Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet70/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

2. Ikkinchi guruh muammolari:
a) Bankdan naqd pul olish masalasi, valyutanng joriy konvertatsiyai, import asbob-uskuna xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi, import xom-ashyoni keltirish, mahsulotni eksport qilish va h.k. Hozirda banklarning kreditning maqsadiga qarab umumiy kreditning 50 foizini naqd pulda berishni amalga oshirmoqda. SHunday bo‘lsa ham uni olish juda ko‘p vaqt talab etishi, “tanish-bilish”lik asosida berilish hollari mavjud. Bunday holda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalarning ish faoliyatini kengaytirish, faollashtirish maqsadga muvofiqdir.
b) Kredit ta’minoti masalasi. Ayni paytda Milliy bank va “Madad” sug‘urta agentligi bilan ta’minlanmagan kredit qismini qaytib kelmasligi javobgarligini sug‘urtalash tizimi ishlab chiqilgan. Umuman, kredit ta’minoti masalalsida sug‘urta tizimini faollashtirish zarur bo‘ladi. Ana shu tizim loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tadbirkorlarga ancha qo‘l kelishi tabiiydir. SHuningdek, bank mutaxassislari va tadbirkorlar, investorlar bilan birgalikda turli seminarlarning o‘tkazilishi ham o‘zining ijobiy natijasini bera oladi.
3. Uchinchi guruh muammolari:
a) Investitsiya loyihasi bo‘yicha ob’ektlarni ishga tushirish grafigining buzilish hollari. Ko‘pincha mablag‘ yo‘qligi tufayli mijozning qurilish ishlari bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi hamda loyihani amalga oshirish ustidan nazoratning puxta o‘rnatilmaganligi bois ushbu muammo yuzaga keladi. SHuning uchun loyihani moliyalashtirishga qabul qilish (shartnoma shartlariga asosan) ob’ektni ma’lum darajada tayyorligi sharti asosida bo‘lishi, bank boshqarmalari va bo‘limlari mijoz majburiyatlarini bajarishi ustidan qat’i nazorat monitoring o‘rnatishi, grafikdan chetlashgan hollarda jazo choralarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Texnik-iqtisodiy asosda katta va murakkab ob’ektlarning muqobil variantlarini va investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini alohida nazarda tutish kerak hamda soliq amortizatsiyasi va kredit siyosatini hisobga olish, iqtisodiy hisob-kitoblar (qurilish davri, loyiha quvvati va ekspluatatsiya ob’ektini o‘zlashtirish) bajarilishi uchun aniq davrni belgilash lozim.
b) Xom ashyo etishmasligi yoki umuman yo‘qligi tufayli hamda import xom ashyoga qaram bo‘lib qolishi, sifati pastligi sababli loyiha to‘la quvvat bilan ishlamasligi. Bundan tashqari, mijozning nafaqat xom ashyo importi, balki asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha ham erkin konvertrlanadigan valyutada mablag‘larning etishmasligi. Ushbu masalalarni xal etishda mijozlarga xom ashyo resurslarini olish imkoniyatlarini ko‘rsatishda ko‘mak berish, xom ashyo etkazish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmasligi uchun jazo choralarini qo‘llash hamda shartnomalar bajarilishi qattiq nazorat ostiga olinishi kerak.
Ishlab chiqarishning birinchi yillarida mahsulot sifati xalqaro standartlarga javob bermasligi sababli uning eksporti qiyinlashadi. Almashuv kursini hisobga olib mahsulotni ichki bozorda sotish eksportga ko‘ra afzal bo‘lib qoladi. Bu esa kredit qaytarilishi uchun xorijiy valyutada mablag‘ etishmasligini keltirib chiqaradi. SHu bois eng avvalo, import asbob-uskuna yoki texnika-texnologiyaning sifatiga, ishlash quvvatiga e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, tadbirkorlarni texnik-iqtisodiy asosni sifatli ishlab chiqish borasida o‘qitish ishlarini faollashtirish zarur. CHunki shunday hollar ham kuzatilishi mumkinki, qarz oluvchilarning loyiha texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashdagi bilim va tajribalarining etishmasligi, maxsus investitsion-konsalting va injiniring kompaniyalari xizmati doirasining torligi sababli texnik-iqtisodiy asoslarning sifatsiz tayyorlanish hollari kuzatilishi mumkin. Undan tashqari, ayrim hollarda texnik-iqtisodiy asos bo‘yicha hisob-kitoblarning bir tomonlama ishlab chiqilishi loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini chegaralaydi. SHu sababdan investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda kredit muassasalari, loyiha tashabbuskorlari, konsalting va injiniring firmalarining o‘zaro hamkorlik qilish tizimini takomilashtirish, texnik-iqtisodiy asosda loyiha ishtirokchilarining o‘zaro kelishilgan manfaatlarini ta’minlashga erishish va uning hayotiyligini yuzaga chiqarish masalalarini hal etish, nafaqat, texnik-iqtisodiy asoslarning sifatida, shuningdek investitsion loyihaning yuqori samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda loyihaviy moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining ekspertizasini amalga oshirishda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta’minlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik faktlariga qat’iyan chek qo‘yish va oldini olish, ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-554-sonli “Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu esa investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni takomillashtirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asossi ishlab chiqarish omillariga, shart-sharoitlariga mahalliy bozor sharoitiga bog‘langan bo‘lishi, tahlil natijalari esa xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko‘rsatib berishi lozim.
Loyihani investitsiyalash bo‘yicha qaror texnik-iqtisodiy asosdan so‘ng qabul qilinishi bois loyiha g‘oyasini baholash uchun bunday tadqiqotga mablag‘ ajratishdan oldin dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash chuqur va atroflicha olib borilishi kerak.
Muqobillarni loyihalarni puxta tahlil etish dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida alohida o‘rin egallashi lozim. Xususan, tahlil tadqiqotning quyidagi sohalarida aniqlanuvchi turli xil muqobillarni qamrab olishi lozim: loyiha strategiyasi; bozor taxlili va marketing konsepsiyasi; xom ashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari; loyihaning joylashish maydoni va atrof-muhit; doimiy xarajatlar; mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun ish xaqi sarflari, shuningdek professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar; loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish.
YUqorida keltirilgan omillar ta’siri moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan baholangan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish xarajatlarini yakuniy baholash, shuningdek moliyaviy va iqtisodiy foydaliligini alohida hisoblash loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jihatlarni va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tavsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, tadbirkorlar, barcha investorlar mazkur tavsiya asosida texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishi foyda keltirishdan holi emas, chunki ushbu tavsiya xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. SHuningdek, investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini “YUNIDO” uslubiyoti asosida ishlab chiqish uning sifatini yanada oshiradi. “YUNIDO” tomonidan taklif qilingan texnik-iqtisodiy asosni tayerlashga bo‘lgan yondashuvlar investitsiyalarga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, banklar, davlat vazirliklari va boshqa oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, maslahat firmalari va investorlar tomonidan qabul qilingan.
“YUNIDO” uslubiyoti bozor sharoitlariga o‘tish davri iqtisodiyoti uchun juda foydali bo‘lib, mazkur uslubiyot nafaqat yangi investitsiyalar uchun, balki korxonalarni modernizatsiyalash, kengaytirish va sog‘lomlashtirish loyihalari uchun ham juda qo‘l keladi. “YUNIDO” uslubiyotini joriy etish (qo‘llash) investorlar, qo‘shma korxonalar bo‘yicha hamkorlar, maslahat firmalari, uskuna etkazib beruvchilar uchun xam foydali bo‘lib, hamkorlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqalarini engillashtiradi va investitsion takliflar sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Aytish mumkinki, “YUNIDO” uslubiyotining keng tarqalishi investitsion takliflar hamda texnik-iqtisodiy asoslash sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hozirda texnik-iqtisodiy asosdagi ko‘rsatkichlarni baholashda “YUNIDO”ning dasturli vositalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular orasida COMFAR (Computer Model for Feasibility Analysis and Reporting) va PROPSPIN (PROject Profile Screening and Preappraisal Information system)lar loyiha tahlili uchun zarur bo‘lgan turli xil iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlashda, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy tahlil uchun (personal kompyuterlarga kiritligan maxsus dastarlar asosida) qo‘lllaniladigan standartlashtirilgan imitatsion modeldir.
“YUNIDO” uslubiyotiga muvofiq investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda pul oqimlari tarkibidagi pul tushumlari va chiqimlari barcha faoliyat turlari (operatsion, investitsion va moliyaviy) bo‘yicha hisobga olish lozim. Bu loyihaning hayotiyligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Mamlakatimizda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishda hududning iqtisodiy holati va imkoniyatlari, shuningdek, investitsion jozibadorligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish zarur.
O‘zbekistondagi ichki va tashqi investorlar uchun investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishi uchun zarur ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatlarini ta’minlash mexanizmini samarali samarali yo‘lga qo‘yish kerak. Buning uchun har bir vazirlik va tashkilotlarda ma’lumotlar olishning erkinligini va ular bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash hamda texnik-iqtisodiy asosnomalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan konsalting-reyting agentliklari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishni davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirish, xususan, xorijiy va xalqaro investitsion reyting, konsalting agentliklari bilan hamkorlikda qo‘shma muassasalarni yoki ularning filiallarini tashkil etish tavsiya etiladi.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish borasidagi muammolarlarning echimini topish maqsadida amaliy tadqiqotlar natijasida aniqlangan quyidagi muammolarni ko‘rib chiqamiz va ularni xal qilish yo‘llarini keltirib o‘tamiz.
Investitsion loyiha tashabbuskorlarining texnik-iqtisodiy asoslash masalalari haqida habardor emasligi:

  • texnik-iqtisodiy asoslashning o‘rnatilgan standartlarga mos kelmasligi;

  • amalga oshirilishi ko‘zlanayotgan loyihalarda marketing tadqiqotlarining mavjud emasligi;

  • chet bilan aloqalar o‘rnatishni ko‘zlagan tashabbuskorlarning bojxona jarayonini bilmasligi.

Loyiha tashabbuskorlari sifatida namoyon bo‘luvchi tadbirkorlarda, aynan, loyihalashtirish va marketing tadqiqotlari o‘tkazish borasida etarli borasida etarli bilimga ega emasliklari ko‘pgina istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishida to‘siq bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri potensial loyiha tashabbuskorlarining investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga ko‘mak va maslaxatlar beruvchi maslahat xizmatlari infratuzilmasi etarlicha rivojlanmaganligidadir.
Kuchsiz tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosnoma yoki biznes-reja mahalliy tadbirkorlarga loyihaning boshlang‘ich bosqichlaridayoq xarib qilinayotgan uskuna va texnologiya tanlovida qiyinchiliklar tug‘diradi. Kamdan-kam hollarda tadbirkorlar taklif qilinayotgan uskunaning narx va sifat mezonlari bo‘yicha raqobatbardoshliligini baholay oladi.
SHu bilan bir vaqtda tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar bilan emas, balki vositachilar bilan shartnomalar imzolashidi. Bu narsa investitsion loyihaning qiymatini oshishiga sabab bo‘ladi. Albatta bu masala ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Eng kuchsiz tomonlardan yana biri bu texniq-iqtisodiy asosnomadagi marketing tadqiqotlari hisoblanadi. Albatta mahalliy bozorlar tadbirkorlarimiz tomonidan o‘rganib chiqilishi mumkin, ammo xorijiy bozorlarni o‘rganishda ularda etarli imkoniyatlar hozircha bor deb aytib bo‘lmaydi. Bu masalalarda xorijiy sheriklarning ishtiroki as qotishi mumkin.
SHuningdek, yana bir muammo tadbirkorlarimizning loyihani amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag‘larni (o‘zlik, qarz, jalb qilingan) texnik iqtisodiy asosnomada to‘g‘ri ko‘rsata olmasligi va qarzga jalb qilgan mablag‘larini kelajakda qoplash imkoniyatlarini baholay olmasligi texnik-iqtisodiy asosnomaning sifatsizligini ko‘rsatadi, umuman loyio‘aning samarasiz yakunlanishiga olib keladi (agar loyihaga qo‘l urilgan bo‘lsa).
Bu kabi muammolarni xal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirishimiz mumkin:

  • maxsus konsalting va injiniring kompaniyalarning xizmatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • banklarda yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan maxsus tuzilmaviy bo‘linma tashkil qilish;

  • eksportyorlar bilan uskunalar va tovarlar etkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzishda “xaridor omborxonasiga” - DDU-delio‘eried duty unpaid (named place of destination) shartidan foydalanish.

YUqoridagi muammolarni hal qilishda konsalting va injiniring roli kattadir. Ular texnik-iqtisodiy asosnoma ishlab chiqish va marketing tadqiqotlarini olib borishda tadbmrkorlarga malakaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
Bu boradagi yana bir echim banklarda yuqori malaka va ish tajribasiga ega mutaxassislardan tashkil topgan maxsus bo‘linma tomonidan loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirilishi borasida konsalting va injiniring xizmatlarini ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yishdir. Mazkur yo‘lning ustunlik tomonlari shundaki, ko‘pgina yirik loyihalar banklarning qarz mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilishi, loyihaning puhta ishlab chiqilib, hayotga samarali tatbiq etilishini ta’minlab berishi mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirishda “xaridor omborxonasiga” shartidan foydalanish loyihaning daslabki bosqichlaridayoq butun shartnoma bo‘yicha moliyalashtirish ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadi. Bunda butun shartnoma qiymati tarkibiga etkazib berish xarajatlari, yukni sug‘urtalash, bojxona jarayonidan o‘tishdagi xarajatlar kiradi. Bu improt qiluvchi tadbirkorning ortiqcha o‘rinishlardan xolos etadi.
SHunday holatlar yuzaga kelishi mumkinki, xorijiy investorlar o‘z kapitali sifaida xorijiy uskunalarni yangi tashkil qilinayotgan korxona ustav fondiga ulush sifatida orttirilgan bahalarda kiritishi mumkin. Bunday holatda xorijiy investorning ulushi asosiz ravishda korxonaga naqd pul tikkan mahalliy investorlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bundan tashqari, banklarning mutaxassislari ortiqcha baholangan qiymatli aktivlarni tezda aniqlashadi. Bu o‘sha aktivni garovga qo‘yish orqali qo‘shimcha moliyalashtirishga kreditlar jalb qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi va butun loyihani amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa bir tomondan kamaytirilgan baholar ham bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda loyihaning kompleks ekspertizasida loyihaning haqiqiy tqlio‘ xarajatlari bahalanmaydi va bu keyinchalik loyihaga mablag‘lar etishmasligiga, loyiha amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin.
Bu kabi muammolarni xal qilishda quyidagicha yo‘llar tutish mumkin:

  • axborot agentliklari, maslahat xizmati firmalari, kredit koopirativlari, uyushmalari va fondlari, ko‘chmas mulk agentliklari va garov ta’minotini tashkil qilish institutlari kabilarni birlashtiruvchi nobank xizmatlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish;

  • mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida maxsus marketing markazlarini tashkil qilish;

  • zamonaviy axborot uzatish usullaridan foydalanish orqali yagona va doimiy yangilanadigan investitsiya takliflari ma’lumotlar bazasini yaratish va unga internet tarmog‘i orqali kirish imkoniyatini ta’minlash.

Mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida tashkil qilinadigan marketing markazlari kamida quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi:

  • tadbirkorlarga marketing tadqiqotlarini olib borishga va kelajakda tovarlarni eksportga chiqarishga ko‘maklashish;

  • risklar tahlili va eksportbop tovarlar chiqarish talablari va parametrlari bo‘yicha tavsiyalar berish;

  • tender asosida yuqori xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi texnologik uskunaning tanlovini ta’minlash kabi vazafalarni bajarishi talab etiladi.

Tovarlar miqdori haqida noto‘g‘ri deklaritsiya berish:

  • aytilganidan, yoki belgilanganidan ko‘ra ko‘p yoki kam miqdorda tovarlarni yuklab jo‘natish;

  • o‘rnatilgan kvotalarga amal qilmaslik;

  • reserslardan noto‘g‘ri (noratsional) foydalanish.

Davlat o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishda muayyan tovar turlari importi yoki eksportiga ma’lum cheklovlar o‘rnatadi. Bunday vaziyatda noto‘g‘ri deklaratsiya beruvchilarning maqsadi o‘rnatilgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tishdir. Bu davlat manfaatlariga ziyon etkazishi mumkin.
Boshqa bir tomondan noto‘g‘ri deklaratsiya berish investitsiya maqsadlarida tovar va uskunalarni kiritilayotgandek ko‘rsatgan holda, soliq va bojxona to‘lovlarnidan ozod kilingan holda olib kirib, keyinchalik bu ortiqcha miqdorni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga sotish maqsadida amalga oshiriladi.
SHuningdek, tovarlar yoki uskunalar birligi kam qilib ko‘rsatish kam bojhona bojlarini to‘lash hamda kam qilib ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan kamroq daromad olishni ko‘rsatish qiyin bo‘lmaydi. Bu esa soliq bazasini kamayishi olib kelishi bilan kam soliqlar tulashga olib keladi va soliqning bir qismini yashirgan, jinoiy ishga qo‘l o‘rgan hisoblanadi.
Bunday xolatlarni bartaraf etishda quyidagicha yo‘l tutish mumkin:
Olib kirilayotgan mahsulotning real bozor narxini tahlil qilish bilan loyihani atraflicha kompleks ekspertiza qilish.

  • mahsulot sifatining rasmiy belgilangan standartlarga mos kelmasligi:

  • tovarlarning o‘rnatilagan qonunlarda nazarda tutilgan standartlarga muvofiq kelmasligi;

  • aholi sog‘ligi va xavfsizligiga raxna solish;

  • marketing tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniyatini boy berish.

Potensial investorlar loyiha hayotiylik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida loyiha hisob-kitoblariga dastlabki yillardanoq valyuta mablag‘lari ko‘rinishida eksport tushumlarini ko‘rsatadi. Biroq bunday vaziyatda ko‘pincha ishlab chiqarilgan mahsulotning sertifikatlashtirilishi hisobga olinmaydi.
Amaliyotda eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayoni uzoq vaqtni oladi va oqibatda loyiha hayotiyligi ushlab turish maqsadida loyiha mahsulotining katta qismini mahalliy bozorlarda sotishga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, ko‘pgina loyihalar haqiqatda texnik-iqtisodiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Sifat va raqobat jihatdan jahon bozorlaridan siqib chiqariladi. Ayniqsa, bu holat amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha import qilinadigan xom ashyoga kvotalar o‘rnatilgan bo‘lsa yanada murakkablashadi.
SHu tariqa tadbirkorlar jaqon bozorlarida vujudga kelgan murakkab raqobat muhitiga duch kelishadi, ustiga-ustak yangi tashkil qilingan korxona ekport borasida shaxsiy tajribaga hamda ekspartyorlarga ko‘maklashuvchi institutlarga ega emas. Bularning barchasi loyihaning hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilgan taqdirda ham amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin.
Demak ko‘rib o‘tgan bu muammoni xal etishda quyidagi yo‘llardan foydalanishimiz mumkin:

  • milliy tovarlar va xizmatlar eksportining harakati hamda moliyalashtirilishini amalga oshiruvchi maxsus Muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish;

  • shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida uzoq va yaqin xorij davlatlarida “Savdo uylari” sifatida Markazning tarkibiy tuzilmalarini ochish;

  • mahalliy o‘zbek tovar va xizmatlarini imtiyozli bank kreditlari vositasidaxorijiy importyorlarga sotishni rag‘batlantirish.

Muvofiqlashtiruvchi markaz mahalliy ishlab chiqaruvchilar harakatini jahon iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan u yoki bu salbiy ta’sirga ega o‘zgarishlar tendensiyasi oqibatlarini yumshatish, iste’mol talablari o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazishtayyor mahsulotlar oqimini nisbatan talab yuqori bo‘lgan jahon bozorlarga yo‘naltirish uchun muvofiqlashtirib borishi mumkin.
Turli iqtisodiy va siyosiy holatlarning vujudga kelishi ta’siri natijasida loyiha o‘zining bor quvvatiga chiqa olmasligi holatlari vujudga kelishi mumkin. Bu vaziyat agar loyihaga qarz yoki kredit mablag‘lari jalb qilingan bo‘lsa, ular bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lavlarini to‘lash muddati etib kelgan holatlarda yana ham murakkablashadi. Bu to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kechikishi natijasida jarima va penyalar hisoblanadi va loyiha ahvolining yana ham yomonlashuviga xatto to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
Bu masalani xal qilishda:

  • investitsiya loyihalariga ko‘maklashishning davlat dasturini ishlab chiqish;

  • loyihaviy risklarni pasaytirish maqsadida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

  • loyihani moliyalashtirish bo‘yicha ishtirokchilar va manbalar tuzilmasini muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Loyihani amalga oshirish jarayonida qonuniy-me’riy hujjatlarning o‘zgarishi:

  • loyiha paramertlaridan chetga chiqish;

  • ishlab chiqarishning norentabellik sababli tuxtashi;

  • tadbirkorlarda iqtisodiy va huquqiy bilimlarning etarli emasligi.

Bu kabi muammolar loyihaning tuxtab qolishiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar desak xato bo‘lmaydi.
Bu muammani echishda investitsiya loyihasini amalga oshirilishi jarayoni davomida qonuniy-me’yoriy hujjatlardagi o‘zgarishlarning kamida moliyalashtirish tugaganga qadar aynan o‘sha loyihalarga ta’sir qilmasligi, qo‘llanilmasligining davlat kafolatini ta’minlash kabi choralarni qo‘llash o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Loyihaning barcha ishtirokchilarni qonunchilikdagi barcha o‘zganishlardan o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida radio-televidiniyalardan foydalanishni kengaytirish maqsadga muvofiq.
Loyihaviy moliyalashtinrish borasidagi yana bir katta muammolardan biri loyihaga mablag‘ jalb qilish muammasi ekanligini yuqoridagi o‘rinlarda ham bir necha bor ta’kidlab o‘tdik. Tadqiqot ishining keyingi qismida bu masalani xal qilish imkoniyatlarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.


2. Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish

O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishda bank kreditining moliyalashtirish manbalari ishtirokini belgilaydigan omillar orasida raqobat muhitining bo‘lishi va umuman Markaziy bank olib borayotgan pul-kredit, foiz siyosati hamda bank institutlari strategiyasi asosiy o‘rinda turadi.


Bugungi kunda investitsion faoliyat samaradorligini oshirishning o‘zak yo‘nalishi - bu risklar bilan hisoblashish va ularni minimallashtirish yo‘llarini izlashga yo‘l beradigan loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishdir. Oldindan belgilab qo‘yiladigan muddatlarda ssudalarni qaytarish majburiyligi va kreditning to‘lovliligi asosiy kapitalga bog‘lanadigan investitsiyalardan oqilona foydalanishga olib keladi va ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqgida ishga tushirish va o‘zlashtirish uchun mas’uliyatni oshiradi.
Investitsiyalarni kreditlashni iqgisodiy asoslangan holda tashkil qilish kapital xarajatlarni faoliyatning pirovard natijalari bilan uzviy bog‘lashni ta’minlashga yordam beradi, samaradorlikni oshirishda eng tejamkor variantlarni tanlashda manfaatdorlikni oshiradi va foydani o‘stirish imkoniyatlarini faol izlashga turtki beradi, foyda esa qarzning asosiy summasini va uning foizini kaytarishning manbai bo‘ladi.
Banklarning kredit siyosati mablag‘larni eng zarur loyihalarga samarali qo‘yishga yo‘naltirilishi kerak, bu esa resurslar tarzida uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishni talab etadi. Bizning nazarimizda, markazlashtirilgan kredit resurslarini boshqarishning taqsimot tizimidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ularni yanada yaxshiroq boshqarish uchun kredit resurslaridan foydalanishni banklarning pul-kredit siyosati ustuvorliklariga rioya qilishi bilan bog‘lash lozim.
Pul jamg‘armalarini safarbar etish va ularning qayta taqsimlanish samaradorligini oshirish, shuningdek bank tizimiga ishonchni ko‘tarish va moliyaviy vositachilik darajasini o‘stirish uchun turli mulkchilik shakllariga asoslangan yangi mintaqaviy universal tijorat banklarini tashkil qilish zarur. YAngi universal tijorat banklarini tashkil qilish bank tizimidagi markazlashuvni pasaytiradi, undagi raqobatni kuchaytiradi, kreditlarni samarali joylashtirish imkoniyatlarini yaratadi va banklar portfellari diversifikatsiyasini kengaytiradi, oxir-oqibat risklarni, bank ishidagi zaifliklarni kamaytirishga olib keladi.
Turli tijorat banklarining iqgisodiy erkinliklarini kengaytirish, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul resurslarini qayta taqsimlashda ularning rolini mustahkamlash maqsadlarida depozit, kredit siyosatini olib borishda, ssudalar bo‘yicha foizlarni tabaqalashtirishda ularga mustaqillik berish lozim. Passivlar va aktivlarni diversifikaiiyalash, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish masalalari bank tizimining ikkinchi darajasida hal qilinishi kerak. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda banklarningishtirokini kengaytirish uchun iqtisodiyotning real sektoridagi zaruriy loyihalarga loyihaviy moliyalashtirish asosida bir necha banklar yoki kredit muassasalari tomonidan sinditsirlashtirilgan kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish lozim. Kredit uyushmalari tashkil etishni tezlashtirish va bu uyushmalar a’zolarining mablag‘larini birlashtirib, o‘zini tez oqlaydigan loyihalarga imtiyozli foiz bilan o‘z a’zolariga ssuda tarzida berishni tashkil qilish maqsadga muvofikdir. Kredit uchun foiz stavkasini operatsion xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydigan darajada belgilash mumkin.
Davlat moliya institutlari g‘oyat riskli, lekin ustuvor tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan, etarli darajada kreditga qobillikka ega bo‘lmagan va qarz mablag‘larga muhtoj korxonalarning asosiy va aylanma kapitalini kengaytirishga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratishlari lozim. Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik korxonalarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda kreditning rolini kuchaytirish uchun zaruriy tadbirlar: eksport hajmini oshiradigan, mahalliy mineral xom ashyo resurslaridan foydalanishni yaxshilaydigan loyihalarni tanlab olish; davlatning qo‘llab-quvvatlash mablagg‘lari, xususiy kapitalni jalb etish va korxonalarning o‘z jamg‘armalari qo‘shilishini optimallashtirish; xalqaro marketing markazini va mahsulotni sotish bozorlari bo‘yicha marketing-axborot tizimlarini tashkil qilish, lizingdan foydalanishni kengaytirish va minitexnika lizingini faol joriy qilish; kredit uyushmalari tarmoqlarini tashkil etishni tezlashtirish; uchinchi shaxslarning kafilligi hisobiga kreditlarni qaytarish kafolatlarini ta’minlash mexanizmini joriy etish zarur.
Hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda loyihalar ishonchli axborot negizini ta’minlab, loyihalar resurs bazasi sifati hamda ularni jalb etish qiymatini baholagan holda kreditlashni sinditsiyalashtirilgan usulini qo‘llash talab qilinadi. Moliyalashtirishning aytilgan usullari qarzga xizmat ko‘rsatish uchun moddiy kafolatlar etarli bo‘lmagan takdirda risklarni taqsimlashga yordam beradi.
Investitsiya loyihalari bo‘yicha ekspertiza, tanlab olish va qarorlar qabul qilishni to‘liq, ishonchli va zamonaviy axborotlar asosida o‘tkazish kerak. Bunda loyihalarni baholash ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.
Banklar va kredit institutlari o‘zlarining kredit siyosatlarini amalga oshirishda, o‘z faoliyatini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish maqsadlarida aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, xizmat sifatini oshirish, sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshirishlari zarurdir. Banklarning kredit siyosati esa mablag‘lardan hayotiy loyihalarni amalga oshirishda samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday loyihalarni kreditlash uchun banklar uzoq muddatli depozitlardan iborat resurslarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Hozirgi davrda o‘rta muddatli va uzoq muddatli ssudalarning asosiy qismi markazlashtirilgan kredit resurslari hisobiga berilgan. Markazlashtirilgan kredit resurslarini boshqarishning taqsimot tizimidan voz kechish kerak. Bu resurslarni yanada yaxshiroq boshqarish uchun ulardan foydalanishni tijorat banklari tomonidan pul-kredit siyosati ustuvorliklariga rioya qilishlari bilan uzviy qo‘shib olib borish talab etiladi. Bizning nazarimizda, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini inflyasiya darajasini hisobga olgan holda qayta moliyalashtirish stavkalarida beriladigan kreditlar bilan uzviy bog‘lash qarz mablag‘larining real qiymatini ma’lum darajada aniqlash imkoniyatini beradi.
Bank faoliyatini erkinlashtirish maqsadlarida soliqqa tortish tizimini ham takomillashtirish zarur. Bank muassasalarini soliqqa tortishda banklarning ishlab chiqarish xarajatlarini, yangi tadbirkorlik shakllarini, iqtisodiyotnint real sektoridagi investitsiya loyihalarini kreditlashiga qarab tabaqalashgan holda yondashuv maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Banklararo raqobat muhitini ta’minlash uchun ularning faoliyati quyidagi asosiy parametrlar bo‘yicha muntazam baholab borilishi talab qilinadi: moliyaviy faoliyati miqyosi (bankning moliyaviy salmog‘i-kapitali, aktivlari va daromadlari bilan belgilanadi); kapitalining etarliligi (moliyaviy operatsiyalarni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlash darajasi); likvidligi (bankning o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyati); foydalilik (jalb qilingan mablag‘larni yanada ko‘paytirish qobiliyati).
Bugungi kunda tijorat va boshqa banklarning faolligi investitsiya kapitali bozorida emas, balki O‘zbekistonning pul bozorida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonda banklarga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berilganini hisobga olib ulardan investitsiya bozorida faollik ko‘rsatishni talab qilish maqsadga muvofiqdir. Yirik banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqargan bo‘lishlariga qaramay, o‘z aktivlarini o‘rta va uzoq muddatlarga ehtiyotkorlik bilan joylashtiradi. Har bir bank o‘z stratsgiyasi va o‘rta hamda uzoq muddatli kreditlash bo‘yicha tutgan siyosatiga qarab Markaziy bankda turlicha zahira saqlashi mumkin bo‘lar edi. SHu munosabat bilan, bizning nazarimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari uchun zahiralar stavkalarini belgilashga tabaqalashgan holda yondashsa maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Zahira stavkasini bankning ssuda portfelidagi o‘rta va uzoq muddatli kreditlar hissasiga qarab tuzatish koeffitsientiga ko‘paytirib, o‘zgartirish kiritish mumkin.
YAngi ilg‘or texnologiyalar asosida davlat korxonalarini texnika bilan qayta qurollantirish markazlashtirilgan davlat investitsiyalari doirasida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotdagi nodavlat sub’ektlari uchun muayyan tartibga soluvchi qarorlari talab qilinadi. Jiddiy texnologik o‘zgartirishlar yangi texnologiyalarni iste’mol qiluvchilarning katta sarf-xarajatlari bilan bog‘liqligini hisobga oladigan bo‘lsak, bizning nazarimizda, bank kreditining rolini kuchaytirishga to‘g‘ri keladi. Beriladigan kreditlarning muddatlari, hajmlari va foizlari bo‘yicha tegishli imtiyozlar bilan innovatsiya va investitsiya kreditlariga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Pasaytirilgan foiz stavkalari bilan kreditlash tijorat banklari daromadlariga tegishli soliq stavkalarini, juda bo‘lmaganda ularning oddiy kreditlarga nisbatan teng daromadligi darajasigacha pasaytirishni taqozo qiladi.
Investitsiya faoliyatini real sektorda faollashtirish maqsadlarida nobank kredit muassasalari (fond birjasi, milliy depozitariy, ikkilamchi fond bozori, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari) va kapital bozorini rivojlantirishga sharoitlar yaratiladi. Investitsiya faoliyatining faolligi kapital bozorining rivojlanganligi va uning ochiq-oydinligidarajasi, nobank kredit muassasalari va uzoq muddatli moliya vositalari bozorlarining rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Eng zamonaviy yangi texnologiyalar, “nou-xau”ni joriy etishni jadallashtirish, eskirgan uskuna-jihozlarni almashtirish, mamlakatning eksport bazasini kengaytirish loyihaviy moliyalashtirish amaliyotini tatbiq etishni talab qiladi. Bank tizimi faoliyatini takomillashtirish, kichik biznes rivojini tezlatish uchun Davlat ixtisoslashtirilgan taraqqiyot bankini tashkil qilish va unga hayotiy zarur investitsiya loyihalarini kreditlashni yuklash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Banklar faoliyatida erkin raqobat muhitini shakllantirish uchun tijorat banklarining amaldagi tizimini universallashtirish bo‘yicha aniq, maqsadli ishlarni amalga oshirish va ayni paytda ularni soliq majburiyatlari bajarilishini, turli soliqlar va yig‘imlarning davlat va mahalliy byudjetlari tushumi kassa ijrosini ta’minlashdan ozod qilish kerak.
Pul jamg‘armalarini safarbar etish va ularni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish, shuningdek bank tizimiga ishonch darajasini oshirish hamda moliyaviy vositachilik darajasini o‘stirish uchun turli mulkchilik shakllariga asoslangan mintaqaviy yangi universal tijorat banklarini tashkil etishni kengaytirish zarur. YAngi universal, tijorat banklarini tashkil etilishi bank tizimida to‘planishni pasaytiradi, undagi raqobatni kuchaytiradi, kreditlarni samarali joylashtirishga yordam beradi, bank portfsllari diversifikatsiyasini kengaytiradi, bularning hammasi esa banklar oldidagi risklar va qaltisliklarni kamaytirishga olib keladi.
Bank tizimining rivojlanishi samaradorligini oshirish va raqobatni kuchaytirish uchun xususiy tijorat banklari tashkil etishni har tomonlama rag‘batlantirish va bank bozorida ularning faoliyatini jonlantirish talab etiladi. Bulardan tashqari raqobatni rivojlantirish va bank sektori rnvojini rag‘batlantirishning majburiy sharti - bu sektorga xorijiy banklarning kirishidir. Mamlakatning moliyaviy sektorida chet el banklar rolining kengayishi raqobatni rivojlantirishga, ilg‘or bank amaliyotini joriy etishga, moliya bozorlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Tijorat banklarida lizing, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘limlarini tashkil qilish va ularni takomillashtirish ishlarini kuchaytirishga, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirish yo‘li bilan respublikada fond bozorini kengaytirishga to‘g‘ri keladi.
Turli tijorat banklarining iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashda ularning o‘rnini mustahkamlash maqsadlarida depozit, kredit siyosatini olib borish, ssudalar bo‘yicha foizlarni tabaqalashtirishda erkinlik berilishi lozim.
Nobank kredit muassasalari to‘g‘risida qonunning qabul qilinishi turli investitsiya institutlari orqali moliyaviy vositachilikni kengaytirishga va to‘plangan mablag‘lardan iivestitsiya faoliyatida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi. Banklarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda ishtirok etishini kengaytirish uchun bir necha banklar yoki kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyotning real sektorlaridagi istiqbolli loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish yo‘li bilan sinditsiyalashgan kreditlar berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Bu esa iqtisodiyotning real sektorida hayotchan loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish uslubiyoti asosida ta’minlashi mumkin.
Kredit uyushmalari o‘z a’zolarini tezda oqlanadigan loyiha asosida arzon ssudalar berishi iqtisod quyi subektlarini investitsiya tashabbusiga yo‘l ochadi. Bunga erishish uchun foiz stavkalari kredit uyushmaning operatsion xarajatlarini qoplashni ta’minlaydigan darajada belgilanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularning barchasi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida kreditnging rolini kuchaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
O‘zbekiston sharoitlarida investitsiya resurslari qiymatini baholashda bank foiz stavkalari, qayta moliyalashtirish stavkalari, valyuta kurslari, soliq imtiyozlari o‘zgarishlari va jadallashtiriltan amortizatsiyani qo‘llash masalalari alohida e’tibor talab etadi.
Loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun investitsiya loyihalarini tanlash ustuvorliklari va mezonlarini belgilash jarayonlarini takomillashtirish talab qilinadi. Loyihani tanlash to‘g‘risidagi qaror moliyalashtirishning har bir manbai qiymatini baholashga asoslanmog‘i lozim. SHu bilan birga loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos afzalliklarini, shuningdek, loyihaviy moliyalashtirishning me’yoriy-huquiy asoslari sustligini inobatga olib, loyihaviy moliyalashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida “Loyihaviy moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish foyda keltirishdan holi emas. SHu bilan birga loyihaviy moliyalashtirishning Germaniya tajribasining ijobiy jihatlarini respublikamizning milliy xususiyatlarini inobatga olib, qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish yuqoridagi o‘rinlarda ko‘rib o‘tganimizdek, qarz yoki ulush sifatida mablag‘ kiritgan holda yangi loyiha kompaniyaisni barpo etish orqali loyihani amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Biz jadvalda ko‘rsatilgan manbalardan loyihaga tijorat banklari kreditlarini, hozirda o‘z ishini boshlab olgan turli kredit uyushmalari kreditlarini, loyihaviy qimmatli qog‘ozlar (loyihaviy obligatsiyalar, aksiyalar), lizing vositalaridan foydalanish yo‘li bilan iqtisodiyotning turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini loyihaviy moliyalashtirishda birlishtirishimiz mumkin. SHuningdek, xorijiy kredit va investitsiyalarni, agar davlat ahamiyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan bo‘lsak, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini ham loyihaga jalb qilishimiz mumkin bo‘ladi.shubhasiz bu jarayonda loyiha ta’sischisi, homiysi etakchi rollardan birini o‘ynaydi. Ular bevosita loyihaningdastlabki harakatlanishini ta’minlab beradi. Ta’sischilar loyihaning moliyalashtirilishida turli ishtirokchilar bilan kelishuv bitimlarini, shartnomalarni tuzishda ishtirok etadi va mablag‘lar oqimini loyihalarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lishini ta’minlashdakatta rol o‘ynaydi. Loyiha amalga oshishi uchun etarli mablag‘lar va shart-sharoitlar yaratilgandan so‘ng, loyiha kompaniyasining boshqaruvchilari belgilangan maqsatga asosan mablag‘lar ishlitilishi yo‘nalishlari bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishini boshqarib boradi. Dastlab ular loyihalashtirishni amalga oshiruvchi konsultativ firmalar bilan texnik iqtisodiy asosnoma tuzishda, keyinchalik pudrat tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalaga oshirishda, xom ashyo, material, uskunalar etkazib beruvchilar, byurtmachi va xaridorlar bilan opsion, fyuchers xususiyatiga ega shartnomalar tuzish orqali ularni loyihaga jalb qilishi mumkin bo‘ladi. Bunda xom ashyo va matariallar etkazib beriuchilarning loyihaga kiritgan karz majburiyatlarini ifodalovchi mablag‘lari loyiha ishga tushib uning faolityatidan daromad kela boshlaganidan so‘ng, o‘sha daromad hisobiga qarz mablag‘larini to‘laligicha yoki o‘z qiymatidan yuqoriroq qiymatda qoplanishi mumkin. SHu tariqa uskunalar etkazib beruvchilar, bo‘lajak xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish, shartnomaviy munosabatlar o‘rnatish mumkin.
Eng asosiy maqsadlardan biri loyihaviy moliyalashtirishda uning ishtirokchilarida ishga tushgan yangi ob’ektdan, korxonadan o‘zlari kiritgan mablag‘larni undan yuqoriroq qiymatda olish imkoniyatidan voz kechgan holda korxona ta’sischisiga aylanish orqali korxonaning butun hayotiylik faoliyati davomida undan muntazam daromad olish imkoniyatining yaratilishi mumkinligini ular o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomada belgilanishi mumkin.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirish manbalarining har tomonlama tahlilidan so‘ng, mamlakatimizda mavjud shartg‘sharoitlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda eng qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan tijorat banklari kreditlari, loyihaviy aksiya va obligatsiyalar, lizing kabi vositalardan foydalanishni atroflicha o‘rganish uchun ularning harakat mexanizmini batafsil ko‘rib chiqishga qaror qildik. O‘ylaymizki, bu albatta ishning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Biz bilamizki, tijorat banklari har qanday kredit oluvchi mijozga foizlilik, to‘lovlilik, kaytarishlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik tamoyillariga asoslangan holda kredit beradi. Loyihaviy moliyalashtirishda aynan ta’minlanganlik tamoyili bankda loyihaga nisbatan biroz xavotir tug‘dirishi mumkin. CHunki bunda yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, loyihaga kiritilgan mablag‘lar qaytarilishi ta’minoti bo‘lib, loyiha ishga tushgandan so‘ng undan keladigan daromad hisoblanadi. Bu esa albatta ko‘pchilik mahalliy banklarning kredit siyosatiga to‘g‘ri kelmaslilini yuzaga chiqarishi mumkin. Bunday vaziyatda bir qator muqobil yo‘llardan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Birinchidan, bank ham loyihaga kredit ko‘rinishida kiritgan mablag‘larini ta’minoti o‘rniga bankning o‘zi loyihada ta’sischi sifatida qatnashishi (yoki qolishi) taklifi bilan chiqish va loyihaning keyingi faoliyati samarasidan ta’sischi sifatida o‘z xissasiga mutanosib ravishda foydalanishi mumkin. Ikkinchidan, bank loyihaga kiritgan mablag‘lari qaytishining ta’minoti sifatida loyiha ta’sischilari va (yoki) homiylari kafilligidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, hozirgi kunda banklar amaliyotida, jumladan mahalliy banklar amaliyotida faktoring, forfeyning kabi xizmat turlari rivojlanib borayotganligini inobatga olib, banklarning investitsiya loyihalariga kiritgan qarz mablag‘larini uchunchi tomonga o‘tkazish orqali kreditorlikni boshqa tuzilmaga topshirish mumkinligi, ularning loyihaviy moliyalashtirishda ishtirok etishga undaydigan qarorlar qabul qilish uchun turtki bo‘ladigan omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida investitsiya loyihasini kreditlash, yoki loyihada ta’sischi sifatida qatnashish etarlicha qonuniy-me’yoriy asoslar va amaliy tajribalar mavjud. Garchi banklar biror-bir loyihada. Faoliyatda ta’sischi sifatida kamdan-kam hollarda ishtirok etsada, keyingi yillarda tijorat banklarimizning xizmatlar turlarining rivojlaninb borish tendensiyasini inobatga olib, banklarning bunday faoliyatlari yanada kengayib borishi tabiiy jarayondir.
Jahon amaliyoti tajribasidan ma’lumki, yirik investitsiya loyihasini moliyalashtirishda odatda bitta iqtisodiy birlik, tuzilma ishtirok etmaydi, bunda ishtirokchilar konsorsium, sindikatga birlashadilar. Loyiha kompaniyasini boshqarish, moliyalashtirish ishtirokchilari ko‘pligi uchun murakkablashishiga qaramasdan, mamlakat miqyosida ko‘pgina makrodarajadagi ham mikro darajadagi muammolar o‘z echimini topishi bunday loyihalarni amalga oshirishga undaydi.
Hozirgi kunda tijorat banklarimiz amaliyotida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish turi sifatida qaraluvchi sindikatlashtirilgan kreditlash usuli qo‘llanilib kelinmoqda. Bu borada yuqorida atroflicha bayon qilib o‘tdik.
Jaxon tajribasida investitsiyalarni moliyalashtirishda turli qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi dastaklardan foydalanish yuqori darajadaligini e’tiborga olib, bunday dastaklarni milliy iqtisodiyotimizda ham rivojlantirish orqali investitsiya loyihalariga mablag‘larni yanada kengroq jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori deyarli barcha faoliyat sohalarining asosiy moliyaviy tahminotchisi vositasida namoyon bo‘layotganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
So‘nggi yillarda bizda ham mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanib borayotganligi, ayniqsa aksiyalar va obligatsiyalar bozorining kengayib borayotganligini inobatga olib, qimmatli qog‘ozlarning bu tur vositalaridan investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb qilish orqali loyihaviy moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan manba va ishtirokchilar tarkibini oshirish bilan loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy elementi bo‘lgan aksiya bozorini tahlil qilishda asosiy masala aksiyalarni chiqarish orqali loyihani, ayniqsa loyihaviy moliyalashtirishda qanday yo‘llar bilan amalga oshirish, moliyalashtirish mumkinligini o‘rganishdir. Agarda amalga oshirilayotgan loyihada kapital qurilish talab etilmasa, u yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lsa, bevosita loyihaviy moliyalashtirishdagi aloxida loyiha ob’ektining nomidan aksiyalar chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Agar amalga oshirilayotgan loyiha yangi ob’ekt qurilishini ham nazardja tutgan bo‘lsa, bevosita loyiha kompaniyasi nomidan aksiya chiqarish imkoniyati yo‘qoladi desak xato bo‘lmaydi. Sababi qurilish jarayoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lganligi uchun loyiha ob’ekti tezda ishga tushmasligi, uni moliyalashtirish uchun chiqarilgan aksiyalar bozorda sotilmay qolishi tufayli loyiha to‘xtab qolishi va keyinchalik mablag‘larning o‘z vaqtida etib kelmasligi sababli loyiha o‘z jozibadorligini yo‘qotib samarasiz bo‘lib qolishi, boshqacha qilib aytganda xali ishga tushmasdan turib bankrot bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda loyihaning ta’sischisi aksiyalarni chiqaruvchi sifatida maydonga chiqishi mumkin. Alohida loyiha birligini (ob’ektini, kompaniyasini) unchalik ko‘p doira iqtisodiy sub’ektlarga ma’lum bo‘lamaganligi sababli u “bankrotlik”ka uchrasa, loyiha ta’sischisi yirik kompaniya bo‘lganligi sababli, uning moliyaviy mustahkamligi va imkoniyatlari yuqoriligini inobatga olib, u tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bozorda tezda sotilib ketadi va loyihaviy moliyalashtirish tarkibidagi ishtirokchilar, risklarni o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan sub’ektlarni ko‘paytiradi. SHunday ekan, aksiyalarni joylashtirish vasitasida yirik investitsiya loyihalariga mablag‘lar jalb qilish imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida O‘zbekistonda aksiyalarni chiqarilish bosqichlariga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 2002 yil 7 iyundagi 1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jammiyatlari aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va chiqarilgan aksiyalarni bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan aksiyalarni chiqarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • vakolatli organ tomonidan aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinishi;

  • vakolatli organ tomonidan emissiya prospektini yoki aksiyalar chiqarish anketasini tayyorlash va tasdiqlash;

  • aksiyalar chiqarilishini davlat tomonidan ruyxatga olinishi;

  • ro‘yxatga olish organi tomonidan hisobga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarilishini tasdiqlochi hujjatlarning asl nusxalarini Markaziy depozitariyga yuborish;

  • aksiyalar sertifikatlarini tayyorlash, agar naqd aksiyalar chiqariladigan bo‘lsa;

  • aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida ma’lmotlarni chop etish yo‘li orqali axborotlarni ochish;

  • ro‘yxatga oladigan organga aksiyalar chiqarish yakunlari to‘g‘risida hisobotni taqdim qilish;

  • aksiyalar chiqarish chiqarish yakunlari to‘g‘risida axborotlarni ochish.

  • Aksiyalar chiqarilishini davlat tomonidan ro‘yxatga olish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • ro‘yxatga oluvchi organning markaziy apparatida:

  • agar emitent birlamchi chiqargan aksiyalar emissiyasining hajmi davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun hujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqining 50 ming barobariga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa;

  • agar emissiya sug‘urta tashkilotlari, suo‘urta tashkilotlari, fond birjalari, investitsiya institutlari, xorijiy investitsiyalarga korxonalar tomonidan amalga oshirilsa;

  • ro‘yxatga oluvchi organning xududiy bo‘limlarida, agar emitanning birlamchi chiqargan aksiyalarining emissiyami hajmi, davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun xujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqi miqdori 50 barobaridan kam bo‘lsa.

Aksiyalar chiqarishni davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish uchun, emitent tomonidan tegishli ro‘yxatga oluvchi organga quydagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • chiqarilgan aksiyalarni davlat ro‘yxatiga olish uchun ariza;

  • emitentning vakolatli organi tomonidan aksiyalar chiqarish to‘g‘risida qabul qilgan qarorni tasdiqlovchi hujjatning (majlis bayoni, bayonnomadan ko‘chirma) emitent tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek ko‘rsatilgan masala bo‘yicha kvorom va saylash natijalari va kuzatuv kengashi tomonidan chiqarish to‘g‘rida qaror qabul qilingan hollarda, ikki nusxada saylovda qatnashgan kuzatuv kengashining a’zolarining ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatiladi;

  • ta’sis hujjatlarining notarial tarzida tasdiqlangan nusxasi;

  • uch nusxada chiqarilayotgan aksiyalar namunalari;

  • uch nusxada emissiya prospekti;

  • emitentning ro‘yxatga olish kartasi;

  • aksiyalarni chiqarilishining ro‘yxatga olish uchun belgilangan yig‘imning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nuxasi;

  • aksiyalarni chiqarilishining ro‘yxatga olish bo‘yicha taqdim qilingan xujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nuxasi;

  • emitentning vakolatli organi tomonidan aksiyalarni emissiya prospektini majlis bayonnomalarini, tasdiqlovchi hujjatning emitent tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek ko‘rsatilgan masala bo‘yicha kvorom va saylash natijalari va kuzatuv kengashi tomonidan chiqarish to‘g‘rida qaror qabul qilingan hollarda, ikki nusxada saylovda qatnashgan kuzatuv kengashining a’zolarining ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatiladi;

  • ikki nusxada taqdim qilingan hujjatlar nusxasi.

Obligatsiyalar aksiyalarga nisbatan qisqaroq davr mobaynida muomalada bo‘ladi. YA’ni obligatsyalar belgilangan muddatgacha amal qiladi va uni so‘ndirish muddati etib kelganidan so‘ng butunlay muomaladan chiqariladi. U ham kredit xususiyatini namoyon etgan holda vaqtincha mablag‘larni qarzga to‘lovlilik, qaytarishlilik, muddatiylik tamoyillariga asoslanib jalb qilishn anglatadi. Jahon amaliyotida loyilarga mablag‘ jalb qilishda loyihaviy obligatsiyalar vositasidan keng foydalanilishini ko‘rishimiz mumkin.
Qonunchiligimizga ko‘ra korporativ obligatsiyalar korxona ustav fondining 20 foizi miqdorida chiqariladi. Demak, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda loyiha kompaniyasining ta’sischilari tomonidan shakllantirilgan nizom jamg‘armasining 20 foizi miqdorida mablag‘larni qarz sifatida obligatsiyalar ko‘rinishida loyihaga zaruriy mablag‘larni uzluksizligini rejalashtirilgan holda ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Hozirgi kunda loyihalarni moliyalashtirishning muhim usuli sifatida lizing vositasidan ham foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Iqtisodiyotning, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining texnik bazasini modernizatsiyalash va kengaytirishda lizingning ahamiyati yuqoridir.
Lizing vositasi orqali asosiy vositalar ko‘rinishidagi mulkiy mablag‘larni loyihaga jalb qilish imkoniyatlari ochiladi. U kreditdan farqli o‘laroq loyihada ishtirok etishda ta’sischi, homiydan garov ta’minoti talab etmaydi, balki lizing ob’ektining o‘zi garov ta’minoti sifatida baholanadi. Bu lizingning loyihaviy moliyalashtirishda uning xususiyatlarini o‘zida namoyon etadigan haqiqiy moliyalashtirish vositasi ekanligini ko‘rsatadi. CHunki lizing orqali moliyalashtirishda qatnashuvchi loyihaga kiritgan mablag‘ini loyihaviy riskka tikadi va loyihaga kiritgan mablag‘larini ta’sischidan emas, loyihadan keladigan daromadlardan yoki loyiha ob’ekti mulkiga aylangan mablag‘lardan foydalanish orqali qoplash mumkin bo‘ladi.
Qoida tariqasida, loyihani muvoffaqiyatli amalga oshirish maqsadida, qarz va ulush, tashqi va ichki manbalar hisobiga moliyalashtirish, kafolatlar va tashkiliy tuzilmalar shakllarining turli xil kombinatsiyalaridan, shuningdek yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning turli xil standart shakllari va sxemalaridan foydalaniladi. Misol qilib, yirik infratuzilmaviy loyihalarni (yirik elektrostansiyalar, avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar va boshqa shu kabilar qurilishi loyihalari) moliyalashtirish mexanizm va sxemalarini olishimiz mumkin:

  • “Qurilish-egalik qilish-ekspluatatsiya” (BOO = Build, Own and Operate);

  • “Qurilish-ekspluatatsiya-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOT = Build, Operate and Transfer);

  • “Qurilish-egalik qilish-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOT = Build, Own and Transfer);

  • Qurilish-egalik qilish-ekspluatatsiya-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOOT = Build, Own, Operate and Transfer).

Mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayonida, ko‘pincha, cheklangan regress bilan va davlat kafolati ostida moliyalashtirish shakllari aralashishi yuz beradi.
Barcha turdagi infratuzilmalarni (ijtimoiy, sanoat, informatsion va boshqa) tashkil etishdan tashqari loyihaviy moliyalashtirishning bunday mexanizm va sxemalari keng loyihalar doirasida, neft va gaz manbalari yoki boshq tabiiy resurslarni qayta ishllashdan boshlanib, yirik mehmonxonalar qurish va boshqarish bilan yakunlanuvchi loyihalarda tez-tez qo‘llanila boshlandi.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni O‘zbekistonda rivojlantirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • siyosiy barqarorlik va davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatidagi aniqlilik;

  • loyihaviy moliyalashtirishning qonuniy asosini shakllantirish;

  • loyihaviy moliyalashtirishning mexanizmlariga davlatning ko‘maklashuv tizimini yaratish (jumladan, moliyaviy);

  • menejer kadrlarni tayyorlash va ularning amaliy tajriba to‘plashlarini ta’minlash;

  • kapital va hosilaviy moliya instrumentlari bozorining keyingi rivojlanishiga erishib borish.





  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish