Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana05.11.2020
Hajmi0,5 Mb.
#51857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
arab davlatlar ligasi va falastin muammosi

Yil 

Umumiy 

aholi 

Arablar 

Yahudiylar  Xiristianlar 

Boshqalar 

1922 – yil 

752048 

589177 


83790 

71464 


7617 

1931 – yil 

1036339 

761922 


175138 

89134 


10145 

1945 – yil 

1764520 

1061270 


553600 

135550 


14100

43

 



 

                                                 

43

  Кузнецов  Д.В.  Арабо-израильский  конфликт:  История  и  современность.  Издателство  БГПУ  2006.  стр  9 



Internet//.mirknig.com 


 

36 


2.2.  BMTning 181-sonli qarori (rezolutsiyasi) ning  e’lon qilinishi va birinchi  

Arab - Isroil urushlari 

 

Falastindagi  ingliz  siyosati  tobora  tushkunlikga  yuz  tutib  borardi.  Endi  ingliz 

hukumati  bu  muammoni  hal  qilishni  BMT  ixtiyorida  qoldirishga  majbur  bo‟ladi. 

Shunday  sharoitda  Falastin  muammosi  BMT  ning  1947-yil  may,  1947-yil  sentabr- 

noyabr,  1948-yil  aprel  may  va  1948-yil  sentabr-dekabr  oylari  bo‟lib  o‟tgan  Bosh 

Assambleya majlislarida  ko‟rib chiqiladi.

44

        


 

1947-yil  15-may  kunida  BMT  sessiyasining  yig‟ilishida  Falastin  masalasini 

o‟rganish  uchun  11  davlat  vakilllaridan  maxsus  komissiya  tuzildi.  1947-yil  6- 

sentabrda  BMT  Bosh  Assambleyasining  navbatdagi  II  sessiyasida  maxsus 

komissiyaning  ma‟ruzasi  eshitildi.Ushbu  ma‟ruzada  ingliz  mandatini  bekor  qilish  va 

Falastinni  mustaqil  deb  e‟lon  qilish  haqida  fikr  bildirilgan  edi.  Biroq  Falastinning 

kelajakdagi  davlat  tuzilmasi  to‟g‟risida  gap  borganda  kommisiya  a‟zolari  orasida 

yagona  fikr  bo‟lmagan.  Maxsus  kommisiya  BMTning  sessiyasiga ikkita  rejani taqdim 

etadi:   

 

1.  Falastinda  ikkita  :  arablar  va  yahudiylar davlatini barpo etish. Quddus shahri 



esa  BMT  nazoratidagi  xalqaro  statusga  ega  bo‟lgan  ma‟muriy  birlikka  aylanishi 

nazarda  tutilgan.  Mazkur  rejada  Falastindagi  ikki  davlat  va  Quddus  shahri  iqtisodiy 

ittifoqqa bog‟lanishi  ham shart deb ko‟rsatilgan.  

 

2.  Ikki  millatni  birlashtirgan,  poytaxti  Quddus  bo‟lgan  yagona  federativ  davlat 



barpo etish.  

 

Arab  davlatlari  va  Oliy  Arab  qo‟mitasi  ikkala  rejani  ham  rad  etdi,  chunki  ular 



Falastinda  faqat  yagona  arab  davlatining  barpo  etilishini  istashar  edi.  Oxir-oqibatda 

Falastin  bo‟yicha  tuzilgan  maxsus qo‟mita Falastin hududida ikki davlat barpo etilishi 

to‟g‟risidagi  rejasini  BMTning  sessiyasiga  havola  etdi.  BMT  Bosh Assambleyasining 

maxsus  qo‟mitasi  1947-yil  22-noyarda  Falastinni  bo‟lish  to‟g‟risida  rezolyutsiyani 

qabul  qiladi.  1947-yil  29-noyabrda      Bosh  Assambleya  Falastinda  ikkita  teng: 

demokratik  arab  va  demokratik  yahudiy  davlati  tashkil  etilganligi  haqidagi  181-sonli 

rezolyutsiyasini  qabul qiladi.

45

  Unga ko‟ra:  



                                                 

44

 Новейшая  история арабских  стран (1917-1966)  М.1967  стр 131 



45

 Ko'rsatilgan adabiyot.стр. 132 




 

37 


1.  Yahudiy  davlati  -  14,1  ming  kv.km  hududni  (umumiy  hududning  56%i) 

egallashi  lozim.   

2.  Arab  davlati  -  11,1  ming  kv.  km  hududni  (umumiy  hududning  43%i) 

egallashi  lozim.

46

   


Shuningdek,  181-rezolyutsiya  (qaror)  asosida  Quddus  (Iyerusalim)  shahri 

(aholisi  205 320,  umumiy  maydonining  1%ini  tashkil  etgan)  xalqaro  maqomga  ega 

bo‟lganligi,  1948-yilning  1-avgustigacha  ingliz  mandatining  tugashi  va  qo‟shinning 

chiqarilishi    hamda  1948-yil  1-oktabrdan  kechikmasdan  ikki  davlatning  mustaqilligi 

e‟lon qilinishi  shart deb topilganlining  diqqatga sazovordir.  

BMTning  Falastin  bo‟yicha  qabul  qilgan  tarixiy  rezolyutsiyasi,  afsuski,  bu 

zaminda  tinchlik  va  barqarorlikni  ta‟minlagani  yo‟q.  Chunki  bu  rezolyutsiyani 

yahudiyalar  mamnuniyat  bilan  kutib  olgan  bo‟lsalar,  falastinliklar  va  arab  davlatlari 

rahbarlari  bu  rezolyutsiyani  tan  olishmadi.  Ularning  fikricha  Falastinda  faqat  arab 

davlati  bo‟lishi  kerak.  BMTning  181-rezalyutsiyasi  qabul  qilingandan  so‟ng  arab 

davlatlar  ligasi  siyosiy  qo‟mitasi  Falastinning  bo‟linishiga  yo‟l  qo‟ymaslik  uchun 

ADL  rahnomaligidagi  Falastin  Ozodlik  Armiyasini  tashkil  etdi.  Bu  armiya  arab 

davlatlari  ligasi  tarkibida  bo‟lgan  mamlakatlarning  ko‟ngillaridan  tuzilgan.  1948-yil 

yanvarida  Falastin  Ozodlik  Armiyasi  3000  ko‟ngilli  askar  bilan  Falastinga  yuborildi. 

Sionistlar  vakillari  ham  1920-yilda  tuzilgan  o‟zlarining  “Xagan”  harbiy  dastasi 

yordamida  yaqinlashayotgan  urushga  tayyorlandi.  Bu  yaqinlashib  kelayotgan  urushga 

Britaniya  hukumati  aralashishni  istamadi  va  o‟z  qo‟shinini  Falastin  hududidan 

chiqara  boshladi.  Endi  Falastin  arablari  va  yahudiylar  o‟rtasida  qonli  to‟qnashuvlar 

boshlanib  ketishi  muqarrar  edi.  Shuni  ta‟kidlash  lozimki,  1947-yil  noyabr  holatida 

yahudiy  qurolli  kuchlari  qo‟mondonligidagi  umumiy  qo‟shin  soni  16000  kishini 

tashkil  etgan.  Bu  ko‟rsatkich  1948-yil  15-may  holatiga  kelganda  35000  kishiga 

yetgan.  

Sionistlar  1948-yilning  yanvar  oyida  Yaffa  shahri  bog‟chasida  portlash 

uyushtirdilar.  Bu  portlash  oqibatida 22 ta falastinlik arab qurbon bo‟ldi, jarohatlangan 

soni  bundan  ham  ko‟pchilikni  tashkil  etdi.

47

  Ertasi  kuni  sionistlar  Iyerusalimdagi 



“Semeramist”  mehmonxonasida  ham  portlash  uyushtirdi,  bunda  ham  22  nafar 

                                                 

46

 Примаков Е.М.  Ko'rsatilgan adabiyot. cтр. 11  



47

.Примаков Е.  М.Ko‟rsatilgan adabiyot.стр. 12 




 

38 


falastinlik  arab  halok  bo‟ldi.  Sionistlarning  shunga  o‟xshash  harakatlari  1948-yilning 

yanvar,  fevral,  mart  oylarida  ham  sodir  etildi.  Bu  borada,  ayniqsa,  arablarning  Deyr-

Yasin  qishlog‟ida  sodir  etilgan  terakt  o‟ta  vahshiylarcha  amalga  oshirildi.  1948-yil  9-

apreldan  10-aprelga  o‟tar  kechasi  sionistlarning  “Shtern”  va  “Irgun  svay  leumi” 

harbiy  dastalari  ushbu  qishloqda  himoyasiz  qolgan  aholi  ustiga  bostirib  kirib,  ayollar 

va  bolalarni  ham  qo‟shib    hisoblaganda  254  nafar  arab  aholisini  qirib  tashladi.

48

 

Sionistlarning  bunday  harakatini  ijobiy  baholagan  “Irgun”  harbiy  tashkiloti  yetakchisi 



Minoxim  Begin  o‟shanda  shunday  degan  edi:  “Deyr-Yasindagi  g„alabasiz  Isroil 

davlati  ham mavjud  bo‟lmas edi”.

49

 

1948-yilning  aprel  oyida  sionist  harbiy  dastalari  Hayfa,  Yaffa,  arab  kvartali 



bo‟lgan  Kataman  va  Iyerusalimni  okkupatsiya  qildi.  May  oyida  Safad,  Beysau  va 

boshqa  shahar  va  aholi  punktlari  egallandi.  1948-yilning  may  oxiriga  qadar  bo‟lajak 

Isroil  davlati  hududlaridan  400  ming  arab  aholisi  quvg‟in  qilindi.  Arablarga  hujum 

qilish  jarayonida  yahudiy  qurolli  kuchlarining  13  ta  harbiy  operatsiyasidan  8 tasi arab 

davlatiga  ajratilgan  yerlarda  amalga  oshirilgan.   

1948-yil  14-may  kechqurun  Buyuk  Britaniya  hukumati  (bosh  vazir  K.Ettli) 

o‟zining  Falastindagi  mandati  barham  topganligini  rasman  e‟lon  qiladi.

50

  Ertasi  kuni, 



ya‟ni  1948-yil  15-mayda  Yahudiy  milliy  muvaqqat  hukumati  (sionistlar  yetakchisi 

David  Ben  Gurion)  yahudiylarning  mustaqil  Isroil  davlati  tashkil  topganligini  e‟lon 

qiladi. 

Bu 


voqea 

Tel-Avivdagi 

Rodshelt 

xiyobonidagi 

muzeyda 

sodir 


bo‟ladi.

51

Mazkur  e‟londan  11  daqiqa  o‟tib  Isroil  mustaqilligini  birinchi bo‟lib AQSh, 



18 may kuni  Sovet Ittifoqi tan oldi.

52

  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish