zuvchilar lirik chekinish y ordam ida personajlarning ishlari, xulq-atvorlari, 
xarak terlarig a beradigan o ‘z b a h o la rin i aniq-ravshan hildirishga va kitobxon 
ongiga singdirishga erishadilar. Abdulla Qodiriy “0 ‘tgan kunlar” romanida Zaynab 
x a rak terig a, x atti-h arak atlarig a o ‘z m unosabatini yorqinroq bayon qilish va 
un i o ‘q u vch i ongiga yetkazish m aqsadida quyidagi lirik chekinishni keltiradi: 
“ K u n d o sh lik uyda kunda ja n ja l” , deganlar. Albatta, b u n i aytuvchi kishi 
o ‘y la m a sd a n va bilm asdan a y tm ag a n d ir. Juda, h ar kuni janjal b o lm a g a n d a
h a m , hartad a, o ‘n kunda b i r t o ‘p o lo n chiqm asa, albatta, kundoshni-kundosh 
d eb b o ‘lm as. N ega desangiz, bizn in g b a ’zi bir kundoshsiz, chiqitsiz oilalarda 
h a m ik k i-u ch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog'ora yangilanganini har qaysimiz 
b ilam iz, bas, endi kundoshlik oilalarim izga kelganda-chi, albatta, yuqoridagi 
“ K undoshlik uyda kunda janjal” m aqolini to ‘g‘riga, chinga chiqarm asdan chora 
yo‘q... D arhaqiq at, o ‘z o ram izda kundosh janjalini kim bilm asin? Arzimagan 
g ap u stid a d u n y o buzgan k u n d o sh t o ‘polonlari kim ning q ulog ‘iga yoqsin?


0 ‘quvehining qim m atli vaqtini ayaganim dek, qalam ni h a m g 'id i-b id id an
o/.od qilishni muvofiq ko‘rdim . M en i kechirsinlar” .
Ba’zan muayyan personajga qaratilgan link chekinish boshqa personajning 
o 'y lari, kechinm alari bilan ch a tish ib kctgan b o 'lad i, lekin kitobxon baçibir 
uni muallifning bevosita anglashilgan o ‘y-tuygkulari sifatida qabul qiladi.
N avoiyning “ Farhod va S h irin ” dostonining 1 -3 ,5 ,4 4 -4 5 -b o b lari link 
chekinishsiz, qolgan 48 bob lirik chekinishdan iborat. L in k chekinishlar 
soqiyga m urojaat ruhidadir. K o 'p c h ilig i m ayning b iro n yangi tom on ini 
aniqlaydi, o ‘zi m ansub b o ‘lgan b o b n in g m azm uni bilan uyg‘u ndir. Mayning 
fazilatlari “ mayi m am zuj ra n g in ” , “sharobi oshiqona” , “ b o d ay i o l” , “ mayi 
gulrangi x u sh b o '“ , “ mayikim jo n fiz o d u r” , “jom i fan o ” , d eb belgilanadi. U 
m ayni “jo m i tavfiq” , “jom i k iro m i” , “ sharobi a rm a n iso z ” , “ sharobi dard 
p arvard” , “jo m i mayi n o b ”, “sh a ro b i chini oyin” , “jo m i ilo h iy ” , “sharobi 
b ax u d o n a” deb ataydi. Ba’zi lirik chekinishlar chuqu r ijtim oiy m a ’n ogaega, 
lirik qahram onning kamchiligini k o ‘rsatadi, 37-bobdagi lirik chekinish m ana 
bunday:
K etur, soqiy, q a d a h ogohliqdin,
Ki, andin ju rch a xushroq shohliqdin.
Ichib may, saltan at ilm ay ko‘zumga,
Qilay zulm, elga qilg‘uncha o ‘zumga.
N avoiyna, ishqda shoh v ag a d o ten g , ularning ishqqa m un osab ati turlicha 
(38-bet), jah o n n i faslibevafo (14-bob), soqiyga rangin jo m tu t, u ko'ngilning 
g'am toshi va tikonlarini suisin, deydi ( 15-bob). Tiriklik shom ini bilgil g ‘animat, 
deydi (21-bob). Lirik chekinishda S h arq d a inson bosh suyaklari m ay kosa 
qilinganiga ishora, kinoya, ta’na bor (23-bob). Tasawuf ishqining “fano bazmi”ga 
intilish mavjud (26-bet).
Ayrim hollarda lirik chekinish m uallifning tasvirlangan hay otga nisbatan 
o ‘z m uno sabatini, bahosini anglatadi. H am id O lim jon “ Z a y n a b va O m o n ” 
poem asida yoshlar m uhabbatining tan tan a sin i tasvirlar e k a n , unga nisbatan 
o ‘z m unosabatini bildirish uchun quyidagi lirik chekinishni havola qiladi:
G o 'z a l edi dunyo c h u n o n ham ,
G o ‘zal edi ajoyib d am .
Ikki do‘stga aytib sharaf-shon,
O qar edi toshqin 

Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish