Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanizmi


Auditorlik nazoratida auditor ishlari sifatini nazorat qilishning



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana20.06.2023
Hajmi0,79 Mb.
#952471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
56 Омонов Auditorlik nazorati amalga oshirish mexanizmi

 
2.Auditorlik nazoratida auditor ishlari sifatini nazorat qilishning 
ahamiyati. 
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o‘tkazish va professional 
xizmat ko‘rsatish chogida audit standartlari va O‘zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
qilinishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar 
tizimidan iborat. Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o‘rnatish 
prinsiplari va qoidalari, hamda ularni qo‘llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul 
qilishlari lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari 
bilan qarama-qarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur. Auditorlik faoliyatining 
yuqori sifati uning dastlabki, jo-riy va keyingi nazorati ta’minlashi lozim. 
Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish 
va litsenziyalash bosqichmda bajariladi. Joriy nazorat ikki yo‘nalishda amalga 
oshiriladi: alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy 
nazorat qilish. Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning 
mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini 
joriy nazorat qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli 


masalalarini 
bilish; 
bajarilgan 
ishlarning 
standartlarga 
mos 
kelishini, 
hujjatlashtirishning yetarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni 
nazarda tutadi. Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum 
shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obektivlik, musta-qillik, professionallik, 
kompetentlilik) 
auditorlik 
guruhi 
a’zolari o‘rtasida ishlarning asosli 
taqsimlanganligiga; sifat standartlariga rioya qilinishi bo‘yicha auditorlarning 
ishlari ustidan nazoratga; sifatni nazorat q-ilish siyosati va amallarining 
samaradorligi ustidan nazorat o‘rnatishiga asoslanadi.
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy auditorning 
assistentlar ishlari ustidan nazorati, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari 
ustidan nazorati, va boshqalar. Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan 
nazorati, birinchidan, tekshiruv o‘tkazish dasturining asoslanganligini muhokama 
qilish, ikkinchidan, auditning tashkiliy-ahloqiy prinsiplariga qat’iy rioya qilish
uchinchidan, asosiy auditor tomonidan xulosa berilganidan so‘ng auditorlik 
tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim 
ko‘rsatkichlari(hisob bo‘limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga 
oshiriladi. Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilish-ga talablar va 
muayyan auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasidaligini ta’minlash 
№5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga 
muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi:
­ Asosiy auditorning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.
­ Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.
­ Tashqi nazorat. 
Asosiy auditorning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy 
auditor audit o‘tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni 
doimiy ravishda nazorat qilib va yo‘naltirib turishi lozim. Auditor yordamchisi 
deganda professionallik darajasi bo‘yicha asosiy auditordan farq qiladigan xodim 
tushuniladi. Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun 
to‘liq javobgardir. Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va 


bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarning maqsadlari to‘g‘risida, xo‘jalik yurituvchi 
subekt faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o‘tkazish vaqti va miqyosiga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli 
tarzda tushuntirishlar berilishi lozim. Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan 
nazorati. Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyi-dagilar 
vositasida amalga oshiriladi:

Mijoz-korxonada audit o‘tkazish umumiy rejasi va dasturining 
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;

Tashkiliy-axloqiy auditorlik prinsiplariga (xususan, mijozkorxonaga 
professional xizmat ko‘rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini 
yo‘lga qo‘ygan) auditor, yana o‘sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va 
sh.o‘.) qat’iy rioya qilinishi; 

Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, auditorlik xulosasi 
berilganidan so‘ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-
korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan 
o‘tkazish. Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq 
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish