Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


ARAB DAVLATLARI LIGASI VAKOLATXONALARI



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana05.11.2020
Hajmi0,5 Mb.
#51857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
arab davlatlar ligasi va falastin muammosi

ARAB DAVLATLARI LIGASI VAKOLATXONALARI 

1. Nyu-Yorkda BMT qoshidagi ADL vakolatxonasi   

 

2. Jenevadagi  ADL vakolatxonasi   



 

3. Avstriyaning  Vena shahridagi  ADL vakolatxonasi   

 

4. Argentinaning  Buenos-Ayres shahridagi  ADL vakolatxonasi   



 

5. Belgiyaning  Bryussel shahridagi  ADL vakolatxonasi    

6. Braziliyaning  Brazilia  shahridagi  ADL vakolatxonasi    

7. Germaniyaning  Bonn shahridagi  ADL vakolatxonasi    




 

17 


8. Gretsiyaning  Afina  shahridagi  ADL  vakolatxonasi   

 

9. Ispaniyaning  Madrid shahridagi  ADL vakolatxonasi     



10. Italiyaning  Rim shahridagi  ADL vakolatxonasi   

 

11. Kanadaning  Ottava shahridagi  ADL vakolatxonasi     



12. Keniyaning  Nayrobi sharidagi  ADL vakolatxonasi     

13. Rossiyaning Moskva shahridagi  ADL vakolatxonasi    

14. Senegalning  Dakar shahridagi  ADL vakolatxonasi     

15. AQSH ning Vashington,  Dallas,  Chikago va San-Fransisko  shaharlaridagi  ADL 

vakolatxonalari   

16. Efiopiyaning  Addis-Adeba shahridagi  ADL vakolatxonasi    

17. Yaponiyaning  Tokio shahridagi  ADL vakolatxonasi    

18. Hindistonning  Dehli  shahridagi  ADL vakolatxonasi    

 

Arab  davlatlari  ligasining  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlari  va  institutlari  20  ga 



yaqin  bo‟lib,  liga  ularga  moliyaviy  yordam  beradi,  ammo  ularning  qarashlari  bir-

biridan  farq qiladi.  Ularning  asosiylari  quyidagilar:   

 

1.  Arab  pochta  ittifoqi  –  liga  kengashining  1946-yil  9-dekabrdagi  qaroriga 



ko‟ra  tashkil  etilgan  .  Vazifasi  -  a‟zo  davlatlarni  pochta  xizmati  doirasida  ular 

o‟rtasidagi hamkorlikni  rivojlantirish  va mustahkamlash.   

 

2.  Arab  telekommunikatsiyalari  ittifoqi  –  liga  kengashining  1953-yil  9-



apreldagi  qaroriga  ko‟ra  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  telekommunikatsiya  orqali  a‟zo 

davlatlar  o‟rtasidagi hamkorlikni  rivojlantirish.   

 

3.  Arab  radiostansiyalari  birlashmasi  –  1955-yil  15-oktabrda  liga  kengashining 



qaroriga  ko‟ra  tuzilgan.  Uning  vazifasi  quyidagicha:  arab  radiostansiyalari  ish 

rejalarini  tashkil  etish,  xalqaro  jamiyatni  arab  dunyosida  sodir  bo‟layotgan  voqea- 

hodisalar  bilan  tanishtirish,  arab  dunyosidagi  radiostansiyalari  o‟rtasidagi  tajriba, 

axborot va materiallar  almashinuvini  nazorat qilishdir.   

 

4.  Yagona  arab  iqtisodiyoti  kengashi  –  1957-yil  3-iyunda  liga  kengashi  qarori 



bilan  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  kapital,  mulklarni  a‟zo  davlatlar  o„rtasida  erkin 

o‟tishini  ta‟minlash,  ishlab  chiqarilgan  milliy  va  xorijiy  mahsulotlarni  erkin 

almashinuvini  ta‟minlash. 



 

18 


 

5.  Xalqaro  arab  jamiyati  mudofaa  tashkiloti  -  1960-yil  10-aprelda  tuzilgan. 

Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  jinoyatchiliklarga  qarshi  kurash  va  bu  davlatlardagi 

huquq-tartibotni  o‟rnatuvchi  organlar  o‟rtasida  hamkorlikni  o‟rnatishga  yordam 

berish,  narkobiznes  va  terrorizmga  qarshi kurash. Bu tashkilotning ichida 3 ta bo‟limi 

mavjud:   

 

1. Bag‟doddagi huqubuzarliklarga  qarashi kurashuvchi  xalqaro arab byurosi.  



 

2. Damashqadagi huquq-tartibotni  o‟rnatuvchi xalqaro arab byurosi.  

 

3. Qohiradagi narkotiklarga  qarshi kurashuvchi  xalqaro arab byurosi.  



 

6.Ta‟lim,  madiniyat  va  fan  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1961-yil  1-aprelda  tashkil 

topgan.  Maqsadi  -  arab  davlatlarini  birlashtirish  g‟oyasini  ta‟lim,  madaniyat  va  fan 

orqali  olib  borish,  arab  davlatlaridagi  madaniyat  darajasini  oshirish  va  yuksaltirish. 

Unig  tarkibiga  3 ta institut  kiradi  : 

1. Qohiradagi arab tadqiqotlari  instituti   

2. Qohiradagi savodsizlikni  tugatish markazi   

3. Rabotdagi tilni  standartlashtirish  boshqarmasi 

7.  Boshqaruv  fani  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1961-yil  1-aprelda  tashkil  topgan. 

Maqsadi  -  boshqaruv  fanini  rivojlantirish  va  arab  davlatlaridagi  ma‟muriy  apparatni 

mukammalashtirish.  Moliya  to‟g‟risidagi  fanlarga  homiylik  qilish  va  boshqaruv  fani 

bilan  aloqa o‟rnatish.  

8.  Arab  mehnat  tashkiloti  –  1965-yil  21-martda  tuzilgan.Maqsadi  -  ishchilar 

hayotini  yaxshilash,  mehnat  shartlarini  oshirish,  moddiy  va  madaniy  jihatdan  aholini 

ta‟minlash,  adolatli  jamiyat  qurish.  

9.  Arab  sanoatini  rivojlantirish  ittifoqi  -  1980-yil  20-sentabrda  tuzilgan. 

Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  sanoati  rivojlantirish  va  yetuklashtirish.  Energetika  va 

tog‟  qazilmalarini  ishlab  chiqarish.  Arab  davlatlarini  sanoat  orqali  hamkorlik 

o‟rnatilishlarida  yordam berish.  

10.  Fuqaro  aviyatsiyasi  bo‟yicha  arab  davlatlari  kengashi  -  1965-yil  21-martda 

tuzilgan.  Masadi  -  umumarab  va  xalqaro  darajada  arab  davlatlaridagi  aviyatsiyani 

texnik  va iqtisodiy jihatdan  rivojlantirish  va mustahkamlash.   

11.  Arab  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy  rivojlanish  tashkiloti  -  Iqtisodiyot  kengashi 

tomonidan  1968-yil  16-mayda  tashkl  etilgan.Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  iqtisodiy 




 

19 


va  ijtimoiy  rivojlantirishning  loyihalarini  moliyalashtirish,  arab  davlatlaridagi 

iqtisodni  rivojlantirish  va  mustahkamlash.  Shuningdek,  ularni  texnik    hamda 

mutaxassislik  yordamlari  bilan  ta‟minlash. 

12.  Neftni  eksport  qiluvchi  arab  davlatlari  tashkiloti  -  1968-yil  9-yanvarda 

Saudiya  Arabistoni,  Quvayt  va  Liviya  o‟rtasida  tuzilgan.  Tashkilot  neftni  eksport 

qiluvchi  arab  davlatlari  uchun  hali  ham  ochiq.  Maqsadi  -  neftni  qayta  ishlash  va 

eksport  qilish.  Tashkilot  a‟zolari  o‟rtasida  texnik  va  axborot  almashinuvlarini 

ta‟minlash,  shuningdek,  neftni  qazib chiqarish bo‟yicha yangi loyihalar  yaratish.   

13.  Kapitalni  himoya  qilishni  ta‟minlash  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1965-yilda 

tuzilgan.  Faoliyatini  1875-yil  1-aprelda  boshlagan.  Maqsadi  -  arab  davlatlarida 

kapital  qo‟yishni  himoya  qilishni  ta‟minlash  va  arab  davlatlari    iqtisodiga  ta‟sirini 

oldini  olish.  

14.  Arab  qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirish  tashkiloti  -  1970-yil  11-martda 

tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  arab  davlatlaridagi  qishloq  xo‟jaligini  rivojlantirish  va 

mustahkamlashni  ta‟minlash.   

15.  Arab  valyuta  fondi  -  1976-yil  27-aprelda  tuzilgan.  1978-yildan  faoliyatini 

yurita  boshlagan.  Vazifasi  -  arab  davlatlaridagi  pul  balansini  tenglashtirish,  valyuta 

kurslarini  almashishini  nazorat  qilish,  valuta  aloqalarini  va  valuta  siyosatini  arab 

davlatlari  o‟rtasida o‟rnatish. Dinor foydalanilishini  kengaytirish.   

16.  Dengiz  yuk  tashish  bo‟yicha  arab  akademiyasi  1972-yil  26-mayda  tashkil 

etilgan.  1975-yildan  faoliyat  yuritadi.  Maqsadi  -  arab  davlatlari  o‟rtasida  dengiz 

savdosini  rivojlantirish,  dengiz  transportini  takomillashtirish.  Dengizda  yuk  tashish 

bo‟yicha milliy  mutaxassis kadrlar va dengiz flotlarini  yaratish  hamda tayyorlash.   

17.  Cho‟l  va  lalmi  yerlarni  o‟rganish  bo‟yicha  arab  markazi  -  1968-yil  3-

sentabrda  tashkil  etilgan.  Maqsadi  -  lalmi  yerlarda  mintaqaviy  tadqiqotlar olib borish, 

suv manbalarini  topish va cho‟l yerlarda biologik  tadqiqotlar olib borish.  

18.  Sun‟iy  yo‟ldosh  aloqalari  bo‟yicha  arab  tashkiloti  -  1976-yil  21-martda 

tuzilgan.  1978-yil  1-iyuldan  boshlab  faoliyatini  yurita  boshladi.  Maqsadi  -  arab 

davlatlarida  kosmik  dasturlarni  yaratish  va  mablag‟  bilan  ta‟minlash.  Sim  va  simsiz 

aloqani  rivojlantirish.  Arab  davlatlarida  aloqa  stansiyalarini  o‟rnatish,  kosmik 




 

20 


texnalogiyalarni  o‟rganishni  joriy  etish.  Tele  va  radioni  arab  sun‟iy  yo‟ldoshi 

aloqalari  orqali amalga  oshirish.  

19.  Afrika  davlatlaridagi  iqtisodiyotni  rivojlantirish  bo‟yicha  arab  banki  - 

1973-yil  28-noyabrda  Jazoirdagi  6-umumarab  kongressi  taklifi  va  1973-yil  5-dekabr 

iqtisodiyot  kengashi  qarori  bilan  tuzilgan.  Maqsadi  -  Afrikadagi  arab  davlatlarining 

iqtisodiyotini  rivojlantirish.   

2005-yil  17-dekabrda  Qohirada  Arab  parlamentining  birinchi  vaqtinchalik 

sessiyasi  bo‟lib  o‟tdi.Sessiyada  parlament  spikeri  etib Quvayt parlamentining xalqaro 

aloqalar  bo‟yicha  komiteti  vakili  Muhammad  Jasim  As-Saqr  saylandi.  Har  bir  a‟zo 

davlat  spiker  saylovida  o‟zining  nomzodlarini  qo‟yishi  mumkin.  Hozirgi  kunda 

parlament  spikeri  Iroqlik  Ali  al-Duqbasidir.  Parlamentning  shtab  qarorgohi 

Damashqda  joylashgan.  Arab  davlatlari  ligasini  kuzatuvchi  maqomidagi  davlatlar  4  ta 

bo‟lib ular quyidagilar:   

1. Braziliya  2. Venesuela    3. Hindiston    4. Eriteriya   

Arab  davlatlari  ligasi  yig‟ilishi  sammit  deb  nomlanadi.  Hozirgi  paytgacha  turli 

masalalarni  mohokama qilish  maqsadida ADL ning  30 dan ziyod sammitlari  bo‟ldi.

15

  

                     



                 ARAB  DAVLATLARI  LIGASI  SAMMITLARI  JADVALI 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish