Диний сиёсат


Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari



Download 208,54 Kb.
bet4/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan tarix fanini rivojlantirish, olib borilayotgan tadqiqotlarda ilmiylik, xolislik, tarixiylikka e’tibor qaratish borasida ilgari surilgan fikr va tavsiyanomalar, soha mutaxassislarining monografiya, o‘quv qullanma, risola va maqolalari bitiruv malakaviy ishi uchun nazariy va uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida olingan nazariy va amaliy xulosalardan “O’zbekiston tarixi”, “Markaziy Osiyo tarixi”, “Etnologiya”, “Tarixiy o’lkashunoslik” predmetlari bo’yicha maxsus kurslar o’qish, shuningdek, ushbu yo’nalishda monografiya va risolalar yaratish hamda ilmiy maqolalar yozishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, har bir bob ikki qismdan, shuningdek, xulosa hamda foydalanilgan manba va adabiyotlardan iborat.


1-bob. O‘ZBEKISTONDA BOLSHEVIKLARNING DINIY SIYOSATI VA ISLOM TASHKILOTLARI FAOLIYATINING CHEKLANISHI (1917-1928 yillar)
1.1. Turkiston ASSRDA sovet hukumatining musulmon muassasalariga munosabati.
O‘rta asrlardan boshlab ming yillar davomida islom dini va uning roli biz yashab turgan mintaqada ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy hayotda muhim o‘rin egallab kelgan. Tarixiy jarayonlar juda keskin kechgan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ham Buxoro amirligi va Xiva xonligida, Turkiston general- gubernatorligida er va mulklarning katta qismi diniy muassasa va tashkilotlarga tegishli bo‘lib, vaqf erlari va mulklari nomini olgan. SHuningdek muftiy, said, xo‘ja, a’lam, pir, mutavalli, eshon, shayx, so‘fi singari diniy tabaqalar ham kattagina mulk egalari bo‘lgan. 1917 yilga qadar Turkistondagi musulmon muassasa va tashkilotlarida xizmat qilayotgan diniy shaxslar va ulamolarning madrasa, masjid, qorixona, xonaqoh kabilardagi soni ham katta mikdorni tashkil qilgan. XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi hududida 268 ta madrasa, 1498 ta katta, 11 230 ta kichik hajmdagi masjidlar mavjud bo‘lib, ularda xizmat qilayotgan imomlarning o‘zi 12 499 nafarni tashkil etgan. SHuningdek, Farg‘ona viloyatining o‘zida 236 ta qorixonalar faoliyat yuritgan.
“Vaqfi xayri” (“Vaqfi umumiy”), “vaqfi avlodi” erlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida 1920 yilga qadar salmoqli mikdorda edi. “XX asr boshlarida Buxoroda 360 ta masjid, 140 ta madrasa, 360 ta boshlang‘ich diniy maktab va boshqa binolar bor edi”. Ularning moddiy ta’miioti bir necha yuz minglab tanobdan iborat vaqf erlari va mulklari hisobidan amalga oshirildi.
Xiva xonligida ayni shu davrda 120 ta madrasa, 73 ta qabriston, 71 ta muqaddas joylar bo‘lgan. Islom e’tiqodi milliy urf-odat va an’aialariga singib ketib, muqaddas Qur’oni karim, Hadisi SHarif hamda islom fiqhi asosida jamiyat tartibotlarini boshqarish ma’naviyat sarchashmalaridan biriga aylangan.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi yillarida (1865-1917 yy.) Turkistondagi siyosat ushbu jarayonlarga ta’sirini o‘tkazmay iloji yo‘q edi.
Mustamlakachilarning islom diniga, musulmon tashkilotlariga qarshi kurashi jamiyat a’zolari tomonidan qattiq qarshilikka uchradi va ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. SHuning uchun Rossiya imperiyasi bu masalaga “ehtiyotkorlik” bilan munosabatda bo‘lish siyosatini yuritdi.
1917 yilning fevralida Petrogradda sodir bo‘lgan demokratik inqilob Rossiya hududida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qonunlar qabul qildi. Qisqa vaqt hukmronlik qilgan Muvaqqat hukumat davrida vijdon erkinligininge’lon qilinishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Fevral inqilobidan so‘ng e’lon qilingan ozodlik, tenglik, mustakillik haqidagi shiorlar va tatbiq qilina boshlangan demokratik o‘zgarishlar imperiyaning mazlum xalqlari qatori mustamlaka Turkistonida ham ko‘tarinki ruhda kutib olindi. O‘lkadagi diniy va siyosiy tashkilotlarning faoliyatida jonlanish sezila boshlandi. Inqilobning kuchli ta’siri ostida milliy-siyosiy uyg‘onish, xalqimizning o‘z-o‘zini anglash jarayoni tezlashdi.
Rossiya imperiyasi hukmronligi yillarida Turkistonda jamiyat va tashkilotlar ochiq siyosiy faoliyat ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Fevral iiqilobidai so‘ng qisqa vaqt ichida o‘nlab jamiyat va tashkilotlar ochiq ish yurita boshlab, bir Toshkentiiig o‘zida 20 ga yaqin musulmon jamiyatlari mavjudlign manbalarda qayd etilgan.
Fevral inqilobidan so‘ng ma’rifatparvarlik faoliyati orqaln Turkiston xalqlarining milliy ongini o‘stirnshda, ularni xalqparvarlik, taraqqiyot va erkinlikka undagan jadidlar faoliyatini kuchaytirdi. Jadidlar demokratik nnqilob e’lon qilgan tenglik, ozodlik, erkin fikrlash, vijdon erkinligi kabi tamoyillarga katta umid bog‘lab, milliy birlikni mustahkamlash, milliy madaniyatni rivojlantirish va har qanday madaniyatli davlatning eng birinchi vazifasi bo‘lgan maorif ishini yaxshilashga, diniy bilimlar bilan cheklanib qolmay, dunyoviy ilmni rivojlantirishga intildilar. Jadidlar siyosiy faoliyatining yanada o‘sganligini Turkistonda: «Miftax ul-maorif», «Ma’rifat va shariat», «SHo‘roi Islomiya», «Talabalar», «Muallimlar», «Ulamo» kabi jamiyatlarning tashkil etilishi orqali voqif bo‘lish mumkin. Jadidlar musulmonlarning mahalliy uyushma va tashkilotlariii tuzish, ularga taraqqiyparvar ulamo va ruhoniylarni jalb etish tashabbusi bilan chiqdilar.
1917 yilning 14 iyulida Muvaqqat hukumat “Vijdon erkinligi to‘g‘risida” maxsus qonun qabul qildn. Bu qonunga muvofiq quyidagi diniy erkiiliklar e’lon qilingan edi: “mamlakatda barcha dinlar qonun oldnda barobarligi, har qanday dinga e’tiqod qilishidan qat’i nazar saylash va saylanish huquqiga egaligi, qonunchilikni umumiy talablari asosida diniy uyushmalar tashkil etish, moniysiz chiqish va boshqasiga o‘tish, fuqarolarni diniy e’tiqodidan qati nazar barcha huquqiy burchlaridan foydalanshn, unga rioya etish kabilar. Ammo qonunda ateist bo‘lish va dinga qarshi siyosat yuritish mumkinligi haqida hech qanday gap yuritilmagan”1.
Ushbu qonunni barcha diniy muassasa va tashkilotlar e’tirozsiz yaxshi munosabatda qabul qilishdi. “Vijdon erkinligi to‘g‘risida”gi qonun barcha dinlarni o‘z tashkilotlarini tashkil etishga, diniy muassasalarni markazlashtirishga imkoniyat yaratdi. Muvaqqat hukumat so‘nggi kunlariga qadar diniy muassasalarga qarshi hech qanday salbiy harakat sodir etmadi.
1917 yilning oktyabr oyi oxirida Rossiya poytaxti Petrogradda ro‘y bergan inqilobiy to‘ntarish va Muvaqqat hokimiyatning ag‘darilishi chekka o‘lkalardan biri bo‘lgan Turkistondagi siyosiy jarayonlarga ham ko‘p o‘tmay o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Toshkent Soveti 1917 yil 1 noyabrda Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilganligini e’lon qildi. O‘sha kuni bolsheviklar Termiz va Kattaqo‘rg‘onda, 25 noyabrda YAngi Buxoro (Kogon)da, 28 noyabrda Samarqandda, 7 dekabrda Namanganda hokimiyatni o‘z ko‘llariga oldilar. Toshkent ishchi-soldat va dehqon deputatlari Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan hokimiyatning olinishi o‘lkada bolshevikcha tartiblarning o‘rnatilishiga imkon yaratdi. Bolsheviklar podsho Rossiyasi davridagi mustamlakachilik siyosatini yangicha tarixiy sharoitda davom ettirib, unga mohiyatan amal qildilar. Turkistonda inqilobiy aqidalarga, avvalo, sinfiylik tamoyillariga amal qilinib, diskriminatsiya siyosati yuritildi. Ishchilar sinfi va kambag‘al dehqonlardan tashqari boshka barcha tabaqalar reaksion guruxlar deb e’lon qilindi. Jumladan, islom va boshqa dinlarga e’tiqod kiluvchi Turkiston ahli ham reaksion oqim sifatida qoralanib, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlandi.
Turkistonda bolshevikcha tartiblar o‘rnatilgan dastlabki kunlardanoq, hukumat soxta, “dabdabali” deklaratsiyalar e’lon qilish orqali aholini bolshevikcha rejimga ijobiy munosabatda bo‘lishini ko‘zlagan edi. Sovet hukumati vujudga kelganligining dastlabki kunlarida qabul qilingan ikki tarixiy hujjat aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan edi.
1917 yil 2 noyabrda “Rossiya xalqlari huquqlari ning deklaratsiyasi” va ushbu yilning 20 noyabrida “Rosssiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga” murojaatnomasi e’lon qilindi. Unda barcha fuqarolarning tengligi, boshqa xalqlarning esa Rossiya Federatsiyasidan hattoki ajralib chiqishi va mustaqil davlat tuzish huquqi, milliy, diniy imtiyozlar va cheklashlarni bekor qilish kabilar rasmiy ravishda bayon qilingan edi.
Murojaatnomada “Rossiya musulmonlari, Volgabo‘yi Qrim tatarlari, Sibir va Turkistonning qirg‘iz va sartlari, Zakavkaziyaning turk va tatarlari, Kavkazning chechen va tog‘liklari... sizning din va urf-odatlaringiz, sizning milliy va madaniy muassasalaringiz bundan buyon erkin va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy turmushingizni erkinlik bilan bahuzur tuzaveringiz. SHunday qilishga haqlisiz, o‘z mamlakatingizga o‘zingiz xo‘jayin bo‘lmog‘ingiz lozim! O‘z turmushingizni ko‘nglingizdagidek va o‘z xohishingizga muvofiq qilib o‘zingiz tuzmog‘ingiz lozim, siz shunday qilishga haqlisiz,chunki sizning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda...», - deb yozilgan1.
YUqorida qayd etilgan tarixiy hujjatlar oddiy qog‘ozdan iborat bo‘lib, bolsheviklar hukumatining nayrangi ekanligini o‘ylamagan Turkiston xalqi imon-ixtiyorimiz o‘zimizda deb hisobladi. Sovet hukumati rahbari: “... agar O‘rta Osiyo musulmonlari o‘z turmushimiz uchun “Qur’on” hukmi etarlikdur, “Qur’on” rahbarligi ostida yashovni istaymiz desalar biz buni albatta qabul qilishimiz kerak” deb yozilganligi Alixonto‘ra Sog‘uniy tomonidan ta’kidlangan edi.
SHuning uchun soxtakorlik xamda aldovdan iborat siyosatga karamay mahalliy axoli o‘zining milliy urf-odatlarini hayotga tatbik qilish xamda vijdon erkinligini tiklash uchun amaliy xarakat davri etdi deb hisobladi. Birok, dastlabki kunlarda Sovet hukumati Turkistonda totalitar tartiblarni joriy etish, mahalliy aholi vaqtilarini boshkaruv ishlariga, ayniqsa mas’ul lavozimlarga yakinlashtirmaslik siyosatini yuritdi. Turkistondagi oliy hokimiyat Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, hukumat esa Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti, jihatdan Turkiston Kompartiyasi qo‘lida edi.
Bu siyosiy tashkilotlarning jilovi evropalik vakillar qo‘lida bo‘lib, ular hokimiyatga bolsheviklar hukmini astoydil himoya kiluvchi ijrochi shaxslarni jalb qilishdi. Podsho Rossiyasining mustamlakachilik tizimi sovet Rossiyasi davrida yanada takomillashtirilib, o‘lkada yangicha tartiblarni o‘rnatishga kirishildi.
Sovet hokimiyati Turkistonni Rossiyaga to‘la bo‘ysundirish uchun Markazning har qanday qaror va dekretlarini tatbiq qilish va bajarilishini ta’minlash siyosatini yuritdi. Bu bilan mustamlakachilik tuzumi o‘zgarmasdan davom etishi belgilab qo‘yildi.
Mahalliy aholining davlat tuzish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyatini muvofiklashtirishga urinishlar hamda birinchi milliy hukumat, ya’ni Turkiston muxtoriyatining (1917 yil noyabr – 1918 yil fevral) qonga botirilishi, sovet mustabid tuzumining noinsoniy tabiati va zo‘ravonlik siyosatini dastlabki kunlardayoq namoyon kildi.
1917 yil oxirida Turkistonda bolshevikcha tartiblarni mustahkamlash hamda sovet ma’muriy tuzumini o‘rnatish maksadida qizil gvardiyani tashkil qilish bilan bog‘liq maxsus qaror qabul qilindi.
1918 yilning fevral oyidan boshlab, Turkiston xalqlari tarixi va madaniyatidai xabarsiz asosan evropaliklardan iborat Qizil armiya tuzildi. Turkiston hududida milliy ozodlik kuchlari bilan keskin kurashlar boshlandi. Bu kurashda dindorlar sovet hokimiyatining ashadiy dushmani va reaksion kuchi deb hisoblandi. Qozilar, shariat peshvolari, mulla va imomlar Qizil armiya qismlari tomonidai hibsga olina boshlandi. Dinga qarshi kurash niqobi ostida “Andijondagi Jom’e masjidi musulmon otryadining kazarmasiga aylantirildi. Qizil armiya otryadlari masjid va madrasalarda namoz o‘qib turgan domla va ulamolarga hujum qildilar, u erlarga bomba tashlab harobazorlarga aylantirdilar”, deb ta’kidlanadi arxiv manbalarida1.
Qizil qo‘shinlarning diniy muassasa va tashkilotlarga bu kabi vahshiyona munosabati 1918 yilda Samarqand shahrida ham amalga oshirilgan. “Samarqand shahriga etib kelgan askarlar qarshilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib, markaziy masjidgacha etib borishadi, masjidni otxonaga aylantirib, ertalabgacha mahalliy aholini safga tizyb otib o‘ldirish musobaqasini uyushtiradi”2.
Holbuki, 1917 yilning oktyabridan dekabriga qadar RSFSR XKS diniy va milliy masalalarga oid 7 ta qaror hamda dekret va hujjatlar qabul qildi. Mazkur dekret va hujjatlarning barchasida diniy tashkilot-muassasalarga va dindorlarga haqqoniy munosabatda bo‘lish qayd qilingan edi.
RSFSR XKSning 1917 yil 9 dekabrdagi qarorida Podsho Rossiyasi davrida ko‘p mikdordagi moddiy boyliklar hamda ma’naviy-madaniy nodir buyumlar qatorida Petrogradga olib ketilgan va u erdagi davlat kutubxonasida saqlanayotgan musulmonlarning muqaddas kitobi, xalifa Usmon (hukmronlik davri: 644-656 yy.) davrida yozilgan Qur’oni karim kitobini musulmonlarga qaytarish qayd qilingan. Jumladan, qarorda XKS muqaddas Usmon Qur’onini o‘lka musulmonlari s’ezdi talabi bilan so‘ralgan joyga tezda qaytaradi”, deb yozilgan.
Turkiston general-gubernatori V.B.Kaufman davrida Samarqand istilo qilinib, ushbu shahardagi Xo‘ja Ahror masjidida saqlanayotgan, xalifa Usmon tomonidan yozdirilgan Qur’on kitobi Zarafshon okrugi boshlig‘i Abramov tomonidan unga hadya etilgan hamda Rossiyaga olib ketilib, Rossiya davlat ommaviy kutubxonasida saqlanayotgan edi.
V.Ulyanov (V. I. Lenin), Bonch-Burevich, N.Gorbunov kabilar imzosi bilan muhrlangan yuqoridagi qaror negadir tezda bajarilmagan. Usmon Qur’onini asl Vataniga qaytarish vazifasi maxsus qaror qabul qilinganligiga qaramay, uni olib kelish paysalga solib kelingan. Manbalar ma’lumoticha, bu muammoni hal etishga sovet hukumatining 1917-1920 yillardagi diniy muassasalarga nisbatan salbiy munosabati va Turkiston o‘lkasida davom etayotgan omonsiz kurashlar to‘sqinlik qilgan. Bu o‘rinda Turkiston Muxtoriyati hukumatining sovet mutasaddilari tomonidan reaksion-klerikal milliy burjua hukumati sifatida qoralanishi, ozodlik uchun kurashlar, harakatlar bilan bog‘liq muammolarni inobatga olish kerak.
1918 yilning 23 yanvarida RSFSR XKS tomonidan “CHerkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish” to‘g‘risidagi dekretda 13 moddadan iborat fikrlar jamlangan. Turkiston ASSRning 1918 yilning 20 noyabrdagi buyrug‘ida esa “musulmon xalq ommasining tushunmaganligi va madaniy darajasining pastligini hisobga olib, istisno tariqasida musulmon maktablarida tahsilni davom ettirish ko‘rsatilgan”1. CHunki musulmon maktablarini moddiy jihatdai ta’minlash asosan vaqf mulklari ixtiyorida bo‘lib, muallimlar ham madrasa mudarrislari edi. Qolaversa, Turkiston ASSRdagi iktisodiy ahvol maktablarni davlat mablag‘lari hisobidan qoplash imkoniyatini bermasdi. Buyruqda faqat musulmon maktablaridagi o‘quvchilarga tahorat qilishga ruxsat etildi2.
RSFSR XKS 1918 yil 9 aprelda Adliya xalq komissarligi huzurida maxsus komissiya tuzilib, bu komissarlik qoshida dekretni hayotga joriy etish bo‘limi tashkil etildi. Ushbu bo‘lim o‘zining ta’sirini Turkiston o‘lkasiga o‘tkazgan. Usmon Qur’oninnng Turkistonga qaytarilishi cho‘zilishi munosabati bilan, 1922 yil 8 fevralda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Markazga talabnoma bilan chiqadi. SHuningdek, “Mahkamai shar’iya” diniy boshqarmasi ham ushbu talabnomani qo‘llab-quvvatlaydi.
1922 yil 8 fevral va 15 martdagi yig‘ilishlari qarorlariga muvofiq TurkASSR MIQ Markazdan Qur’oni karimni Turkistonga qaytarish to‘g‘risida murojaatnoma yuboradi. SHuningdek, TASSR Maorif komissarligi qoshidagi Turkomstaris bo‘limi 1923 yilda 483-sonli qarori bilan yana bir bor Markazga murojaat bilan chiqadi. Qur’oni karim dastlab Ufa shahridan (Boshqirdiston ASSR), so‘ngra “Mahkamai shar’iya” talabnomasiga asoslanib, 1923 yil 25 iyulda BMIQ qarori bilan Toshkentga qaytariladi1.
Turkiston musulmonlarining muqaddas kitobi va nodir manbasi bo‘lgan Usmon Qur’onining o‘z Vataniga qaytarilish jarayoni 6 yilga cho‘zilishi, bu maqsadni hosil bo‘lishi yo‘lida mahalliy hukumat organlari va diniy muassasalarning son-sanoqsiz murojaati sovet hukumati siyosatining amalda dastlabki yillardanoq dahriylikka qaratilganligini ko‘rsatib turibdi.
Muvaqqat hukumat hukmronligi va sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda Turkistonda bir qator tashkilotlar vujudga keldi. “Turkiston musulmonlar SHo‘rosi”, “SHo‘roi islomiya”, keyinchalik “SHo‘roi ulamo”, “Turon” kabi siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan “Ittifoq ul-Muslimin” deb nomlangan partiya tuzishga qaror qilindi. “SHo‘roi islomiya” rahbarlaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov din va millat birligi masalasini o‘z urf-odatlarimiz va turmushimiz tarzini, islomiy qadriyatlarni qat’iy turib himoya qilish talabi bilan chiqdi.
Diniy muassasa va tashkilotlarni bir maqsad yo‘lida Vatan ravnaqi, yurt ozodligi kabi g‘oyalar asosida birlashtirish masalasi taraqqiyparvar kuchlar tomonidan kun tartibiga qo‘yildi. Turkiston o‘lkasi aholisini yagona maqsad ostida birlashtirish uchun faqatgina taraqqiyparvar ziyolilarning kuch-qudrati etmasligi, eskicha fikrdagi xalq orasida etarli ta’sir va nufuzga ega bo‘lgan diniy ulamolarni ham bu ishga jalb qilish kun tartibidagi vazifalardan biri bo‘lgan. Lekin musulmon tashkilotlarining birligiga erishish “Zavolli SHerali Lapin” (Mustafo CHo‘qay o‘g‘li) singarilar tufayli amalga oshmadi2.
Turkistondagi bolsheviklar qarori bilan birin-ketin mahalliy musulmon tashkilotlarini va matbuot organlarini ta’qiqlab qo‘ydilar. 1918 yil 13 mayda Turkiston XKSning 243-raqamli buyrug‘i bilan “SHo‘roi Ulamo” tashkiloti va uning o‘zbek tilida chop etilib kelingan “Al-Izoh” gazetasi nashri to‘xtatildi.
1918 yil 13 mayda chiqarilgai ushbu buyrukda Toshkentdagi “Ulamo” musulmon tashkiloti ham ishchilar sinfi manfaatiga to‘g‘ri kelmaganligi uchun tugatiladi. Uning butun mol-mulki va buyumlari xalq fondiga o‘tkaziladn. Ushbu buyruqning bajarilishi komissarlikning Toshkent shahar bo‘limi hamda milliy ishlar bo‘yicha komissarlik zimmasiga yuklatiladi. “Al-Izoh” gazetasini esa ushbu buyruq chiqqan kundan boshlab chop etish, sotuvga chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan va muharririyat faoliyati cheklanishi mutasaddi idoralar zimmasiga yuklatilgan.
Sovet hokimiyatining dastlabki faoliyati davri- dayoq, Turkiston ASSR Xalq maorif komissarligi 1918 yil 14 dekabrdagi 6486-sonli buyrug‘ini e’lon qildi. Bunga asosan musulmon maktablarini mablag‘ bilan ta’minlash to‘xtatildi, vaqf mulklari musodara qilindi.
Turkistonda azaldan maorif va madaniyatning moddiy tayanchi bo‘lgan va mutavallilar tomonidan boshkarib kelinayotgan vaqf mulklaridan foydalanishni (1918 yildan 1920 yilgacha vaqf mulklari davlat va mahalliy tashkilotlar byudjetiga kiritiladi, madrasa, qorixonalar yopib qo‘yiladi, shariat asosida ish ko‘ruvchi qozilik sudlari tugatiladi) to‘xtatib qo‘yish, ularni davlat hisobiga musodara qilish siyosati yuritilganligi ham diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Islom muassasalari davlat tomonidan beriladigan imtiyozlardan mahrum bo‘lgandan, qo‘l ostidagi mol-mulklar musodara qilingandan so‘ng iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy jihatdan qiyin ahvolga tushib qoldi. SHuning uchun ham ushbu yillarda diniy ulamolar sovet hokimiyatiga qarshi norozilik kayfiyatini ifoda qilar ekan, ular asosan, vaqf mulklarn bo‘lgan er, karvonsaroy va savdo rastalari, xunarmandchilik ustaxonalarn, xonaqoh, masjidlarni o‘z egalariga qaytarishni talab qildilar.
Vaqf mulklari ikkiga bo‘lingan bo‘lib: 1) Xayriya (Vaqfiy umumiy) – bu mulklar vaqf mulklarining asosiy kismini tashkil qilib, masjid, madrasa, qabriston (avliyolar)ga qarashli bo‘lgan. Bu mulklarning asosini er mulklari tashkil qilib, ushbu vaqf erlari dehqonlarga ijaraga berilgan. Ulardan keladigan daromad yukoridagi muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash, masjidlar qoshidagi boshlang‘ich va madrasalardagi oliy ta’lim tizimining moddiy asosi bo‘lgan. Vaqfiy xayriya mulklariga do‘kon, saroy, bozor, karvonsaroy, tegirmon, hammom, savdo rastalari, musofirxona, xonaqoh, objuvoz, novvoyxona kabilar ham kirgan.
Vaqflarning ikkinchi turi Vaqfiy avlodiy bo‘lib, bu mulklar said, to‘ra, xo‘ja, a’lam, mutavalli, so‘fi kabi dindor tabaqa vakillariga qarashli bo‘lgan. Agrar munosabatlar hukmron bo‘lgan Turkiston o‘lkasida vaqf mulklari va vaqf er egaligining ta’siri hamda mavqei kuchli bo‘lganligi o‘z-o‘zidan ayon. Sovet tartibotlarini o‘rnatish davrida Turkistondagi shafqatsiz to‘qnashuvlar tufayli vaqf mulklari ham juda katta zarar ko‘rdi. Vaqf er mulklarida yashab, xo‘jalik yuritayotgan minglab dehqonlarning moddiy shart-sharoiti yomonlashib, erlarning katta qismi hosildorlikni yo‘qotib, tashlandiq, qarovsiz joylarga aylanib qoldi. Dehqonlarni o‘z eriga qaytarish, Turkistondagi iqtisodiy inqirozning oldini olish maqsadida sovet hukumati nisbatan oyoqqa turib, osudalik o‘rnatilgandan keyin vaqflar masalasiga qaytib ish ko‘rishga majbur bo‘ldi.
1919 yillarda sovet hukumatining joylardagi Ijroiya Qo‘mitalari vaqf mulklarini boshqaruvchi mutavallilarning ko‘pchiligini vaqf daromadlarini o‘zlashtirganlikda ayblab, ularni o‘zlariga ma’qul kishilar bilan ommaviy ravishda almashtirish kampaniyasini uyushtirdi. Eski Marg‘ilon deputatlari Soveti YOrotaliq masjidi imomini hamda Oqyo‘lboy madrasasi mutavallisini vaqf daromadini shaxsiy foydasiga o‘zlashtirganlikda ayblab, 1919 yil 19 iyulda ishdan oladi1.
1918 yil 27 avgustda bo‘lgan Namangan shahar ijroqo‘mi yig‘ilishida Ayritom masjidi mutavallisi Ismoilxo‘ja eshon o‘zining “jinoyatlari”, ya’ni masjidga kelgan daromadlar va xarajatlar haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun ishdan olinadi2.
O‘sha yilda Xolxo‘ja eshon madrasasi mutavallisi Mulla Abduqahhor, Abduvahobboy madrasasi mutavallisi Mulla Ashur Rahimov, SHahrixondagi Sobirxo‘ja masjidi imomi Mulla Sa’dullaxo‘ja kabilar ham talon-torojlikda ayblanib ishdan olinadi.
Arxiv manbalarining ma’lumoticha, 1918-1921 yillarda Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida madrasa va masjidlarning katta qismi vayron qilinib, ular o‘z daromad manbaidan ajralib qoldi.
Turkiston Sovet Respublikasining ma’rifatparvar vakillari va jadidchilik harakatining namoyandalari 1920 yillarda vaqflarni tiklash va ularni diniy muassasa, tashkilotlar moddiy bazasiga qaytadan aylantirish bilan bog‘liq qat’iy fikrlar bildirganlar. 1920 yilning 30 iyunida Turkiston ASSR xalq ta’limi bo‘limi boshqaruvchilari qurultoyida Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) Turkistondagi vaqflar to‘g‘risida ma’ruza qilib, “Vaqflarni faqat diniy fanlarni o‘qitish uchungina emas, balki bolalarimizga dunyoviy ilmlardan umumiy fanlar asoslarida ta’lim berish uchun ham tiklash kerak... Vaqflar diniy va xayriya ehtiyojlari uchungina emas, aksincha, madaniy taraqqiyot va xalq maorifi uchun ham zarurdir. Milliy maktab va madrasalar umumiy ma’lumot beradigan fan va san’atimizniig moddiy manbasi vaqflar ekanligiga, ularni faqatgina diniy nuqtai nazardan qarashdan holi qiladi”1.
1920 yil 17 noyabrda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Soveti “Rossiya Federatsiyasi Turkiston Respublikasida erdan foydalanish haqida” gi 353-sonli Nizomiga asosan vaqf erlarini davlat tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qiladi. SHu tarika vaqf mulklari masalasi diniy muassasalar ixtiyoridan butunlay tortib olinadi. Faqat qarorda masjidlarga tegishli bo‘lgan vaqf erlariga vaqtincha er-suv islohotini o‘tkazish jarayoniga qadar tegmaslik uqtiriladi.
Turkiston ASSR MIQ vaqflarni madrasa va masjidlarga qaytarish va diniy muassasalarni ta’mirlash orqali mahalliy aholining ishonchiga kirish, o‘lkadagi hayotni bolsheviklar foydasiga barqarorlashtirish maqsadida, 1922 yilning 20 iyunida 75-raqamli dekretini qabul qildi. Ushbu hujjatda Turkiston Respublikasining uch viloyatida (Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo) vaqf erlarini ularning mulklari bo‘lgan do‘kon, magazin, karvonsaroy, ombor, bog‘, uchastkalar kabilarni diniy muassasalarga qaytarish, ulardan keladigan daromadni madrasa va masjid binolarini ta’mirlash, bu erda o‘qiyotgan mullavachchalarga hamda xodimlarga sarflash, ular qoshida maktablar ochish kabilar ko‘rsatildi1.
Ushbu dekretda diniy muassasalar sovet hukumatining erdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi asosida ish ko‘rishi, masjidlarning vaqflardai tushgan daromadlari esa to‘la holicha masjidga tegishliligi bayon qilingan. Har bir uezdda madrasa va vaqflarni boshqarish organi, kollegiyasi tashkil qilinib, kollegiya a’zolari jami 6 kishidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga ikkita mudarris, bitta xalq sudyasi hamda xalq o‘qituvchilari kiritildi. Bunday kollegiyalar Qo‘qon, Andijon, Eski Marg‘ilon, Namangan, Samarqand, Xo‘jand kabi shaharlarda tashkil topdi2.
Qirkdan ortiq uezdlarda mavjud bo‘lgan madrasalarni boshqaruv kollegiyalari viloyat kollegiyalariga bo‘ysundirilib, ularni boshqarish Sirdaryo viloyati markazi Toshkentda bo‘lgan. Qaysi uezdlarda madrasalar soni 20 tadan ortiq bo‘lmasa, ularda mudarris, xalq sudyasi, xalq o‘qituvchilaridan iborat kollegiya tashkil qilingan. Bunday kollegiyalar O‘sh, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax kabi shaharlarda mavjud bo‘lgan.
1922 yil 20 iyun dekretidan so‘ng Turkiston ASSR viloyatlaridagi madrasa va masjidlarning aniq sonini hisobga olish, ularning har biridagi mudarrislar soni, u erda o‘qitiladigan fanlarning dasturi, mudarrislarga o‘quv predmetlarining taqsimlanishi, daromad va xarajatlar hisob-kitobi haqida aniq ma’lumotlar talab qilinadi.
Diniy muassasalar, madrasalarni boshqarish haqida ham aniq ko‘rsatmalar berilib, bu vazifa madrasa kengashi zimmasiga yuklatiladi. Kengash tarkibiga barcha mudarrislar va mutavvallilar bilan birgalikda boshlang‘ich maktab boshqaruvchisi va yuqori kurs mullavachchalardan 2 kishi saylov yo‘li bilan kiritilgan.
Madrasa kengashi tarkibida xo‘jalik komissiyasi tashkil qilinib, unga katta mudarris, mutavalli va o‘quvchilar orasidan saylangan bir talaba (mullavacha) a’zo bo‘lib kirgan. Uch kishidan iborat bu komissiya vaqf mulklari hisoblangan ekin erlari, do‘kon, ombor, karvonsaroy hamda hammom kabilarni ijaraga berish, etishtirilgan hosilni sotish va daromadlar xisobidan madrasa binosi, mullavachchalar va xizmatchilar yashaydigan hujralar, o‘quv xonalarini ta’mirlash vazifalari bilan shug‘ullangai. O‘quv yili xarajatlari smetasnnn tuzish ham xo‘jalik kollegiyasi zimmasiga yuklatilgan.67
Madrasa va masjidlarni ta’mirlash, diniy marosim, tadbirlar hamda diniy ta’limni yo‘lga qo‘yish uchun avvalo ularning moddiy ba’zasi bo‘lgan vaqf mulklari daromadini yaratish zarur edi. Bolsheviklar hokimiyatga kelgaidan so‘ng o‘tgan 5 yil mobaynida, diniy muassasa va tashkilotlarning moddiy suyanchig‘i bo‘lgan vaqf mulklarining davlat hisobiga o‘tkazilishi okibatida, o‘nlab madrasalar, minglab masjidlar ta’mirlashga muhtoj bo‘lib qogan edi.
Farg‘ona viloyati Inqilobiy qo‘mitasining 1920 yil 2 apreldagi yig‘ilishida Namangan uezdi partiya qo‘mitasi tomonidan ta’mirlanishga muhtoj bo‘lib qolgan madrasa va masjidlarni ta’mirlash masalasida kanday chora-tadbirlar ko‘rishni so‘rab yuborgan telegrammasi muhokama qilingan. Farg‘ona viloyati Inqilobiy qo‘mitasining 22-raqamli qaroriga muvofiq vayrona bo‘lgan, ta’mirlashga muhtoj madrasalarni, agar u tarixiy qimmatga ega bo‘lsa, xalq ta’limi bo‘limi mablag‘i hisobiga, masjidlarni esa fuqarolarning xayriyasi hisobidan qayta tiklash uqtiriladi1.
Vaqf mablag‘larini yangitdan yaratishning yana bir muammolaridan biri, vaqfchi dehqonlarni xo‘jalikka qaytarish uchun ijarachilarni ushrdan boshqa soliq (hosilning 1/10 qismi miqdorida) to‘lashga majbur etmaslik choralarini ko‘rish edi.
Vaqf mulklari diniy muassasa va tashkilotlarga qaytarilgandan so‘ng, uni istifoda qiladigai mutavalli majburiyatlari ham maxsus dekret bilai belgilab berildi. Mutavalli madrasa kengashi tomoiidai umumiy ishonch bildirish yo‘li bilai saylanadi, u 30 yoshdan kichik bo‘lmasligi va nomzodi uezd Ijroiya Qo‘mitasi komissiyasi tomonidan tasdiqlaiishi kerak edi. Nufuzli madrasalarda mutavalli yordamchisi ham tayinlangan. Mutavalli majburiyatlariga kirim-chiqim kitobini yuritish, pul-mablag‘lari hisobotini tuzish, vaqf mablag‘larini, ya’ni daromadlarini to‘plash va saqlash, vaqf mulklaridan qurilishlar uchun mablag‘ ajratish va davlat soliqlarini o‘z vaqtida to‘lash, madrasa kengashi qarori bilan uning mulklarini ijaraga berish kabi vazifalar yuklatilgan1.
Turkiston ASSR MIQning 164-raqamli 1923 yilning 23 oktyabrida chiqargan dekretida barcha vaqflar ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, quyidagilar qayd etilgan: 1). Diniy 2) Madaniy-ma’rifiy va xayriya mulklari. Bu mulklarni sotish va sotib olish ta’qiklanishi uqtiriladi.
Ushbu dekret asosida vaqf muassasalarini va mulklarini idora qilish uchun Vaqf Bosh boshkarmasi hamda joylarda uning bo‘limlari joriy qilinadi. Vaqf Bosh boshqarmasi Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi bo‘limi sifatida faoliyat yuritishi, joylardagi vaqf bo‘limlari esa shahar va uezd ijroqo‘mlari qoshida tashkil qilinishi belgilab qo‘yildi.
Dekretning ikkinchi bobi 13-bandida Vaqf Bosh boshqarmasi raisi, Xalq Komissarlari Soveti tomonidan tayinlangan ikki a’zodan iborat bo‘lishi kerak edi. Ular Adliya xalq komissirligi va NKVD vakili bo‘lib, TASSR XKS tomonidai tasdikdangan2.
Sovet hukumati vaqflarni diniy muassasa va tashkilotlarga qaytarib berish bilan birga, ular faoliyatini davlat qonunchilik organlari orqali qattiq iazorat ostiga oldi. Hatto, Markaziy boshkaruv tizimiga jazo organlari vakillarini shaxsan jalb qiladi. Ko‘p o‘tmasdai o‘sha 1922 yiliiig 28 dskabrida Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 173-raqamli vaqflar haqidagi dekretini chikarib, 1922 yil 20 iyundagi 75-raqamli dekretini bekor qildi. Sovet hokimiyati o‘zining yangi dekreti orqali butun diniy muassasa va tashkilotlarni hukumat tomonidan qat’iy nazorat ostida bo‘lgan vaqf bo‘limiga tobe kilib qo‘ygan1.
Vaqf mulklarini tiklash bilan bog‘liq Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1922 yil 20 iyundagi dekreti qabul qilingandan so‘ng amalda sovet hukumatining dastlabki yillarida taqiklab ko‘yilgan qozilik va biylik sudlariga 1922 yilning oktyabridan boshlab, ayrim masalalar yuzasidan ish yuritishlikka ruxsat beriladi. Ular asosan oilaviy nikoh va ajralishlar to‘g‘risidagi muammolarga aralashuv ruxsatini olgan edi2.
Bu davrda o‘lka tarixida ilk bor Toshkentda Diniya boshqarma (“Mahkamai shar’iya”) tashkil qilinib, bu Vaqf Bosh boshqarmasining viloyatlardagi bo‘limi sifatida faoliyat boshlaydi. “Mahkamai shar’iya”, ya’ni viloyat diniy boshqaruvi 1921 yilning boshlaridan faoliyat yuritib, uni islom dinining ko‘zga ko‘ringan vakillari boshqargan.
“Mahkamai shar’iya” o‘z tuzilmasi jihatidan quyidagicha bo‘lgan: tashkilot tarkibida kotibiyat, meros va nikoh hamda oilaviy ajrim masalalarini hal qilish bo‘limlari, ta’lim va tayyorlov ishlari, diniy xizmatchilarni tayinlash hamda diniy maktablar, qorixonalar, madrasa, masjid, qabristonlarni boshqarish kabilardan iborat edi. Diniy muassasalar bo‘yicha nazorat kollegiyasi har 3 oyda bir marta chaqirilib, kun tartibida shariat bilan qat’iy bog‘liq masalalarni, musulmon aholining diniy ta’lim olish haqidagi chora-tadbirlarini, eski usul maktablarining moddiy ta’minotiga oid muammolarni, diniy boshqarma hisobotlarini va saylov masalalarini muhokama qilgan.
Umuman olganda viloyat diniy boshqarmalari uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: 1) imomat; 2) huquqiy bo‘lim; 3) ilmiy bo‘lim. Ushbu tashkilot viloyatlarda Markaziy diniya boshqarmasi vazifalariga kirgan muammolarni hal qiluvchi idora edi.
“Mahkamai shar’iya” imomlarni birlashtirish, ularning ish faoliyatini nazorat qilish, ishga tayinlash va almashtirish huquqiga ega bo‘lib, saylov yo‘li bilan imomlik darajasiga erishgan tashkilot kotibiyati a’zolari diniy muassasalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri, hech kimga bo‘ysunmagan holda taftish qilishi mumkin edi. SHuningdek, ular eski usul maktablari faoliyatiga ta’sir o‘tkazar, shu maktab o‘quvchilari uchun maxsus kurslar tashkil etar, diniy bayramlarda bo‘lajak mullalar va qorilarni diniy boshqarma qoshida Qur’oni karim qiroati bilan ifodali o‘qish, ya’ni qorixonlik musobaqasini uyushtirar edi.
“Mahkamai shar’iya” boshqarmasining Toshkentdan tashqari, Farg‘ona, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon, Xo‘jand, O‘sh, Samarqand kabi yirik shaharlarda idoralari faoliyat yuritib, qishloq joylarida o‘z ta’sirini o‘tkazib turgai. YA’ni qishloqlardags masjidlar faoliyati, Ro‘za va Qurboi hayiti kunlarida aholidai tushgan xayriya va fitr sadaqalariiing sarflanishi, ulamolarning haj safariga borib kelishi kabn masalalarga e’tiborni qaratgan.
“Mahkamai shar’iya” diniy boshqarmasi tashkil egilgan dastlabkn davrdayoq ko‘plao xayrli ishlarni amalga oshirishga kirishgan. 1923 yil avgust oyida Usmon Mushafining Ufadan Toshkentga qaytarilishida ham ushbu tashkilotning xizmati katta bulgan.
“Mahkamai shar’iya” talabiga asosan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1922 yil 8 fevralda № 4 va 15 martda № 6 yig‘ilishlari qarori bilan Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga murojaatnoma bilan chiqqan edi.78 Ushbu murojaatnomaga asosan 1923 yil 25 iyulda Butunittifoq MIQning qarori qabul qilinadi. Unga asosan Qur’onni Ufadagi Butunrossiya musulmonlari diniy boshqarmasidan Turkiston delegatsiyasiga topshirish va Toshkentda ushbu muqaddas Kitobni “Mahkamai shar’iya” tomonidan qabul qilib olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘rsatildi. SHu tariqa Usmon Mushafi Toshkentga qaytarilib, 1923 yil 23 avgustda Eski shahar muzeyiga saqlash uchun topshirildi. Qur’onning muzeyda saqlanishi bo‘yicha mas’ullik diniy boshqarma zimmasiga yuklatildi.
Lekin, bu boshqarma musulmon muassasa va tashkilotlari mavqeini mustahkamlay olmadi. U sovet hukumati partiya tashkilotlarining ta’sirida kattik nazorat ostida bo‘ldi. 1923 yil 12 fevralda Toshkent shahar “Mahkamai shar’iya” boshqarmasi, vaqf idorasi va maorif bo‘limi hay’ati rayosatining majlisida qabul qilingan qarorida, Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining “Maorif haftasi” munosabati bilan 1923 yil 18 yanvarda chiqarilgan 5-sonli qarori hamda Eski shahar Ijroqo‘mining 1 fevraldagi qaroriga binoan eski maktab va qorixonalarni tuzatish va isloh qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eski shahar maorif bo‘limiga yuklatilgani uchun maorif bognqarmasiga jiddiy ravishda islohot ishlarini amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan. Maorif bo‘limining maktab va qorixonalar islohoti borasidagi har bir harakatiga “Mahkamai shar’iya” hamda vaqf idorasi moddiy, ma’naviy ko‘mak berib turishi uqtirilgan. Qa)yurda eski maktablarda Qur’onning tajvid usuli bilan o‘qitilishi, din darslarini tartibli va amaliy ravishda o‘qitish hamda ba’zi dunyovin fanlarning kiritilishi belgilab qo‘yildi. Butun eski maktab va qorixona muallimlariga belgilangan muddat ichida Eski shaxar maorifi bo‘limiga kelib, mandat va ruxsatnomalarini yangilab olishlari topshirilgan. YAngidan ruxsat olish muddati 1923 yil 10 martga qadar belgilanib, bu muddat ichida yangidan ruxsat olmagan maktab va qorixonalar yopilishi, muallimlari qonun bo‘yicha hukumat oldida javobgarlikka tortilishi ta’kidlangan. SHuningdek, qarorda, islohot yo‘lini o‘rgatish uchun Jomiy masjidida kurs ochilishi qayd qilinib, ushbu kursda barcha eski maktab muallimlarini qayta sinovdan o‘tkazish majburiyligi ko‘rsatilgan.
Qarorda qorixonalar masalasiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada ham bir qator shartlar belgilangan. Jumladan, qorixona boshqaruvchilarining Tajviddan xabardor va Qori-murattab bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan. Qorixonaga o‘qish, yozishni biladigan, Qur’onni ifodali o‘qiy oladigan bolalargina qabul qilinishi ko‘rsatilgan.
SHuningdek, hujjatlarda qorixonalarda qori bo‘lib, eski maktablarda savodi chiqqan bolalarni madrasalarga yoqi yuqoriroq diniy ilmgohlarga yuborish majburiyligi uqtirilgan.
Qorixonalar qoshida savodsizlikni tugatish kursi ochishni xohlagan mudarrislar tegishli idoralardan ruxsatnoma olishlari zarur edi. Qaror mohiyatini xalqqa boshqacha qilib talqin etuvchilar Turkiston ASSR MIQning qaroriga binoan hukumat yo‘li bilan jazoga tortiladi, deb ogohlantirilgan.
Bunday mazmundagi hujjatlar boshqa joylardagi mahalliy idoralar tomonidan ham qabul qilingan edi. YUqoridagi talab asosida ishning tashkil etilishi joylarda musulmon maktab va madrasalari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Ko‘p hollarda bu maktablarning ichki ishlariga aralashish va ularni zo‘rlik bilan yopib qo‘yish hollari sodir bo‘ldi.
Sovet hokimiyati boshqarma idoralari vakillarining zo‘ravonlik harakatlari natijasida 1923-1924 yillar davomida Toshkent shahridagi 10 ta madrasa, Mahkama mahallasidagi Katta qori domla, YUqori kallaxona, Hazrati imom, Darvozakent, Alavuddin Mahzun, Oq masjid, O‘rmonbek, Qora tosh, Qori mahalla, Xojiqori, Gadoyboy va Tohir qori nomidagi 12 ta qorixona yopib qo‘yilgan1.
Sovet hokimiyatining bu tadbiri Turkiston musulmon aholisining noroziligini keltirib chiqardi. Ulkada davom etib kelayotgan milliy ozodlik harakatining yangitdan kuchayishiga sabab bo‘ldi.
1917-1924 yillarda Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyatining diniy muassasa va tashkilotlarga nisbatan yuritgan siyosati beqarorlik va ishonchsnzlik tamoyillariga tayangan bo‘lib, barcha ko‘rilgan chora-tadbirlardan maqsad, o‘lkada bolshevikcha tartiblar va sovet hokimiyati tuzumi asoslarini mustahkamlashga qaratilgan edi.
1922-1924 yillarda dinga va diniy muassasalar faoliyatiga bir qadar yo‘l ochib berilishi sovet hokimiyatining YAngi iqtisodiy siyosat (NEP) davridagi tadbirlari bilan bog‘liq edi. Omonsiz harbiy to‘qnashuvlar tufayli xo‘jaliknnng butunlay vayron bo‘lishi, dahshatli ocharchilik, bolshevikcha tartiblarga nisbatan qarshilik ko‘rsatish jarayoni kabi omillar hokimiyatni boshqarishda murosali yo‘l bilan ish ko‘rishga majbur qilgan edi.
Turkistonda maorif va madaniyat rivoji, iqtisodiy ahvolning diniy muassasalar bilan bog‘liqligi ham sovet hukumatini vaqtincha ochiqdan-ochiq dahriylik siyosatini olib borishlikdan ehtiyot bo‘lishga majbur qilgan edi.
Turkiston ASSR MIQ ning vaqf idoralari va “Mahkamai shar’iya” diniya boshqarmasi faoliyati ustidan maorif bo‘limi tomonidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarori diniy muassasalar ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Eski usul maktablari va qorixonalarni maorif bo‘limi tomonidan isloh qilishga kirishildi.


Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish