Диний сиёсат


Islom marosimlarining sovet tuzumi tomonidan ta’qiqlanishi



Download 208,54 Kb.
bet7/8
Sana31.03.2022
Hajmi208,54 Kb.
#521744
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ҳамроев Аслиддиннинг БМИси

2.2. Islom marosimlarining sovet tuzumi tomonidan ta’qiqlanishi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida sovet hokimiyatining diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga biroz erkinlik berishi dahriylik kurashining ma’lum bir vaqt pasayishiga olib keldi. Hatto, sovet hokimiyati Markaziy Qo‘mitasining 1944 yil 27 sentyabrda qabul kilgan “ilmiy-ma’rifiy ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ham dahriylik bilai bog‘liq masala qayd qilinmadi.
Markazdai bu masalaga hech qanday ko‘rsatma bo‘lmaganligi tufayli O‘zbekiston SSR hukumati ham urush yillarida boshlangan “ehtiyotkorlik” siyosatini davom ettirdi.
1944 yil 20 maydagi SSSR XKSning 919-qarori ijrosi sifatida tashkil etilgan O‘zbekiston Kompartiyasi qoshidagi diniy ishlar kengashi vakilligi 1945-1950 yillarda diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatini kattiq nazorat ostiga oldi. Kengash ishining bosh vazifasi sifatida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi faoliyatini nazorat qilish, dindorlar tomonidan tushgan arizalarni ko‘rib chiqish, ibodat qilinadigan masjid va madrasalarni ochish, ulardai hukumat ruxsati bilangina foydalanish, qayta ta’mirlash ishlarini yo‘lga ko‘yish yoki belgilangan tartibda yaroqsiz holatga kelib qolgan masjidlarni buzib yuborish kabi ishlarni amalga oshirdi,
Ta’kidlangai yillarda respublika diniy ishlar kengashining vakilligi tomonidan amalga oshirilgan ommaviy-siyosiy ishlar hisoboti va qarorlarida “ateistik ishlar” yoki “dinga qarshi targ‘ibot” masalalariga oid maxsus qarorlar qabul qilinmadi,
Bu holat esa joylarda musulmon aholi faolligini oshirib, O‘zbekiston shahar va qishloklarida ruxsatsiz masjidlarning ochilishi, yangidan bunyod etish ishlariga kirishishni faollashtirdi. Hatto, ba’zi masjid imomlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan xayriyalar yig‘ish, ruxsatsiz masjidlar bunyod etish ishlari tashkillashtirildi. Jumladan, Buxoro viloyati Ijroiya Qo‘mitasiniig diniy ishlar kengashi vakili 1947 yil 4 aprelda Karmana tumani Ijroqo‘miga yuborgan maxfiy xatida: “mavjud ma’lumotlarga qaraganda, tumanda qonundan tashqari ko‘plab masjid va ibodatxonalar borligi ma’lum bo‘ldi. Bularning o‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritishiga, qonundan tashqari diniy muassasalar tiklanishiga va g‘ayrirasmiy urf-odatlarning olib borilishiga qat’iy yo‘l qo‘yilmasin” degan mazmundagi talab qo‘yiladi1.
SHuningdek, Farg‘ona viloyati Ijroiya Qo‘mitasining din ishlari kengashi ma’lumotnomasida “Qo‘qonda 10 ta, Marg‘ilon shahrida 12 ta eski usul diniy ta’lim maktablari hech qanday ruxsatsiz faoliyat yuritayotganligi, hatto Marg‘ilon shahar Tuttosh mahallasida joylashgan 7-maktab binosida bir guruh dindorlar 2 ta sinf xonasini diniy bilimdan saboq berish uchun band qilib olganligi arxiv hujjatlarida qayd kilingan2.
YUqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, urushdan keyingi dastlabki o‘n yilliklarda diniy muassasa va tashkilotlarga nisbatan hukumat tomonidan aniq ko‘rsatmalarning yo‘qligi yoki sovet hokimiyati ning vaqtinchalik dinga yon berish siyosati, yangi faoliyat boshlagan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi imkoniyatlarining hukumat tomonidan cheklab qo‘yilganligi tufayli dindorlar va diniy ulamolarning erkin faoliyat yuritishiga sharoit yaratgan.
Ta’kidlash joizki, mavjud imkoniyatlardan foydalanish jarayonida, haqiqiy diniy erkinlikka erishish uchun qilingan xayrli ishlar bilan birga, ayrim hollarda diniy fanatizmga berilish holatlari ham yuz bergan. SHunday tarixiy vaziyatda, 1947 yil 20 yanvar kuni O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining 2-plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda ba’zi masalalar ko‘rib chiqilib, asosan tashkiliy masalaga e’tibor qaratildi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi rahbariyati tarkibida ayrim ulamolarning ushbu tashkilot Nizomiga to‘la amal qilmay kelayotganligi muhokama qilinib, ularga nisbatan ma’muriy va amaliy choralar ko‘rishga qaror qilindi.
Mazkur plenumda ba’zi bir qonunbuzarlik, bo‘ysunmaslikka yo‘l qo‘ygan yuqori mansabli ulamolarga quyidagicha ayblar yuklatilib, ko‘pchiligi o‘z vazifasidan ozod qilindi. Ushbu masala muhokamasida Qozog‘iston qozisi SHarif To‘xtaboev xayriyadan tushgan 22 500 so‘m mablag‘ni o‘zlashtirganligi, diniya Boshqarmaning taftish qo‘mitasi a’zosi SHafoatxoji Xoliqnazar o‘g‘li vakolati bo‘lmasa ham O‘sh shahriga borib, rasmiy masjidlar ochib, imomlar tayinlagani, Qirg‘iziston qozisi Olimxonto‘ra SHokirxoji umuman qilingan ishlar bo‘yicha markaziy diniya Boshqarmaga hisobot bermagani va o‘z ixtiyori bilan ish tutgani, Turkmaniston bo‘yicha taftish qo‘mitasi a’zosi SHayx Oxunning o‘z vazifasini bajarmaganligi ma’lum qilinib, yuqoridagi ulamolarning barchasi o‘z vaznfasidan ozod qilinadi1.
Plenum kun tartibidagi muhim masalalardan yana biri, musulmon xotin-kizlariga bundan buyon paranjisiz yurish erkinligi uchun fatvo berilishi bo‘ldi. Plenum “xotin-qizlarning ochik yurishi shariat bo‘yicha mumkindir, ularga paranji tutish majbur etilmasin” kabi qarorni qabul qiladi.
YUqoridagi faktik ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, sovet hokimiyatining XX asr 20-40-yillarida din va dindorlarga nisbatan murosasizligi, yuksak ilmli diniy ulamolarning ba’zi sabablarga ko‘ra qatag‘onlik girdobiga tortilganligi, madrasalar faoliyatiga chek qo‘yilishi bilan savodli din arboblarini etishtirib chiqarish tuxtab qolganligi o‘z oqibatini namoyon qila boshlagan.
O‘z-o‘zidan diniy ulamolar va din ahllari ichida paydo bo‘la boshlagan ma’lum bir tartibsizliklar, o‘zboshimchalik va qonunga itoat kilmaslik kabilar sovet hokimiyatining mutasaddi organlari va partiya rahbarlari tomonidan dindorlarga hamda diniy muassasalarga o‘zining qat’iy siyosatini belgilash uchun amaliy harakatlarini boshlashlik imkoniyatini yaratdi.
1950 yildan boshlab sovet hokimiyati diniy muassasalarga nisbatan o‘zining qat’iy siyosatini belgilash yo‘liga o‘tdi. 1950 yilda Markazda SSSR FA Tarix institutining “Din tarixi va ateizm” bo‘limi boshlig‘i B.D. Bonch-Bruevich muharrirligida “Din tarixi va ateizm masalalari” davriy nashri chop etila boshlandi. Keyinchalik, 1964 yilga kadar o‘zida 100 dan ortiq ateistik maqolalarii jamlagan ushbu nashrning 12 jildlik to‘plamn chop etilgan.
1951-1952 yillardan boshlab ommaviy-madaniy muassasalarda dinni tanqid qilishga va uning “zararli” tomonlarn targ‘ibotiga qaratilgan ma’ruzalar hamda muloqotlar uyushtirish kuchaydi.
Ilmiy-ateistik targ‘ibotni kuchaytirish orqali kommunistik mafkurani mustahkamlash masalasi muhim deb hisoblandi. Bu borada KPSS Markaziy Qumitasining 1954 yil 7 iyulda qabul qilgan “Ilmiy ateistik targ‘ibot sohasidagi katta kamchiliklar va ularni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” hamda 1954 yil 10 noyabrda qabul qilingan “Aholi o‘rtasida ilmiy-ateistik targ‘ibot olib borishdagi xatoliklar to‘g‘risida” kabi qarorlari sovet hokimiyatining yangidan dinga qarshi navbatdagi kurash bosqichini boshlab berdi.
KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1954 yil 7 iyuldagi qarorida “O‘rta Osiyodagi qadamjolarni ziyorat qiluvchilar soni ko‘pligi, u erda ko‘plab mol- qo‘ylar so‘yilib, diniy bayramlarni nishonlash xalq xo‘jaligini izdan chiqarib, mehnat intizomiga putur etkazayotganligi ta’kidlanadi. SHuningdek, diniy xurofot va bid’atlar sovet kishilari bir qismining ongini zaharlab, ularning kommunizm qurilishida xalaqit bermokda”, deb qayd etiladi.
SHuningdek, qarorda diniy-ateistik targ‘ibotni kuchaytirish vositalaridan: ma’ruzalar, suhbatlar, matbuot, radio, kino, teatrlardan foydalanish, “Fan va din” ilmiy-ommabop jurnalini chop ettirish (3 bosma taboqda, 75 ming nusxada), din va ateizmga oid targ‘ibot tavsifidagi adabiyotlar chop ettirish, maktab muassasalari va oliy o‘quv yurtlaridagi fanlarni o‘qitishda ilmiy-ateistik mazmun bilan boyitish, komsomol tashkilotlari va kasaba uyushmalari kabi jamoat tashkilotlarini bu ishga ommaviy tarzda jalb etish, madaniyat uylari, klub va “qizil burchaklar”da ateizm targ‘ibot oynasini tashkil qilish kabi vazifalar o‘rin olgan edi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston SSRda ham ommaviy targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi. Respublikaning turli viloyatlaridagi madaniyat uylari, klublar, ishchi yotoqxonalarida qat’iy reja asosida maslahat markazlari tashkil etilib, ularda ilmiy-ateistik masalalar dolzarb qilib qo‘yildi.
Respublikaning Markaziy davlat arxivi hamda viloyatlardagi arxivlarda yuqoridagi qarorlar yuzasidan mahalliy tashkilotlarning vazifalari belgilab berilgan maxsus qarorlar ishlab chiqilganlik bilan bog‘liq ko‘plab hujjatlar saqlangan1.
1950-1956 yillarda respublika viloyatlarining bir qator kolxoz va tumanlarida mutasaddi hukumat rahbarlarining ruxsatisiz ochilgan qadamjolar, masjid, diniy ta’limni o‘rgatadigan eski maktab kabilarni qat’iy ro‘yxatga olib, ularni tugatish borasidagi ishlarni amalga oshirish kuchaytirildi. Hujjatlar orqali masjidlar, ularni qurishda boshchilik qilgan shaxslar, namoz o‘qish marosimida ishtirok etgan din ahllari soni, hayitlarda to‘plangan mablag‘lar mikdori haqida aniq ma’lumotlar to‘plab borilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Jumladan, Farg‘ona viloyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan ba’zi yirik masjidlarda 1956 yil davomida dindorlardan ibodat qilish maqsadida masjidga kelganlar soni aniq ko‘rsatilgan.
50-yillar o‘rtalariga kslib xukumat tomonilan kagiy nazorat ostiga olina boshlagan, masjidlarga ibodat uchun kelgan aholi maxsus ro‘yxatga olinib, ularga turli yo‘llar bilan to‘skinliklar kilingan.
YUqorida qayd etilgan hukumat qarorilan so‘ng, respublikaning barcha hududlarida dindorlarning miqdori, mashg‘uloti, mol-mulki, oilaviy ahvoli haqida ma’lumotlar yig‘ishga e’tibor qaratilgan. Qur’oni Karimni yod olib, qiroat qiladigan yirik mullalarning respublika shahar va qishloqlaridagi soni, mashg‘uloti, tirikchilik manbai, daromadi yuzasidan soliq to‘lamayotganligi yoki soliqka hanuzgacha tortilmaganligi bilan bog‘liq masalaga ham aloxida e’tibor qaratilgan. Tarixiy hujjatlardan birida, Qo‘qon shahrida 12 ta yirik diniy ulamo, qorilar borligi, ular diniy marosimlar va Xatmi Qur’onlarda qiroatxonlik qilib, kolxozchi va ishchilarni xo‘jalik ishlaridan chalg‘itayotganligi, ushbu salbiy hatti-harakatlarga qaramasdan davlatga soliq to‘lamay kelganligi qayd etilgan1.
Marg‘ilon shahrida 6 nafar yirik ulamo Qur’onni yoddan bilishi, ular shahar va qishloqlarda Xatmi Qur’onlarda qorixonlik qilishi, shulardan biri SHermatov SHodi qori o‘z nomiga munosib bo‘lmagan mashina oldi-sottisi bilan shug‘ullanishi, hatto o‘zini “Pobeda” markali avtomashinasi bilan uzoq qishloqlargacha borib diniy marosimlarda ishtirok etishi, shunga qaramay davlatga soliq to‘lamayotganligi arxiv hujjatlarida ma’lum qilinadi.
Jamiyatdagi dindor va ulamolarning 1950 yillardan boshlab qayta ta’kib ostiga olina boshlanganligi, diniy bayramlar, marosimlarni o‘tkazish, ularda ishtirok etishning cheklanganligi bilan bog‘liq holatlarni ham kuzatish mumkin. Mavlud, Hatmi Qur’on, xatna to‘ylarida Qur’on tilovat qilish, Ro‘za va Kurbon hayiti, Juma namozi kabi diniy bayram va marosimlarni O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi nazorati ostida, uning ruxsati bilangina o‘tkazish tartibi belgilab qo‘yilgan. O‘zboshimchalik bilan ushbu bayram va marosimlar o‘tkazilsa, ularning boshida turgan imom va ulamolarga soliq solish hamda ma’muriy jazo ko‘rish belgilab qo‘yilgan. Hujjatlardan biri 1956 yil 12 mayda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan Ro‘za hayitini Qo‘qon tumanidagi qishloklarda barcha musulmon aholi hukumatdan ruxsat olinganligi sababli qo‘rqmay nishonlashlari qayd etilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR konstitutsiyalarida fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, sovet hokimiyati kommunistik partiyasi dindorlar va diniy muassasalarga nisbatan dahriylikdan iborat siyosatini XX asr 50-yillari oxirida yangidan kuchaytirish siyosatini ilgari surdi. Ayni paytda din va diniy ta’lim marksizm-leninizm g‘oyalariga ilmiy qarshi qo‘yish kuchaytirildi. Bu davrdan boshlab fanni dinga qarshi qo‘yish, undan dahriylik targ‘ibotida foydalanish, yoshlar orasida e’tiqodsizlikni kuchaytirish, sof kommunistik mafkurani yaratish kampaniyasi boshlab yuborildi.
Keyinchalik KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1960 yil 13 yanvar va O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1960 yil 4 fevralda qabul qilgan Ruhoniylar tomonidan qonunchilikning buzilishi oldini olish” to‘g‘risidagi qarorlari diniy siyosatda sovet hokimiyatining bosh strategiyasini belgilab berdi. Ushbu qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga ilmiy ateizm fani asoslari majburiy ravishda kiritildi va mazkur fandan imtihon topshirilishi joriy etildi.
Sovet hokimiyatining urush tufayli dinga va diniy muassasalarga nisbatan yuritgan “yumshoqlik” siyosati uzoq davom etishi mumkin emas edi.
1943-1950 yillarda dinga va diniy muassasalarga berilgan bir qadar erkinlik tufayli, aytish mumkinki, sobiq Ittifoqning musulmon aholi yashaydigan respublikalarida, jumladan O‘zbekiston SSRda, “diniy uyg‘onish” ro‘y bera boshladi. Ammo sovet hokimiyatining urush tufayli murakkab vaziyatda dinga qarshi kurashi vaqtinchalik chekingan edi. Sovet jamiyatida urushda vayron qilingan xo‘jalikni tiklash ishlari (1946-1950 yy.) amalga oshishi bilan, hukumat o‘zining “xudosizlik” uchun kurash jarayonini yangitdan boshlash bosqichiga kirdi, Sovet hokimiyatining diniy muassasa va tashkilotlarga nisbatan ikkiyoqlama “ehtiyotkorlik” siyosati o‘rniga yana dahriylikdan iborat tazyiq o‘tkazishlik yo‘liga o‘tib borgan yangi bosqichi boshlandi.


Xulosa
O‘zbek xalqiniig milliy, madaniy qadriyatlari asrlar davomida islom dini bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib kelgan. Din ma’naviy va moddiy turmushda muhim rol o‘ynab, XX asr boshlarida ham o‘zining ta’sirchan kuchini saqlab qolgan edi.
Sovet hokimiyati o‘zining dastlabki yillarida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator tarixiy hujjatlar qabul qildi. Rasmiy hujjatlarda, qaror va farmonlarda barcha xalqlarning tengligi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, vijdon erkinligi kabi insoniy huquqlar tan olindi. Biroq, sovetcha tartiblarni o‘rnatish va mustahkamlash davridayoq bolsheviklar mahalliy aholining diniy tuyg‘ularini poymol qildilar. Evropa millatiga mansub ming-minglab qizil askarlarning Turkiston o‘lkasiga safarbar etilishi oqibatida masjid va madrasalar vayron qilindi. Mahalliy aholining urf-odatlaridan xabarsiz bo‘lgan “qizil bosqinchilar” diniy muassasa va tashkilotlarni otxonalarga, qurol-yarog‘, oziq-ovqat omborlariga, harbiy qismlarning kazarmalariga aylantirdilar. Oxir-oqibatda diniy tuyg‘ulari poymol qilingan xalqning sovet hokimiyatiga bo‘lgan umidlari va ishonchi so‘ndi. Dastlabki yillardayoq dindor kishilar va ruhoniylar sovet hokimiyatining dushmani sifatida ta’qib ostiga olindi. 1917-1920 yillarda sovet hokimiyatining dinga munosabati dahriylikdan iborat bo‘lgan edi. Biroq, Turkiston o‘lkasidagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat sovet hokimiyati organlariga bu masalada ehtiyotkorlik bilan ish tutish zarurligini ko‘rsatdi. Avvalo, imon-e’tiqodi oyoq osti qilingan musulmon aholi sovet hukumatiga qarshi ayovsiz qurolli kurash maydoniga kirdi. Ikkinchidan, tinimsiz davom etgan qurolli to‘qnashuvlar o‘lkada ocharchilikni keltirib chiqardi va xo‘jalikni butunlay izdan chiqardi. Diniy muassasa va tashkilotlarning moddiy tayanchi bo‘lgan vaqf mulklarining bolsheviklar tomonidan davlat hisobiga musodara qilinishi ular faoliyatining deyarli to‘xtab qolishiga olib keldi.
Turkistondagi aholi ancha qismini vaqfkor dehqonlar tashkil etib, ular o‘zlarining tirikchilik manbaidan ajralib qolgan edilar. Maorif va madaniyat muassasalari ham vaqfdan keladigan daromad hisobidan ta’minlanardi. Ushbu o‘ziga xos jihatlarni hisobga olgan sovet hukumati vaqflarni diniy muassasalar ixtiyoriga qaytarish, dindorlarga bir qadar erkinlik berish, madrasa mudarrislari va masjid imomlaridan ta’lim tizimini qayta izga solishda foydalanishga majbur bo‘ldi. SHu sababli 1922-1923 yillarda vaqflar diniy muassasa va tashkilotlarga qaytarildi va ular faoliyatiga ruxsat berilgandi.
Sovet hokimiyati Rossiya imperiyasining mustamlakachilik va buyuk davlatchilikdan iborat siyosatini davom ettirib, Turkiston o‘lkasi aholisining milliy-diniy tuyg‘ulari bilan hisoblashmadi. Turkiston ASSR davrida sovet hokimiyatining diniy siyosati bolshevikcha tartiblarni o‘rnatish, musulmon diniy muassasa va tashkilotlarni oyoq osti qilish, dindor va ulamolarni sinfiy dushman sifatida qirg‘in qilish orqali amalga oshirildi.
Turkiston ASSR, BXSR, XXSRda sovet tuzumiga qarshi milliy ozodlik uchun olib borilgan qurolli harakatlar, o‘lkadagi og‘ir siyosiy-iqtisodiy vaziyat, musulmon ulamolari va ruhoniylarining jamiyatdagi mavqei kabi omillar tufayli Markaz ayrim hollarda diniy siyosatini o‘zgartirishga, bu masalada “yumshoqroq” yo‘l tutishga majbur bo‘ldi.
SSSR tarkibida sovet respublikalari, jumladan O‘zbekiston SSRning tashkil topishi, bolshevikcha tartiblar mustahkamlanishi, “sotsializm rivojlanib borgan sari sinfiy kurash keskinlashadi” degan stalincha qoida kabilardan kelib chiqib, dindorlarga qarshi ochiq kurash boshlandi. Bu kurash o‘n yillardan ortiq davom etib, sovet hokimiyatining dahriylikdan iborat siyosiy yo‘lining pardalangan kiyofasini haqqoniy ravishda namoyon qildi.
Sovet hukumatining dinga munosabatida shafqatsiz va ashaddiy kurash olib borish yo‘lidan chekinishi vaqtinchalik bo‘lib, kelgusida dindorlarga va diniy muassasalarga ko‘p yillar davomida o‘zlarini o‘nglab ololmaydigan darajada zarba berish ko‘zda tutilgandi. Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davrda sovet hokimiyatining musulmon muassasa va tashklotlariga, dindorlarga munosabati davr taqozosi bilan goh yumshab, goh shafkatsiz tus olib turganligi, “sotsialistik qurilish” avj oldirilgan yillarda esa o‘ta keskinlashganligi yakqol ko‘rinadi. 1926-1927 yillarda sovet hokimiyatining diniy siyosatida keskin burilish bosqichi boshlanib, bu jarayon 1941 yilgacha, ya’ni SSSR Ikkinchi jahon urushiga tortilguniga qadar uzluksiz davom etib turdi. Mamlakat bo‘ylab “xudosizlik uchun kurash” harakati boshlandi. SSSR respublikalarida dahriylikni targ‘ib qiladigan, har qanday dinni yangilik va islohotlar dushmani, eskilik sarqiti sifatida qoralaydigan matbuot organlariga asos solindi.
O‘zbekistonda ham “Xudosizlar” jurnali, “Kurashchan xudosizlar” tashkiloti kabilar orkali islom diniga qarshi ayovsiz tashviqot va targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘zbekiston hududida faoliyat olib borgan masjid va madrasalar yopildi, dindor aholi islom farzlarini bajarish imkoniyatidan mahrum qilindi, diniy ulamolar kat’iy ta’qib ostiga olindi. 1927-1938 yillarda saqlanib qolgan ayrim masjidlarda imomlik qilayotgan va diniy marosimlarni o‘tkazib qatag‘onlardan omon qolgan oz sonli ulamolarga ham katta miqdorda soliq solindi. Asossiz ravishda yirik miqdordagi soliqqa tortilgan mulla va eshonlar soliq to‘lash kobiliyatiga ega emasdilar. Oxir-oqibatda ularni sudga tortish, jinoyatchi sifatida tutqinlikka mahkum etish avj oldi.
1927-1941 yillar davomida musulmon diniy muassasa va tashkilotlar bilan birga, xalkimiz o‘zining diniy ilmdan mukammal xabardor bo‘lgan ulamolaridan ham ajralib qoldi. Bu esa keyinchalik jamiyatda diniy mutanosiblikning vujudga kelishiga, din bayrog‘i ostida nojo‘ya harakatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ishimizda bayon etilgan fikr va mulohazalar umumlashtirilib, kuyidagi yakuniy xulosalarga kelindi:
1917-1922 yillar sovet hokimiyatining musulmon diniy muassasa va tashkilotlariga hamda dindorlarga nisbatan shafqatsiz va zo‘ravonlik siyosati yuritilgan dastlabki boskich bo‘lib, avvalboshdanoq ushbu hukumatning bu yo‘nalishdagi strategik yo‘lini belgilab bergandi.
1922-1926 yillar musulmon diniy muassasa va tashknlotlar ruhoniy va dindorlarga bir qadar erkinlik berish, “iliqlik” bosqichi bo‘lib, tarixiy vaziyat sovet hokimiyatning o‘z maqsadlari yo‘lida vaqtinchalik dahriylik siyosatidan chekinishiga sabab bo‘lgandi.
1927-1941 yillar – dahriylik uchun ayovsiz kurash bosqichi hisoblanadi. U musulmoi muassasa va tashkilotlarning tugatilishi, ruhoniylarning shafqatsiz qatag‘on qilinish davri hisoblanib, jamiyatning ma’naviy asoslariga dindorlar va ulamolarga uzoq davrgacha o‘zlarini tiklay olmaslik zarbasini berdi.
1941 yilda boshlangan urush tufayli tarixiy vaziyatning o‘zgarishi, dindorlarga bir qadar huquqiy erkinliklar berilishi, diniy tashkilot va muassasalarni davlat tomonidan to‘la nazorat ostiga olish bilan bog‘liq maxsus tashkilotlar tuzilishi jarayoni kechdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida sovet hokimiyatining diniy siyosatida “yumshoqlik” bosqichiga o‘tildi. Front ortini mustahkamlash, butun kuch-qudrat va imkoniyatlarni fashizm ustidan qozonilajak g‘alabaga safarbar qilish zarurati daxriy hukumatdan shunday yo‘l tutishni taqozo qildi. Bu o‘rinda xalqning moddiy jihatdan ahvoli og‘irligi, diniy ulamolar va ruhoniylarning jamiyat a’zolarini jipslashtira olishdagi mavqei kabi omillar hisobga olindi. Aholnning diniy tuyg‘ulari bilan hisoblashish, istak-umidlarining amalga oshuviga ozgina bo‘lsa-da imkoniyat yaratish, xalqning yagona maqsadga, fashizmga qarshi kurashda jipslashuviga xizmat qildi.
1943 yilda O‘rta Osiyo va Kozog‘iston musulmonlari Diniy Boshkarmasi (SADUM) tuzildi. Ushbu boshqarma tuzilishi orqali musulmonlar o‘zlarining maxsus idoralariga ega bo‘ldilar. 1944 yildan boshlab sovet hokimiyatining diniy siyosatida o‘ziga xos yo‘l tutilib, musulmon diniy muassasa va tashkilotlari ustidan davlat nazorati kuchaytirildi. Ittifokning barcha respublikalarida Xalk Komissarlari Soveti qoshidagi diniy ishlar kengashi vakilligi tashkil etildi. Kengashga barcha diniy muassasalar, din ahllari faoliyatini nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi. Sovet hokimiyatining ushbu qaroridan so‘ng diniy muassasa va tashkilotlar faoliyati mustaqilligi amalda to‘la tugatildi;
- Toshkent va Buxoro kabi shaharlarda diniy ilm beruvchi madrasalarning ochilganligi, musulmon masjidlari ishlab turganligi ham tashqi dunyoga SSSRni “millatparvar” va “xalqparvar” qilib ko‘rsatishdek siyosiy maqsadlarga qaratilgan;
- urushning tugashi va tinch hayotga o‘tilishi bilan davlatning kat’iy nazorati ostidagi o‘ta cheklangan “vijdon erkinligi”, diniy marosimlarga qisman ruxsat berish kabi holat kuzatiladi. Ammo bu siyosat ham uzoq davom etmay, sovet hokimiyatining dinga qarshi siyosati keyinchalik, XX asrning 50-yillari oxiridan keyin ham ochiqdan-ochiq namoyon bo‘ldi.



Download 208,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish