Диний сиёсат



Download 208,54 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси




MAVZU: O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING DINIY SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI (1917-1960 yy.).
Reja:
Kirish.
1-bob. O‘ZBEKISTONDA BOLSHEVIKLARNING DINIY SIYOSATI VA ISLOM TASHKILOTLARI FAOLIYATINING CHEKLANISHI (1917-1928 yillar)
1.1. Turkiston ASSRDA sovet hukumatining musulmon muassasalariga munosabati.
1.2. Musulmon ulamolarining qatag‘on qilinishi.
2-bob. SOVET HOKIMIYATINING DINIY SIYOSATIDAGI O‘ZGARISHLAR (1941-1950 yillar)
2.1. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining tashkil qilinishi va dastlabki yillardagi faoliyati.
2.2. Islom marosimlarining sovet tuzumi tomonidan ta’qiqlanishi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng istiqlol yillarida ma’naviyat sarchashmalaridan biri bo‘lgan islom dini hamda diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lida xayrli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan davr mobaynida diniy qadriyatlar kundalik turmushga shu qadar singib ketdiki, uni umummilliy va umummadaniy qadriyatlardan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Birinchi Prezident I.A.Karimovning “Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda”1, degan fikri amaliy hayot va ijtimoiy faoliyatda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmokda.


Mustaqillik yillariga kelib tarixga qiziqish, uni xolisona yoritishga intilish kuchayib, jumladan, yaqin o‘tmishdagi diniy siyosat muammosi ham o‘ziga xos tadqiqotlar ob’ektiga aylandi. Bu haqiqiy ma’noda, vijdon erkinligining tiklanishi, dindorlarga o‘z huquq va erkinliklarining qaytarib berilishi kabi omillar bilan bog‘liq. Avvalo, 1990 yildan boshlab O‘zbekiston musulmonlari Makka va Madina shaharlariga haj ziyoratiga borish huquqiga ega bo‘ldilar. Mustaqillik davrida sovet hokimiyati yillarida ijtimoiy hayot sohasidagi surib tashlangan diniy urf-odat, an’ana, marosimlar, jumladan, Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb belgilandi2. Respublika oynai jahonida islom qadriyatlari, axloqi, madaniyati bilan bog‘liq masalalarni targ‘ib qilishga qaratilgan “Ma’rifatnoma”, “Hidoyat sari , Toshkent Islom universitetining “Ziyo” studiyasi tomonidan “E’tiqod mustakilligi yo‘lida”, “Ramazon tuhfasi” ko‘rsatuvlari, “Navro‘z” radiosining Xolislik sari eshittirishlarining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga molik bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 maydagi qarori bilan Toshkentda Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Ushbu ilmiy muassasa islom ta’limoti va falsafasini o‘rganish, o‘zbek xalqini musulmon madaniyati, tarixi bilan tanishtirish va diniy o‘quv qo‘llanma va kitoblar chop etishdek xayrli vazifalarni bajarmoqda. 1999 yilda Toshkentda O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan Toshkent Islom universiteti tashkil etilib, u yoshlarga islom tarixi va madaniyatidan oliy tahsil berishda muhim rol o‘ynay boshladi.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – ISESKO tomonidan 2007 yilda Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi ma’naviy hayot sohasida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan ushbu tarixiy voqeaga bag‘ishlanib, Toshkent va Samarqand shaharlarida 2007 yilning 14-15 avgust kunlari “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” nomli xalkaro anjuman o‘tkazilishi ham katta tarixiy voqea bo‘ldi. Forumga o‘ttizdan ortiq davlatlardan yuzdan ziyod diniy, siyosiy arboblar, etuk islomshunos olimlar tashrif buyurishdi. Anjuman qatnashchilari tomonidan O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, din va diniy muassasalarga berilgan yuksak e’tibor e’tirof etilib Osiyodagi qadimiy shaharlardan biri – Toshkent shahri tarnxi va madaniy salohnyati jahon sivilizatsiyasi solnomasida alohida mavqega ega ekanligi yuksak baholandi.
Islom dunyosining taniqli namoyandalaridan Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabilarning yubileylari halqaro miqyosda nishonlanganligi O‘zbekistonda dinga va diniy ulamolarga munosabat tubdan o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi, muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Biz dinimizni bu ulug‘ nomlarsiz, bu ulug‘ nomlarni esa dinimizsiz tasavvur kila olmaymiz.
Xullas, O‘zbekistonda islom va islomiy ma’naviyatga mustaqillik davrida karatilgan jiddiy e’tibor, adolatli munosabat tiklanganligi bilan bog‘lik zaruriyatdan kelib chiqadi. Din va dindorlarga, musulmon muassasa hamda tashkilotlarga nisbatan yuritilayotgan siyosatning ijobiy jihatlarini chuqur anglashda o‘tmish tarixiy saboqlaridan tegishli xulosalar chikarishga to‘g‘ri keladi. Sovet xokimiyatining dindorlarga, diniy muassasa va tashkilotlarga nisbatan yuritgan bir tomonlama salbiy, ateistik siyosati muammolarini xolisona o‘rganish uchun mustaqillik bergan imkoniyat uning katta ahamiyatga molik rolini atroflicha anglash – mazkur ishimizning asosini tashkil etadi. Qolaversa, sovet davlatining dindorlarga nisbatan qatag‘onlik siyosatini yuritishi, shuningdek, milliy zo‘ravonlikka asoslangan tabiatini yanada chuqurrok anglab olinishida, sovet boshqaruvi yillarida islomiy kadriyatlar, diniy ilmga ega bo‘lgan ulamolardan ajralib kolshp sabablari to‘g‘risida fikr yuritilishi tadkikotning davr talablari bilan hamohanglipshi ta’minlaydi.
Diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga sovet hokimiyatining munosabati o‘z davrida e’lon qilingan rasmiy hujjatlarda, ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Ularni tahlil qilish, tanqidiy o‘rganish orkali o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hozirgi kunning talabidir. Qolaversa, hozirga qadar sovet xokimiyatining musulmon muassasa va tashkilotlar faoliyatiga munosabati mukammal tadqiqot ob’ekti sifatida ochib berilmagan. Bu esa tadqiqotning dolzarblik ahamiyatini yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi.

Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish