Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

Falak bedodidin garchi mani xokiy gʻubor oʻldum, 



Tilarmen, topmagʻaylar toʻtiyolikka gʻuborimni. 

Ya’ni, zolim odamlar meni tirikligimda xoʻrladilar, qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki

mening odamlarga koʻrguzgan mehru sadoqatim, fidoyiligim ayon boʻlar. Kishilar 

mening qadrimga yetarlar, mozorim xokini koʻzlariga toʻtiyo qilarlar. Lekin tirikligimda 

bedodlik qilganlar men dunyodan oʻtgach oʻkinmoqlari benaf, koʻzlarita toʻtiyo qilmoq 

uchun guborimni topmagaylar. Oʻshanda, ey ahli gaflat, Navoiy qayga azm etdi deb 

soʻramang, men tirikligimdayeq ixtiyorim jilovini qazoning qoʻliga berib qoʻyganman: 

Demang, qay sori azm etgung, menga yoʻq ixtiyor, 

Oxir — Qazo ilkiga bermishmen inoni ixtiyorimni. 

Oshiq dunyoning jabru jafosidan koʻp qonli yoshlar toʻkdi. Oqibat koʻzlarida oʻsha qon 

yoshlar ham qurib tamom boʻldi. Faqat za’fardek sargʻaygan yuzi qoldi. Shoir bu holatni 

hayratomuz tashbehga bogʻlaydi: zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga 

xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib, xazondek sargʻaygan yuzim 

qolganida namoyon boʻlib turibdi. 



Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za'faroni yuz, 

Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni. 

Navoiy dahr zulmidan boshiga yogʻilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan 

bayon qiladi. Virinchi bayt oshiqning «junun vodiysiga moyil» boʻlganini, ikkinchi bayt 

dunyodan tamom yoʻq boʻlib ketish tilagini ifoda qilsa, gʻazal soʻngiga yaqin shoir 

bularning barchasidan oʻta ofatni qalamga oladi — bu ofat telba boʻlishdan ham, 

dunyodan benomu nishon ketishdan ham ogir bir ofat. Bu — yoru diyordan judo boʻlish 

musibati. Navoiy shunday yozadi: 

Diyorim ahli birla yordin boshimgʻa yuz mehnat, 

Ne tong, boshim olib ketsam qoʻyub yoru diyorimni. 

Ya’ni, agar men yoru diyorimni tashlab bosh olib ketar boʻlsam, buning boisi yordan va 

diyorim odamlaridan boshimga ming balolar yoqqanidir. Taqdir mening boshimga solgan 

bu savdo shunday ogʻir savdokim: 



Yomon holimgʻa bagʻri ogʻrigʻay har kimsakim koʻrgay, 

Bagʻir pargolasidan qongʻa bulgʻongʻon uzorimni. 

Bagʻrim pora-pora boʻlganidan qonga boʻyaldim, bu holimni koʻrgan har bir kimsaning 

bagʻri ogrimay iloji yoʻq. Tiriklik shoirning nazdida — dard. Bu dardning davosi esa 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish