Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


O‘rta muddatli siklning bosqichlari



Download 1 Mb.
bet127/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

 O‘rta muddatli siklning bosqichlari 

O‘rta muddatli siklni o‘rganish uchun uning asosiy bosqichlarini ajratib olish 

lozim (13.1-rasmga qarang). Odatda iqtisodiy sikl to‘rtta fazaga ajratiladi: 

♦  inqiroz  (siklik  to‘lqinning  trend  liniyasi  uzra  joylashgan  pasaytiruvchi 

qismi – a qism); 

♦  depressiya  (tushkunlik)  –  (siklik  to‘lqinning  trend  liniyasi  ostida 

joylashgan pasaytiruvchi qismi – b qism); 

♦ jonlanish (siklik to‘lqinning trend liniyasi ostida joylashgan yuksaltiruvchi 

qismi – s qism); 

♦ yuksalish (siklik to‘lqinning trend liniyasi uzra joylashgan yuksaltiruvchi 

qismi – d qism). 

Inqiroz  –  qayta  ishlab  chiqarishning  gurkirab  rivojlanayotgan  ishlab 

chiqarish  mahsulotni  sotish  bilan  bog‘liq  keskin  muammoga  duch  kelgan 

vaziyatidir. Bozorga taqdim qilingan tovar va xizmatlar to‘lovga layoqatli munosib 

talabni  topa  olmaydi.  Sotilmay  qolgan  tovarlar  tovar-moddiy  zahiralarning 

to‘planib  qolishiga  olib  keladi,  foyda  kamayadi,  ishlab  chiqarish  hajmlari 

qisqaradi,  investisiyalar  hajmi  ham  qisqaradi,  ishchi  kuchiga  bo‘lgan  talabning 

pasayishi  oqibatida  ishsizlik  ortadi.  To‘lovga  layoqali  talabning  kamayishi 

bularning barchasini yanada kuchaytiradi. 



Depressiya  bosqichida  investisiyalash  mutlaqo  to‘xtaydi,  iqtisodiyot 

turg‘unlikka yuz tutadi. 



Jonlanish  bosqichida  so‘nishning  eng  quyi  nuqtasidan  o‘tiladi  va 

iqtisodiyotning inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadi. Ishsizlik 

qisqaradi, daromad va foyda o‘sadi, investisiya jarayonlari boshlab yuboriladi. 

Nihoyat,  yuksalish  bosqichida  iqtisodiyot  gurkirab  rivojlanadi,  trend  ijobiy 

(musbat)  bo‘lganda  ko‘plab  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  inqirozdan 

avvalgi  vaziyatdagi  dastlabki  darajaga  nisbatan  yuqoriroq  nuqtalarga  erishadi, 

yuksalishning  eng  yuksak  nuqtasiga,  iqtisodiy  siklning  cho‘qqisiga  yetib  boradi, 

so‘ng yana inqiroz bilan almashadi.  

U  yoki  bu  mamlkatning  iqtisodiyoti  iqtisodiy  siklning  qaysi  bosqichida 

ekanligini  to‘g‘ri  baholash  uchun  ekspertlar  bir  qator  iqtisodiy  indikatorlardan 

foydalanadilar,  ya’ni  asosiy  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  dinamikasini 

baholaydilar.  Qaysi  ko‘rsatkichlarning  tanlab  olinishi  mazkur  iqtisodiy  vaziyatda 

iqtisodiyotning holatini nima eng yorqin xarakterlashiga bog‘liq bo‘ladi. 

Odatda,  iqtisodiy  sikl  indikatorlari  sifatida  quyidagi  ko‘rsatkichlar  tanlab 

olinadi: jami ishlab chiqarish (YaIM yoki YaMM), ishsizlik darajasi, tovar-moddiy 

zahiralar  va  ishlab  chiqarish  omillari  zahiralari,  narx  darajasi,  pul  massasining 

hajmi, pullarning aylanish tezligi, qisqa muddatli foiz stavkalari va hokazo. 

U yoki bu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning sikl bosqichlari bo‘yicha qaysi 

tomonga  qarab  o‘zgarayotganligiga  qarab,  ularni  siklga  hamroh  (protsiklik  - 

yuksalishda  o‘suvchi,  so‘nishda  pasayuvchi  ko‘rsatkichlar,  masalan,  jami  ishlab 

chiqarish), siklga qarshi (so‘nishda o‘suvchi va yuksalishda pasayuvchi, masalan, 

ishsizlik)  va  asiklik  (davriy  bo‘lmagan,  ya’ni  iqtisodiy  siklga  bog‘liq  bo‘lmagan) 

ko‘rsatkichlarga ajratiladi. 

Tarixi  XIX  arslarning  o‘rtalariga  borib  taqaladigan  o‘rta  muddatli  sikllar 

haqida  gap  ketar  ekan,  ularga  bir  qator  xususiyatlar  xos  bo‘lganligini  ta’kidlash 

lozim. Birinchidan,  XIX  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  kuzatilgan  sikllar  o‘zining 

intensivligi  va  davomiyligi  ko‘ra  xilma-xil  bo‘lgan.  Eng  qisqa  iqtisodiy  sikl  

(1920-yillar) taxminan 2,5 yil davom etgan bo‘lsa, eng uzoq sikl (1970-yillarning 

boshi) 117 oy davom etgan. Siklik  tebranishlarning  har  xilligiga  sabab  bo‘ladigan  omillar  ichida  ikkita 

asosiy sababni ko‘rsatib o‘tish joizdir: 

♦  o‘rta  muddatli  sikllarning  uzun  to‘lqinlarning  turli  bosqichlarida  uzoq 

muddatli  sikllar  bilan  aralashib  ketishi,  bu  o‘rta  muddatli  siklning  dinamikasini 

o‘zgartirib (buzib) yuborishi mumkin;  

♦ hukumatning barqarorlashtiruvchi makroiqtisodiy siyosatining ta’siri. 

Ana  shunday  siyosat  tufayli  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  o‘rta  muddatli 

siklning yuksaltiruvchi to‘lqini uzunroq, pasaytiruvchi to‘lqini esa qisqaroq bo‘lib 

bordi.  Umuman  olganda,  ko‘pchilik  rivojlangan  mamlakatlarning  hukumatlari 

makroiqtisodiy  barqarorlashtirishni  oqilona  olib  borishni,  ya’ni  so‘nish  davrida 

iqtisodiyotni  rag‘batlantirish  va  qayta  ishlab  chiqarish  inqirozi  xavfi  mavjud 

bo‘lganda iqtisodiyotni biroz sekinlashtirib turishni o‘rganib oldilar. 

Ikkinchidan, 1970-yillardan boshlab iqtisodiy sikllarning sinxronlashuvi yuz 

bermoqda:  ko‘pchilik  rivojlangan  mamlakatlarda  iqtisodiy  siklning  yuksaltiruvchi 

va pasaytiruvchi bosqichlari deyarli bir paytda boshlanayotganligi kuzatilmoqda. 

Buning  sababi  –  mamlakatlarning  o‘zaro  bog‘liqligining  chuqurlashuvi, 

yagona global iqtisodiy makonning shakllanishi, bir mamlakat iqtisodiyotini butun 

jahon iqtisodiy xo‘jaligidan alohida qarash mumkin bo‘lmay qolganligidir. Jahon 

iqtisodiyotining  bugungi  kundagi  yangi  axborot  texnologiyalari  asosida 

globallashuv jarayoni iqtisodiy sikllarning sinxronlashuvini yanada intensivlashtirmoqda. 

Uchinchidan,  iqtisodiy  sikllarning  rivojlanish  jarayoniga  fan-texnika 

tarayoqqiyoti  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  U  asosiy  kapitalning  yangilanishini 


tezlashtirmoqda, bu esa inqiroz bosqichida nafaqat tovarlarni qayta ishlashga, balki 

kapitalning ham qayta ishlanishiga olib kelmoqda, ishlab chiqarish quvvatlarining 

to‘liq  band  bo‘lmaslik  muammosi  keskinlashmoqda,  siklning  dinamikasi  ham 

tobora notekis bo‘lib bormoqda. 

Transmilliy  va  ko‘pmillatli  kompaniyalarning  sikllarning  sinxronlashuviga 

ham,  iqtisodiy  siklning  bosqichma-bosqich  amalga  oshish  jarayoniga  ham  ta’sir 

ko‘rsatayotganligini  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Bunday  kompaniyalar  o‘z 

qo‘llarida  ulkan  hajmdagi  kapitalni  jamlagan  bo‘lib,  mamlakatlararo  kapital 

o‘tkazish  imkoniyatiga,  demak,  narxlarni  yuqori  darajada  saqlab  turish  va  hatto 

inqirozlar davrida  ham  daromadni qo‘ldan  boy  bermaslik  imkoniyatiga  egadirlar. 

Sikl yanada mavhumlashib, uning kelgusi rivojini oldindan mo‘ljallash qiyinlashib 

bormoqda. 

Shuning  uchun  bugungi  kungi  hukumatlar  oldida  makroiqtisodiy 

prognozlarning to‘g‘riligini ta’minlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish borasida 

ushbu  prognozlarga  muvofiq  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishdan  iborat    

muhim va o‘ta murakkab vazifa turibdi. 

17 MAVZU: XALQARO SAVDO. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA VALYUTA KURSI

Reja:

1.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

2.Kapitalning xalqaro harakati. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi.

3. Fan-texnika yutuqlarining xalqaro ayirboshlanishi.

Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:



Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27-bobda batafsil ko’rib chiqamiz.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish