Anor navlari kolleksiyalari I. Kirish. II. Adabiyotlar tahlili. III. Asosiy qism. Anorning tijorat navlari



Download 35,03 Kb.
bet1/9
Sana05.12.2022
Hajmi35,03 Kb.
#879246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word




Anor navlari kolleksiyalari
I.Kirish.
II. Adabiyotlar tahlili.
III.Asosiy qism.
1. Anorning tijorat navlari.

2. Turli xil navlarning sovuqqa chidamliligi.
3. Shirin navlari.

IV.Xulosa
V.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati


Kirish
Hozirgi vaqtda anor dunyo miqyosida, asosan, geografik jihatdan
41° sharqiy kenglik va 41° shimoliy kenglik diapazonida o‘stiriladi va ekspotimport yo‘nalishida O‘rta Yer dengizi mintaqasi, Gollandiya va Osiyo,
shuningdek, Hindiston yetakchi o‘rinda turishi qayd qilinadi.
Shuningdek, Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyada anor
plantatsiyalari sezilarli maydonlarni egallashi ta’kidlanadi.
Ayrim adabiyotlarda anorning kelib chiqish Vatani O‘rta Osiyo, Eron,
Ozarbayjon, Afg‘oniston ekanligi qayd qilingan. Anor O‘rta dengiz mintaqasi,
O‘rta Osiyoning janubiy qismida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Dog‘istonda
yovvoyi turlari tarqalgan. Anorning P. protopunica Balf. turi Hind okeanida
joylashgan Sumatra orolida o‘suvchi endemik o‘simlik turi hisoblanadi.
Anor tabiatda O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlarida, Qora dengiz atrofi
yerlarida, Kavkaz ortida, Primore o‘lkasida, Xindistonda, Xitoy va O‘rta Osiyoda
tarqalgan. Yer yuzida anor qishda ko‘milmay parvarish qilinadigan hududlarida
balandligi 5-7 m gacha o‘sadigan daraxt-buta qishda ko‘miladigan hududlarda buta
holida o‘sadi. Anor yovvoyi holda tabiatda bir ildizdan unib chiqqan bir nechta
shoxlardan iborat bo‘lgan buta shaklida uchraydi.
Qadimgi Gretsiya, Vavilonda anor daraxti va mevasi yangilanish ramzi,
Eronda g‘alaba ramzi, Xitoyda umrboqiylik ramzi sifatida qadrlangan.
Shuningdek, anor mevasi qadimdan baxt va omad ramzi sifatida
ifodalangan, buddizm diniy ta’limotida baxt keltiruvchi meva sifatida ta’riflanadi,
islom dinida jannat mevasi sifatida qayd qilinadi, Qadimgi Sharq va Xitoyda
farovonlik, serfarzandlilik ramzi sifatida qadrlangan.
Anor (Punica granatum L.) turli xil geografik-iqlim sharoitlari va keng
diapazondagi tuproq tiplarida o‘sishga moslashgan o‘simlik turi hisoblanadi.
MDH davlatlari miqyosida anorning 90,1% qismi Ozarbayjon, O‘zbekiston,
Tojikiston va Turkmanistonda, 10% ga yaqin qismi Rossiya, Armaniston, Gruziya
hududida yetishtirilishi qayd qilinadi. Qozog‘istonda ayrim hududlardagina
(Chimkent) anor eqilishi, O‘zbekistonda anor asosan, Surxondaryo, Farg‘ona,
Andijon, Namangan, Sirdaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida eqilishi
ta’kidlangan.
Yevropa mintaqasida iqlim sharoitlari anorni ochiq dala sharoitida o‘stirish
imkonini bermaydi, masalan, Angliyada anor faqat issiqxona sharoitida ekiladi.
Afrika, Tinch okeanining ayrim orollarida ham hosildorlik sezilarli darajada past
bo‘lsada, anor eqilishi aniqlangan.
Ayrim ma’lumotlarda Sobiq Ittifoq hududida, Kavkazoldi tog‘ mintaqasida
(Kopedtog‘) yovvoyi anor o‘rmonzorlari mavjudligi qayd qilingan, biroq Xitoy,
Afg‘oniston, Eron hududida dengiz sathidan 1600-3330 m balandlik mintaqalarida
ham anor ekib o‘stiriladi. Shuningdek, anor yovvoyi holatda MDH miqyosida
Sharqiy Kavkazoldi hududida, shuningdek, Turkmaniston (G‘arbiy Kopetdog‘),
O‘zbekiston va Tojikiston (Xisor tizmalari) hududlarida uchrashi qayd qilingan.
Ushbu o‘rinda alohida qayd qilib o‘tish kerakki, anor qurg‘oqchilikka
chidamli o‘simlik turlaridan biri bo‘lib, aynan, ushbu tipdagi iqlim sharoitlarida
anorni keng ko‘lamda yetishtirish nuqtai nazaridan yuqori potentsialga egaligi
ta’kidlanadi.Jumladan, shimoliy yarimsharda anor yetishtiriladigan mintaqalar
qurg‘oqchil sharoitlari bilan tavsiflanadi.
Biroq, ayrim iqlim-geografik sharoitlarda anorni yetishtirish mumkin
emasligi sababli, hozirgi vaqtda anor tijorat maqsadlarida keng ommalashgan meva
turlaridan biri hisoblanadi.
Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda anor (Punica granatum L.)
yetishtiriladigan yer maydonlarining ortib borishi qayd qilinadi.
XXI asrga kelib, dunyo miqyosida yiliga 1,5 mln t anor mevasi yetishtiriladi
va asosiy eksportyor davlatlar sifatida Hindiston, Eron, Xitoy, AQSh va Turkiya
ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, Ispaniyada anor plantasiyalarida (umumiy 2000 ga)
hosildorlik 18,5 t/ga ni tashkil qilishi va yiliga 37 000 t anor eksport qilishi,
Afg‘onistonda yiliga 16 000-18 000 t, Eronda 60 000-70 000 t anor yetishtirilishi
qayd qilinadi. Ayniqsa, Hindiston iqlimi yil davomida anor yetishtirish uchun
optimal hisoblanadi. Umumiy holatda, anor plantasiyalarining dunyo miqyosida
90% qismi Evroosiyoda, 9% qismi Shimoliy Afrika, 1% qismi Shimoliy Amerika
da joylashgan.



Download 35,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish