Davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati



Download 437,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana22.06.2022
Hajmi437,97 Kb.
#692377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
15-mavzu matni

birinchidan,
korxona tovar yoki xizmatlarini (oldindan to‗plangan 
zaxiralarini talab tushib ketgan davrda sotish uchun reklama xarajatlarini qilishi 
kerak bo‗lardi; 

ikkinchidan,
korxonaning ―Saxovat va ko‗mak‖ umumxalq xarakatidagi 
ishtiroki xaridorlar, uning aholi o‗rtasidagi obro‗si va imidjini oshiradi; 

uchinchidan,
umumxalq harakatida qatnashish korxonalar o‗rtasidagi 
oldingi shakllangan zanjirband iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Biznes yuritish 
faollashadi va to‗rtinchidan marketiing xarajatlari tejaladi, chunki ular kelgusida 
jozibador (consumer loyalty) iste‘molchilar guruhini shakllantiradi. 
Kornovirus pandemiyasi tugagandan so„ng iqtisodiy tiklanish va 
rivojlanish
Inqiroz davom etayotgan davrida milliy iqtisodiyotning birinchi galdagi 
vazifalari bozor ishonchini tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta 
munosabatlari ta‘sir hududini qisqartirish va raqobatchilikni rivojlantirishdan 
iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‗lidan innovatsion yo‗nalishga 
o‗tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va biznes 
o‗rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilanadi. 
Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga 
koronavirus pandemiyasining ta‘sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish 
xarajatlarini pasaytirish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni 
tejash chora - tadbirlari tavsiya etilgan. 
Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan 
kreditlarini so‗ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom 
ashyo sig‗imini pasaytirishni rag‗batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini 
lokalizatsiya dasturlariga kiritish, ularning mahsulotiga bo‗lgan ichki talabni 
oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar 
bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni amalga oshirish, mahsulotlar va 
xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‗shimcha qiymat sig‗imini 


oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‗z – o‗zining 
bandligini ta‘minlash chora –tadbirlari keng joriy etilmoqda. 
Bu holatlar kelgusida mamlakatimiz tez fursatda inqiroz ta‘siridan chiqgan 
inqirozgacha bo‗lgan holatni tiklab barqaror rivojlanish trayektoriyasiga o‗tishiga 
xizmat qiladi. Shu xususida yana bir olimlar o‗rtasidagi inqirozdan keyingi 
rivojlanish ssenariyalari munozarali bo‗lib turibdi. 
Ayrim olim va mutaxassislar kelgusida iqtisodiyotlarning rivojlanishi 
to‗g‗risida lotincha L- shaklida ( L- shape), U- shaklida ( U –shape) yoki V –
shaklida (V-shape) bo‗lishini prognoz qilishmoqda. Ushbu harflarning ko‗rinishi 
yalpi taklif egri chizig‗ining shaklini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda milliy 
iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti oldingi shakliga kirib rivojlanish bosqichiga 
o‗tadi deganidir. 
O‗zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‗qotishlarni qoplab bu yilgi 
YaIM ning o‗sish sur‘ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga 
ko‗tariladi. Jahon iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Germaniya, 
Turkiya, Xitoy, Rossiya) iqtisodiyotlari iqtisodiyotining U – shaklda rivojlanadi, 
Boshqacha qilib aytganda bu iqtisodiyotlarga tiklanishi va rivojlanishi uchun 
ko‗proq vaqt (bir va bir yarim yil) talab etiladi. 
Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta‘siridagi iqtisodiy 
yo‗qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va joriy 
yilda iqtisodiy o‗sish pasayib 1,2 – 1,4 foiz atrofida bo‗lishi va keyingi yili esa 
qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‗sish sur‘ati 
7,0 atrofida va undan yuqori bo‗ladi. 
Vaziyatning keskin o‗zgaruvchan bo‗lishini inobatga olib bugungi kunda 
kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‗yicha nisbatan aniq prognoz 
ko‗rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‗lib qolmoqda. 
O‗zbekistonning "Bir makon-bir yo‗l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va 
hali to‗la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. 
O‗zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya 
va ta‘lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‗zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi 
darajaga ko‗tara oladi va "Bir makon-bir yo‗l" doirasida barqaror iqtisodiy o‗sish 
va rivojlanishga to‗siq bo‗lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‗yicha 
hamkorlikka yo‗naltiradi. O‗zbekiston ―Bir makon-bir yo‗l‖ loyihasini, transport, 
savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni 
amalga oshirishni qo‗llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni 
Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari 
bozorlari bilan bog‗laydigan transport-logistika yo‗nalishlarini ochish bo‗yicha 
dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. 


"Bir makon-bir yo‗l"ga a‘zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol 
hamkorlik O‗zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. ―Bir makon-bir 
yo‗l‖ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist ―yetkazib beruvchilar‖dir. Jahon 
sayyohlik tashkilotining ma‘lumotlariga ko‗ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan 
sarflangan pullarning 20 foizidan ko‗prog‗i Xitoy ulushiga to‗g‗ri keladi. Ular 
2017 yilda turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 
2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning 
xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga
balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf 
tug‗dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi 
oqibatida dunyo bo‗ylab yetakchi bo‗lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni 
ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda. 
Mazkur vaziyat oddiy ―informatsion panika‖ emas, balki jahon iqtisodiyotiga 
jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar 
va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin. 
Jumladan, 

Download 437,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish