Biiorganik kimyo fanining yutuqlarida genomika sohasida foydalanish



Download 0,89 Mb.
bet1/2
Sana10.09.2021
Hajmi0,89 Mb.
#170615
  1   2
Bog'liq
bioor kim yutuq -genomika sohasida foydalanish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO KAFEDRASI

KIMYO O’QITISH METODIKASI

4- BOSQICH 17.33 GURUH TALABASI

XAMIDOV ABULQOSIMNING

BIOORGANIK KIMYO

FANIDAN

BIIORGANIK KIMYO FANINING YUTUQLARIDA GENOMIKA SOHASIDA FOYDALANISH ”



MAVZUSIDA TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI


FARG’ONA-2021

BIIORGANIK KIMYO FANINING YUTUQLARIDA GENOMIKA SOHASIDA FOYDALANISH
Rеja.
1 Gеnomika fani, uning mohiyati va ahamiyati

2.Irsiyat va O’zgaruvchanlik.

G enomika organizmlarning irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini klassik va molekulyar darajalarda o’rganishga bag’ishlanadi. Talabalar bu fanni  o’rganish asosida organizmlarga xos belgi  va xususiyatlarning bir qancha avlodlar davomida nima uchun saqlanib qolishi yoki aksincha ayrim belgi  va xususiyatlarning bir holatdan boshqa holatga  o’tish sabablarini bilib oladilar. Shuningdek, biologiya fanlari tizimidagi eng yangi zamonaviyligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu fan genomika tushunchasi va uning tarixi, barcha tirik organizmlarning irsiy axborotlarini saqlovchi DNK texnologiyasi, genom revolyusiyasi, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketma-ketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash) kabi vazifalarni chuqur o’rganish orqali yuqumli va irsiy kasalliklarni oldini olish, o’simlik va hayvonlarning zarakunandalarga va shu kabi salbiy oqibatlarga sabab bo’luvchi omillarga chidamli nav va zotlarni yaratish kabi muhim vazifalarni o’rganishni qamrab olgan.



Irsiyat — organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. Irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taʼminlaydi. Organizmlarning oʻzaro oʻxshashlik va qarindoshlik darajasiga bi-noan oila, urugʻ, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham Irsiyat. yotadi. Irsiyat. tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilarining turgʻunligi, yaʼni oʻzaro oʻxshashligi bilan birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. Irsiyat ning muayyan bir yoʻnalishda taʼsiri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turgʻunligi taʼmin etiladi.



Irsiyat. organizmlar ontogenezining turgʻunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va bu jarayonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. Irsiyat. ning yana bir xususiyati uning oʻzgaruvchanligidir .Binobarin organizmlar irsiy belgilarining turgʻunligi mutloq boʻlmaydi. Turli xil organizmlar bir-biridan turgunlik darajasi bilan farq qiladi. Mac, paleozoy erasi perm davridan saklanib qolgan ochiq uruglilar vakillaridan ginko (Ginko biloba) ni qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar oʻtgan boʻlishiga qaramay bir qancha irsiy belgilar deyarli oʻzgarishsiz saklanib qolganligi koʻzga tashlanadi. Xuddi shu tariqa panjaqanotli latimeriya baligʻi (Latimeria chalumnae) ham million yillardan buyen deyarli oʻzgarishsiz Hind okeanining jan.-gʻarbiy qismida saklanib qolgan. Lekin aksariyat hollarda Irsiyat ning turgʻunligi muayayn darajada nisbiy boʻladi. Organizm genetik omillar va yashash sharoitining oʻzaro taʼsiri natijasida rivojlanganligi tufayli Irsiyat ham genotip va tashki sharoitning taʼsirida turli koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Aksariyat hollarda I rsiyat. xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan genlar orkali amalga oshadi. Bunday Irsiyat. xromosoma yoki yadro Irsiyat. i deyiladi. Genlarning nisbatan kam qismi sitoplazmada joylashgan pla-stidalar va mitoxondriyalarda, yaʼni xromosomalar bilan bogʻliq boʻlmagan hujayra elementlarida joylashgan boʻladi. Bu genlar faoliyati orqali amalga oshadigan I. sitoplazmik I. deyiladi. Irsiyat. tufayli organizmlar har xil guruhlarining nisbatan musta-qilligi, ularning yaxlit sistema (po-pulyasiyalar, turlar) sifatida muayyan yashash sharoitiga moslashganlik xususiyatlari saqlab qolinadi. Irsiyat evolyusion jarayonning eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Genetik tadqiqotlar natijasida qator Irsiyat. qonunlari kashf etildi. Mendel tadqiqotlaridan kelib chiqadigan I. qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; Irsiyat birligi boʻlgan genlar nisbatan turgʻundir; har bir gen har xil allel (dominant va retsessiv) xrlatda boʻladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa koʻp. Amerikalik T. Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi Irsiyat I. prinsiplari aniqlandi: gen xromosomaning lokus deb nomlangan maʼlum bir qismida oʻrnashgan; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan oʻxshash lokuslarida oʻrin oladi; genlar xromosomalarda muayyan tartibda bir qator boʻlib joylashgan; jinsiy hujayralarda xromosomalar soni tana xujayralariga nisbatan ikki hissa kam (gaploid) boʻladi. Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qoʻshilishi ham ikki baravar ortadi va somatik hujayralarda boʻlganidek diploid holatga oʻtadi. Irsiyat. prinsiplari negizida genlarning molekulyar genetik strukturasi va funksiyasi haqidagi taʼlimot yotadi. Irsiyat qonuniyatlarini oʻrganish q. x. amaliyotida va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish