Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet4/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

T.r

Mezon

Mohiyati

1

Ilmiy asos

Eski, an’anaviy ish yuritish usullarining o‘rnini almashtiruvchi
ilmiy fundament yaratish, uning har bir elementini ilmiy tadqiq qilish

2

Tanlash

Ishchilarni ilmiy jihatdan asoslangan mezonlar, mashg‘ulotlar va o‘qishlar asosida tanlab olish

3

Hamkorlik

Mehnatni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy ishlar tizimini amaliyotga joriy qilishda ma’muriyat va ishchilar
o‘rtasidagi hamkorlik

4

Javobgarlik

Ma’muriyat va ishchilar o‘rtasida mehnatni teng taqsimlanishi
va javobgarlik

Yuqorida nomi keltirilib o‘tilgan kitobda Teylorning ilmiy jihatdan asoslangan ish haqi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish bo‘yicha




9 Тейлор Ф.У. Научная организация труда. - М., 1924.


10 Тейлор Ф.У. Научные основы организации промышленных предприятий. - СПб., 1912.
11 Тейлор Ф.У. Научные основы организации промышленных предприятий. - СПб., 1912.
takliflari boshqaruvni tashkil qilish borasida muhim ahamiyatga ega tamoyillardir. Xususan:

  • ish haqi joyga emas, balki ishchiga hisoblanadi;

  • ustamalar tayinlash taxminlarga emas, balki aniq bilimlarga asoslanishi lozim;

  • aniq bilimlarga asoslangan ustamalar bir xil bo‘lishi lozim;

  • chunki, shu tartibda belgilangan ustamalar sababli tovarlar arzon sotiladi, ishchilar esa odatdagidan ko‘proq ish haqi oladilar;

  • aniq bilimlarga asoslangan ish haqi eng yaxshi ishchilarni yuzaga chiqaradi, ularga ko‘proq pul topishga imkoniyat beradi, ishda ataylabdan sekin ishlashga olib keluvchi sabablarni yo‘q qiladi, ishchilar esa tadbirkorlarni hamkorlik qilishga undaydi12.

O‘z ilmiy izlanishlari natijasi bo‘yicha Teylor muhim ilmiy asosga ega bo‘lgan boshqaruvda chiziqli tizim o‘rniga «bo‘limlar» tizimini taklif qildi. Uning fikricha, chiziqli tizimda ishchilar armiyadagiga o‘xshash, bitta va yagona boshliqdan topshiriq olar edilar. Endi esa, usta va brigadirning bajaradigan ishi 8 ta qismga bo‘linadi va ishchilar bitta boshliq o‘rniga bevosita 8 ta “tor” mutaxassislar, ya’ni o‘z ishini professional darajada biladigan boshliqlar bilan munosabatda bo‘ladilar. Teylor nazariyasi ma’muriy boshqaruv personali sonining keskin oshib ketishiga olib keladi, lekin shu bilan birgalikda, boshqaruvni tashkil qilishda muhim qadam qo‘yildi, uning natijasi bo‘yicha mehnat unumdorligi o‘sishiga erishish imkoniyatlari yaratiladi.
Teylorning bu ishi Kasaba uyushmalari tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi. Kasaba uyushmalari teylorizm nazariyasi mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilinishini kuchaytiradi deb qaradilar. Bu nazariyaga nafaqat Kasaba uyushmalari, balki tadbirkorlar tomonidan ham tanqidiy qarashlar bo‘lgan. Sababi – Teylor tomonidan taklif etilgan yangicha mehnatni tashkil qilish tizimidan foydalanish ishlab chiqarishni boshqarishning eski, an’anaviy, odatdagi usul va texnologiyalaridan voz kechishni, yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha mavjud o‘z usullarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etgan.

12 Тейлор Ф.У. Усовершенствованная система сдельной оплаты. - СПб., 1914.


Teylor nazariyasining nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati ham katta bo‘lganligi uchun ham, barcha progressiv yangiliklar singari bu nazariya, buning natijasi sifatida boshqaruv to‘g‘risidagi fan ham tan olindi.
Ilmiy boshqaruv usullarini rivojlantirishda Teylorning izdoshlari bo‘lgan, er-xotin Gilbertlarning ilmiy tadqiqot natijalari e’tiborga molikdir. Ular ishchining mikroharakatini tahlil qiluvchi usulni ishlab chiqdilar. Uning asosida – ishchining harakat kinogrammalari, ularning keyingi standart ketma-ketliklarini aniqlash imkoniyatlari yaratildi.
G.Gant bir muncha qiyin ishlarni rejalashtirish va bajarilishini tekshirishga imkon beradigan boshqaruvning chiziqli grafigini amaliyotga kiritdi. Gantning grafigi, yoki boshqacha qilib aytganda diagrammasi, hozirgi kunda amaliyotda keng foydalanilayotgan tarmoq grafiklarini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilmoqda. Gant diagrammalari xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kalendarli rejalashtirishda keng qo‘llanilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan ana shu maktablar namoyondalarining ilmiy tadqiqot natijalari xususan, fanning nazariy asoslari (Teylor), boshqaruv usulari (Gilbertlar) hamda boshqaruvda chiziqli grafik (Gant) mamlakatimiz iqtisodining turli tarmoqlarida faoliyat yuritishayotgan tadbirkorlar uchun boshqaruvni eng samarali tashkil qilishni tavsiya qilish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan maktab va olimlar uchun benihoya katta ham amaliy, ham ilmiy ahamiyatga egadir.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish