haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni biladi». Men Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar men Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsam, mening bu fikrim bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo’ladi.
ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo’ladi). Masalan, agar men O’zbekistonda dengiz bor desam, men uning amalda mavjudligiga ishonaman. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg’ir yog’ayotganini ko’rasiz. Siz: «Yomg’ir yog’yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning absurdligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |