Baholash ishi va investitsiyalar



Download 174,51 Kb.
bet1/14
Sana29.05.2022
Hajmi174,51 Kb.
#616664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5377698512320336836


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUDJET HISOBI VA G'AZNACHILIK FAKULTETI
"BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR" KAFEDRASI
"BAHOLASH FAOLIYATINI TARTIBLASHTIRISH" FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Baholangan ko’char mulk obyektiga nisbatan ekspertiza xulosasini tayyorlash


Ilmiyrahbar: Qosimova S.
Bajardi: BBI-60 guruh talabasi
Qurbanaliyeva Nazokat
TOSHKENT-2021
REJA:




Kirish 3
1.Ko’char mulk ekspertizasini o’tkazishning mazmuni va maqsadlari 5
2.Ko’char mulk ekspertizasini o’tkazishning turlari va asosiy bosqichlari 10
3."GAMMA VALUATION" MCHJ tomonidan tayyorlangan baholash hisobotiga "EKSPERT BAHO" MCHJ tomonidan berilgan ekspertiza xulosasi 18
Xulosa 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 35
Ilovalar 37


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda baholash faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish bevosita baholash faoliyatiga bog’liqdir.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qarori “Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish tartibi haqida” qaror bo’lib, mazkur qaror ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqa baholash tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan baholash tashkilotini baholash bo‘yicha hisobotlarni tekshirish;baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ya’ni, litsenziyaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti timonidan tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan ma’lumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun o‘tkaziladigan baholash to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan yoki dala sharoitida o‘tkaziladigan ekspertiza — tahliliy ekspertizani, shuningdek baholash ob’ektiga chiqib baholanadigan mol-mulkni tekshirishni va, zaruriyat bo‘lganda, baholash to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslanadigan ob’ektlarini tekshirishni o‘z ichiga oladigan ekspertiza o’tkazish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.
Bugungi kunda ko’char mulk obyekti hisoblangan avtotransport vositalari qiymatini baholashda bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Chunki ko’char mulk qiymatini baholash omillarining o’zgaruvchanligi va daromad usulini qo’llashda muayyan ma’lumotlar bazasining yo’qligi bunga ta’sir ko’rsatmoqda. Mazkur muammolar, pirovardida ko’char mulk qiymatini aniq va real baholashga ta’sir qilmoqda.

Download 174,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish