Bilish nazariyasi, yo’nalishlari



Download 69,7 Kb.
bet11/11
Sana01.01.2022
Hajmi69,7 Kb.
#297435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Badiiy bilim. Borliqni tushunib yetish refleksiyaning o’ziga xos shakli bo’lib, u san’at borlig’ining barcha bosqichlarida – asar g’oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish obyekti – butun dunyoga uzviy bog’lagan holda san’at tilida moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. Shaklan badiiy faoliyat obyektga qarab mo’ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o’zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining tajassumi hisoblanadi.

Borliqni badiiy idrok etishning o’ziga xos xususiyati ko’p jihatdan san’at tilining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar tizimiga kiruvchi madaniyatning belgilar tizimlari. San’at madaniyat tillarini badiiy tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. Bunda san’at tili ikki xil ma’noda: dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tushunilishi mumkin) va shartli, badiiy ma’noda keladi. «Ma’nolar o’yini» asl borliqdan chalg’itmaydi, biroq uni mutlaqo kutilmagan tomondan ko’rish imkonini beradi. San’atni idrok etishda muttasil kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat burchaklarini yorituvchi yashin chaqiniga o’xshaydigan o’zlikni kashf etishdir. Ongning kutilmagan kashfiyotlar xos bo’lgan bunday holati psixologiyada

«insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish o’zlikni anglash bilan bog’liq cheksiz va tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni o’zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli emosional ta’sirlanishga sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emosional holatlarning bir-biriga o’tishi bilan bog’liq murakkab jarayon shaxsni o’z tajribasini qayta tushunishga majbur qiladi va uning qadriyatlar tizimida to’ntarish yasashga qodir.

Shunday qilib, san’atning bilishdagi ahamiyati shundan iboratki, u bilish va o’zlikni anglashning o’ziga xos birligidir. San’at – shaxsni ma’naviy boyitish manbai. U insonning ijodiy imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniy ma’nolarni hamda madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San’atni idrok etishda obyekt va subyekt mushtarakdir. Shaxs san’at asarining mazmuniga o’zining daxldorligini his qiladi va uni o’zida kashf etadi. Shu sababli san’atni idrok etish qo’zg’atadigan bilish faolligi refleksiya sifatida ta’riflanadi.

Xulosa

Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog’liq bo’lmaydi. «Olim hyech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hyech qachon o’z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo’ymasligi kerak»2. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig’indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo’nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.

Evristika yunoncha heurisko–topaman, kashf etaman, degan so’zdan kelib chiqadi. «Evristika» atamasining qo’llanilishi qadimgi yunon olimi aleksandriyalik Papp (miloddan avvalgi III asr) nomi bilan bog’lanadi. Bu nuqtai nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o’rganishni istaganlarga mo’ljallangan qoidalarning maxsus to’plami sifatida namoyon bo’ladi. «Mahoratsirlari» hamisha qat’iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar to’g’risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa hisoblangan. G. Leybnisning «Kashfiyot san’ati» g’oyasi amalga oshmadi. B. Spinoza to’g’ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga ega bo’lishi, foydasiz imkoniyatlarni chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd etgan bo’lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi. Muayyan ilmiy bilimdan haydaladigan barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to’ldiradi. Barcha mumkin bo’lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo’lmagan yangilikni yaratish kutiladi. Ko’pincha

«evristika» tushunchasini tafakkurga bog’lab, «evristik tafakkur» tarzida qo’llaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funksiyasi to’g’risida so’z yuritiladi. G’arb falsafasida evristik tafakkurni tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalarning uch turkumi farqlanadi:

«tinch oqar suv» yoki o’rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; bliskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi.

Evristika metodologiyaning bo’limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo’q. Ammo, o’z-o’zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o’ziga xos yechim topishning strategiyasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan’anaviy yo’llarni izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning o’ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo’ladi. Reduksiya, metodlarini o’zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlarni amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o’zi ma’lum darajada evristik farazlarga asoslanadi.






Download 69,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish