Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanizmi


O‘zbekistonda auditorlik nazoratini takomillashtirish masalalari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana20.06.2023
Hajmi0,79 Mb.
#952471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
56 Омонов Auditorlik nazorati amalga oshirish mexanizmi

3.O‘zbekistonda auditorlik nazoratini takomillashtirish masalalari. 
Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasida me’yoriy hujjat 
sifatida qabul qilish talabi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 
yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik 
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan. 
Mazkur hujjatning 5b-bandida O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati 
to‘g‘risida”gi qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab 
auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar 
federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga 
oshirishi belgilangan. Shuningdek, qarorning 3-bandida 2019 yilning 1 yanvaridan 
boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga auditorlarning respublika 
jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik 
tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. 
Respublikamizda auditorlik faoliyatini auditning xalqaro standartlari asosida 
amalga oshirish shartlari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi 
O‘RQ-677-son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan. 
Qonunning 9-moddasiga muvofiq Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va 


ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi 
tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat 
nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, 
ishonchni 
ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh 
xizmatlarning xalqaro standartlari respublikamiz auditorlik tashkilotlari rioya 
etishlari shart bo‘lgan auditorlik faoliyati standartlari deb ko‘rsatilgan. Qonunda 
auditorlik tekshiruvlarning ichki va tashqi sifat nazoratini tashkil etish qoidalari 
ham qayd etilgan: Xususan, qonunning 45-moddasiga muvofiq auditorlar ishi 
sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati 
standartlariga binoan amalga oshirilishi va u auditorlik xizmatlari ko‘rsatish 
chog‘ida majburiy ekanligi ko‘rsatilgan. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi 
nazorati, qonunning 46-moddasiga muvofiq, Moliya vazirligi amalga oshiradigan, 
auditorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilik talablarini va auditorlik faoliyati 
standartlarini buzishlarni aniqlashga hamda kelgusida ularning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir deb ta’kidlangan.
Auditning xalqaro standartlarini tan olish shartlari sifatida qonunda 
quyidagilar belgilangan:
- auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid 
bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida 
e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi 
vakolatli davlat organi (Moliya vazirligi)ning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan 
auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi;
- auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida 
qo‘llash uchun ularni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston 
Respublikasida tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2022 yil 11 apreldagi 171-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun 
auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash 
haqida”gi qarori bilan kuchga kirdi. Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish to‘g‘risidagi 


qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi 
moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ3946-son 
qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari 
asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi 
moliya vazirining auditning xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi 
hududida qo‘llash uchun tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat 
ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
Bugungi kunda auditning xalqaro standartlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi, 
lekin xalqaro standartlarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha Moliya vazirining 
tegishli buyrug‘i qabul qilinmagan. Auditning xalqaro standartlarini amaliyotga 
joriy qilish bo‘yicha moliya vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilingandan 
keyingina mazkur standartlar respublikamiz auditorlik tashkilotlari, auditorlar va 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari uchun auditorlik faoliyatini amalga 
oshirishda majburiy bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari Adliya vazirligida 2021 yilning 30 
iyulida 3316-son bilan ro‘yxatga olingan moliya vazirining buyrug‘iga muvofiq 
o‘z kuchini yo‘qotgan. Respublikamiz auditorlik tashkilotlari bugungi kunda 
huquqiy jihatdan bo‘shliqda faoliyat yuritishmoqda: auditorlik faoliyatining milliy 
standartlari bekor qilingan va auditning xalqaro standartlari rasmiy tarzda qabul 
qilinmagan. Auditning sifati nazoratiga bag‘ishlangan auditning xalqaro 
standartlarida ham o‘tgan yilda tegishli o‘zgarishlar yuz berdi. Audit sifatini 
muvofiqlashtiruvchi xalqaro standartlardagi o‘zgarishlar. Jahonda moliyaviy 
inqirozlarni global iqtisodiyotga salbiy ta’sirini oldini olish, korxonalarning 
moliyaviy hisobotlariga investorlarning ishonchini mustahkamlash zarurati 
auditorlik xizmatlarining sifatiga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo 
qilmoqda. Audit bozorini tartibga soluvchi davlat organlarining ma’lumotlariga 
ko‘ra oxirgi 5 yil ichida auditning sifat ko‘rsatkichlari dinamikasida sezilarli 


salbiy o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lsada, jamiyatda audit sifatiga bo‘lgan talab 
tobora kuchayib bormoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada auditorlik tekshiruvlari 
sifatining holatini o‘rganish natijasida audit sifatini muvofiqlovchi standartlarni 
takomillashtirish zarur degan xulosaga kelingan.
Auditning sifatini boshqarish sohasida to‘planib qolgan muammolarni 
yechimi sifatida IAASB (Xalqaro audit va axborot ishonchligini kafolatlovchi 
standartlar bo‘yicha kengash) quyidagi yangi auditning xalqaro standartlarini 
ishlab chiqdi va bitta standartni qayta ko‘rib chiqdi:
- “Auditorlik tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni tekshirish yoki ko‘rib 
chiqish, shuningdek ishonchni ta’minlaydigan boshqa vazifalarni yoki tegishli 
xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarish sifatini boshqarish” nomli 1-
son standart (ISQM 1);
- “Sifatni tekshirish vazifalari” nomli 2-son standart (ISQM 2);
- “Moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazishda sifat nazorati” nomli qayta 
ishlab chiqilgan 220-son standart (ISA 220). IAASBning fikricha yangi standartlar 
auditorlik tashkilotining sifatni boshqarish (menejmenti)ga bo‘lgan yondashuvini 
yangilaydi va mustahkamlaydi.
2022 yilning 15 dekabrida kuchga kirgan mazkur yangi standartlar 
yordamida IAASB rivojlanayotgan va tobora murakkablashib borayotgan audit 
sohasiga, shu jumladan audit sifatidan manfaatdor tomonlarning ortib borayotgan 
talablariga, profilaktik va moslashuvchan sifatni boshqarish tizimlariga bo‘lgan 
ehtiyojga e’tibor qaratmoqda. Barcha uchta standart 2022 yilning 15 dekabridan 
keyin boshlanadigan davrlar uchun tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni tekshirish 
uchun majburiydir. Shuningdek, 2022 yilning 15 dekabr holatiga auditorlik 
tashkilotlarida ishlab chiqarishga joriy qilingan va ishlayotgan sifatni boshqarish 
tizimi bo‘lishi lozim. Yangi qabul qilingan standartlar IAASBning amalda bo‘lgan 
1-son va 220son auditning xalqaro standartlarini almashtirdi. Sifatni boshqarish 
bo‘yicha yangi qabul qilingan standartlarni auditning xalqaro standartlari asosida 
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatayotgan mahalliy auditorlik tashkilotlari qo‘llashlari 
shart.
 
Bugungi kunda jahonda audit sifatiga bo‘lgan talabning o‘sishi natijasida 


audit sifati nazoratini muvofiqlashtiruvchi bitta milliy standart o‘rniga 3ta xalqaro 
standart talablarini amaliyotga joriy etish lozim. ISQM 1 standarti o‘z maqsad va 
vazifalari jihatidan 5-son AMSga yaqin standart bo‘lib, ikkala standartlar ham 
auditorlik tashkilotlari uchun bajarishga majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlardir. 5-
son AMSning 2bandiga muvofiq standartning maqsadi auditorlar ishi sifati ustidan 
nazorat qilish me’yorlarini aniqlash va belgilash bo‘lsa, ISQM 1 – auditorlik 
tashkilotidan sifatni boshqarish tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va 
ishlashini ta’minlashni talab qiladi. 
Ikki standartning bir biridan yana bir farqli jihati:
- 5-son AMS standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun 
rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutuvchi auditorlik tekshiruvlarida 
qo‘llanishi majburiydir;
- ISQM 1 standarti Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va 
ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi 
tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat 
nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, 
ishonchni 
ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh 
xizmatlarning xalqaro standartlari asosida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishda 
majburiy tarzda qo‘llanadi.
Natijalar. Sifatni boshqarish bo‘yicha auditning xalqaro standartlarini 
amaliyotda qo‘llashda respublikamizning auditorlik tashkilotlari bir qator tashkiliy 
va amaliy muammolarni hal etishlari zarur. Masalan, yangi qabul qilingan sifatni 
boshqarish bo‘yicha auditning xalqaro standartlari asosida:
- auditorlar malakasini oshirish;
- auditorlik tashkilotining ichki standartlarini ishlab chiqish va yangi 
standartlar ta’sir qilgan boshqa auditning xalqaro standartlari bo‘yicha ishlab 
chiqilgan ichki standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
- auditorlik tekshiruvlarining tashqi sifat nazorati uslubiyati va test 
savollarini ishlab chiqish. IAASB yangi standartlarni yaxshiroq tushunish, 


amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish uchun har bir standart uchun maxsus 
qo‘llanmalarni ishlab chiqqan . 
ISQM 1 sifatni boshqarish tizimini shakllantirish orqali auditorlik 
tashkilotining sifat uchun javobgarligini muvofiqlashtiradi . ISQM 1 amaldagi
IAASBning xalqaro standarti “Moliyaviy hisobotlarni va boshqa ishonchli 
vazifalarni va tegishli xizmatlarni tekshirish va ko‘rib chiqadigan firmalar uchun 
sifat nazorati” nomli ISQC 1ni o‘rnini bosadi. Yangi standartning eski standartdan 
farqli jihatlaridan biri, bu “Sifat nazorati” tushunchasi o‘rniga “Sifatni boshqarish” 
tushunchasini kiritilgani va yangi standartni qoidabuzarlikni oldini olishga 
qaratilganidir. Standartning eski va yangi tahrirlari orasidagi yana bir farq 
shundaki, yangi tahrirda standart, sifatga ta’sir ko‘rsatadigan xatarlar asosida, 
vazifalarni tanlashga e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi. Xatarlar darajasi yuqori 
bo‘lgan va bu xatarlarni boshqarish imkoni bo‘lmagan vazifalarni auditorlik 
tashkiloti qabul qilmasligi lozim. Auditorlik tashkilotining asosiy vazifasi 
standartning 14-bandida aniq belgilangan: sifatni boshqarish tizimini yaratish, joriy 
etish va undan foydalanish.
Bu, shuningdek, ichki nazorat tizimlarining bir turi va boshqa har qanday 
ichki nazorat tiziminida bo‘lgani kabi, sifatni boshqarish tizimining ham o‘z 
vazifasi bo‘lishi kerak. 14-bandda vazifalar butun auditorlik tashkiloti va uning 
sifatni boshqarish tizimi nuqtai nazaridan shakllantirilgan. ISQM 1ga muvofiq 
auditorlik tashkiloti o‘zi bajargan topshiriqlar (xizmatlar)ning sifatini ta’minlash 
maqsadida sifatni boshqarish tizimini ishlab chiqishi kerak. Sifat nazoratidan 
sifatni boshqarishga o‘tilishi xatarlarni baholash orqali ta’minlanadi, ya’ni sifatni 
ta’minlash uchun xatarlarni boshqarish talab etiladi. Sifatni boshqarish tizimini 
ishlab chiqish, joriy qilish va ishlatishga auditorlik tashkilotining barcha xodimlari 
mas’uldirlar.
Auditning sifatini ta’minlash audit topshiriqlarini bajarishda ISA 220ga 
muvofiq auditorlar guruhi tomonidangina emas, balki ISQM 1 va ISQM 2larga 
auditorlik tashkiloti tomonidan ta’minlanadi. ISQM 1 bo‘yicha sifatni boshqarish 
- bu asosiy sifat ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan yanada faol harakat bo‘lib, 


unga ushbu maqsadlar uchun xavflarni aniqlash va ularga javob berish orqali 
erishiladi. Standartda auditorlik tashkiloti rahbariyatiga sifatni ta’minlash bo‘yicha 
ko‘proq mas’uliyat yuklangan. Oldingi tahrirdagi standart auditorlik tashkilotining 
ishbilarmonlik muhitini belgilovchi omillar - yangi texnologiyalar, tashqi xizmat 
ko‘rsatuvchi provayderlar, tarmoqlarni hisobga olgan holda yangilangan. 
Standartda aloqa masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. ISQM 1 sifatni 
boshqarish tizimining tarkibiy qismlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va 
ishlashini ta’minlashda auditorlik tashkiloti xatarlarga asoslangan yondashuvni 
qo‘llashini talab qiladi. IAASB fikricha, shunda auditorlik tashkiloti o‘zi 
bajaradigan vazifalar sifatini boshqarishda faol harakat qilishi mumkin bo‘ladi. 
Xususan, standart auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlari sifatini nazorat 
qiluvchi mas’ul xodimni tayinlash tartibini va mazkur xodimga qo‘yiladigan 
malaka talablarini hamda ko‘rsatilgan xizmat sifatini tekshirishni o‘tkazish va 
hujjatlashtirish tartibini muvofiqlashtiradi. 
ISQM 1 takrorlanadigan va integrallashgan holda ishlaydigan sakkizta 
komponentdan iborat: 
a) auditorlik tashkilotida xatarlarni baholash jarayoni. Xatarlarni baholashga 
asoslangan yondashuvni ifodalaydi va auditorlik tashkilotlaridan sifat maqsadlarini 
belgilash, sifatga ta’sir ko‘rsatadigan xatarlarni aniqlash va baholash, sifat 
xatarlarini bartaraf etishga qaratilgan javob choralarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishni talab qiladi.
b) boshqaruv organi va boshqarish. Mazkur komponent, shuningdek, 
auditorlik 
tashkiloti 
rahbariyatining 
sifat 
bo‘yicha mas’uliyatlari va 
majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. ISQM 1ning alohida talablari rahbarlik 
funksiyasi topshirilgan shaxslarning malakasiga va ularning ish samaradorligini 
har yili baholab borishga qaratilgan.
v) axloq talablariga muvofiqlik. Tegishli axloqiy talablarga, shu jumladan 
mustaqillik talablariga muvofiq majburiyatlarni bajarishga qaratilgan sifat 
maqsadlarini belgilashni talab qiladi. 


 g) mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish va / yoki davom ettirish hamda aniq 
bir vazifa bo‘yicha ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilish. Mijoz bilan 
munosabatlarni qabul qilish yoki davom ettirish yoki muayyan kelishuv to‘g‘risida 
auditorlik tashkilotining qarorlari asosida sifatli maqsadlarni belgilashni talab 
qiladi.
d) vazifani bajarish. Sifatli vazifalarni bajarish bilan bog‘liq sifat 
maqsadlarini belgilashni talab qiladi. Bu auditorlik tashkiloti jamoasi va loyiha 
hamkori, boshqarish, nazorat va sharh, maslahat, fikrlardagi farqlar, shuningdek, 
topshiriq bo‘yicha hujjatlarni yig‘ish va texnik vazifalarini o‘z ichiga oladi. 
ye) resurslar. Resurslarni to‘g‘ri qabul qilish, ishlab chiqish, foydalanish, 
qo‘llab-quvvatlash va o‘z vaqtida taqsimlash bilan bog‘liq sifat maqsadlarini 
belgilashni talab qiladi. U sifatni boshqarish tizimining ishlashi va vazifalarni 
bajarish uchun zarur bo‘lgan inson resurslari, texnologik resurslar va intellektual 
resurslarni (masalan, auditorlik tashkilotining metodologiyasi, ko‘rsatmalari, 
shablonlari yoki protseduralari) qamrab oladi. yo) axborot tizimi va axborot 
almashuvi. Sifatni boshqarish tizimiga tegishli ma’lumotlarni tayyorlash, olish 
yoki ishlatish hamda auditorlik tashkilotining ichida va tashqi manbalar bilan o‘z 
vaqtida axborot almashinuvi bo‘yicha talablarni belgilashni taqozo qiladi.
j) monitoring jarayoni va kamchiliklarni bartaraf etish. Sifatni boshqarish 
tizimining tarkibi, tadbiq etilgani va ishlashi to‘g‘risida ishonchli, dolzarb 
ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun auditorlik tashkiloti butun bir 
tizimni nazorat etishini talab qiladi.
ISQM 2 sifat boshqaruvi tizimida auditorlik tashkilotida sifatni ta’minlashga 
mas’ul bo‘lgan xodimni tayinlash, uning ishini tashkil etish va hujjatlashtirishga 
mo‘ljallangan
Mazkur standart auditorlik tashkilotida topshiriq sifatini nazorat qiluvchi 
shaxsni tayinlash tartibi va ushbu shaxs javob berishi kerak bo‘lgan mezonlar, 
topshiriq sifatini nazorat qilishni amalga oshiruvchi shaxsning topshiriq sifatini 
nazorat qilish va hujjatlashtirish bo‘yicha majburiyatlarini belgilaydi. Auditorlik 
tashkiloti auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishda ISQM 1 talablarini bajaradigan 


barcha holatlarda ISQM 2ga ham amal qiladi. Auditorlik topshirig‘ini bajarishda 
sifatni ta’minlash bo‘yicha harakatlar ISQM 1 bilan uzviy bog‘liqdir. Auditorlik 
tashkilotining maqsadi belgilangan mezonlarga javob beradigan topshiriq sifatini 
tekshiradigan shaxsni tayinlash orqali ishchi guruhining muhim mushohidalarini va 
ular asosida chiqarilgan xulosalarini ob’ektiv baholashdan iborat. Auditorlik 
tashkiloti topshiriq sifatini tekshiradigan shaxs javob berishi lozim bo‘lgan 
quyidagi talablarni ishlab chiqishi va ularga amal qilishi talab qilinadi: topshiriqni 
bajaradigan ishchi guruh a’zosi bo‘lmasligi; tegishli malakaga, ish tajribasiga, o‘z 
vazifalarini bajarish uchun yetarli darajadagi bo‘sh vaqtga va vakolatlarga ega 
bo‘lishi; tegishli axloqiy talablarga, shu jumladan topshiriq sifatini nazorat qiluvchi 
shaxs tomonidan ob’ektivlik va mustaqillik tamoyillariga rioya qilmaslik tahdidi 
bilan bog‘liq talablarga rioya qilish; amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar 
talablariga rioya etishi. Auditorlik tashkiloti topshiriq sifatini nazorat qilishni 
amalga oshiruvchi shaxs topshiriq sifatini nazorat qilishni hujjatlashtirish uchun 
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lgan siyosat yoki tartiblarni 
belgilashi kerak. Topshiriqning sifatini nazorat qiluvchi shaxs topshiriqning sifatini 
nazorat qilish to‘g‘risidagi hujjatlar ushbu topshiriqdan bexabar bo‘lgan tajribali 
amaliyotchi uchun protseduralarning tabiati, vaqti va ko‘lamini, audit natijalari 
asosida qilingan xulosalarni tushunishi uchun yetarli ekanligini belgilashi kerak.
ISA 220 (qayta ko‘rib chiqilgan) auditorning maqsadi sifat darajasiga erishishda 
oqilona ishonchni olish uchun vazifa darajasida sifatni boshqarishdir. Buning 
uchun auditor vazifani auditning xalqaro standartlariga, shuningdek amaldagi 
huquqiy va me’yoriy talablarga muvofiq o‘tkazadi.
Mazkur standart moliyaviy hisobotlarni tekshirishga taalluqlidir va loyiha 
(vazifa) rahbari audit topshirig‘i darajasida sifatni qanday boshqarishini tavsiflaydi. 
Vazifa rahbari vazifa darajasida sifatni boshqarish va unga erishish, o‘z vaqtida 
tayinlangan yoki taqdim etilgan yetarli va tegishli resurslarning mavjudligini 
aniqlash, shuningdek yetakchilikning tabiati, vaqti va darajasini aniqlash, nazorat 
va ko‘rib chiqish uchun javobgar ekanligi aniq ko‘rsatilgan. Auditorlik xizmatlari 
ko‘rsatilayotganda mazkur standart talablariga amal qilinishi shart. Bu mas’uliyatni 


vazifa rahbari o‘z zimmasiga olishi lozim. Vazifa rahbari tegishli axloqiy 
talablarni, shu jumladan ma’lum bir auditorlik topshirig‘ining mohiyati va 
sharoitlarini hisobga olgan holda qo‘llaniladigan mustaqillik talablarini tushunishi 
va ularga amal qilishi kerak. Butun auditorlik topshirig‘i davomida vazifa rahbari 
ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli axloqiy talablar yoki auditorlik 
tashkilotining tegishli siyosati va tartib-qoidalari buzilganligi to‘g‘risida 
monitoring olib borishi va kerak bo‘lganda guruh a’zolari ichida so‘rov o‘tkazishi 
kerak. Vazifa rahbari topshiriq uchun yetarli va tegishli resurslar ajratilishini 
ta’minlashi kerak yoki ular auditorlik topshirig‘ining mohiyati va sharoitlarini, 
auditorlik tashkilotining siyosati va tartibqoidalarini hisobga olgan holda ishchi 
guruhga o‘z vaqtida taqdim etilishi kerak. Vazifa rahbari o‘z guruhi a’zolari 
uchun, auditorlik tashkilotida qabul qilingan tartib va qoidalarga muvofiq, 
murakkab yoki munozarali masalalar bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etishga 
mas’uldir.


Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuritadigan Auditorlik 
tashkilotlarining reestrida 2022 yil 30 dekabr holatiga ko‘ra 126ta auditorlik 
tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ushbu ro‘yxatdagi 103ta auditorlik tashkilotida 
auditorlar soni 6tadan kam va 23ta auditorlik tashkilotlari esa auditorlar soni 
6tadan ko‘p. Shu jumladan, auditorlarining soni 10 – 17ta bo‘lgan auditorlik 
tashkilotlarining soni 6ta. Demak, respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining 
aksariyat qismi kichik korxonalar bo‘lib, auditorlarning soni 6tadan ortiq emas. 
Shu sababli sifatni boshqarish bo‘yicha auditning xalqaro standartlari talablarini 
bajarish tartibini ko‘lami katta bo‘lmagan auditorlik tashkilotida joriy etish nuqtai 
nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab 
chiqilgan xatarlarni baholash jarayonining sifatiga auditorlik tashkilotining ko‘lami 
va sharoitlari, shu jumladan uning tashkiliy tuzilishi va tarkibi ta’sir qilishi 
mumkin. Unchalik murakkab bo‘lmagan auditorlik tashkilotida sifatni boshqarish 
tizimining ishlashi uchun mas’ul shaxs auditorlik tashkilotini va u tomonidan 
bajariladigan vazifalardagi xatarlarni baholash jarayonini tashkil qilish uchun 
yetarlicha yaxshi bilishlari mumkin. Bundan tashqari, sifatni ta’minlash 
maqsadlari, sifat bilan bog‘liq xatarlar va ushbu xatarlarga javoban choralar 
hujjatlari yanada murakkab tuzilishga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlariga 
qaraganda kamroq bo‘lishi mumkin (masalan, ular bitta faylda hujjatlashtirilishi 
mumkin).
Auditorlik tekshiruvlarining sifatini nazorat qilish bo‘yicha milliy va 
xalqaro standartlarni o‘zaro qiyoslab tahlil qilganda quyidagi umumiy va farqli 
jihatlari aniqlandi. Milliy va xalqaro standartlar auditorlik xizmatlarini 
ko‘rsatayotgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun qo‘llashga majburiy hujjatdir.
Shu bilan birgalikda mazkur standartlarning bir biridan farqli tomonlari mavjud. 
“Auditor ishi sifatini nazorat qilish” nomli 5-son auditning milliy standartiga 
moliyaviy hisobotlarga xulosa berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda sifat 
nazoratini muvofiqlashtiradi; “Auditorlik tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni 
tekshirish yoki ko‘rib chiqish, shuningdek ishonchni ta’minlaydigan boshqa 


vazifalarni yoki tegishli xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarish sifatini 
boshqarish” nomli 1-son standart (ISQM 1) – auditorlik tashkilotida sifatni 
boshqarish tizimini ishlab chiqish, foydalanish va muttasil ishlashini ta’minlashga 
bag‘ishlangan; - “Sifatni tekshirish vazifalari” nomli 2-son standart (ISQM 2) – 
butun bir standart auditorlik tashkilotida sifatni boshqarish tizimini monitoring 
qiladigan vakolatli xodim faoliyatinini muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan; - 
“Moliyaviy hisobotlar auditini o‘tkazishda sifat nazorati” nomli qayta ishlab 
chiqilgan 220-son standart (ISA 220) – umuman olganda o‘z maqsadini 
o‘zgartirmagan bo‘lib, mazkur standart audit sifatini boshqarish nuqtai nazaridan 
qayta ishlab chiqilgan. Qiyosiy tahlil natijalaridan auditorlik tashkilotlarida auditor 
ishini nazorat qilish tizimidan audit sifatini boshqarish tizimiga o‘tishda, auditorlik 
tashkilotining ichki standartlarini ishlab chiqishda yoki qayta ishlab chiqishda 
foydalansa bo‘ladi. Respublikamizning auditorlik tashkilotlari 2022 yilning 15 
dekabrida kuchga kirgan audit sifatini boshqarishni muvofiqlashtiruvchi 
IAASBning yangi standartlarini o‘z xodimlari tomonidan o‘rganishni tashkil 
etishlari va o‘z ichki hujjatlarini qayta ishlab chiqishlari lozim. Mazkur jarayonda 
albatta auditorlarning respublika jamoat tashkilotlari faol ishtirok etishlari kerak 
bo‘ladi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish