Biologiya kafedrasi tabiatshunoslik o’qitish metodikasi


- talabalar ishtirokida tabiatga kuzatishlar tashkil qilish



Download 415 Kb.
bet9/24
Sana20.06.2022
Hajmi415 Kb.
#681792
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
TO\'M

- talabalar ishtirokida tabiatga kuzatishlar tashkil qilish;
- kuzatishlar asosidagi fikr-mulohaza va xulosalarni daftarga qayd qilish;

- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.




Umumiy ma'lumot: Kuzatish tabiatni o'rganishning ko'rgazmali metodidir. Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo'nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi.
O'qitishning boshlang'ich bosqichlarida o'qituvchi o'quvchilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarbar qilishi yoki kuzatish, mo'ljallangan narsani ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma'lumotlarni bildirishi, kuzatiladigan narsaning muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko'rsatishi zarur. Kuzatishsiz o'quvchilar tabiat jismlari va hodisalari, ularning xususiyat hamda sifatlari, ular o'rtasida mavjud bog'lanishlar haqida to'g'ri tasavvurlar ololmaydilar.
O'quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo'lishi qabul qilishning boyligi va to'liqligiga bog'liq. Kuzatishda o'quvchilar faqat kuzatilayotgan obyektlarning tomoshabinigina bo'lib qolmasdan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intiladilar. Masalan, chinor va zarangning barg rangidagi o'zgarishlarni kuzatib, o'quvchilar shu o'simlik barglarini taqqoslaydilar va ularning farq qiladigan hamda umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarang, shumtol, chinor, teraklarning mevalarini qarab chiqib, o'quvchilar bu mevalar biri-biridan nima bilan farq qilishini, ularning shakli va rangini aniqlaydilar, yashik yoki maydonchaga o'simlik urug'larini ekib, bolalar o'simtaning qanday yorib chiqayotganligini, birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o'simlikning rivojlanayotganligini kuzatadilar.
Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o'xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat va irodani rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, shuningdek, amaliy xarakterdagi bilimlar, masalan, o'simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda oriyentirlash; hayvon va o'simliklarning xulq-atvoriga, tabiatdagi o'zgarishlarga qarab, ob-havoning o'zgarishini oldidan aytib berish; texnika mehnati darslarida tabiatshunoslik materialidan foydalana olish (tabiiymateriallar - mevalar, urug'lar, barglar, po'stloq bilan ishlash) uquvlari hosil qilinadi.
1-4 sinflardagi kuzatishlardan o'quv ishlarning eng xilma-xil shakllarida: sinfdagi dars va amaliy mashg'ulotlarda; ekskursiyalarda; tirik tabiat burchagi va maktaboldi uchastkasidagi mustaqil mashg'ulotlarda, uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o'tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi) ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo'lishi mumkin. Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo'lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o'simlikning o'sishini, daraxtlardagi barglar rangining o'zgarishini, qushlarning uchib ketishini va hokazolarni kuzatishlar misol bo'lishi mumkin. Ular qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o'rtasidagi bog’lanishlarni, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo'lishi mumkin.
Kuzatish uchun oson obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o'lkashunoslik xarakterida bo'lsin. Juda murakkab va tushunarli bo'lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o'quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni adashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat'i nazar 1-4 sinf o'quvchilari uchun o'lkashunoslik kuzatishlari albatta sistemali bo'lishi kerak. Bundan tashqari o'lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tabiatshunoslik bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, atrof tabiat obyektlari to'g'risidagi bilimlarni kengaytirishga yo'naltirilmog'i lozim.
1-2 sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha darslardan foydalaniladi. 3-4 sinflarda kuzatishlar sistemasi “Jonajon o'lka tabiati” mavzusi bilan bog'liq holda mavsumiylik tamoyili asosida tuziladi.
Tabiat ustidan olib boriladigan kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalarni: jonli va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o'simliklar, texnika ekinlari, suv o'simliklari, sabzavot va poliz ekinlari, g’alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermer xo’jaligiga, zooparkka ekskursiyalar o'tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko'rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o'qitilishini to'g'ri qo'yilishi boshlang'ich maktabdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o'rgatadi.

Download 415 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish