Диний сиёсат


-bob. SOVET HOKIMIYATINING DINIY SIYOSATIDAGI O‘ZGARISHLAR



Download 208,54 Kb.
bet6/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси

2-bob. SOVET HOKIMIYATINING DINIY SIYOSATIDAGI O‘ZGARISHLAR (1941-1950 yillar)
2.1. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashkil qilinishi va dastlabki yillardagi faoliyati.
SSSRda yashovchi xalqlar va millatlar tarixida fojiali oqibatlarga sabab bo‘lgan, olti yildan ortiq davom etgan Ikkinchi jahon urushi hukumatning ichki siyosati, jumladan diniy siyosatning ham o‘zgarishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. XX asr 20-30-yillarida diniy muassasa, tashkilotlar zo‘ravonlik bilan tugatilgan, din arboblari esa qatag‘on va qirg‘inga uchragan edi.
Sovet-german frontida harbiy harakatlar boshlangan dastlabki yillarda ham dahriylik siyosati davom etdi. Farg‘ona viloyati partiya komitetining poytaxt Toshkentga yo‘llagan dokladida 1941 yilning birinchi yarmida dinga qarshi 17 ta ma’ruza o‘qilganligi, ushbu ma’ruzalarni 1461 kishi tinglaganligi qayd qilingan1. Qurbon hayiti va Ro‘za hayiti bilan bog‘liq diniy bayramlarga qarshi yo‘naltirilgan tadbirlar, Ro‘zaning diniy mohiyatini ochuvchi ma’ruzalarni o‘qish davom etayotganligi ham axborotlarda qayta-qayta xabar qilinadi. Masjidlarning imomlari va dindorlardan 1941 yilda hamon soliq olinardi. “1941 yil Qo‘qondagi 138 masjiddan 18 tasi musulmonlar xizmatida bo‘lib, 16 imomga soliq solinganligi” haqida arxiv xujjatida xabar kilingan. SHu bilan birga ushbu yilda “Kurashchan xudosizlar” uyushmasining yacheykalari, tashkilot a’zolari safi ham o‘sib borgan. Agar Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1941 yilning 1-kvartalida 413 ta xudosizlar yacheykasi ishlab turgan bo‘lsa, 2-kvartalda 530 taga etib, ular soni 117 taga ko‘paygan. Uyushma a’zolari esa 9623 tadan 12298 taga ko‘payib, miqdoriy o‘sish 2675 kishini tashkil etgan2.
Biroq urushning dastlabki yillaridagi SSSRning muvaffakiyatsizliklari, harbiy frontlardagi mag‘lubiyatlar va son-sanoqsiz inson va texnika resurslaridagi yo‘qotishlar hukumatni harbiy sharoitda ehtiyotkorlik bilan ichki siyosat yuritishga majbur qildi. Urush sharoitida sovet davlatining rahbarlari vatanparvarlik tuyg‘ularini turli millat va elatlar orasida kuchaytirish vositasi sifatida diniy e’tiqod tuyg‘ularining ham muhim omil bo‘la olishini ko‘zda tutgandi.
“Xalqlar otasi” I.V.Stalin SSSR Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni, Davlat Mudofaa Qo‘mitasi raisi sifatida 1941 yil 3 iyulda, ya’ni urushning dastlabki kunlarida radio orqali va 1941 yil 6 noyabrda mitingda so‘zlagan nutqida ham diniy muassasalar, ruhoniy va dindorlar haqida sukut saqladi. Mazkur nutqlarda barcha xalqlarni hukumat va partiya atrofida birlashishga, sovet davlatini himoya qilishga, milliy-madaniy boyliklarni asrab qolish va sotsializm mudofaasiga da’vat qilgan edi. Urush boshlanishi bilan ayrim harbiy qismlarda ateistik ma’ruza va suhbatlar uyushtirilganligini hisobga olmagan holda qayd qilish mumkinki, dinga qarshi ommaviy kurash biroz bo‘lsa-da pasaygan edi. 1941 yil iyul oyidan boshlab “Bezbojnik” jurnali va uning turli respublikalarda har xil nomlarda chop etiladigan va unga o‘xshash barcha jurnallar nashri to‘xtatildi. Ta’kidlash joizki, 1941-1945 yillarda mudofaa xarakterida bo‘lmagan tinchlik davrida chop etilib turgan bir qator matbuot organlari ham vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Urush yillarida barcha millat va elatlardan erkak aholi frontlarga safarbar qilindi, front ortidagilar esa urush ehtiyojlari uchun kechayu kunduz tinimsiz mehnat qilib, topganlari va bor-budlarini jangchilarga yuborib turdi. Tarixiy davr shuni taqozo qilar ediki, jamiyat a’zolarn o‘rtasida sinfiy dushmanlpk va diskriminatsiya siyosatini davom ettirish faqat zararli bo‘lar edi xolos.
XX asr 30-yillaridagi qatag‘onlardan omon qolgan SSSRning dushman istilo qilgan hududlaridagi ko‘pgina ruhoniylar va cherkov xizmatchilari Ulyanovsk shahriga ko‘chirilgan edi. Ikkinchi jahon urushida tub burilish davrini boshlab bergan Stalingrad va Kursk yonida qozonilgan g‘alabalar Sovet Ittifoqi fashizmga qarshi urushni g‘alaba bilan yakunlashini namoyon qilib ko‘ydi.
I.V.Stalin g‘arbdagi ittifoqchilar (AQSH va Angliya) ko‘nglini tinchitish va tashqi dunyoda demokratiya uchun kurashuvchi davlat bo‘lib ko‘rinish maqsadida 1943 yil mayda Kommunistik Internatsionalni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, vijdon erkinligi, diniy marosim va ibodatlarga to‘siqlarni olib tashlashiga to‘g‘ri kelgan edi. Aslida esa provaslav cherkovlari, musulmon o‘lkalarda masjid va madrasalarning bu davrda faoliyatini qayta boshlashi, urush yillarida o‘z otalari, erlari, o‘g‘illari kabilardan ajralgan millionlab insonlarning xohish-irodasi tufayli ro‘y bergan edi.
1943 yilning 4 sentyabrida I.V.Stalin va uning o‘rinbosari V.M.Molotov rus cherkovining metropolitlari Sergey, Aleksey va Nikolaylar bilan uchrashib, uzoq davom etgan suhbatda rus cherkovining nizomi, tartib-qoidalarini ishlab chiqishga ruxsat bergan edi. Ushbu uchrashuv jarayonida butun mamlakatda bor-yo‘g‘i 19 ta episkop, 3 ta mitropolit qolganligi aniq bo‘ldi1.
Urush yillarida sovet davlatining aslahaxonalaridan biriga aylangan, frontni moddiy ehtiyojlar bilan ta’minlagan O‘zbekiston SSR hududida ham musulmon dini va dindorlarning ta’qibi to‘xtatilib, “Xudosizlar” jurnali, “Xudosizlar” uyushmasi kabi nashr va muassasalar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Lekin masjid va madrasalar, xonaqox va qorixonalar XX asrning 20-30-yillari davomida olib borilgan shafqatsiz daxriylik siyosati natijasida madaniy-oqartuv muassasalariga, kasalxona, ombor, yotoqxona, artel, “Qizil choyxona”, “otxona”, “pivaxona”, “qamoqxona”larga aylantirilgan edi. Birgina Qoraqalpog‘istonning CHimboy shahri va tumanlarida 7 ta namozxona binosi bo‘lib, ushbu binolar bolalar bog‘chasi, kasalxona, don tayyorlash punkti, talabalar yotoqxonasi kabilarga aylantirilgan edi. Qo‘ng‘irot tumanidagi 2 ta masjid binosi vayrona holatida, 3 ta namozxona binosidan 2 tasi don saklash ombori, 1 tasi qamoqxona ehtiyoji uchun ajratilgan. Xo‘jayli tumanida esa 11 ta masjidning barchasi bolalar bog‘chasi, ko‘zi ojizlar yotoqxonasi, don, yog‘ saqlash ombori, oziq-ovqat kombinati, kolxozchilar uyi, kutubxona va invalidlar arteli hisobiga berilgan. 1943 yil 1 yanvariga qadar madaniy-oqartuv tashkilotlari tayanchi bo‘lgan klublarning asosiy qismi ham kolxozlarda masjid va qorixona binolarida faoliyat yuritar edi.
1943 yil 1 yanvarda O‘zbekiston SSR Maorif xalq vazirligi va kolxozlarga qarashli klub muassasalari ahvoli to‘g‘risidagi yillik hisobotda bu o‘zinig yakkol ifodasini topgan.
2-jadval
1942 yilda O‘zbekiston SSRdagi klub muassasalari,
to‘garaklar va ularda mashg‘ul bo‘lganlar soni



Klub muassasalarining turlari

Klub muassasalari soni

Daxriylik bilan mashg‘ul
bo‘lganlar

Krujoklar soni

1.

U kuv zali

242

228

46

2.

Kizil choyxona

543



5

3.

Qnshloq soveti klubi

68

-

7

4.

Tumanlar madaniyat uylari

62

257

135

5.

Tumanlardagi
klublar

46

934

106

6.

Pionerlar uyi

12

19

60

7.

Davlat byudjeti hisobida turuvchi boshka tipdagi klublar

12

17

18

8.

Kolxoz klublari

298

43

367

Jadvaldan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ushbu yillarga kelib klub muassasalari miqdori avvalgidan kam bo‘lsa-da, dinga qarshi mashg‘ul bo‘lgan lektorlar soni hali ham salmoqli edi.


Dinga e’tiqod qiluvchi aholining Ikkinchi jahon urushi tarixiy omili tufayli faolligi oshdi. Sovet hukumati o‘zi uchun og‘ir sinovlar davrida jamiyatning barcha a’zolarini fashizm ustidan g‘alaba qilishga safarbar etish maqsadida diniy omilni hisobga oldi. YUqoridagi omillardan kelib chiqib dindor aholini birlashtiruvchi diniy muassasa va tashkilotlar tuzish huquqi qayta tiklandi.
O‘rta Osiyo musulmonlarining diniy markazini tuzish taklifi bilan 1943 yilda shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon O‘zbekiston SSR Oliy Soveti raisi nomiga bir necha bor yozma murojaat qilgan edi. Nihoyat, 1943 yilning 31 iyulida SSSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari faoliyatini boshqaruvchi markaz rolini bajaradigan maxsus idora tuzishga ruxsat berildi, Markaz qaroridan so‘ng diniy boshqarma tuzilmasini ishlab chiqish uchun O‘rta Osiyodagi besh respublikaning ko‘zga ko‘ringan diniy ulamolaridan maxsus tarkib tuzildi. 1943 yil sentyabrda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari maslahat kengashiga Rossiya Evropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmasi raisi shayx Abdurahmon Rasuliy va Moskva musulmoilari bosh masjidi imom-xatibi shayx Qiyomiddin al-Qodiriylar taklif qilindi. Yig‘ilish a’zolari Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiligidagi ta’sis kengashi tarkibini tasdiqlaydi va diniy markaz faoliyatiga taalluqli taklif, mulohazalarni tinglab, qaror qabul qiladi. Bir qancha vazifalar ilgari surilib, 1943 yilning oktyabr oyida Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining birinchi s’ezdini chaqirishga kelishib olindi.
1943 yil 20 oktyabrda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining I ta’sis s’ezdi chaqirildi. S’ezdga 160 ta delegatlar taklif etiladi va ochilish marosimida Usmon Qur’oni olib kelinib, tilovat o‘qiladi. Toshkentda ish boshlagan s’ezd qatnashchilari diniya boshqarma ustavini tasdiqlaydi, boshqarma hay’ati a’zolarini kelishilgan holda har bir respublikadan bittadan nomzod besh yil muddatga saylab olinadi.
SHu tariqa O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi (SADUM) tashkil topganligi va faoliyati boshlanganligi rasman e’lon qilinadi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi o‘zining I s’ezdida dindorlarga va O‘rta Osiyodagi barcha musulmon ahliga murojaat qilib, Sovet Ittifoqida yashovchi boshqa millat va elatlar qatori fashistlarga qarshi din ahllarini e’tiqod va din pokligi uchun ham kurashga da’vat qiladi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari, qatag‘onlar girdobidan omon qolgan dindorlar va din peshvolari urush ehtiyojlari uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul to‘plash kabi ommaviy kampaniyalarda ishtirok etdilar.
“O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari urushning dastlabki yillarida tank kolonnasi qurish va qizil armiya askarlari oilalariga yordam uchun 2 million so‘m mikdorida pul mablag‘i to‘pladilar, ushbu faoliyatlari haqida Davlat Mudofaa Qumitasi raisi I.V.Stalinga maktub yo‘llandi”1.
1944 yilda O‘zbekiston SSR tashkil topganligining 20 yilligi munosabati bilan O‘ zbekiston tank kolonnasi va eskadriyasi qurish uchun 260 ming so‘m pul to‘plandi.
O‘sha yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston dindorlar va musulmonlari o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalaridan Vatan mudofaa fondiga 280 ming so‘mlik ixtiyoriy xayriya qildilar. 4 million 117 ming so‘mlik obligatsiya (zayom) qog‘ozlari sotib olindi, 63 tonna bug‘doy, 90 ming bosh qoramol front ehtiyojlari uchun to‘plandi, 490 ming so‘mlik buyumlar frontdagilarning oilalariga yordam fondi hisobiga o‘tkazilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlar diniya boshqarmasida bosh qozi va mas’ul kotib bo‘lib ishlagan Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon front uchun xayriyalar yig‘ish, jangchilar va urushda halok bo‘lgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish ishining tashkilotchisi bo‘ldi. U O‘rta Osiyo Respublikalaridagi masjidlarda bo‘lib barcha musulmonlarni fashizmga qarshi kurashda bir tan, bir jon bo‘lishlikka, mardlik va qahramonlikka undovchi da’vatlar bilan chikdi.
I.V.Stalin ham O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxonga yo‘llagan maktubida: “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy ulamolari hamda barcha musulmonlardan SSSR mudofaa fondi uchun to‘plangan mablag‘, don, qoramol va kiyim-kechaklar uchun qizil armiya qo‘shinlari nomidap mamnuniyat bildirib, minnatdorchilik izhor etadi”1.
Qizil armiyaning 27 yilligiga (1918-1945 yy.) ixtiyoriy xayriya to‘plash kampaniyasida ham dindorlar va musulmon ahli faol ishtirok qiladi. 1944 -1945 yillarda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining Qoraqalpog‘iston ASSRda istikomat qiluvchi vakillaridan biri Sayman Kamoliddin Eshon tashabbusi bilai musulmon aholidan 31.882 so‘m to‘planib, davlat bankiga o‘tkazilgan. Ushbu mablag‘ning 27.882 so‘mi tank kolonnasi kurish uchun berilgan. 1945 yilda Qoraqalpog‘istondagi dinga e’tikod kiluvchi fuqarolar 13.000 so‘m mablag‘ to‘plab, ushbu mablag‘ning 3000 so‘mi CHimboy (o‘sha yillarda Qorakalpog‘iston ASSR poytaxti) shahridagi masjidlarni ta’mirlash va yangilarini qurishga sarflandi, 10 ming so‘mi esa davlat bankiga o‘tkazilib, frontdagi askarlar oilalariga yordam sifatida sarf kilingan.
Respublikaning barcha viloyat va tumanlaridan omma orasida yuqori obro‘ga ega bo‘lgan din ulamolari o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalaridan front ehtiyojlari uchun mablag‘ ajratish kampaniyasiga ixtiyoriy ravishda qo‘shiladilar, ushbu xayrli tadbirda katnashish uchun o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat, tuman, qishloklarda tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Namangan shahar musulmon ahli, diniya nazorat boshlig‘i Ismoil qori tashabbusi bilan hayit kunlari yig‘ilgan va xayriya in’omlari fitrdan tushgan 38.761 so‘mni urushda halok bo‘lgan nochor oilalarga berish Haqida qaror kabul qilishgan va Namangan shahar Soveti qoshidagi davlat yordam kassasiga topshirganlar.
1944 yil 14 oktyabrda Namangan viloyati Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi diniy ishlar kengashi raisi A.M.Musaxonovning O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi diniy ishlar bo‘limi ish yurituvchisi K.T.Mustafinga bergan hisobotida: 1944 yil 25 sentyabrga qadar Namangan shahri diniy ulamo va musulmonlari 160083-raqamli frontga yordam kassasiga jami 88.761 so‘m pul topshirganligini ma’lum qiladi, deyilgan.
Samarqand viloyatining ruhoniylari va barcha musulmon aholisi, frontda halok bo‘lgan va nogiron bo‘lib qaytgan nochor oilalarga yordam fondi uchun (1941-1944 yy.) mablag‘ to‘plab topshirdilar. Ushbu xayrli tadbirlar haqida Sovet hukumati rahbari (I.V.Stalin) nomiga maktub yo‘llab, undan “frontdagi jangchilarning oilalari uchun yordam fondiga 132 ming so‘m to‘plagan Samarqand viloyati ruhoniylari va musulmondariga mening salomim va tashakkurimni etkazishingizni so‘rayman”, degan mazmunda javob oldilar1.
YUqoridagi misollardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 1941-1945 yillar mobaynida musulmon dindor va ruhoniylari urushga qadar sovet hokimiyatining din va dindorlarga nisbatan vahshiyona siyosat yuritishiga qaramay, Germaniya fashizmi ustidan qozonilgan g‘alabada o‘zlarining ma’naviy va moddiy imkoniyatlarini adovat saqlamasdan to‘la safarbar qildilar.
SSSR XKS qoshidagi Diniy ishlar kengashining O‘zbekiston SSRdagi vakili tomonidan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi faoliyati ustidan qat’iy nazorat qilib borilgai. SSSR XKSning 1944 yil 20 mayda 628-raqami bilan chiqargan qaroriga muvofiq, hamda O‘zbekiston SSR XKSning 1944 yil 9 avgustdagi 919-raqamli qaroriga asosan, barcha viloyat ijroqo‘mlari va Qoraqalpog‘iston ASSR XKS qoshida diniy ishlar kengashi vakilligi joriy qilindi.
1944 yil 30 avgustda Diniy ishlar kengashining O‘zbekiston SSRdagi vakili tomonidan 34-rakamli viloyat ijroqo‘mlariga yo‘llangan mahfiy maktubida aytilishicha, “diniy ishlar kengashining viloyatlardagi vakillari o‘z hududida musulmoi, yahudiy, nasroniy, budda dinlariga hamda arman, grigoryan, eski mazhablar, grek-katolik cherkovlari, sektant tashkilotlariga doir bo‘lgan qonun va qarorlarni o‘z vaqtida nazorat qilib boradi”2.
Diniy kengashning vakili joylarda viloyat ijroqo‘mining bo‘lim mudiri lagyuzimiga tenglashtirilib, ularga yuqori mikdorda oylik maoshi belgilash uchun O‘zbekiston SSR Moliya xalq komissarligiga alohida topshiriq berilgan.
Mazkur maxfiy maktubda Qoraqalpog‘iston ASSRdagi mas’ul din vakilining maoshi 1000 so‘m, viloyatlardagi vakillarning maoshi esa 900 so‘m, mashinistka uchun 300 so‘m miqdorida ish haqi belgilangan. Ularga viloyat Ijroiya Qo‘mitasi binosidan 2 ta alohida xona ajratilishiga ko‘rsatma berilgan. Biroq urush sharoitida bu ko‘rsatmalarga hamma joyda ham amal qilinmagan.
Diniya kengashining viloyat vakillari lavozimiga tanlangan nomzod qat’iy tekshirilib, uning avvalo, Kommunistik partiya va Sovet davlatiga sadoqatini sinovdan o‘tkazib ishga qabul qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Viloyatlarda ushbu ko‘rsatmaga rioya qilmagan sovet rahbarlariga qat’iy chora-tadbirlar ko‘rish belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston ASSR diniy ishlar kengashi vakili Allaniyozovning 1945 yil aprelida yozgan maxfiy hisobotida quyidagi mulohazalar mavjud: “Men 1944 yilning noyabrida ishga kirishdim, lekin hanuzgacha xizmat xonasiga ega emasman, bu masala mening tomonimdan Qoraqalpog‘iston ASSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi Seyitov oldiga ko‘yilishiga qaramay, u hukumat binosidan 2 ta xona ajratilishini inkor qildi, shahar Soveti binosidan tashkarida xona ajratishini buyurdi. Lekin shahar Soveti ham bizga alohida xona ajratmadi. Bu haqda men Qoraqalpog‘iston ASSR XKS raisiga bir necha marta murojaat qildim. Xizmatchi, qorovul, hisobchi yo‘q, tarkib aniqlanmagan, barcha ishlarni bir o‘zim bajarib kelmoqdaman. Bir so‘z bilan aytganda ishlash imkoniyati mavjud emas. YUqori tashkilot va idoralarning xizmat taklifi bilan 60 kilometr uzoqlikdagi CHimboy shahriga qatnashga, chekka tumanlarga borib kelishga to‘g‘ri kelmoqda. Kelajakda bunday sharoitda ishlab bo‘lmaydi”1.
Viloyat diniy kengashining imkoniyatlari Markazda e’tiborga olinib, mumkin qadar ularga etarli shart-sharoitlar yaratilgan. 1944 yildan boshlab, O‘zbekiston SSRning ko‘plab fuqarolari diniy e’tiqod, vijdon erkinligining berilishidan foydalanib, masjid va namozxona binolarini qayta ochishni hamda Makka va Madina shaharlariga haj safari uchun borishga ruxsat berilishini so‘rab ariza, iltimosnomalar bilan murojaat qilib chiqa boshladilar. Arizalar O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasiga, O‘zbekiston SSR XKS qoshidagi diniy ishlar kengashiga hamda bevosita markaziy idoralarga kelib tushgan.
Arxiv xujjatlarida 1943-1945 yillar davomida viloyatlardagi hamda Respublika diniy kengash vakili nomiga eski masjidlarni bo‘shatib berish, qayta ta’mirlashga ruxsat berish hamda yangi masjidlar ochishga ruxsatnoma olish bilan bog‘liq ko‘plab jamoatchilik arizalari tushganligi haqida ma’lumot beriladi.
1945 yilning birinchi kvartalida Qoraqalpog‘iston ASSRning Qo‘ngirot tumanidan 41 knshi imzolagan diniy marosimlarni o‘tkazish uchun masjid binosiga joy ajratish bilan bog‘liq ariza tushgan.
Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan, asosan 1925-1926, 1927-1928 yillarda yopilgan Oq masjid, Masjidi Kalon, Saidboy, Qushbegi, Abdulbobo, Kaptarxona, Nurulloboy, Darshaxbozbobo, Mamadmahram kabi masjid va namozxona binolarini tiklash va diniy marosimlarni u erlarda o‘tkazish bilan bog‘liq 450-500, 600 va 1000 nafar fuqarolar nomidan ariza va murojaatlar qilingan.
Ba’zi joylarda musulmon aholining hech qanday rasmiy idoralar ruxsatisiz, o‘z tashabbuslari bilan bir qator masjidlar ta’mirlanib, qayta tiklangan va ibodat joylariga aylantirilgan.
1944 yil oxiri va 1945 yil boshlarida Toshkentda 26 ta, Andijonda 41 ta, Namanganda 31 ta, Surxondaryoda 10 ta, jami bo‘lib 108 ta masjid islomga e’tiqod qiluvchilar tomonidan hukumat ruxsatisiz qurilgan va ta’mirlangan1.
Buxoro viloyatida mazkur yilda hukumatdan ruxsat olgan 7 ta musulmon masjidi va 1 ta evangelskiy xristian cherkovi, 1 ta yahudiylar sinagogi bo‘lgan. Bu diniy muassasalar faoliyatiga rasmiy ruxsat berilgan edi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashkil topishi musulmon aholi ruhiyatini ko‘tardi. SHuning uchun mahalliy xalq vakillari diniy qadriyatlarni tiklash umidida bir qator arizalarni ushbu idora manzilgohiga ham yo‘llagan.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 1945 yil hisobotida, “Musulmonlardan Boshqarmamizga masjid ochishni so‘rab 93 ta jamoatchilik arizalari tushdi, biz ularning arizalarining hammasini ijobiy qondirolmadik, chunki arizalarga tegishli javobni O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Soveti ruxsatidan keyingina bir qarorga kelinar edi”, deyilgan1.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi o‘z faoliyatini yuritish jarayonida mintaqadagi barcha ulamolar va diniy muassasalarni muvofiqlashtiruvchi markaz sifatidagi vazifasini to‘la uddalay olmagan.
Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining ruxsatisiz joylarda masjid va madrasalar ochilayotganligi, ayrim diniy muassasalarga imom-xatiblar xalq tomonidan o‘zboshimchalik bilan saylanayotganligi qayd qilinadi, Arxiv hujjatlaridan birida, ya’ni O‘zbekiston SSR diniy ishlar kengashi vakili I.Ibodinovning 1946 yilning yozida SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi Diniy ishlar kengashi raisi I.V.Polyanskiyga yo‘llagan maxfiy maktubi bu masaladagi fikrni tasdiqlaydi. Mazkur maktubda masjid, qabristonlarni ochish, ularga imom va mullalarni tayinlash O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi qarori bilangina amalga oshirilishi qayd qilingan. SHunga qaramay Qirg‘iziston SSR bosh qozisi SH. Xoliqnazarov respublikada masjidlar qurish, ularni ochish hamda yangi ochilgan masjidlarga imomlar tayinlashni o‘zboshimchalik bilan hal qilgan. Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi hazrati Taxti Sulaymon ziyoratgohini ochish hamda Abdullaxon ibn Iskandariy Rabot masjidini ta’mirlab ishga tushirish uchun rasmiy ruxsatsiz, xalqdan 85 000 so‘m pul to‘planganligi haqidagi ma’lumotdan bilib olsa bo‘ladi2.
1945-1946 yillarda O‘zbekiston SSR viloyatlarida faoliyat ko‘rsatgan, qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan masjidlarning soni bir qadar oshib borgan.
3-jadval
1945-1946 yillarda O‘zbekiston SSR viloyatlarida masjidlar sonining o‘sib borishi



Respublika viloyatlari nomi

1945 yilda ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar

1946 yilda ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar

1.

Farg‘ona

3

6

2.

Andijon

4

5

3.

Namangan

1

4

4.

Surxondaryo

1

-

5.

Qashqadaryo

3

4

6.

Buxoro

1

5

7.

Samarqand

1

1

8.

Xorazm

2

5

9.

Qoraqalpog‘iston
ASSR

3

-

Jami

19

30

YUqoridagi jadvaldan 1945 yilda 19 ta, 19,46 yilda 30 ta masjid rasman ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘ladi. Holbuki, bu paytda yuzlab diniy muassasalar O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining ruxsatisiz faoliyat yurita boshlagan edi.


YUqoridagi holat O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istonning ko‘pgina hududlarida ro‘y berayotganligi A.Ibodov va boshqa mutasaddi vakillarning hisobot hamda bildirishlarida qayta-qayta takrorlanadi. 1945-1946 yillarda O‘zbekistonda jami 108 ta masjidlar O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi qarorisiz tiklanganligi va hayoti va faoliyati to‘g‘risida makolalar chop ettirdilar SHuniigdek, diniy taqvim va uning mohiyati, Ramazon Qurbon hayiti munosabati bilan muborak kunlarga taalluqli diniy-axloqiy masalalarga oid pand- nasihatlar yoritib borildi. Sovet hokimiyatining totalitar boshqaruvidagi to‘siqlar tufayli jurnal materiallari maxsus idoralar tomonidan qatiy nazorat va tahlildan o‘tgandan so‘ng, bosilishiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston aholisi, etarli bo‘lmasa-da, jurnal sahifalaridagi maqolalar orqali musulmon dunyosining taniqli vakillari Ahmad YAssaviy, Imom Ismoil Buxoriy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Bahouddin Naqshband, Iso Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Xoja Ahror Valiy kabilarning hayoti va ijodidan xabardor bo‘ldilar. “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari” jurnali sovet tuzumi davrida chop etilganligi va oz miqdorda nashr qilinishi tufayli ommaviy matbuot organiga aylanmadi. U keng jurnalxonlarning talabini qondira oladigan holda jamoatchilikni qiziqtirgan, diniy muassasalar echimiga qaratilgan maqolalarni muntazam chop etib turdi, deb bo‘lmaydi. CHunki jurnal uchun tayyorlangan maqolalar doimiy ravishda Markaz nazorati ostida bo‘lib, dastlab rus tilida yozilgan va senzuradan o‘tkazilib turilgan. SHuningdek, jurnalning har bir nashri tayyor bo‘lgandan so‘ng 10 nusxada SSSR XKS qoshidagi diniy ishlar kengashiga yuborilishi shart qilib qo‘yilgan.
SHunga qaramay, 1940 yillar birinchi yarmidan 50-yillarga qadar Musulmon muassasa va tashkilotlarining qaytadan oyoqqa turishi, islom e’tiqodidagi kishilar istak va xohishlarini hisobga olib ish tutish kabi yo‘nalishlarda bir qadar ijobiy jihatlar kuzatiladi. Lekin bu ijobiy siljishlar sovet hukumatining siyosatidagi insoniyligi tufayli emas, balki o‘sha davrdagi murakkab va og‘ir vaziyat taqozosidats kelib chiqqai edi. Holbuki, sovet xukumatining vijdon erkinligi masalasidagi soxta siyosati uning keyingi davr tarixida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida, ya’ni 1943 yilda vujudga kelgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmoilari diniy boshqarmasi tashkiloti mavjud bo‘lgap imkoniyatlardan to‘la foydalangan bo‘lmasa-da, diniy muassasa va tashkilotlar tarixida muhim o‘rin tutdi.



Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish