T/r
Bo’lgan hudud
O’tkazilgan sanasi
Ko’rib chiqilgan masala
1
Qohira, Misr
13-17 yanvar 1964-yil Xalqaro kelishmovchiliklarni
tinchlik yo‟li bilan hal qilish.
2
Aleksandriya, Misr
5-11 sentabr
1964-yil
FOTning tashkil etilishi va
arab
davlatlaridagi
harbiy
bazalarni yo‟q qilish talabi.
3
Kasablanka, Marokash
13-17 sentabr 1965-
yil
Antiimperialistik
xarakterdagi
“Arab
birdamligi pakti” ning qabul
qilinishi.
4
Xartum, Sudan
29-avgust 1967-yil
“Olti kunlik urush”dan so‟ng
yagona mudofaa chizig‟ini
tashkil etish.
5
Rabot, Marokash
21-23 dekabr
1961-yil
Falastin
qochoqlarini
okkupatsiya qilish masalasi
muhokama qilindi.
15
www.arab league online
21
6
Qohira, Misr
21-27 sentabr 1970-
yil
1-favquloddagi
sammit.
Falastin
va
Iordaniyadagi
vaziyat muhokama qilindi
7
Jazoir, Jazoir
26-28 noyabr
1973-yil
Qatnashchilar
Isroildan
“qiyomat
kuni” urushida
egallangan
hududlarni
qaytarib
berishni
talab
qilishdi.
8
Rabot, Marokash
29-oktabr 1974-yil
FOT - Falastin xalqining
yagona vakili sifatida tan
olinishi.
9
Ar-Riyod,Saudia
Arabistoni
17-18 oktabr 1976-yil 2-favquloddagi
sammit.
Livandagi
qarama-qarshi
tomonlarni bo‟lib yuborish
uchun
umumarab
harbiy
kuchlarini
tuzish
haqidagi
qarorning qabul qilinishi.
10 Qohira, Misr
25-26 oktabr 1976-yil Livandagi
vaziyatlarning
muhokama qilinishi
11 Bag‟dod, Iroq
2-5 noyabr 1978-yil
Kemp-Devid
bitimining
muhokama
qilinishi
va
Misrni
Isroil
bilan
hech
qanday
shartnoma
tuzmaslikka chaqirish.
12 Tunis, Tunis
20-22 noyabr 1979-
yil
Kemp-Devid
bitimlari
imzolanganidan
so‟ng
MisrningADL
a‟zoligigan
chiqarilishi,qarorgohning
Tunisga ko‟chirilishi
13 Oman, Iordaniya
21-22 noyabr 1980-
yil
A‟zo
davlatlar
iqtisodiy
rivojlanishi
bo‟yicha
hamkorlik harakatlari dasturi
qabul qilinishi.
14 Fes, Marokash
6-9 sentabr 1982-yil
Fes(Marokash)deklaratsiyasi-
Falastinning mustaqil davlat
sifatida tan olinishi rejasining
qabul qilinishi
15 Kasablanka, Marokash
7-9 sentabr 1985-yil
3-favquloddagi
sammit.Falastin
muammosi
muhokama etildi
16 Oman, Iordaniya
8-12 noyabr 1987-yil 4-favquloddagi
sammit.
Suriya va Iroq o‟rtalaridagi
iqtisodiy
hamkorlikni
mustahkamlashga
va
aloqalarini
yaxshilashga
chaqirish
22
17 Jazoir, Jazoir
7-9 iyun 1988-yil
5-favquloddagi sammit BMT
rezolyutsiyasiga amal
qilmayotgan Isroilni
muhokama qilish va AQSh
siyosatiga o‟z noroziliklarini
bildirish
18 Kasablanka, Marokash
23-26 iyun 1989-yil
6- favquloddagi sammit.
Misr a‟zoligining qayta
tiklanishi. Qarorgoh
Qohiraga ko‟chirilishi.
19 Bag‟dod, Iroq
28-30 mart 1990-yil
7-favquloddagi sammit.
G‟arbning Iroqda yuqori
texnalogik qurollar borligi
haqidagi aybi uchun
qoralanishi
20 Qohira, Misr
9-10 avgust 1990-yil
8-favquloddagi sammit.
Iroqning Quvaytga qarshi
agressiyasi muhoka qilinishi.
21 Qohira, Misr
20-23 iyun 1996-yil
9-favquloddagi sammit.
Terrorizm va ekstremizning
muhokama qilinishi va
Isroildan okpupatsiya
qilingan hududlardan chiqib
ketishini talab etilishi.
22 Qohira, Misr
21-22 oktabr 2000-yil
10-favquloddagi sammit. 2
intifadaning boshlanishining
qo‟llab-quvvatlanishi
23 Oman, Iordaniya
27-28 mart 2001-yil
Falastin davlatiga moliyaviy
yordam ajratishga qaror
qilinishi.
24 Bayrut, Livan
27-28 mart 2002-yil
Isroil bilan tinchlik
aloqalarini o‟rnatish
rejasining olg‟a surilishi.
25 Sharm ash-Shayx, Misr
1-mart 2003-yil
Iroqqa qarshi agressiya
uyushtirilishiga qarshi
norozilik birldirilishi.
26 Tunis, Tunis
22-23 may 2004-yil
Isroildan Falastin hududidan
qo‟shinini olib keltilishini tab
etilishi, ADL ning xavfsizlik
kengashi tuzishga qaror
qilinishi.
27 Jazoir, Jazoir
22-23 mart 2005-yil
Umumarab parlament
assambleyasini tashkil
etishga qaror qilinishi.
28 Xartum, Sudan
28-30 mart 2006-yil
Saylov tartiblarini
o‟zgartishrish haqida
23
qarorning qabul qilinishi.
A.Musoning ikkinchi marta
5 yilga saylanishi.
29 Ar-Riod,
Saudia
Arabistoni
27-28 mart 2007-yil
Iroqga yordam berishga
kelishib olinishi.
30 Damashq, Suriya
29-30 mart 2008-yil
Sammit yaxshi o‟tmadi.
Ko‟pgina davlatlarning
fikrlari bir joydan chiqmadi.
31 Doxa, Qatar
28-30 mart 2009-yil
Sudan prezidenti
O.Bashirning qamoqqa
olinish sanksiyasiga qarshi
tanqid va Isroilning G‟azo
sektoridagi harbiy
harakatining muhokama
etilishi.
32 Sirti, Liviya
27-28 mart 2010-yil
33 Bag‟dod, Iroq
27-29 mart 2012-yil
16
Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlarning aholisi soni
(2007-yil 1-yanvar ma’lumoti)
1. Misr
81,650,212
17
2. Jazoir
37,100,000
3. Marokash
36,064,173
4. Sudan
30,894,00
5. Iroq
30,747,00
6. Saduia Arabistoni
28.146,658
7. Yaman
23,580,000
8. Suriya
21,906,000
9. Tunis
10,673,800
18
10. Liviya
9,420,000
11. Somali
9,133,000
12. BAA
8,264,070
13. Iordaniya
6,316,000
14. Livan
4,224,000
15. Falastin Muxtoriyati
4,136,540
16. Quvayt
3,566,437
17. Mavritaniya
3,291,000
18. Ummon
2,845,000
19. Qatar
1,699,435
20. Bahrayin
1,234,596
21. Jibuti
864,000
22. Komor orollari
691,000
16
www.arab league online
17
http//www.msrintranet.capmas.gov.eg/pls/fdl/tst12e?fction=1&lname=%201 Official Egyptian Population clock
18
http//www.ins.nat.tn/index.php National Statistics Institute of Tunisia
24
Umumiy aholi: 349,870,608
Arab davlatlari ligasida aholining diniy e’tiqodi
foiz ko’rsatkichida
Islom – 90%
Xristian – 6%
Boshqa dinlar- 4%
Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlardagi aholining savodxonligi
1. Quvayt
98,6
2. Livan
94,5
3. Falastin muxtoriyati
94,1
4. Qatar
93,1
5. Iordaniya
92,2
6. Bahrayn
90,8
7. Birlashgan Arab Amirligi
90,0
8. Liviya
88,4
9. Ummon
86,7
10. Saudia Arabistoni
85,5
11. Suriya
83,6
12. Tunis
78
13. Iroq
77,6
14. Kamar oroli
73,6
15. Jazoir
72,6
16. Marokash
70
17. Sudan
69,3
18. Jibuti
67,9
19
19. Misr
66,4
20. Yaman
60,9
21. Mavritaniya
56,8
22. Somali
54,8
19
. Internet Ittps://WWW.Cia.gav/library/publicatsions/the world -factbook/ geos/dj.Isme.
25
II. BOB. Falastin muammosining kelib chiqish tarixi va undagi asosiy masalalar
2.1.Falastin muammosining kelib chiqish tarixi
Falastin muammosi xalqaro hayotning keskin masalalaridan biri bo‟lib qolmoqda.
Falastin muammosi – bu muammoning tub asosini tashkil etgan Falastin-Isroil
mojorasi bilan xarakterlanadi. Bu mojaro XX asrning boshidan hozirgi kunimizgacha
aniq bir yechimga ega bo‟la olmay jiddiy xalqaro xavotirlarga sabab bo‟lgan muhim
masalalardan biridir. Falastin muammosi o‟z tarixida ko‟plab o‟zgarishlarga uchragan
bo‟lsa-da, mohiyatiga ko‟ra hamisha Falastin arab xalqining milliy ozodlik harakati
hamda Falastin arab xalqining o‟z taqdirini o‟zi belgilash yo‟lidagi kurashini anglatib
kelgan.
Arab davlatlari tarixchilari muammoni kelib chiqishining asosiy sababini 1917-
yilgi “Balfur deklaratsiyasi” bilan bog‟laydilar. Ammo, mantiqan o‟ylab ko‟radigan
bo‟lsak, bu muammoning tarixi biroz uzoqroqqa borib taqaladi. Bizningcha, bu
muammoning paydo bo‟lish tarixi XIX asrning so‟nggi choragidan boshlanadi. Ayni
o‟sha vaqtda sionizm siyosiy-mafkuraviy harakatining paydo bo‟lishi Falastin
muammosining
kelib chiqishiga sabab bo‟lgan asosiy omillardan biriga
aylanganligini tarixiy taraqqiyot ko‟rsatib berdi.
Sionizm-Quddusdagi Sion tepaligi nomidan olingan. Bibliya rivoyatlariga
ko‟ra, bu yerda Dovud podshoning (miloddan oldingi XI asr oxiri X asr boshi)
qarorgohi va Xudo Yaxvening uyi bo‟lgan. Sionizm siyosiy-mafkuraviy harakati XIX
asrning oxirida vujudga kelgan va dunyodagi barcha yahudiylarni Falastin zaminiga
ko‟chirish hamda u yerda yahudiy davlatini tashkil etish maqsadini qo‟ygan.
1897-yilda Bazel (Shveysariya)da umumjahon sionistik tashkiloti tuzildi.
20
(1960-yildan butunjahon siyonistik tashkiloti)
21
U jahondagi barcha yahudiylarni
Falastinga yig‟ish va u yerda yahudiy davlatini tashkil etishni maqsad qilib qo‟ygan.
Sionizmning siyosiy-mafkuraviy oqim sifatida paydo bo‟lib shakllanishida
Avstriyalik yahudiy jurnalist Teodor Benyamin Zeev Gerselning xizmatlari
beqiyos.
22
1896-yilda T.Gersel tomonidan yozilgan “Yahudiy davlati” (nemischa.
Der Judenstaat) deb nomlangan kitob ommalashib ketadi. Bu kitobda bo‟lajak
20
Сионизм-статя из электронной еврейреской энциклопедия. Internet//Vikipediya
21
.Кузнецов Д.В. Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр
8.Internet//mirknig.com
22
Сионизм - статя из электронной еврейреской энциклопедии.Internet//Vikipediya
26
yahudiy davlati va sionizmning tamoyillari bayon qilingan. T.Gerselning fikricha
dunyo bo‟ylab tarqalgan yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalqdir. Yahudiylar
boshqalar bilan munosabatda tenglikka erishish uchun o‟zga millatlarga o‟xshab bir
millat sifatida o‟rtaga chiqishlari kerak. Bu tenglikga erishish uchun qudratli davlatlar
himoyasi ostida yahudiy davlatini tashkil qilmoq kerak.
1897-yilda Gersel Bazelda bo‟lib o‟tgan birinchi butunjahon yahudiylar
konferensiyasiga rahbarlik qildi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, bu kongressda
“Butunjahon siyonistik tashkiloti” tuziladi.
Birinchi bo‟lib yahudiylar davlatini tuzish rejasi Svi-Girsha Kalisherning “Sion
talabi” nomli kitobida keltirilgan. Bu kitob 1860-yilda chop etilgan. 1862-yilda chop
etilgan Mozes Gessaning “Rim va Iyerusalim” kitobida ham bunday g‟oyalar mavjud
edi.
Yuqorida nomlari tilga olingan asarlar g‟oyalarining natijasi o‟laroq 1880-yilda
Falastinda yahudiylarning dastlabki maskanlari paydo bo‟la boshlaydi.
Falastinda XIX asrning o‟rtalarida 10 mingdan kamroq yahudiylar yashagani
aniqlangan. Usmonli turklar imperiyasida 1867-yilda “xorijliklarga yer sotish
to‟g‟risida” qonun qabul qilingan edi. Bu qonunning qabul qilinishi usmonli turklar
imperiyasining mustamlakasi bo‟lgan Falastinga yahudiylar immigratsiyasining
jonlanishiga turtki beradi. Bu immigratsiyaning birnichi katta to‟lqini 1881-yilda
boshlangan va u “birinchi aliya” nomi bilan mashhur bo‟ladi.
23
Bu jarayonda Sharqiy
Yevropadan (Rossiya imperiyasi) 25 ming yahudiylarning Falastinga kirib kelishi
kuzatiladi. 1882-yildan to 1900-yilgacha Falastindagi yahudiy aholi soni 24 mingdan
50 minggacha yetadi.
1901-yil “Yahudiy milliy fondi” tuziladi va yahudiylarning Falastinga
immigratsiyasini
moliyaviy
jihatdan
ta‟minlay
boshlaydi.
24
Shundan
keyin
yahudiylarning Falastinga ommaviy ko‟chib kelishi jonlanadi. Ma‟lumotlarga
qaraganda, 1904-1914-yillarda “ikkinchi aliya”, 1919-1923-yillarda “uchinchi aliya”,
1924-1929-yillarda “to‟rtinchi aliya”, 1933-1939-yillarda “beshinchi aliya” yuz
beradi. “Beshinchi aliya”ning boshlanishiga asosiy sabab qilib, 1933-yilda
23
Д.Кузнецов. Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр 8
Internet//mirknig.com
24
.Кузнецов Д.В Арабо-израильский конфликт: История и современность. Издателство БГПУ. 2006 стр 8
Interne//mirknig.com
27
Germaniyada Gitlerning hokimiyat tepasiaga kelishi va uning antisemitizm siyosati
ko‟rsatiladi. 1919-yil ko‟rsatkichi bo‟yicha Falastindagi yahudiy aholining soni 57
ming kishini tashkil etgan: bu Falastindagi butun aholi salmog‟ining 9,7%ini; arab
aholisining soni esa 533 ming kishi yoki butun aholining 90,3%ini tashkil etgan.
25
1922-1948-yillarda Falastin hududiga 685 ming yahudiya immigranti ko‟chib
keladi.
Yuqorida keltirilgan raqamlar shunday xulosaga olib keladiki, Falastin arab
xalqi
yashayotgan
hududlar
asta-sekinlik
bilan
yahudiylar
tomonidan
o‟zlashtirilganligi va bu o‟z navbatida ushbu hududda yashayotgan ikki etnik
guruhlarning kelajakdagi taqdiriga o‟zining salbiy ta‟sirini ko‟rsatganligini kuzatish
mumkin.
Falastin Britaniya mandati ostida
Yevropadan Falastin orqali janubiy-sharqiy Osiyoga, undan janubiy sharqqa
o‟tuvchi muhim havo yo‟li va O‟rta Yer dengizini fors qo‟ltig‟i bilan bog‟lovchi
quruqlik yo‟li o‟tar edi.
1916-yil 9-16 mayda Londonda Angliya va Fransiya rahbarlari o‟rtasida Osiyo
Turkiyasini bo‟lish masalasida bo‟lib o‟tgan uchrashuvda Sayks-Piko kelishuvi
imzolanadi (P.Sayks - Britaniya harbiy mahkamasi boshlig‟i. F.Jorj.Piko - Fransiya
davlat arbobi)
26
Unga ko‟ra Falastinda xalqaro rejim o‟rnatilishi kerak edi.
Shuningdek, Sayks-Piko maxviy kelishuviga binoan yemirilib borayotgan usmonli
turklar imperiyasi ikki davlat (Angliya va Fransiya) tomonidan taqsimlab olingani
qayd etilgan. Mazkur taqsimotga muvofiq inglizlarga Iroq (Mesopatamiya),
Falastinning uncha katta bo‟lmagan qismi, ushbu hududda joylashgan Xayra va
Akkra bandargohlari; fransuzlarga esa Suriya va Livan tegishli deb qayd etildi. Shu
bilan birga Angliya Fransiyani ogohlantirmagan holda Falastin muammosi bo‟yicha
butunjahon sionistlar tashkilotining o‟sha vaqtlardagi rahbari Veysman bilan aloqa
o‟rnatib, maxviy muzokaralar olib bordi. Bu muzokaralar ijobiy natijani bera oldi. Bir
yildan ortiq davom etgan muzokaralardan so‟ng birinchi jahon urushi yillarida
B.Britaniya tashqi vaziri lavozimida ishlagan Artur Jeyms Balfur nomi bilan atalgan
25
Примаков Е.М. Анатамомия ближныйвосточного конфликта. Москва 1978 стр 9
26
Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 113
28
“Balfur deklaratsiyasi” ishlab chiqildi. Bu deklaratsiya Falastinda yahudiylar
davlatini barpo etishga qaratilgan sionistlar tashkilotining ko‟p yillik harakatlarining
nazariy natijasi bo‟lib, deklaratsiya mazmuni 1917-yil 2-noyabrda B.Britaniya tashqi
ishlar vaziri Artur Jeyms Balfur tomonidan Britaniya sionistlar federatsiyasining
vitse-prezidenti Lionel Uolter Rodshild nomiga yozilgan maktubida bayon etilgan
edi. Unga ko‟ra Falastinda “Yahudiy milliy o‟choqlari” tashkil etilishi kerak edi.
Ma‟lumki, Angliya birinchi jahon urushiga qadar qudratli davlatlar orasida
sionistlar harakatiga, umuman olganda, do‟stona munosabatda bo‟lgan. Boshqa
tomondan, Angliya Fransiya va AQSh kabi raqiblariga nisbatan Yaqin Sharqdagi
mavqeini mustahkamlab olish payida edi. Angliya Falastinga o‟rnashib olish va
boshqa strategik maqsadlarini ko‟zlab sionistlar tashkiloti bilan munosabatlarini
ijobiylashtirishga harakat qildi. Shu maqsadda Angliya hukumati sionistlar tashkiloti
bilan muzokaralar olib borishga harakat qildi. Angliya hukumati tomonidan Sayks,
sionistlar tomonidan Veysman vakil etib tayinlandi. Muzokaralar 1917-yilning 17-
fevralida Londonda boshlanadi. Muzokaralar natijasida agar yahudiylarning milliy
maqsadi (Britaniya Falastinni yahudiy xalqi uchun milliy uy sifatida tan olish)
sionistlar Falastinda Buyuk Britaniya hokimiyatining o‟rnatilishiga bor kuchlarini
sarflashga tayyorligini bildiradilar. 1917-yilning iyulida inglizlar va siyonistlar
bo‟lg‟usi deklaratsiyaning asosiy tamoyilini ishlab chiqdilar. Ushbu tamoyilga
muvofiq, Falastin yahudiy xalqining milliy makoni deb atalgan va unga tegishli
hududlar belgilangan edi. Ammo “Balfur deklaratsiyasi” haqida, Sayks – Veysman
muzokaralari to‟g‟risida arab dunyosidagi arboblarga ham ma‟lumot yetib keladi.
Shuni aytish joizdirki, deklaratsiyaga bo‟lgan munosabat arab dunyosida va ba‟zi bir
yevropalik arboblar orasida o‟zining salbiy aksini ko‟rsatadi. Buyuk Britaniyaning
yetakchi siyosiy arboblaridan biri Montegi ushbu deklaratsiya haqida quyidagi
fikrlarni bildirgan edi: “Men hozir Falastinni yahudiylar bilan bog‟liq hamda
ularning yashashi uchun qulay joy deb o‟ylamayman. Falastin yahudiylar tarixida
o‟ziga xos o‟rin tutishi mumkin. Lekin musulmonlar tarixi ham bundan kam emas,
qolaversa, yahudiylardan keyingi davrlarda xristianlar tarixi bilan ko‟proq bog‟liqdir”
– deb yozgan edi.
29
“Balfur deklaratsiyasi” Angliyaga Makkaning sherifi Xuseynga arab
davlatlarini tuzish haqidagi bergan va‟dalarini bajarishdan voz kechishga yordam
berdi.
27
1919-yil yanvarida Parij tinchlik konferensiyasida qatnashgan Amir Feysal ibn
Xusayn o‟zining me‟morandumida “yahudiylarning Falastinga nisbatan tarixiy
huquqlari borligini rad qilib, arablar Falastinda boshqalardan ko‟ra ko‟pchiliikni
tashkil
qilib, qadimdan istiqomat qilishgan” deb ta‟kidlagan.
“Balfur
deklaratsiyasi”ning yana bir natijasi shundan iborat bo‟ldiki, Falastin arab xalqi
deklaratsining joriy qilinishiga qarshi kurashishiga majbur bo‟ldi. Chunki bu xalq bir
tomondan o‟z taqdirini o‟zi belgilash huquqidan mahrum bo‟lgan bo‟lsa, boshqa
tomondan Falastin ingliz mandat hukumati ostida ekan, ularning yerlari
mustamlakachilik nishoniga aylanishi muqarrar edi.
1918-yilning boshida Falastin vakillari Qohirada “Balfur deklaratsiyasi” va
Sayks - Piko kelishuviga qarshi harakat qo‟mitasini tuzdi. Falastinning inglizlar
tomonidan bosib olingan shaharlarida esa islom-xristian ittifoqlari tuzilib, 1918-yil
fevralida bo‟lib o‟tgan konferensiyasida Falastin-Suriya hududiga (Sayks-Piko
kelishuvi bo‟yicha Suriya va Livan Fransiya ta‟sir doirasidagi hudud deb e‟tirof
etilgan edi) mustaqillik berishni talab qildi. 1919-yilning 5-iyunida Damashqda bo‟lib
o‟tgan umumsuriya kongressi “Balfur deklaratsiyasi”ni inkor etdi, arablarni
mustaqillik uchun kurashga da‟vat etdi. 1920-yil 14-dekabrda Xayfada birinchi
umumfalastin siyosiy konferensiyasi bo‟lib o‟tdi, bu anjuman yahudiylar
immigratsiyasini to‟xtatishni va mamlakatda milliy boshqaruv joriy etishni talab
qildi. O‟z navbatida yahudiylarning sionistik tashkiloti ingliz mandat boshqaruvini
hayotga joriy qilish uchun kurash olib bordi. Natijada “Balfur deklaratsiyasi”
Falastinni bo‟linishiga olib keldi va bu yerdagi mavjud muammolarga asosiy
sabablardan biri bo‟lib xizmat qildi. “Balfur deklaratsiyasi” mintaqada Britaniya
siyosatining qaror topishiga poydevor bo‟ldi. Falastin hududlarida yahudiylarning
shiddat bilan ko‟payishiga real turtki bo‟ldi. Endilikda Buyuk Britaniya Falastinda
rasmiy o‟rin topish uchun uni xalqaro miqyosida qonunlashtirish lozim edi. Ana shu
maqsadda tarixiy sahnani tamoman tark etgan Usmonli turklar imperiyasining
27
Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 113
30
hududlarida paydo bo‟lgan vakumni to‟ldirish lozim edi. Nihoyat 1920-yilning 25
aprelida Antanta Oliy kengashining konferensiyasi Italiyaning San-Remo shahrida
o‟tkazildi. Bu konferensiyada Falastin boshqaruviga aniqlik kiritildi. Konferensiya
qarorlariga ko‟ra rasmiy ravishda Falastinda ingliz mandati o‟rnatilganligi e‟lon
qilindi.
28
Falastin hududi to‟la-to‟kis Britaniya mandat tizimi boshqaruviga berildi.
Mandatoriya davlatga barcha qonunchilik, ijroiya hokimiyati berilgan edi. San-Remo
qarorlariga binoan Falastindagi mandat tizimi bu yerda davlat paydo bo‟lguniga
qadar hukm surishi lozimligi qayd etildi. 1922-yilning 29-sentabrida Britaniya
mandat boshqaruvi rasman kuchga kirdi. Mandat tizimi Millatlar Ligasi ustavining
22-moddasi bilan yuridik jihatdan rasmiylashtirildi. Mandat tizimiga ko‟ra B.
Britaniya quyidagi majburiyatlarni oldi:
… 2-modda: Falastindagi yahudiy milliy uyini yaratishni ta‟minlash uchun zarur
bo‟lgan har qanday siyosiy-ma‟muriy sharoit yaratish, o‟z-o‟zini boshqaradigan
institutlarni shakllantirish
5-modda: Falastin hududining hech qanday qismini ijaraga yoki chet el mamlakatlari
boshqaruvi ostiga bermaslik
6-modda: Jamoalar uchun zarur hisoblanmagan, davlat yeriga kirgan va bo‟sh yotgan
yerlarda yahudiy aholi punktlarini yaratish, yahudiy immigratsiyasiga yordam berish
va rag‟batlantirish
7-modda: Falastinda yahudiylar davlatchiligini shakllantirishga yordam berish.
Falastinda yahudiylar uchun doimiy yashash joyi tanlash
29
Britaniya hukumati mamlakatda (Falastinda) “yahudiy milliy uyini” tuzishdagi
xavfsizlik uchun siyosiy, ma‟muriy va iqtisodiy sharoitni yaratish zarurligiga urg‟u
berdi.
Shuni aytish lozimki, Angliya Falastindan Fransiyaning Suriya va Arabiston
yarim oroliga kirib kelishidan buffer sifatida foydalanishga harakat qilgan.
30
Falastinda yahudiy immigratsiyasining o‟sishi arab millatparvarlarining bosh
ko‟tarishiga olib keldi va yahudiylar bilan arablar o‟rtasidagi munosabatlar
yomonlashuviga sabab bo‟ladi. Tez orada arablarning ommaviy noroziliklari
28
Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 114
29
Internet // Cвободная энсиклопедия
30
Ko'rsatilgan adabiyot.стр. 113
31
boshlanadi. Hali 1920-yilning bahorida bu yerda antiimperialistik va antisionistik
harakat boshlandi. Bu harakatni Arab-Falastin kongressida birlashgan Falastin
millatparvarlari boshqargan. Bunda arablar Britaniya hukumatidan yahudiylar
immigratsiyasini cheklashni talab qildi.
31
Eng yirik namoyishlardan biri 1921-yilda arab va sionistlar o‟rtasida bo‟lib
o‟tadi. 1921-yil Arab-Falastin kongressi (bu tashkilot 1920-yilda tuzilib, yilda bir
marotaba chaqirilar edi. Kongress sessiyalari oralig‟idagi davr mobaynida uning
funksiyalarini ijroiya qo‟mitasi bajarar edi. 1935-yilda Arab-Falastin kongressi Arab-
Falastin partiyasi nomi ostida qaytadan tuziladi. Shunigdek, 1936-yilda falastinliklar
Oliy Arab qo‟mitasini tuzishadi. Bu qo‟mita Falastin arablarining milliy ozodlik
harakatida yetakchi o‟rinni egallaydi) Londonga Muso Qosim poshsho Xusayni
boshchiligida delegatsiya yuboradi.
32
Delegatsiyaning maqsadi Britaniya koloniyalari
vaziri. U. Cherchill bilan uchrashib, Falastin maqomiga oydinlik kiritish edi.
Delegatsiya Falastin davlatini tuzish talabini ilgari suradi. Lekin Cherchill bunga rad
javobini beradi. 1922-yil Cherchill bu masalada o‟z memorandumini e‟lon qiladi. Bu
memorandumda shunday deyilgan edi: “Biz “Balfur deklaratsiyasi” bo‟yicha ish
ko‟ramiz. Unga ko‟ra biz Falastin parlamenti va shu bilan birga Falastin hukumatini
ham tuzamiz. Bizning maqsadimiz bu yerda yahudiylar davlatini tuzish emas, balki
yahudiy o‟chog‟ini tashkil etishdir”.
Arab Falastin kongressi Cherchill memorandumini rad etdi.
33
Biroq inglizlar
bu memorandumni 1922-yil avgustida e‟lon qilingan Falastin konstitutsiyasi
asoslariga kiritadi.Konstitutsiya aholiga diniy marosimlarni erkin o‟tkazishni
kafolatladi. Falastin arab aholisi bu konstitutsiyani boykot qildi.
Voqealarning shu tarzda davom etishi oqibatida arablar dehqonlari va sionistlar
o‟rtasida bir qancha kichik to‟qnashuvlar sodir bo‟ldi. Bu to‟qnashuvlar 1924-yil
Aful rayonida, 1926-1927-yillar Petax – Tikvu rayonida, 1927-yil Kesari, 1927-1929-
yillar Xeder rayonlarida bo‟lib o‟tdi.
34
XX asrning 20-yillari oxirida Falastinda favqulodda jiddiy vaziyat yuzaga
keldi. Har kuni xalq kurashlari bo‟lib turdi. 1929-yil avgust oyida bu kurashlar xalq
31
Amir Rashid “Палестинское проблема:история и современности” M.2009. стр 123
32
Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 119
33
Ko‟rsatilgan adabiyot. стр.119
34
Ko‟rsatilgan adabiyot. стр. 120
32
qo‟zg‟oloniga aylanib ketdi. Bu xalq qo‟zg‟olonlarining asosiy harakatlantiruvchilari
dehqonlar sinfi edi. 1929-yil avgust oyi o‟rtasida Iyerusalimdagi arab kvartali hududi
“Nola devori” yonida (Nola devori Solomon maqbarasi devorlari qoldig‟i bo‟lib,
Iudilar jangi davrida buzilgan) sionist-fashistlarining antiarab shiori ostidagi
namoyishi boshlanadi unga qarshi falastinliklar ham kurash boshladi. Bu Falastindagi
ikkita etnos o‟rtasida (arab – yahudiy)gi dastlabki qonli to‟qnashuvlar boshlanishiga
sabab bo‟ldi. Ayni shu vaqtda Misr va Maltadan inglizlar o‟z harbiylarini Falastinga
olib kiradi. Qo‟zg‟olon 1929-yil dekabrda inglizlar tomonidan bostiriladi. Qo‟zg‟olon
bostirilgach, qo‟zg‟olon sabablarini o‟rganish maqsadida Falastinga ingliz
komissiyasi yuboriladi. Komissiya o‟z xulosalarini 1930-yil oktabrdagi “Passfild
memorandumi” da e‟lon qilinadi. Unga ko‟ra:
1. Falastindagi yahudiylar soni mamlakat iqtisodiyotiga zarar qilmaydigan
darajadagi muvozanatda bo‟lishi kerak.
2. Endi yahudiylar immigratsiyasi uchun bo‟sh joy yo‟q, ular sionistlarning
ilgariroq sotib olgan yerlariga ko‟chib kelishlari mumkin.
3. “Yahudiy agentligi” mamlakatni boshqarishni talab eta olmaydi.
4. Mandatning bosh vazifasiga ko‟ra “Yahudiy milliy o‟chog‟ini” tashkil etish
shart emas.
35
“Passifild memorandumi” sionistlarning manfaatlarini ancha cheklab qo‟yadi.
Natijada bu memorandum sionistlar tomonidan qarshilikka uchraydi.
1932-yil Falastinga 26 ming yahudiy ko‟chib keladi. 1933-yil esa 5 oy ichida
15 ming yahudiy ko‟chib keladi. Yaxudiylarning ko‟plab miqdorda ko‟chib kelishi
Falastindagi yerlarning narxini ham keskin oshirib yuboradi. 1930-yilgi yerning narxi
birinchi jahon urushidan oldingi darajadan 13 marta oshgan edi.
36
Jahon iqtisodiy inqirozi Falastin uchun og‟ir oqibatlarga olib keldi. Savdo-sotiq
qisqardi. Ishsizlar soni 30-35 ming kishiga yetdi.
1930-1933-yil Falastinda ishchilar harakatining kuchayish davri bo‟ldi. Yarim
yil davomida (1931-yil oxiri 1932-yil boshi) arab ishchilarining 4000 nafari ishtirok
etgan 20 ga yaqin ish tashlashlari yuz berdi. Falastindagi bunday beqaror vaziyat oxir
oqibatda navbatdagi 1933-yilgi oktabr qo‟zg‟oloni boshlanishiga olib keladi. Agar
35
Ko‟rsatilgan adabiyot. cтр. 122
36
Ko‟rsatilgan adabiyot. cтр.123
33
1929-yilgi qo‟zg‟olon sionist kolonizatorlariga qaratilgan bo‟lsa, bu qo‟zg‟olon ingliz
imperializmiga qarshi qaratildi. Qo‟zg‟olon 1933-yil 27-oktabrda Yaffa shahrida
boshlanadi.
37
Bu qo‟zg‟olonda 500 ga yaqin ayollar ham ishtirok etadi.
Falastindagi bu qo‟zg‟olon boshqa arab mamlakatlari: Transiordaniya, Suriya
va Iroqqa ham tarqaladi. Transiordniyadan 2000 ga yaqin harbiylar falastinliklarga
yordam ko‟rsatish uchun keldi. Biroq bu qo‟zg‟olonni ham inglizlar bostiradi.
1934-1935-yillarda Falastinga 104 ming yahudiy ko‟chib keladi. 1936-yil
martida ingliz hukumati Falastin ijarachi dehqonlarining huquqini himoya qiluvchi
Falastin Qonunchilik Kengashini tuzish loyihasini bekor qildi. Bu esa tanaffuslar
bilan 3 yil davom etgan yangi (1936-1939) qo‟zg‟olonga sabab bo‟ldi. 1936-yil aprel
oyida Oliy Arab qo‟mitasi barcha Falastin aholisini ish tashlashga chaqiradi. Umumiy
ish tashlash 6 oy davom etadi: unda yuz minglab fellodlar, savdogarlar, ziyolilar
ishtirok etadi. Aholi soliq to‟lashni to‟xtatadi. Angliya kommunistik partiyasi
falastinliklarni himoya qilib chiqadi, ular mandat tizimini bekor qilishini va ingliz
qo‟shinlarini olib chiqib ketishini taklif qiladi. Inglizlar bu qo‟zg‟olonlarga qarshi
feldmarshal Ueyvell boshchiligida katta qo‟shin yuboradi. Bu qo‟shinga sionist
otryadlari ham qo‟shiladi. Qo‟zg‟olonni bostirish vaqtida ko‟plab aholi qirg‟in
qilinadi.
38
1936-yil oktabr oyida Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman qirollari va
Transiordaniya amirining talabi bilan, Angliyaning “ezgu niyatli” kafolatiga ishonib,
Oliy Arab qo‟mitasi xalq ommasiga qo‟zg‟olonni tugatish talabi bilan chiqadi.
Angliya bundan foydalanib, mamlakatning kelajakdagi taqdirini hal qilish uchun
Falastinga qirollik kommisiyasini yuboradi. Lord Pill boshchiligidagi qirol
kommisiyasi 1936-yil noyabrda Falastinga yetib keladi. Kommisiya Falastinda
mandat tizimi bankrotga uchragan, degan xulosaga keladi.
39
Mandat tizimi bekor
qilinadigan bo‟lsa, uning o‟rnida xalqaro maqomga ega bo‟lgan bir qancha hududlar
tashkil topishi maqsadga muvofiq bo‟lardi, deb xulosa chiqargan Pill kommisiyasi.
37
Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 стр 124
38
Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 126
39
Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 126
34
Pill kommisiyasi bergan bu taklif Falastin arablarini qayta qirolli chiqishlariga
undadi. Sionistlarni ham Pill kommisiyasi aslo qoniqtirmagan, chunki ular Falastin
o‟lkasida faqat niyahudiy davlati barpo etish niyatida edilar.
1939-yil fevralida Londonda Angliya, Falastin siyosiy partiyasi liderlari, Misr,
Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman va Transiordaniya, shuningdek “yahudiy agentligi”
boshqaruvchilari ishtirokida “Doira stoli” konferensiyasi chaqiriladi.
40
Konferensiya qanashchilariga Falastinni boshqarish yuzasidan yangi ingliz
rejasi taqdim etiladi. Rejaga ko‟ra, o‟n yil mobaynida yagona arab-yahudiy davlati
tuzilishi va u davlat Angliya bilan ittifoqda bo‟lishi lozimligi, Angliya bu davlatning
harbiy resurslaridan foydalanish imkonyatini o‟zida saqlab qolishi qayd etiladi.
Shuningdek, bu reja bo‟yicha o‟n yilgacha davlatni inglizlar nazorati ostida navbati
bilan bir yil arab va bir yil yahudiy vazirlari boshqarishi nazarda tutiladi. 1944 – yilga
kelib Falastinda yahudiylar immigratsiyasi to‟laligicha yakunlanishi ko‟zda tutiladi.
Bundan tashqari, bu rejaga ko‟ra sionistlarning yer sotib olishiga chek qo‟yiladi
deyilgan. Bu reja har ikkala etniklar tomonidan qabul qilinmaydi. Arablar mandat
tizimini bekor qilib, mustaqil Falastin davlatini tuzmoqchi bo‟lsa, yahudiylar o‟z
davlatlarini tuzib, immigratsiyani cheklashni bekor qilmoqchi edilar. Konferensiya
tomonlarning biror – bir kelishuvga erisha olmay natijasiz yakunlandi.
41
Ingliz hukumati o‟zining rejasini bir yoqlama akt bilan tasdiqlab, uni 1939 –
yil may oyida rasmiy nom bilan “ Falastindagi siyosat to‟g‟risida deklaratsiya “ (“ Oq
kitob”) deb e‟lon qiladi.
42
Dastavval arablar tomonidan inkor etilgan bu hujjat keyinchalik qabul qilinadi
va 1939 – yildan boshlab “ Oq kitob “ Angliyaning Falastindagi ingliz siyosatining
yangi bosqichini boshlab beradi.
1940 – yil 28 – fevralda “ yerlarni berish haqida yangi qonun “ qabul qilinadi.
Unga ko‟ra Falastin hududi 3 ta zonaga bo‟linadi :
A. zonasi – Falastin hududining 63,4%ini tashkil etgan bu zonada yahudiylarga
yer sotish ta‟qiqlangan. Yahudiylarning a. zonadagi yeri 2,9% ni tashkil etgan.
40
. Новейшая история арабских стран (1917-1966) М.1967 cтр. 127
41
Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 127
42
Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 128
35
B. zonasi – 31,6%ni tashkil etgan b. zonada yahudiylarga yer berish faqat Oliy
Britan komissarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin edi. Bu yerdagi
yahudiylarning yeri 7%ni tashkil etgan.
S. zonasi – mamlakat hududining bor-yo‟g‟i 5%ini tashkil etgan s. zonada
yahudiylar cheklanmagan miqdorda yer sotib olishlari mumkin edi. Bu yerda ular
48,9% yerga egalik qilar edi.
Falastin arablari o‟zining milliy davlatini qurish jarayonida ichki nizo va
qiyinchiliklarga ham duch keldi. XX asrning 30-yillarida Transiordaniya amiri
Abdulloh “ Buyuk Suriya “ birlashgan arab davlatini barpo etish tashabbusi bilan
chiqqan edi. “ Buyuk Suriya “ davlati Suriya, Livan, Transiordaniya va Falastinning
ma‟lum qismidan iborat bo‟lib, uning taxtida Transiordaniya amiri bo‟lmog‟i lozim
edi. Iordaniyadagi Hoshimiylar xonadoni “Buyuk Suriya “ birlashgan
monarxiyasida hukmron sulolaga aylanishi, butun arab dunyosida ularga
yetakchilikni qo‟lga kiritishga imkon berar edi. “ Buyuk Suriya “ davlatining
vujudga kelishi, sionistlarning Falastinda yahudiy davlatini barpo etish rejalariga
zarba bo‟ladi, degan fikirning muallifi ham amir Abdulloh bo‟lgan. Ammo ushbu
rejaning bitta kamchiligi shu bo‟lganki, unda Falastin arablarining xohish va irodasi,
ya‟ni mustaqil davlatning sohibi bo‟lish istaklari inkor etiladi.
1943-yilda arab mamlakatlarida Arab davlatlari ligasini barpo etish to‟g‟risida
gap borganda Iroq bosh vaziri Nuri Said arablar birligiga erishish rejasini taqdim
etgan edi. Tarixda bu reja “ Saodatli yarim oy “ nomi bilan ma‟lum bo‟ldi. “ Buyuk
Suriya “ va “ Saodatli yarim oy “ rejalarida Falastin arablarining taqdiriga befarq
qaralgan, ularning mustaqil, erkin davlat tuzish yo‟lidagi talabi va kurashi inkor
etilgan. Falastin aholisining ko’payish salmog’i
Do'stlaringiz bilan baham: |