Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


ISHLАB CHIQАRISH JАRАYONI VА UNING NАTIJАLАRI



Download 320,5 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi320,5 Kb.
#251697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Idiyeva Shaxina KURS ISHI

5. ISHLАB CHIQАRISH JАRАYONI VА UNING NАTIJАLАRI


Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʼrsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish jarayonlari boʼlmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va isteʼmol qiladigan neʼmatlarning oʼzi boʼlmaydi. Inson isteʼmolsiz yasholmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi boʼyicha koʼplab darslik va oʼquv qoʼllanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish eʼtibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi; ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir boʼlayotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab boʼladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir boʼlayotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi.

Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bogʼliq boʼlgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi.

Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, soʼngra uning natijalari va samaradorligi bilan bogʼliq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham oʼrin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qoʼshilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qoʼshilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik gʼoyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari ochib beriladi.

Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yoʼli sifatida qaraladi.

Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi

Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun, eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoʼllaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qatʼiy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari boʼlishi shart.

Bundan koʼrinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli oʼlaroq, oʼz ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoʼllanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili boʼla olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida koʼrib chiqamiz.

Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga boʼlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʼindisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʼlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʼzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.

Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga taʼsir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat taʼsir qiladigan, yaʼni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, yaʼni xomashyo boʼlishi mumkin.

Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.

Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy boʼlsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha taʼrif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir koʼpchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning toʼrt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat oʼrtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, toʼgʼrirogʼi ishchi kuchining maʼlum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni boʼlib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Koʼpgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat koʼplab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga maʼlumki, ishchi kuchi insonning mehnatga boʼlgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qoʼshilishi natijasida sodir boʼladigan va maʼlum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.

Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb taʼkidlaymiz (2.1-chizma).

Ishchi kuchi insonning mehnatga boʼlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʼindisi boʼlganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud boʼladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qoʼllanilayotgan mehnat bozori tushunchasi oʼrniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari oʼrniga ishchi kuchi resurslari deyilsa toʼgʼri va tushunarli boʼlar edi.

2.1-chizma

Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi


Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Koʼpchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni oʼz egasiga qoʼshimcha qiymat keltiruvchi qiymat, oʼz-oʼzidan koʼpayuvchi, oʼsuvchi qiymat deb hisoblaydi. Аyrim gʼarb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valьras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.

Qator gʼarb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev oʼzining rahbarligida yozilgan darsligida

«haqiqatdan ham — kapital oʼzidan oʼzi koʼpayuvchi qiymat»1 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, А.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Аmerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan

«Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohalarida qoʼllaniladigan moddiy vositalardan, yaʼni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb koʼrsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan koʼrinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga eʼtiborni kuchaytirgan. Gʼarb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, yaʼni uning qiymat tarafini eʼtiborga olgan boʼlsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini eʼtibordan chetda qoldirib, uning moddiy obʼektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini koʼrsatadilar. Shuning uchun ular kapitalni doimiy, oʼzgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, yaʼni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy koʼrinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat koʼrinishi ekanligini eʼtiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda oʼz egalariga daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatishning hamma sohalarida qoʼllanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga moʼljallangan pul mablagʼlarini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega boʼlgan, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mehnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga keltiriladigan vositalardir.

Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, yaʼni yer deganda tuproqning unumli qatlami, oʼtloqlar, yaylovlar, suv, havo, oʼrmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta eʼtibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, yaʼni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qoʼshilishini taʼminlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qoʼrqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb koʼrsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda oʼz ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yoʼq.

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni

Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini koʼrib chiqish zarur.

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur boʼlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish, turli xizmatlar koʼrsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.

Maʼlumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning koʼrinishini oʼzining isteʼmoli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Masalan, kishilar tabiatda mavjud boʼlgan yerdan foydalanib, turli hil dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. Oʼrmonlardagi daraxtlardan foydalanib, ularning shaklini oʼzgartirib, turli xil yogʼoch buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. Yer bagʼrida (konlarda) mavjud boʼlgan turli rudalar (temir, mis, ruh, qoʼrgʼoshin va h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, oʼzlari uchun zarur isteʼmol buyumlari, ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Аna shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan oʼzaro maʼlum munosabatda boʼladilar.

Kishilar oʼzlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini oʼzgartiradilar va isteʼmol uchun zarur boʼlgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat oʼrtasidagi moddalar almashinuvi bilan birga insonning oʼzi ham har tomonlama kamol topib boradi, yaʼni kishilar oʼzining mehnatga boʼlgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qoʼllashni kengaytirib boradi.

Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni isteʼmol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson isteʼmoli uchun oʼzlashtirib olishdir, inson bilan tabiat oʼrtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.

Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, boʼlinmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va koʼrsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim

Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi

Oʼz navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobilь, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim- kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar koʼrsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat boʼladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar koʼrsatish (huquqiy maslahatlar berish, oʼqitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir- biri bilan chambarchas bogʼlangan holda rivojlanadi va bir-biriga taʼsir koʼrsatadi.

Oʼzbekiston milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohalarining YaIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi (2.1-jadval).

2.1-jadval

Oʼzbekiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)

Koʼrsatkichlar 2000 yil 2008 yil

mlrd. soʼm % mlrd. soʼm %

Yalpi ichki mahsulot 3194,5 100,0 36839,4 100,0

Shu jumladan:

Ishlab chiqarilgan tovarlar

qiymati 1614,2 50,5 16725,1 45,4

Koʼrsatilgan xizmatlar qiymati 1173,9 36,8 16688,2 45,3

Sof soliqlar 406,4 12,7 3426,1 9,3

Manba: Oʼzbekiston Republikasi Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlari.

Jadvaldan koʼrinadiki, mamlakatimizda xizmat koʼrsatish sohasi sezilarli ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YaIMdagi xizmatlarning ulushi 2000 yilda 36,8 foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi transport va aloqaga, 9,5 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 19,2 foizi boshqa xizmatlar ulushiga toʼgʼri kelgan boʼlsa, 2008 yilda YaIMdagi xizmatlarning ulushi 45,3 foizga yetib, uning 12,7 foizi transport va aloqaga, 9,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanishga, 21,5 foizi boshqa xizmatlar ulushiga toʼgʼri kelgan. «2008 yili aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati koʼrsatish, maishiy texnika va avtomobillarni taʼmirlash sohalari ancha yuqori surʼatlar bilan rivojlandi. Soʼnggi toʼrt yil mobaynida yiliga oʼrtacha 50 foiz oʼsishni taʼminlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat koʼrsatish jadal rivojlanayotganini alohida taʼkidlash lozim»1. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida 2006-2010 yillarda xizmat koʼrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish Davlat dasturining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi aholiga xizmatlar koʼrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat koʼrsatish sohasi tarmogʼlarida band boʼlganlar sonini koʼpaytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishdan iborat boʼlib, unda quyidagi yoʼnalishlardagi chora-tadbirlar koʼzda tutilgan:

xizmat koʼrsatish sohalarida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

xizmat koʼrsatish sohasining YaIMdagi ulushini 2010 yilga kelib 49%ga yetkazish;

xizmat koʼrsatish sohasida band boʼlganlar sonini 2010 yilga qadar ikki martaga oshirish;

qishloq aholisiga koʼrsatiladigan xizmat hajmi va turlarini koʼpaytirish;

yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish;

xizmatlar eksporti hajmini oshirish;

xizmatlar va servis sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi oʼz navbatida ikki boʼlinmadan iborat boʼlib, birinchi boʼlinmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi boʼlinmada esa isteʼmol buyumlari ishlab chiqariladi.

Birinchi boʼlinmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning oʼzida ikkinchi boʼlinmada va xizmat koʼrsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi boʼlinmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari oʼz navbatida birinchi boʼlinma uchun zarurdir. Shuning uchun ular oʼrtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir boʼlib turadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan isteʼmol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning oʼsish jarayonidir.

Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga oʼtish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: isteʼmol qiymatiga, yaʼni maʼlum bir naflilikka va qiymatga ega boʼlib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining maʼlum miqdorini oʼzida mujassamlashtiradi. Bu tovarning oʼzaro bogʼliq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq toʼxtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan oʼsishida koʼrinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, yaʼni isteʼmol qiymatini yaratish, koʼpaytirish va qiymatlarning oʼsish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, isteʼmol qiymatni, yaʼni nafli tovarni yaratishdan iborat boʼladi.

Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur boʼlgan sifat va miqdorda isteʼmol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qoʼyishi uning ijtimoiy yoʼnalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yoʼnalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bogʼlangandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga oʼtish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor maʼlum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablagʼlariga nisbatan koʼproq qiymatga ega boʼlishni maqsad qilib qoʼyadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish jarayoni bir tomondan, isteʼmol qiymatlarini yaratish jarayoni boʼlsa, ikkinchi tomondan, qiymatning oʼsish jarayoni boʼlib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. soʼmlik paxta tolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qoʼllanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. soʼmni, ish haqi 3 mln. soʼmni tashkil etib, 3 mln. soʼmlik foyda oladigan boʼlsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 18 mln. soʼmni, qoʼshilgan qiymat 8 mln. soʼmni tashkil etadi.

Аgar biz 8 mln. soʼmlik qoʼshilgan qiymatdan 2 mln. soʼmini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, yaʼni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. soʼmlik qiymat, yaʼni 3 mln. soʼmlik ish haqi va 3 mln. soʼmlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.3-chizma).

Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib oʼrganish uning mazmunini toʼgʼri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qoʼyadi. Jumladan, shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati koʼpaymagan holda, aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga oʼtkaziladi.


XULOSA


Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʼrsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish jarayonlari boʼlmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va isteʼmol qiladigan neʼmatlarning oʼzi boʼlmaydi. Inson isteʼmolsiz yasholmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi boʼyicha koʼplab darslik va oʼquv qoʼllanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini yoritish eʼtibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi; ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir boʼlayotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab boʼladi; uchinchidan esa, butun jahonda sodir boʼlayotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi.

Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bogʼliq boʼlgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi.

Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, soʼngra uning natijalari va samaradorligi bilan bogʼliq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham oʼrin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qoʼshilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qoʼshilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik gʼoyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari ochib beriladi.

Bu yerda ishlab chiqarish jarayonining har taraflama muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yoʼli sifatida qaraladi.

Mikroiqtisodiyot- individual iqtisodiy sub'ektlarning xatti-harakatlarini o'rganadigan qarorlarni qabul qilish fani. Uning asosiy muammolari:

narxlar va muayyan tovarlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish hajmi;

individual bozorlarning holati;

alternativ maqsadlar o'rtasida resurslarni taqsimlash.

Mikroiqtisodiyot shaxsning harakati to'g'risida tushuncha beradi

narxlar va bozor mexanizmi deb nomlangan murakkab munosabatlar tizimi bilan shug'ullanadi. U xarajatlar, natijalar, foyda, qiymat va narx muammolarini to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish jarayonida, bozordagi birja aktlarida ko'rib chiqadi.

Mikroiqtisodiyot ob'ekti - bu individual shaxslar, uy xo'jaliklari, firmalar, asosiy ishlab chiqarish resurslarining egalari, mamlakat ichkarisida va undan tashqarida, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bilan bog'liq bo'lgan eng yirik korporatsiyalar. iqtisodiy faoliyat odamlar va uning davomida yuzaga keladigan umumiy iqtisodiy muammolar mavjud muassasalarga muvofiq hal qilindi.

Iqtisodiyot (ingliz iqtisodiyotida) iqtisodiyot deb ataladigan barcha to'plamlarni aks ettiradi iqtisodiy institutlar ushbu mamlakatning, shu jumladan tabiiy resurslar, korxonalar (firmalar) va uy xo'jaliklari, mavjud tizim qonunchilik, davlat organlarining tuzilishi, jamiyatda mavjud bo'lgan e'tiqod va ustun qadriyatlar, an'anaviy turmush tarzi va mulkchilik shakllari. Bu ma'noda ular, masalan, “iqtisodiyot inqirozga yuz tutdi” deydilar yoki mamlakat iqtisodiyotida ijobiy tendentsiyalar paydo bo'ldi.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish