Davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati



Download 437,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana22.06.2022
Hajmi437,97 Kb.
#692377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15-mavzu matni

Do„st kulfatda bilinadi
―Do‗st kulfatda bilinadi‖, ―Qo‗shning tinch, sen tinch‖ naqllari har bir 
yurtdoshimiz hayotining ajralmas qismiga aylanishi bilan birga, mamlakatimiz 
tashqi faoliyatining asosiy mezoni hamdir. Shu bois koronavirus xavfi paydo 
bo‗lgan kundan boshlab O‗zbekiston xalqaro hamjamiyatga o‗z yordamini taklif 
qilib kelmoqda. Xitoy va Eron davlatlariga insonparvarlik yordamining 
jo‗natilgani, Qozog‗iston tomonining so‗rovi asosida Xitoydan qo‗shni mamlakat 
fuqarolari ham keltirilgani fikrimizning yana bir tasdig‗i. Shu bilan birga 
O‗zbekiston hududida bo‗lib turgan xorijiy davlatlar fuqarolari xavfsizligini 
ta‘minlash bo‗yicha aniq manzilli choralar ko‗rilmoqda. 
Bu haqda Belgiyaning nemis tilidagi ―GrenzEcho‖ (―Chegara hududi sadosi‖) 
gazetasida shunday deyiladi: ―33 nafardan iborat ―GrenzEcho‖ o‗quvchilarining 
O‗zbekistondagi sayohatlari 19 martgacha davom etadi. Ular bu yerda o‗zlarini 
juda yaxshi his etmoqda. O‗zbekiston ham virus infeksiyasi tarqalishining oldini 


olish uchun qator chora-tadbirlarni allaqachon boshlab yubordi. Belgiyalik 
sayyohlar fikricha, ular bu yerda o‗zlarini yaxshi his qilmoqda‖. 
Qayd etish joiz, O‗zbekistonda bo‗lib turgan va o‗z yurtiga ketishga 
ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini 
avtomatik tarzda 2020 yil 10 aprelgacha uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi. 
Shuningdek, ayni paytda xorijiy davlatlarning O‗zbekistondagi vakolatxonalari 
bilan mamlakatimizda bo‗lib turgan 25 davlat fuqarolarini charter reys bilan o‗z 
vatanlariga qaytarish bo‗yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. 
4. Aholi salomatligini saqlash kasallikka chalinganlarga ko‟rsatilayotgan 
yordamlar. Ta‟lim tizimi faoliyatini masofaviy shaklga o‟tkazilishi 
mamlakatimizda oliy o‟quv yurtlari sohasining o‟sib borishi.
Prezident Shavkat 
Mirziyoyev raisligida 1-aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga 
qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor 
vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‗ilishi o‗tkazildi.
 
Ma‘lumki, 2020-yil 12-noyabrda davlatimiz rahbarining birlamchi tibbiy-
sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy 
qilish to‗g‗risida farmoni, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada 
oshirish orqali jamoat salomatligini ta‘minlash bo‗yicha qarori qabul qilingan edi. 
Ularga muvofiq, kasalliklarni erta aniqlash, to‗g‗ri tashxislash va davolash 
uslublarini o‗zgartirib, bu borada yangicha tizim tashkil etila boshlagandi. 
Yig‗ilishda ushbu vazifalar ijrosi haqida so‗z borar ekan, Prezident uchta 
savolni o‗rtaga qo‗ydi: 
birinchi – joriy etilgan yangi tizim bo‗yicha tibbiy xarita shakllantirilgani, 
aholining xavf guruhlariga bo‗lingani nimani ko‗rsatdi? 
ikkinchi – mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan 
manzilli ishlay boshlaganidan qancha odam rozi bo‗ldi? 
uchinchi – tibbiyot muassasalarida qaysi xizmatlar bepul bo‗ldi? 
Hozirgi ahvol talabga javob bermayotgani, sohadagi o‗zgarishlarni aholi 
tezroq sezishi kerakligi ta‘kidlandi. Islohotlarni jadallashtirish uchun 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlarga Bosh vazir o‗rinbosari, sog‗liqni 
saqlash vaziri va uning o‗rinbosarlaridan mas‘ullar biriktirildi. 
Prezidentning 12-noyabrdagi yana bir qaroriga ko‗ra, Sirdaryo viloyatida 
sog‗liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‗urtasi 
mexanizmlarini joriy etish bo‗yicha tajriba-sinov o‗tkazildi. Yig‗ilishda Sirdaryo 
viloyati sog‗liqni saqlash boshqarmasi boshlig‗i va Guliston shahar hokimi mazkur 
yangi tizim natijalari haqida hisobot berdi. 
Aytib o‗tilganidek, Sirdaryo viloyatining 236 ta mahallasini to‗liq qamrab 
olish uchun 421 ta tibbiyot brigadasi tashkil etilgan. Aholining salomatlik holati 


xatlovdan o‗tkazilib, ular 4 ta xavf guruhiga ajratilgan va viloyatning ―elektron 
tibbiy xaritasi‖ yaratilgan. 
Misol uchun, Boyovut tumanida 31 ming aholi o‗zini sog‗lom deb bilsa-da, 
ortiqcha vazn, noto‗g‗ri ovqatlanish, zararli odatlar tufayli ularda yurak-qon tomir, 
diabet, o‗pka kasalliklariga chalinish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. 
Shuningdek, ilgari shifokorga murojaat qilmagan 257 nafar fuqaroda kasalliklar 
og‗ir bosqichda ekani ma‘lum bo‗lgan. 
Davlatimiz rahbari bu tajribani tizimli davom ettirib, barcha hududlarda joriy 
etish bo‗yicha ko‗rsatma berdi. Buning uchun qishloq va mahallalarda tibbiyot 
brigadalari tashkil etilib, aholini manzilli ko‗rikdan o‗tkazish va davolash ishlari 
olib boriladi, hududlarning ―tibbiy xaritalari‖ shakllantiriladi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining vertikal ish tizimini 
takomillashtirib, ularni oilaviy shifokor punktlari bilan bog‗lash zarurligi 
ta‘kidlandi. Ya‘ni, bemorlarni ovora qilib poytaxtga yubormasdan, ularga yashash 
joyida malakali tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish kerak. 
O‗tgan yili ixtisoslashtirilgan markazlarda davolanishga muhtoj 84 ming nafar 
bemordan atigi 51 ming nafari bepul order bilan ta‘minlangan. 
Prezident orderlar uchun mablag‗ni deyarli 1,5 baravarga ko‗paytirib, 
qo‗shimcha 80 milliard so‗m ajratish bo‗yicha Moliya vazirligiga ko‗rsatma berdi. 
Sog‗liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga, yil yakuniga qadar har 
bir bemorni sog‗lomlashtirish manzili va muddatlarini belgilab, davolashni tashkil 
etish bo‗yicha vazifa qo‗yildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari o‗z yo‗nalishi 
bo‗yicha hududlardagi 3 mingdan ziyod oilaviy shifokorni qisqa muddatli 
kurslarda o‗qitadigan bo‗ldi. 
Yana bir masala – bugungi kunda donor bemorning yaqin qarindoshi 
bo‗lmasa, transplantatsiyaga ruxsat berilmagan. Oqibatda, ko‗pchilik fuqarolarimiz 
bunday amaliyotni chet elda o‗tkazishga majbur bo‗lmoqda. Shu bois inson 
a‘zolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini ishlab chiqish muhimligi 
ta‘kidlandi. 
Tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida mamlakatimizda xususiy 
tibbiyot tashkilotlari uchun barcha huquqiy asoslar, imkoniyatlar yaratilgan. Lekin 
hududlarda kasalliklarning turiga qarab, xususiy shifo maskanlarini tashkil etish 
ishlari yetarli darajada emasligi qayd etildi. 
Misol uchun, aholi orasida ehtiyoj yuqori bo‗lgan gemodializ, tibbiy 
diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo‗yicha xususiy klinikalar yetishmaydi. 
Mutasaddilarga davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko‗paytirish, 
170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarini kompyuter tomograflari bilan 
ta‘minlash, ulardan foydalanish bo‗yicha xodimlar malakasini oshirish yuzasidan 
topshiriqlar berildi. 


Sohadagi korrupsiya illatiga ham to‗xtalib o‗tildi. O‗tgan yili tizimda 30 
milliard so‗mdan ortiq mablag‗ talon-toroj qilingani aytildi. Shuning uchun, 
ta‘sirchan nazorat tizimini o‗rnatib, ajratilayotgan mablag‗lar joyiga yetib borishi, 
dori-darmon va tibbiyot uskunalarining ochiq-oshkora sotib olinishi, pullik 
xizmatlardan tushumlar maqsadli ishlatilishini ta‘minlash bo‗yicha ko‗rsatmalar 
berildi.
Yig‗ilishda kadrlar masalasiga alohida e‘tibor qaratildi. Ma‘lumki, bu borada 
chekka hududlarda ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, ―Qishloq shifokori‖ dasturi 
qabul qilingan edi. Bunday joylarda ishlamoqchi bo‗lgan shifokorlarga 30 million 
so‗m pul berilishi belgilanib, bu maqsadlar uchun byudjetdan 20 milliard so‗m 
ajratilgan. Lekin, oradan 4 oy vaqt o‗tgan bo‗lsa-da, birorta talabgor bilan 
shartnoma imzolanmagan. Vaholanki, bugungi kunda olis va chekka hududlar 
uchun 220 ta shifokor zarur. Bundan tashqari, hududlarda 10 ming nafar tor 
mutaxassis yetishmaydi. 
Shu bois kelgusi o‗quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki 
baravarga oshirilishi belgilandi. Ushbu yangi tizimda ordinatorlar o‗quv 
jarayonining yarmini oliygoh va ixtisoslashgan markazlarda, qolgan yarmini esa 
ish joyida davom ettiradi. Viloyat hokimlari o‗z hududi uchun zarur bo‗lgan tor 
mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun mahalliy byudjetdan grant 
ajratadi. 
Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‗liq vaziyatga alohida 
to‗xtaldi. 
– Joriy yil boshida kuniga o‗rtacha 30-40 nafar bemor aniqlangan bo‗lsa, mart 
oyi o‗rtalaridan bu ko‗rsatkich 160-180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning o‗ta 
og‗ir kechishi, hattoki o‗lim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi – 
ko‗pchilik fuqarolar xotirjamlikka berilib, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani 
saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin talablariga befarq bo‗lib 
qoldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Bosh vazirga koronavirusga qarshi kurashish bo‗yicha hududiy shtablar 
faoliyatini kuchaytirish, tunu kun ishlaydigan ―koll-markaz‖lar va mobil brigadalar 
faoliyatini yo‗lga qo‗yish bo‗yicha topshiriq berildi. Dori-darmon va himoya 
vositalarining kamida 3 oylik zaxirasini shakllantirish, hududlarda 60 ta kislorod 
stansiyasini ishga tushirib, reanimatsiya va intensiv davolash bo‗limlarini kislorod 
bilan ta‘minlash vazifasi qo‗yildi. 
– Afsuski, bu baloning oxiri ko‗rinmayapti. Yevropa davlatlari yana 
lokdaunga kiryapti. Qo‗shnilarimizda ham ahvol yaxshi emas. Xavf yonimizda 
yuribdi. Shuning uchun ogoh bo‗lishimiz kerak. Oldin qanday ishlagan bo‗lsak, 
shu tartibni tiklaymiz. Xudo ko‗rsatmasin, shuncha qilgan harakatimiz bekorga 
ketishi mumkin. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan juda katta marralar qo‗yganmiz. Agar 


yopilib qolsak, bu natijalarga erisholmaymiz. Hech qayerni yopmaymiz, lekin 
tartib-intizomni kuchaytiramiz. Kasallanganlarni ham tez-tez davolash choralarini 
ko‗rish kerak, – dedi Prezident. 
Aprel-iyun oylarida xavf guruhiga mansub 4 milliondan ortiq aholini 
koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirda 660 ming doza vaksina olib 
kelingan. Hukumat komissiyasiga Xitoydan yana 3,5 million doza va Rossiyadan 1 
million doza vaksina sotib olish bo‗yicha ko‗rsatma berildi. 
Fuqarolarni yashash manzili bo‗yicha emlash kuni va joyi haqida xabardor 
qilib borish muhimligi ta‘kidlandi. 
Yig‗ilishda muhokama qilingan masalalar bo‗yicha vazirlar, hokimlar va 
tibbiyot muassasalari rahbarlari axborot berdi. 
Foydalanilgan Veb-saytlar ro„yxati:
1.
https://.review.uz 
2.
https://index.minfin.com. 
3.
https://coronavirus-monitor.ru 
4.
https://ru.wikipedia.org 



Download 437,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish