Buxoro davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti buxoro tarixi kafedrasi



Download 80,61 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2022
Hajmi80,61 Kb.
#788523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5447643248736605208

Ryui Gonzales de Klavixo va uning “Kundalik”lari .
Mashhur sayyoh va elchi Rui Gonzales de Klavixoning “Kundalik”lari o‘tmish tariximizni o‘rganishimzda muhim tarixiy manbalardan sanaladi. Bu kitob Temur
36
va temuriylar davri tarixidan baho yurituvchi muhim asarlardan biridir. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1400) ning elchisi Rui Gonzades de Klavixoning yo‘l xotiralaridan iborat, ya’ni uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda, xususan Amir Temur saroyida ko‘rgan-bilganlarini o‘z ichiga olgan muhim bir asardir.
“Kundalik” muallifi Rui Gonzales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Otasi ham o‘zi ham qirol saroyida yirik mansabda turishgan. U qirol Genrix III ning vafotidan (1400) keyin ona shahri Madridga ketib qoladi va umrining oxirigacha o‘sha yerda istiqomat qiladi. Rui Gonzales de Klavixo 1412-yilda vafot etadi va avliyo Fransesko cherkovidagi ota-bobolarining xilxonasiga dafn etiladi.
Klavixoning Amir Temur yurtiga elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayida boshlanib, 1406 yilning 24 martiga borib yakun topadi. Bu sayohatda Klavixo ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfenso Pax de Santa Mariya qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‘ldilar. Klavixoning safari Amir Temurning 1402 yilda Ispaniyaga xoja Muhammad qozi boshchiligida yo‘llagan elchiligiga javoban qilingan edi.
Klavixo va uning hamrohlari Ispaniyaning janubi-sharqiy tarafida joylashgan Kadas shahridan yelkanli kemada O‘rta Yer dengizi bo‘ylab suzdilar, so‘ngra Istambul, Arzirum, Tabriz, Tehron, Mashhad, Marv va Balx orqali quruqlikda yo‘l bosdilar. Ular Termiz qarshisida Amudaryodan o‘tib, Kesh orqali 1404 yilning 31 avgustida Samarqand qishloqlaridan Misrga keldilar va sohibqironning shu atrofdagi chorbog‘iga kelib tushdilar. Shuni ham aytish kerakki, o‘shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga keldilar.
“Kundalik”da o‘sha vaqtlarda Amir Temur qo‘l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqining kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashubbusi bilan barpo etilgan binolar, qasrlar, masjidlar, madrasalar, do‘konlar,
37
ustaxonalar, Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston Oltin O‘rda, (Klavixo uni Tatariston deb atagan, Mo‘g‘iliston va boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy va savdo aloqalari,Temur saroyida amalda bo‘lgan tartib qoidalar va nihoyat, sohibqironning xotinlari va ularning mamlakatning ijtimoiy – siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
Asar birinchi marta 1582 yili, ya’ni yozib tamomlangandan keyin 150 yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati nomi bilan chop etildi. Oradan 200 yil o‘tgach, 1782 yili u Madradda shu nomda ikkinchi marta nashr etildi. “Kundalik” ispan tilida uchinchi marta 1949 yili Madridda nashr etildi. Asar rus tilida birinchi marta (tarjimon I.I.Srevnevskiy) 1881 yili Peterburgda chop etilgan. Yaqinda (1990 yil) “Kundalik”ning yana bitta ruscha nashri (I.S.,Mirakova nashri) amalga oshirildi. Taniqli adabiyotshunos olim professor Ochil Tog‘ayevning o‘zbekcha nashri I.I.Sreznevskiy nashriga asoslangan va talab darajasida amalga oshirilgan25 .
Jenkinson Antoniy (Entoni) (tug‘ilgan yili noma’lum -1611) - ingliz sayyohi, diplomati. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan. 1557-72 yillarda Rossiyaga 4 marta kelgan.Maqsadi Angliya qirolligi uchun Rossiyadan Xitoyga yangi yo‘l ochish edi. Jenkinson 1558-59, 1562-64 yillarda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va O‘rta Osiyoga o‘tgan26 .
______________________________
25 Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. - Toshkent, 1997. B. 118-119.
26 Mirzayev R. Entoni Jenkinsonning Buxoroga sayohati. Moziydan sado, 2004 yil. 4-son. 33-34

38
II-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BUYUK


IPAK YO’LINING AHAMIYATI.
II.1. Sohibqiron va uning vorislari davrida
Buyuk ipak yo’li shuhratining ortishi.
XIV-XV asr oxirida Temur va temuriylar davlati markazi Movarounnahr juda ko’p karvon yo’llari orqali Yevropa, Yaqin va Uzoq Sharqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi. Serg’ayrat ko’chmanchilar, turli mamlakatlarning jur’atli savdogarlari va qo’rqmas sayyohlari tomonidan ancha ilgari va ko’rib chiqilayotgan davrda asos solingan ushbu yo’llar Temur hamda temuriylar davlatining siyosiy iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradigan asosiy aloqa yo’llari edi. Binobarin, turli mamlakatlardan Movarounnahr tomon boradigan karvon yo’llari temuriylarning harbiy yurishlari uchun ham xizmat qilgan. Umuman olganda, karvon yo’llarining turli maqsadda amalga oshirilgan yurishlar uchun Temur harbiy yurishlarining ba’zi yo’llarini kuzata turib Movarounnahrdan qo’shni hududlarga olib borgan karvon yo’llarining ba’zi qismini aniqlash mumkin. O’z oldiga buyuk davlat yaratishni maqsad qilgan Temur o’sha paytdagi karvon yo’llarining ahamiyatini bilgan edi va undan o’z tashqi siyosatida ustalik bilan foydalandi. Qadimda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan mushtarak bo’lgan Xorazm mo’g’ullar davrida ikki qismga bo’linib, markazi Urganch shahri bo’lgan shimoliy Xorazm Oltin O’rdaga, markazi Kat qal’asi bo’lgan janubiy Xorazm Chig’atoy ulusiga qaragan. XIV asrning 60-yillari oxirida shimoliy Xorazmda Qo’ng’iron so’filari sulolasi xukmron bo’lib, shimoliy va janubiy Xorazm erlarini birlashtirdilar. Ayni paytda Xorazm iqtisodiy va siyosiy jihatdan Oltin O’rdaga bog’liq edi. Temur esa butun Xorazmni Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi va uning hududidan o’tadigan ipak yo’lini qo’lga kiritmoqchi edi.
1372-1388 –yillar mobaynida Temur Xorazmga 5 marta yurish qildi va bu bilanMovarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylarida Orol dengizigacha bo’lgan erlarda yashovchi xalqlarni yagona 39
davlat tasarrufiga birlashtirdi.
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar va jangu-jadallarni amalga oshirdi. Ko’p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan o’lkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Ila daryosi, SHimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi. O’zining ko’p yillik harbiy yurishlari davomida Temur o’z saltanatining shon-shuxrati uchun uning markaziy qismi bo’lgan Movarounnahr, ayniqsa poytaxt Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Buning uchun u zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda ko’p hunarmandlar, san’at ahllari va olimlari asir qilib Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod etishda ularni zo’rlab ishlatadi. Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo’lgan.
Ispan elchisi Klavixoning yozishicha: u hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishga yo’l qo’ymagan. Aksincha, Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to’quvchilari, Xalabning mashhur paxta yig’uvchi, Anqaraning movut to’quvchi korxonalari, Turkiya zva Gurjistonning zargarlari, xullas, ko’p kasb-hunar sohiblari boshqa shaharlardan Samarqandga ko’chirib kelindi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki buysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta tikladi. Karvon yo’llarida robotlar, qal’alar, ko’priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’u-bo’stonlar barpo etdi. Karvon yo’llar qaroqchilardan tozalandi. Yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning kuchib o’tishi uchun manzilgohlar qurdirdi. Qulaylik yaratish maqsadida katta yo’llarga soqchilar qo’ydi. Soqchilar yo’lovchilarning moli uchun javobgar edilar. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi feodal tarqoqlik va boshbodoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni
40
bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki uzoq va yaqin SHarq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo’shdi.
Amir Temurning fotihlik yurishlarini faqat o’lja olishga bo’lgan ishtiyoqqa yo’ymaslik kerak. U jahon karvon yo’liga hukmronlik qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Oltin O’rda xududlaridan o’tuvchi shimoliy savdo shahrohi (asosiy yo’li)ni yo’q qilishga va barcha savdo yo’llarini Markaziy Osiyo orqali yo’naltirishga harakat Oltin O’rdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalandi. Temur Oltin O’rdani o’z davlatiga qo’shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g’arbda o’z davlati uchun juda havfli kuch bo’lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o’z ta’siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda «Saroy Berka» orqali o’tadigan karvon yo’lini ham Movarounnahr orqali o’tish uchun kurashadi. Temur Oltin O’rdaning faqat Sirdar quyi oqimidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita bog’liq bo’lgan erlarinigina qo’shib olmoqchi edi. Saroy Berka, Saroy Botu va Xojitarxon (Astraxon) shaharlarini egallaydi. Temur Oltin O’rda tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo’jalik va savdo sotiq ishlariga katta putur etkazadi. Bu viloyatlar va ulardagi yirik shaharlar ancha vaqtlargacha iqtisodiy jihatdan qaddilarini rostlay ololmaydilar. Natijada Xitoyni yaqin sharq mamlakatlari bilan bog’lagan savdo yo’lining Oltin O’rda orqali o’tgan shimoliy tarmog’i barham topadi. Endilikda butun savdo qatnovi yana Movarounnahr shaharlari: O’tror, Toshkent, Samarqand va Buxoro orqali Balx Hirot va Sultoniya tomon yo’naladi.
Sirdaryo atrofidagi shaharlar juda keng hududni bog’lovchi qism sanalgan. Bu erda Movarounnahr vohalari, dasht shaharlari, Oltin O’rdaning chet qaram erlari Dashti Qipchoq, Mug’uliston, Xitoy va boshqa mamlakatlar savdogarlari, sayyohlari, turli din vakillari uchrashishgan. Sabron, Sig’noq, O’tror, Sayram, Yassilar yirik savdo markazlari sanalib, shu joylarda turli mamlakatlardan keluvchi yo’llar tutashgan.Shuningdek, ayni joyda Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi
41
Movarounnahrning boshqa shaharlaridan kelgan savdogarlar ham tez-tez tuxtalishgan. Ibn Arabshohning ezishicha, «Ipak yo’li» orqali Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar; o’zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. CHet mamlakatlardan Samarqandga olib kelinadigan mollarning miqdori naqadar ko’p bo’lganligini Klavixo bu shaharda bo’lgan vaqtida Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini qayd etganidan ham faraz qilish mumkin.
Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda ikki karvon yo’li orqali borilgan. Birinchi yo’l Toshkent, Sayram, Yettisuv va Sharqiy Turkistonning Turfon va Qumul shaharlari orqali; ikkinchi yo’l Farg’ona vodiysi orqali – Xo’jand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, O’sh shaharlaridan o’tib, Oloy vodiysi bo’ylab borgan va SHarqiy Turkistonning Qoshg’ar, Xo’jand va Erkand shaharlari orqali o’tgan.
Bu davrda Temur va uning joylardagi noiblari Xitoy va Hindistonda O’rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yo’nalgan asosiy xalqaro savdo yo’li – «Buyuk ipak yo’li»ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko’rdilar va Sharq bilan G’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
Savdo munosabatlarini rivojlantirishda elchilik aloqalari katta ahamiyat kasb etgan. Temuriy hukmdorlarining elchilik va savdo karvonlari Osiyo va Yevroponing juda ko’plab mamlakatlariga borganlar. O’z navbatida chet mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiyoning turli mamlakatlarida bo’lganlar.
Temur davrida Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Tatariston, Farangiston, Ispaniyava boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan asosan ipak,shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar va mushk; Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo’yo’qlari, xushbo’y zira-_ 42
vorlar; Erondan marvarid va durlar; Rossiya va Tataristondan har xil mo’ynalar, teri va mum keltirilgan. Samaqand bozorlarida Farangiston gazlamalari, movutlari va Cherkas pichoqlari mashhur edi.
O’z navbatida, Markaziy Osiyo shaharlaridan chet mamlakatlariga arzon narxli ip matolar, bo’z, duxoba. Shoyi gazlama, qog’oz, quruq meva, gurunch, paxta, kalava iplar, kulolchilik, misgarlik buyumlari, pichoqlar kabi mahsulotlar chiqarilgan.
Sohibqironning Fransiya qiroli Frans VIga yozgan xatidagi quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Siz o’z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko’rsatamiz. Biz ham o’z savdogarlarimizni yurtingizga yo’llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko’rsating. Ularga ortiqcha taz’yiqlar qilinishiga yo’l qo’ymang. Sizga bundan bo’lak talabim yo’q. Zero, dunyo savdo ahli obod bo’lajak». Ana shu oddiy va aniq fikrdan щunday xulosa chiqarish mumkin-ki, Amir Temur tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy savdo aloqalarini keng miqesda yo’lga qo’yish, undan barchani, avvalambor, o’zining xalqini bahramand etish bosh g’oya bo’lib xizmat qilgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo’lgan vaziyat mavjud edi. Amir Temurning mana bu so’zlari bunga dalildir: «Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biron bolakay boshida bir lagan tilla ko’tarib o’tadigan bo’lsa, bir donasiga ham zarar etmaydigan tartib-intizom o’rnatdim». Amir Temur, Mironshoh va Angliya qiroli Genrix IVlarning o’zaro diplomatik ezishmalaridan ma’lum bo’lishicha, Angliya bilan elchilik aloqalarini o’rnatib, savdo-sotiqni jonlashtirish yo’lida olib borilgan harakatlarda, ayniqsa, Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, buyuk Amir Temur saltanatining g’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh u elchilar qatnovi, xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval. Mironshox tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar edi. Bundan, avvalambor, ushbu viloyatlarning noibi manfaatdor edi. CHunki Mironshox qo’li ostidagi mulklarning g’arbiy chegaralari Evropa davlatlarining siyosiy va iqtisodiy doirasidagi Bolqon yarim oroli orqali O’rta dengiz mamlakat- lari bilan tutashgan edi.
II.2. Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk Ipak
yo’lidagi davlatlararo aloqalar.
XIII asrning o’rtalaridan boshlab Markaziy Ositoda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga keladi. Xususan, Xitoyda tashkil topgan Yuan sulolasining xoqoni Xubilay o’zini Chiingizxon taxtining vorisi deb hisoblab, ushbu mintaqa hukmdorlarini o’ziga itoat qilishini talab qildi. Ammo u o’z talabiga rad javob olgandan so’ng kuch ishlatishga urinib ko’rdi. Lekin uning qilgan harbiy harakatlari natija bermadi. Xubilayga qarshi chiqishga O’qtoyning nabirasi Xaydu (1235-1301) faol harakat qiladi.1294 –yilda Xubilay vafotidan so’ng uning nabirasi Temur Chengzung nomi bilan taxtga o’tirib(1295-1308), buvasining yo’lidan boradi. Lekin uning harakatlari zoya ketgan. Natijada Xitoy bilan G’arb o’rtasidagi Buyuk ipak yo’li orqali bo’ladigan savdo aloqalari qiyinlashib qolgan.27
XIV asrda bir tomondan Chig’atoy avlodlari o’rtasida nizolar kuchaysa, ikkinchi tomondan ular bilan Mo’g’uliston xonlari o’rtasidagi ziddiyatlar avj oldi. Buning ustiga, Markaziy Osiyo xalqlari orasida mo’g’ul hukmdorlariga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. Xitoyda ham mo’g’ullar mahalliy xalqning qarshiligiga uchraydi. 1368-yilda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan xitoy amaldorlari va yer egalari Yuan suloolasini ag’darib, Min deb nomlangan xonlikni (1368-1644) tashkil qildilar. Mazkur voqealar Buyuk ipak yo’lidagi osoyishtalikni buzib, Turkiston orqali amalga oshiriladigan xalqaro savdo aloqalarni nihoyatda susaytirib qo’ydi. Shu bois Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini keskin pasayib ketadi.
1370- yilda Movarounnahrda Samarqand shahrini markaz qilgan sohibqiron Amir Temur (1336-1405) davlati tashkil topdi. 35 yilga yaqin davr ichida mazkur davlat doirasi nihoyatda katta hududni o’z nazorati ostiga olganligi hamda Buyuk ipak yo’lining xavfsizligi ta’minlanganligi natijasida bu yo’lda xalqaro savdo aloqalarining qaytadan rivojlanishiga zamin yaratildi. Amir Temurning o’zi ham
_____________________­­­­­­­­­­­­­­­­­­_______________
27A.Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li: Munosabatlar va taqdirlar” T,; 2007. 198-bet
bu yo’lning rivojlanishiga katta ahamiyat qaratdi. U nafaqat o’z davlati doirasidagi ichki savdo ishlarni, balki xalqaro savdo aloqalarni rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zaarur ekanligini yaxshi anglagan edi. Shu bois u hokimiyatga kelgan zahoti ichki va tashqi savdo ishlariga katta e’tibor bera boshlaydi. Avvalo Karvon yo’llarining xavfsizligini ta’minlab, ularda karvonsaroylar barpo etish ishlariga alohida e’tibor beradi.
Amir Temur Xitoy xoqoni Taytszuga yo’llagan maktubida “Karvonsaroylararo yo’llar ochildi, yo’llardagi qaroqchilar yo’q qilindi, uzoq yurtlarga boruvchilar o’zlarini xotirjam his etadigan bo’ldi” deb ta’kidlab o’tilgan.Shu bilan birga Amir Temur Vizantiya, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya kabi Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatdi.28
Xitoy olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, Amir Temur Min xonligining poytaxti Pekin(Xonbaliq) shahriga 8 marta elchilar yuborib, Xitoy bilan diplomatik va savdo aloqalarini rivojlantirgan.Chunonchi, 1387 va 1389-yillari Mavlono Xofiziy, 1388-yilda Toj ad-Din (Tamuding), 1391-yilda Shoxalil (Shaxali), 1392-yilda Nig’mat ad-Din (Nimaopuding), 1394 va 1395 –yillarda Darvish (Dielibeyshi), 1396-yilda Alomat ad-Din (Alamadan) boshchiligida Pekinga Amir Temur nomidan elchilar kelgan. Mazkur elchilar orqali sohibqiron Xitoy xoniga ot, tuya va boshqa narsalar yuborgan. Xitoy xoni esa bular evaziga kumush pul, ipak matolar qaytargan. 1396-yilda Amir Temur Alomat ad-Din orqali Xitoy xoniga maktub ham yo’llab, uning yuborgan narsalaridan mamnun ekanligini ta’kidlagan.
Shu davrda Samarqanddan Pekinga 6 oyga yetib borilgan. Kuzda yo’lga chiqqan karvon keying yil bahorining oxirida yoki yozning boshida manzilga yetib olgan.
Amir Temur vafotidan keying yuz yilga yaqin davr davomida Turkistondan Xitoyga 107 marta, shu jumladan 1415-1440-yillari Ulug’bek Mirzo nomidan 22 marta elchilar guruhi kelgan.
______________________________________________
28 A. Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li: Munosabatlar va taqdirlar” T,; 2007. 199-bet
Xitoy manbalaridan ma’lum bo’lishicha, o’sha zamonda Xitoyning boshqa shaharlariga ham Samarqandlik savdogarlar kelib, bozorlarda ot sotishgan . Chunonchi, 1390-yilda erta bahorda Samarqandlik Sho Jo’raali (Shachier Aliyi ) Lyangchjou shahrida 670 ta ot sotgan. Mahalliy hokim bu haqda Tanstzuga hisobot berib, mazkur savdogarni Pekinga yuborishni so’ragan.
Samarqanddan Xitoyga yuborilgan elchilar bilan birgalikda katta savdogarlar guruhi ham qo’shilib brogan. Tayzuning Amir Temurga yo’llagan bir maktubida bayon etilishicha, ayrim samarqandlik savdogarlar Xitoyga kelganidan so’ng vataniga qaytmasdan savdo ishlari bilan shug’ullangan va ayrimlari uy-joy sotib olib bola chaqali bo’lib qolgan. Min sulolasi qo’shinlari Xitoyning shimolida yashayotgan tatarlarga qarshi yurishi chog’ida asirga tushib qolganlar orasida bir necha yuz nafar samarqandlik savdogarlar bo’lganligi aniqlangan. Ushbu misollar Amir Temur savdogarlari faqatgina Xitoy hududida emas, balki uning shimolidagi yaylovlarda ham savdo ishlari bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi29.
Min sulolasi ham samarqandga bir necha marta elchilar va savdogarlar yuborgan. Masalan, 1395- yilda Samarqandga Pekindan Bo An boshchiligida 1500 kishidan iborat bo’lgan elchi va savdogarlar guruhi, 1397- yilda Chen Deven boshchiligidagi xitoy elchilari va savdogarlari kelgan.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Amir Temur davrida anchadan beri to’xtab qolgan Turkiston – Xitoy diplomatic va savdo aloqalari tiklanib, Buyuk ipak yo’li qayta ochiladi. Ammo tomonlarning amalga oshirilgan aloqalarga ko’z qarashlari bir xil bo’lmaganligi tufayli Amir Temur davlati bilan Min xonligi o’rtasida yangi g’oyaviy muammo paydo bo’lgan.
Ma’lumki, Xitoy hukmdorlarining an’anaviy tushunchalariga ko’ra, xoqon “xuandi” ( imperator) deb atalib, u Tangrining kurrai zamindagi o’g’loni (“Tyanzi”) hisoblangan. Unga barcha mamlakatlar va xonlar itoatko’r bo’lishi lo-
_____________________________________
29 A. Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li: Munosabatlar va taqdirlar” T,; 2007. 200-bet
zim edi. Shu bois Amir Temur elchilari Min sulolasi tomonidan “gungshi”, ular olib borgan sovg’alar esa “gungfu”, ya’ni fuqarolar hukmdorga to’laydigan soliq deb qabul qilindi. Shu joyda izoh berib o’tmoq lozimki, xitoy tili lug’atlarida, jumladan “Xitoy tili yozuvi lug’ati’da sharhlanishicha, “gung” deb qadimda Tangri farzandiga ( Tyanzi ) , ya’ni imperatorga uning itoatida bo’lganlar tomonidan taqdim etiladigan narsalar va dehqonlar tomonidan hosillarning hukumatga topshiradigan qismi aytilgan. “So’zlar dengizi” (“Sixay”) va so’zlarning kelib chiqishi” (“Siyuan”) lug’atlarida yozilishicha, “gungfu” so’zi hukmdor tomonidan fuqarolar zimmasiga ortilgan soliq nomi hisoblangan.
Xitoy hukmdorlari o’zlarini yer yuzining egasi deb hisoblashlari an’anasining ta’siri Xitoy olimlari asarlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, Vang Chjilay o’z asarida “Atrofga qilgan harbiy yurishlar g’alaba bilan yakunlangandan so’ng, Temur kuchayib ketdi. Shundan keyin u Min sulolasiga itoat etishdan va Xitoyga (Chjungguoga) soliq to’lashdan (gungfu) bosh tortdi, shu bilan birga Xitoy elchilarini olib qolib, qaytishga ruxsat bermadi”, deb aytadi. Ikkinchi bir joyda tarixchi yozadi: “Yuqorida aytib o’tilganidek, Temur ko’p marta Min saroyiga soliq to’lovchi elchilar (gungshi) yubordi. Ularning ayrimlari soliq olib kelish va savdo qilish bilan cheklandi, ayrimlari Xitoydagi vaziyatni o’rganish va ma’lumot to’plash bilan shug’ullandi”30.
Albatta Amir Temurga qo’yilgan bunday ayblar asossiz edi. Min xonadonining mustaqil holda tashkil topgan va turkistonni birlashtirishda katta xizmat qilgan davlat hukmdorini o’zining itoatkori deb bilishi kattalik va o’zgalarni mensimaslikdan boshqa narsa emas edi. Masalaga bunday yondashuv haqli ravishda Amir Temurni qattiq ranjitgan edi.
Xitoyda mo’g’ullar hukmronligini ag’darib, xitoylar hokimiyatini qayta tiklagan Chju Yuanjang (1368-1398-yillari Tayzu nomi bilan taxtga o’tirgan) ilgarigi xonlarning an’anaviy falsafasi bilan qurollanib, o’zini kurrai zamindagi barcha _________________________________
30A.Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li:Munosabatlar va taqdirlar” T,; 2007. 201-bet



mamlakatlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor deb hisoblashi o’zga xalqlar, davlatlar va xonlar uchun tushunarsiz bir hol va ular manfaatiga zid kelardi.
Amir Temur Xitoyga birinchi marta (1387-yilda) elchi bo’lib Mavlono Hofiz kelganda, Tayzu mazkur tushuncha asosida uning yuborgan sovg’alarini o’ziga bo’lgan tobelik belgisi deb qabul qildi.Uning bunday munosabati Amir Temurdan keyingi yillarda yuborilgan elchilarga va sovg’alatga nisbatan ham saqlanib qolgan. Xitoy xoqoni o’zining Amir Temurga javoban berib yuborgan narsalarini esa, uning “tobeligini qabul qilganligi” uchun ko’rsatilgan himmat belgisi deb hisobladi. Shu asosda Tayzu Amir Temurga yo’llagan javob maktubida uni xitoy xoniga itoatkor xon sifatida ifodalagan. Xitoy xoni sohibqironning mavqei bilan hisoblashmagan. Uning maktubi bilan tanishgandan so’ng, Amir Temur qattiq ranjib, Samarqandga 1395 va 1397-yillarida kelgan Bo An, Chen Deven boshchiligidagi xitoy elchilarini ushlab qolgan. Ular vataniga Amir temur vafotidan keyin qaytganlar. Elchilarni Samarqandda ushlab qolishning bundan tashqari yana ikki sababi ham bo’lgan.Bularning birinchisi, Bo An 1500 kishi hamrohligida Hirotga bormoqchi bo’lganligi Amir Temurga shubha uyg’otganligida, ikkinchisi, Min xoqoni 100 ming musulmonni qatl etish to’g’risida farmon bergan, degan xabarning Amir Temurga yetib kelganligidadir. Xitoyda qatl etilgan musulmonlarning soni 100 ming bo’lmasligi ehtimoldan xoli emas. Ammo mo’g’ullar hukmronligi davrida turkistonlik musulmonlarning jamiyatdagi mavqei baland bo’lganligi va ular vakillarining yuqori darajali davlat xizmatiga jalb etilganligi uchun, Min sulolasi ularning kjo’pchiligini jazolaganligi tarixiy haqiqatdir31.
Afsuski, xitoy manbalarida ushbu tarixiy voqealar to’g’ri bayon etilmagan. Min sulolasi nazorati ostidagi saroy tarixchilari masalaga amaliy jihatdan emas, balki Xitoy hukmdorlarining an’anaviy falsafasi asosida yondashib ish ko’rganlar.
Aslida esa, Amir Temur Xitoy xoniga elchilar orqali sovg’alar jo’natib, evaziga ___________________________
31A. Xo’jayev “Buyuk ipak yo’li:Munosabatlar va taqdirlar” T,; 2007. 202-bet
xitoy mollarining olib kelinishi orqali ikki davlat o’rtasidagi teng huquqli savdo aloqalarining tiklanishini ko’zga tutgan edi. Bu haqida mahalliy manbalarda ko’p ma’lumotlar uchraydi. Afsuski, Markaziy Osiyo manbalari bilan Xitoy manbalarini solishtirish asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayrim tarixchilar, jumladan Xitoy tarixchilari Amir Temurning bu istagini to’g’ri bayon etolmaganlar. Ular xitoy xonlari yorlig’I va saroy tarixchilari tomonidan bitilgan manbalardagi amaliyotga zid ko’rsatmalarni “haqiqat” deb qabul qilganlar.
Buning ustiga turkistonlik savdogarlarga Xitoyda erkin savdo qilishga yo’l qo’yilmaganligi va turonlik musulmonlarning qatl etilishi Amir Temurning g’azabini keltirgan. Mavjud adabiyotlarda, jumladan xitoy tarixchilarining asarlarida zikr etilishicha, Min sulolasi xonining munosabatidan ranjigan Amir Temur unga qarshi harbiy yurish qilmoqchi bo’lgan, bundan xabar topgan Min sulolasi esa tashvishga tushib, urushga tayyorgarlik ko’ra boshlagan. Ammo Amir Temurning 1405- yilda O’tror shahrida olamdan o’tishi bilan uning istagi amalga oshmay qolgan.
Mazkur tarixiy voqealardan ko’rinib turibdiki, Turkiston bilan xitoy o’rtasidagi xalqaro munosabatlarning asos va huquqlarini tushunishga hamda savdo aloqalarni muntazam ravishda rivojlanishiga amir Temur bilan Xitoy xonlari o’rtasidagi munosabatda nomutanosiblik yo’l bermagan.
Amir temur vafotidan so’ng uning farzandlati taxt uchun kurashayotganda, sohibqironning qudasi bo’lmish Mo’g’uliston xoni Hizrxo’ja Buyuk ipak yo’lining Turkiston – Xitoy qismidagi muhim nuqtalaridan biri bo’lgan Qumul ( Xami ) shahrini qo’lga kiritadi. Natijada Min sulolasining Qumul uchun olib borgan ko’p yillak kurashi vaqtincha barham topadi. Ushbu voqea Buyuk ipak yo’lida tinchlik o’rnatilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.32
Amir Temur avlodlari ham Buyuk ipak yo’lini rivojlantirish maqtasida jiddiy harakatlar qilganlar. Ular Xitoy bilan tinchlik bitimlari ham tuzishgan. Masalan, 1388-1500-yillar davomida Toshkent, Samarqand, Xuroson, Sheroz, Hirot, Isfahon 49
kabi shaharlardan 120 dan ortiq elchi guruhlari Xitoyga borgan. Ularning ko’pchiligi o’rta hisobda 8-10 kishidan iborat bo’lgan. Ayrim elchilar guruhiga 200 kishi atrofida savdogarlar qo’shilib borgan. Savdogarlar Xitoyga ot, tuya, eshak kabi chorva mollari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar, dorivorlar va har xil mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini olib borishgan. Xitoydan esa, asosan, ipak mato, chinni idishlar, choy, ravoch va dorivorlar olib kelingan.
Manbalarda ko’rsatilishicha, shu zamonda Min sulolasi Xitoydan olib kelinadigan molar ko’lamini cheklab qo’ygan. Ayrim mahsulotlarni, jumladan metalldan yasalgan qurollarni maxsus ruxsatsiz Xitoydan olib ketish man etilgan.33
O’zbekiston FA Sharqshunoslik institute xodimi Mahmud Qutluqovning xitoy, arab, forsiy va boshqa manbalarni solishtirish asosida chiqargan xulosasiga ko’ra, Buyuk ipak yo’lida o’z mavqeini o’stirish uchun Xitoy xoqonlari ko’p marta g’arb tomonga harbiy yurishlar qilgan . Ammo ularning hammasi natijasiz tugaganligi tufayli Qumul uchun bo’lgan kurash jiddiy tus olgan. Ushbu shahar 100 yildan ortiq davr davomida goh Xitoy, goh Mo’g’ul hukmdorlari qo’liga o’tib turgan. Albatta, bu kurashlar Buyuk ipak yo’lidagi savdo munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatgan.
1499– yilda Qumul shahri vaqtincha Min sulolasi qo’liga o’tib qolganda, savdo aloqalaridan manfaatdor bo’lgan turkistonlik savdogarlar mo’g’ul xoni Ahmadxondan asir tushgan xitoy amaldorlarini vataniga qaytarib berib, Min xonadoni bilan bitim tuzishni talab qilishgan. Bu borada Toshkent hokimi Mahmudxonning Xitoy xoqoniga yozgan xati muhim rol o’ynab, ma’lum muddatgacha Turkiston – Xitoy o’rtasidagi savdo aloqalarining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xalqaro savdo aloqalariga bo’lgan ehtiyoj va Buyuk ipak yo’lidagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Min sulolasi dengiz yo’li orqali harakat qilishga jiddiy urinadi. Dengiz yo’lini Xitoy uchun ochish vazifasini Mahmud (Chjeng Xe) ga topshiradi. Mahmud esa mo’g’ullar davrida Xitoyga borib qolgan o’zbekistonliklar avlodiga mansub bo’lgan.
Shundan ko’rinib turibdiki, Xitoy bilan g’arb o’rtasidagi savdo aloqalarning dengiz yo’li orqali rivojlanishiga Buyuk ipak yo’lidagi murakkab siyosiy vaziyat turtki bo’lgan. Dengiz yo’lining rivojlanishi, albatta, ushbu davrda jahon miqyosida kemasozlikning rivojlanishi bilan ham bog’liq edi. O’z navbatida dengiz yo’li orqali xalqaro savdo aloqalarning rivojlanishi Buyuk ipak yo’li ahamiyatining pasayishiga olib keldi.



XULOSA
Buyuk ipak yo’li faqat karvon yo’li bo’lib qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixida o’chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan omil bo’lib xizmat qilgan jarayondir.
Markaziy Osiyoda Buyuk ipak yo’lining ahamiyati Amir Temur va Temuriylar davrida har qachongidan ham yuksak mavqega erishdi. Amir Temur va uning vorislari mamlakat iqtisodiyotiga, madaniyatiga har tomonlama katta ta’sir o’tkazadigan bu yo’l (Buyuk ipak yo’li) ni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratdilar.
Kurs ishining asosiy qismida bayon etilgan ma’lumotlarni umumlashtirib quyidagilarni xulosa tariqasida berishimiz mumkin:
1.Qadimgi karvon yo’llari joylashgan sohibqiron saltanati hududining rivojlanishi, Sharq bilan G’arb, Shimol bilan Janub o’rtasidagi an’anaviy do’stona munosabatlarning yuksalishi, turkiy xalqlar madaniyatining ravnaq topishida Buyuk ipak yo’lining hissasi katta bo’lgan.
2. Amir Temur Buyuk ipak yo’lining rivojiga qo’shgan hissasi dunyo fani va madaniyatining ravnaqiga, hunarmandchilik va sanoat markazlarining tarkib topishiga, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning o’rnatilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
3.Buyuk ipak yo’li bo’yida joylashgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz shaharlari obodonlashtirishga Amir Temur va uning vorislari davrida katta e’tibor berilgan hamda Buyuk ipak yo’li yo’nalishi bo’ylab ko’plab karvonsaroylar va yomlar tashkil etilgan.
4. Tog‘ qulashi, suv toshqini, zilzila, qor ko‘chkilari kabi tabiiy-iqtisodiy omillar Buyuk ipak yo‘lining asosiy va yordamchi tarmoqlarining ahamiyati o‘zgarib borishiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Lekin asosiy o‘zgarish o‘rta asrlardagi buyuk gografik kashfiyotlar arafasida boshlandi. Ayniqsa, G‘arbni Sharq bilan birlashtirgan janubdagi nisbatan xavfsiz va arzon dengiz yo‘lining kashf etilishi munosabati bilan Buyuk ipak yo‘li o‘zining dastlabki savdo-sotiq va davlatlararo diplomatik munosabatlar o‘rnatishdagi o‘z mavqeini asta-sekin yo‘qota bordi.
5. Bosqinchilik urushi tufayli Buyuk ipak yo’li va uning muhim bo’g’inlarida hayot inqirozga uchragan paytlari bo’lgan. Jumladan, arablar va Chingizxonning qonli urushlari salbiy ta’sir ko’rsatgan.
6.Amir Temur davrida Xitoydagi Min sulolasi quruqlik orqali g’arbga yurishlari natija bermagandan so’ng bu sulola xalqaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yish uchun dengiz orqali yo’l ochishga harakat qildi. Savdo–sotiqda dengiz orqali yo’lning ochilishi , albatta, Buyuk ipak yo’li mavqeining tushishiga olib keldi.
7. Bu davrdagi siyosiy voqealarga to’xtaladigan bo’lsak, xalqaro savdoda Min sulolasi Buyuk ipak yo’li orqali tashiladigan mollar ko’lamini cheklab qo’ygan. Ayrim mahsulotlarni, jumladan metalldan yasalgan qurollarni maxsus ruxsatsiz boshqa davlatlarga tashish man etilgan. Bu holatning kelib chiqishiga asosiy sabab esa Min sulolasi bilan Amir Temur o’rtasidagi o’zaro urush harakating kelib chiqishi edi. Ammo Amir Temurning qo’qqisdan vafot etishi bu yurishning amalga oshishiga to’sqinlik qil

53


Download 80,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish