Chiroqchi tuman Moliya bo’limi Chiroqchi tuman Moliya bo'limining umumiy tarifi


Chiroqchi tuman Moliya bo'limi boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi



Download 79,69 Kb.
bet2/11
Sana13.04.2023
Hajmi79,69 Kb.
#927800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shoxrnnx hisobot1 (2)

1.2. Chiroqchi tuman Moliya bo'limi boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi.
Chiroqchi tuman moliya bo’limi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
-tuman moliya bo’limi kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish bo’limi;
-mahalliy byudjetni shakllantirish va byudjet tashkilotlarini moliyaviy taminlash bo’limi;
-tuman moliya bo’limi byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’limi;
-yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo’limi;
-qishloq xo’jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish bo’limi;
-Moliya bo’limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho’basi;
-Moliya bo’limining byudjet ijrosi va hisobi sho’basi;
- Moliya bo’limining davlat maqsadli dasturlari monitoring bo’limi.
Moliya bo’limlari faoliyati moliyaviy barqarorlikni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashni o’z zimmasiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi davlatining mustaqillikka erishishi sari yo'l tutishi davrida, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi yo’lida hududlarning iqtisodiy rivojlanishida hamda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi mahalliy budjetlarning roli yanada oshdi, tuman (shahar) xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim bo‘limlari va tibbiyot birlashmalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari buxgalterlariga (iqtisodchilariga) budjet tashkilotlarining shtat jadvallaridagi xodimlar, tarbiyalanuvchilar va davolanuvchilarning sonini amaldagi holat bilan solishtirish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borish vazifasi yuklatiladi.
O'zbekiston Respublikasi davlatining mustaqillikka erishishi sari yo'l tutishi davrida, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi yo’lida hududlarning iqtisodiy rivojlanishida hamda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi mahalliy budjetlarning roli yanada oshdi.

1-chizma























































































































Mudir






































































































































































































































































Mudirning birinchi o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i




Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo‘yicha mudir o‘rinbosari — sho‘ba mudiri

















































Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho‘basi













































Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi



































































































Kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash sho‘basi












Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha inspektor











































































Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo‘yicha bosh iqtisodchi































































































































































Yuriskonsult




1-chizma. chiroqchi tuman hokimligi moliya bo‘limining tuzilmasi.3

Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo’limining funksiya va vazifalari.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:4
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar: Inspeksiya markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Inspeksiya hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki: Inspeksiya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi, uning hududiy boshqarmalari esa yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining xodimlari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Inspeksiyaning boshqaruv xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Inspeksiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
barcha nazorat qiluvchi organlar tomonidan budjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi hamda tekshiruvlarning natijalariga doir barcha turdagi hujjatlarni (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) ushbu dasturga joylashtirish majburiy hisoblanadi.
4. Budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
2022-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxati (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda UzASBO dasturiy majmuasida hisoblash Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni boshqarish bo‘yicha yagona elektron dasturiy tizimda (ERP) shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi;
Moliya bo’limining byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’limining bo’limining funksiya va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi tartibini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Tuman va shahar hokimliklari bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish bo‘yicha tasdiqlangan tartibga mazkur qarordan kelib chiqib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan qaror loyihasini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
3.O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Tashabbusli budjet” jarayoniga fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida jarayonning boshlanishi oldidan fuqarolarga ommaviy tarzda xabardor etuvchi maxsus SMS xabarnoma yuborilishini ta’minlasin.
Mamlakatimizda byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlarning hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeini yanada ko’tarishga sabab bo’layotgan qator omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to’g’ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantirishni ta’minlashdir.
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
Mahalliy budjetlar- davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, Shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo’lib, ikki pog’onali budjet tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mahalliy budjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy moxiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Ular xaqida quyidagilarni ta`kidlash mumkin:
• mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
• bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o’rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
• mahalliy hokimiyatga bo’ysinuvchi korxona, tashkilotva muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat olib boorish;
• Viloyat budjeti - umumviloyat budjetini hamda viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetini;
• Tumanlarga bo’linadigan shahar budjeti - umumshahar budjetini hamda Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini;
• Tarkibida shaharlari bo’lgan tuman budjeti - umumtuman budjetini hamda tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini.
Moliya bo’limining obodonlashtirish, kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho’basining funksiya va vazifalari.
Huquqiy jihatdan mahalliy budjetlar budjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, anik maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir.
Mahalliy budjetlar orqali mahalliyhududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta`minlab boriladi.
Mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining deyarli yuz foizi mahalliy budjetlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Mahalliy budjetlarga xos bo’lgan xususiyatlarning namoyon bo’lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo’ladi.
Bu budjet mexanizmida o’z aksini topadi. Budjet mexanizmi davlat budjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig’indisi bo’lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va budjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo’naltirishga xizmat qiladi.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda maxalliy davlat hokimiyati organlari aloxida o’rin egallaydi.
Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq);
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Hududiy moliya organlari:
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi.



Download 79,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish