Bilish nazariyasi, yo’nalishlari



Download 69,7 Kb.
bet10/11
Sana01.01.2022
Hajmi69,7 Kb.
#297435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o’ynagan. Mifologik bilimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So’nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o’yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o’ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.

Mifologik tafakkurga uning emosiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish obyekti va subyektini, predmet va belgini, narsa va so’zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini va hokazolarni aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog’langan (genetizm).

Mif – tabiat va inson hodisalarini tushunish va tushuntirishning ibtidoiy odam tafakkurining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilangan usuli. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va prinsipni farqlamaydi. Voqyealar o’xshashligi yoki ketma-ketligini u sabab va oqibat bog’lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o’limi va uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning o’g’irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko’p ma’noli tus kasb etadi. Ko’p sonlilik prinsipi, aks ettirish, muayyanlik va atromorflik (ya’ni inson xususiyatlarini tabiat obyektlariga o’tkazish), obraz va obyektni tenglashtirish – mifologik bilimning o’ziga xos xususiyatlari ana shular. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.

Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki ma’lum xalqlar tarixida bo’lib o’tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va boshqaradigan, iyerarxik tuzilishga ega bo’lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar kosmosning o’z o’zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.

Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan, balki qoida sifatida belgilangan bo’lsa-da, ular odamlarning juda ko’p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.

Mif – madaniyatning muqarrar unsuri. Antik davrda u haqiqatning poetik ifodasi sifatida qaralgan. Bugungi kunda esa, mif ko’pincha odamlar xulq-atvorini manipulyasiya qilish uchun mo’ljallangan ongli aldov hisoblanadi.



Mifologiya bag’rida bilimning badiiy-obrazli shakli yuzaga keldi va keyinchalik san’atda o’zining yorqin ifodasini topdi. Garchi u bilish vazifalarini maxsus yechmasa-da, ammo ancha kuchli gnoseologik salohiyatga ega.


Download 69,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish