Chiziqlar nazariyasi. Egri chiziqlar va ularning tenglamalari. Ajoyib geometrik obyektlar egri chiziqlar haqida Ajoyib eng sodda egri chiziqlar



Download 1,14 Mb.
bet6/9
Sana29.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#617737
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tekislikda Ajoyib chiziqlar

Giposikloidalar
Giposikloida - qo‘zg‘almas aylana ichida joylashgan, radiusi ushbu aylanadan kichikroq bo‘lgan ikkinchi aylanaga tegishli nuqtaning harakati chizadigan trayektoriyalarning umumiy nomidir. Bunda ichkaridagi kichik aylananing, ya'ni harakatlanuvchi aylananing radiusi b bilan; tashqi katta aylana, ya'ni, qo‘zg‘almas aylananing radiusi a bilan belgilanadi. Shuni e'tiborga olish muhimki, giposikloidada har doim a radiusdan b radius kichik (b<a) bo‘lishi shart. Ushbu radiuslarning o‘zaro nisbati, ya'ni, a/b ning qiymatiga qarab, giposikloidalarning shakli ham turlicha bo‘ladi. Masalan, a radius b radiusdan ikki barobar katta bo‘lsa, unda kichik aylanadagi nuqtaning harakatidan, katta aylananing diametrini ifodalovchi kesma hosil bo‘ladi. Diametr esa to‘g‘ri chiziq ekanini inobatga olsak, aynan shu holatda, ushbu giposikloida misolida biz to‘g‘ri chiziq (kesma) ham egri chiziqning xususiy holi ekanini ko‘rishimiz mumkin. a/b nisbatning kattalashishi bilan, borgan sari yangi-yangi turdagi egri chiziqli giposikloida shakllar hosil bo‘la boshlaydi. Ushbu giposikloidalarning a/b=n nisbatda, uchlari ham doimo n ga teng bo‘ladi. Quyidagi tasvirlarda ushbu fikrni tasdiqlovchi misollarni ko‘rishingiz mumkin:

n=3 bo‘lgan hosil bo‘ladigan egri chiziqli shaklni deltoida deyiladi. N=4 orqali hosil qilinadigan shakl esa astroida deyiladi.
Agar a/b nisbatning qiymati ratsional (butun emas) son bo‘lib chiqsa, yopiq egri chiziqli yulduzsimon shakllar hosil bo‘ladi. Ulardagi yulduzning uchlari soni har safar a ga teng bo‘ladi:

Odatda biz Ilm-fanning umumiy logotipi sifatida taniydigan atom strukturasi tasviri, xususan, orbita.uz sayti logotipi ham aynan giposikloidadir. Bundan tashqari, giposikloidalarni ba'zi nufuzli xalqaro tashkilotlarning ham logotiplarida ko‘rish mumkin. Masalam, atom energetikasi bo‘yicha xalqaro tashkilot - MAGATEning logotipi ham giposikloidadir.

Episikloidalar
Episikloida bu - qo‘zg‘almas aylana atrofida harakatlanuvchi boshqa bir aylanada joylashgan nuqtaning harakat trayektoriyasini ifodalovchi egri chiziqdir. Giposikloida singari, episikloidada ham a va b radiuslarning nisbatiga bog‘liq holda episikloida turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin:

Yuqori o‘ng tarafda ifodalangan episikloidani fanda nefroida deyiladi. Yuqori chap tarafdagi episikloida esa, ko‘rib turganingizdek, jamiyatda keng tarqalgan yurakning tasviriga o‘xshab ketmoqda. Uning ilmiy nomi ham shunga mos tarzda kardioida deb ataladi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish