Davlat pensiya ta’minotini boshqarish organlari, ularning guruhlanishi


Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning tashkiliy tuzilishi



Download 44,25 Kb.
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi44,25 Kb.
#205791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Murodov Elmurod PENSIYA TA'MINOTI

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning tashkiliy tuzilishi

Jamg’armani boshqarishning yuqori organi - Jamg’armaning Kuzatuv kengashi hisoblanadi, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg’arma Kuzatuv kengashining majlislari yil choragida kamida bir marta o’tkaziladi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv kengashining ishchi organi hisoblanadi.





1-rasm. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasi chizmasi

Majlisni Kuzatuv kengashi raisi, u bo’lmaganda esa — raisning o’rinbosari o’tkazadi. Kuzatuv kengashi majlisi, agar unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa huquqiy vakolatli bo’ladi (kvorumga ega bo’ladi). Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.



Jamg’armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:




  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  • Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;

  • vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish;

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish;

  • Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;

  • Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish;

  • topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash;

  • Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog’liq boshqa funktsiyalarni amalga oshirish.

Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o’z funktsiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.

Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.

Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensi jamg’armasining ijro etuvchi direktori

Ijro etuvchi direktorning birinchi o’rinbosari

Ijro etuvchi direktor o’rinbosari –Pensiya



jamg’armasi mablag’lari hisobini yuritish va boshqarish boshqarmasi boshlig’i

Tashkiliy-tahliliy ishlar va statistika bo’limi




Pensiya ta’minotini tashkil etish boshqarmasi

Pensiyalarni tayinlash va fuqarolar



murojaatlarini ko’rib chiqish uslubiyotini takomillashtirish bo’limi

Pensiya jamg’arma- si mablag’lari hiso- bini yuritish va boshqarish boshqarmasi

Mablag’larni boshqarish va pensiya va nafaqalarni to’lash monitoringi bo’limi
Yuristkonsult

Kadrlar bo’limi

Tashkiliy-xo’jalik guruhi



Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarini istiqbolli prognozlash va tahlil qilish sektori

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

Axborot texnologiyalarini

tadbiq etish bo’limi





Download 44,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish