Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”


O’zlashtirish uchun savollar



Download 16,32 Mb.
bet39/41
Sana26.02.2022
Hajmi16,32 Mb.
#468377
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
DON O\'QUV USLUBIY QO\'LLANMA

O’zlashtirish uchun savollar.

  1. Non partiyasidan o’rtacha namuna qanday tanlanadi?

  1. Nonni mag’izi (asosi) qanday aniqlanadi?

  1. Non mag’izi (asosi) qanday aniqlanadi?

  2. Nonda qanday kasalliklar uchraydi?



18 – Laboratoriya ishi
Omixta yem turlari va retseptlari bilan tanishish


Nazariy malumot: Omixta-em, oqsil vitaminli qo‘shimchalar, premiks, karbomid konsentratlari ishlab chiqarishda turli xil xom ashyolar, komponentlar, qo‘shilmalar, shuningdek biologik aktiv moddalardan foydalaniladi. Omixta-em ishlab chiqarishi xom ashyolarning quyidagi asosiy turlari mavjud.
Omixta em fizik xossalari bo‘yicha quyidagi turlarga ajraladi: sochiluvchan, briketlangan, donador va galetko‘rinishidagi emlar.
Sochiluvchan omixta em etarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab chiqarishda ingredientlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va maydalaniladi. Tayyorlanadigan ingredientlar me’yorlagich va aralashtirgichdan o‘tkaziladi.
Briketlangan omixta em odatda to‘liq ratsionli holatda ishlab chiqariladi. Briketlar sakkizburchak shaklga ega bo‘lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm, qalinligi 30-60 mm. Ularni ishlab chiqarish uchun maydalangan ingredientlar va pichan aralashmasi tayyorlanadi. Olingan oquvchan massa maxsus aralashtirgichga tushadi va bir vaqtning o‘zida undan me’yorlangan tarqoq melassa ham uzatiladi. Maydalangan ingredient, pichan va melassa aralashmasidan tashkil topgan massa presslarga tushib, briketlanadi. 
Donador (granulali) omixta em ma’lum diametr va balandlikdagi uncha katta bo‘lmagan silindr shaklli granula deb ataluvchi oquvchan massani namoyon qiladi. Ishlab chiqarishda: quruq va xo‘l usul granulalar qo‘llaniladi. Granulali omixta em odatda parrandalar va hovuz baliqlarini boqish uchun ishlatiladi.
Galetlar teshikli to‘vri burchak shaklida kulcha ko‘rinishida bo‘ladi. Uni ishlab chiqarish uchun, avval, soluvchan omixta em olinadi, so‘ngra undan achitqili xamir qorilib, galetlar pishiriladi va quritiladi. 
Omixta em tarkibi va em-xashaklik qiymati bo‘yicha ikki asosiy guruhga bo‘linadi: to‘liq ratsionli va konsentratli.
Don omixta-emning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Omixta-yem tarkibida donning ulushi 65-70 % gacha boradi. Donlar xususiyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: boshoqli donlar, dukkakli donlar va moyli donlar.
Boshoqli donlarga buvdoy, arpa, suli, javdar, jo‘xori, makkajo‘xori, tariq va boshqalar kiradi. Bu turli donlar tarkibida ko‘p miqdorda uglevod (kraxmal) va oz miqdorda oqsil mavjud bo‘ladi. Boshoqli donlar V guruh vitaminlariga boy hisoblanadi. Boshoqli donlar maydalangan holida, ba’zan butunligicha (parrandalar uchun) ishlatiladi.
Omixta-yem ishlab chiqarishda mazkur donlarning ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalaniladi. Don chiqindilariga donli aralashmalar va kepak kiradi. Donli aralashma va kepak to‘yimliligi jihatidan past tursada, ammo vitaminlar va minerallarga boyligi bilan dondan yuqori turadi. 
Dukkakli donlarga no‘xot, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu donlar oqsilga (protein) boyligi bilan ajralib turadi. Omixta-yem ishlab chiqarishda dukkakli donlardan mahsulotni oqsilga boyitish maqsadida foydalaniladi.
Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zivir va boshqalar kiradi.Ular omixta-yemga yaxlit xolida qo‘shilmaydi, balki yog’-moy sanoati chiqindilari kunjara va shrot holida ishlatiladi. 
Moyli ekin donlari yov va oqsilga boy hisoblanadi. SHu bilan birga ba’zi turlarida zaharli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham mavjud. Omixta-yem tarkibida bu moddalar miqdori belgilangan ko‘rsatgichdan ortib ketmasligi kerak.
O‘t uni omixta-yemning qimmatli xom ashyosi hisoblanadi. O‘t uni o‘rib quritilgan o‘tni maydalash orqali hosil qilinadi. O‘t uni oqsil, karotin, A va boshqa vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi.
Omixta-yem ishlab chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal, patoka, spirt va pivo sanoati chiqindilaridan keng foydalaniladi. Qand sanoati chiqindisiga qand lavlagi turpi (jom) va ozuqaviy patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi tarkibida ko‘p miqdorda uglevod mavjud bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq ko‘rinishga ega, uning tarkibida 50 % gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa hayvonlar organizmida juda yaxshi xazm bo‘ladi.
Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan don qoldiqlari va quritilgan barda kiradi. Bu mahsulotlar to‘yimliligi jihatidan donga yaqin turadi.
Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq uni, go‘sht uni, suyak uni, qon va quritilgan suyak misol bo‘la oladi. Bular hayvon oqsiliga boy qimmatli mahsulot hisoblanadi. Omixta-yem tarkibiga yuqori energiya manbai bo‘lgan hayvon yovlari ham oz miqdorda qo‘shiladi (odatda 2-5 %).
Omixta-yemlarni minerallar bilan boyitish maqsadida ko‘pgina moddalar-bo‘r, fosfatlar, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. SHuningdek yem tarkibiga xilma-xil biologik faol moddalar qo‘shiladi. Ularga vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar va boshqalar kiradi. Bu moddalar hayvonlar sovlivi uchun muhim hisoblanadi. Biologik faol moddalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;
-vitaminli preparatlar;
-mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganets, yod va b.);
-aminokislotalar (lizin, metionin);
-antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);
-tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;
-organik kislotalar (sut, propion va b.);
-dorivor preporatlar va b.
Omixta-yem ishlab chiqarishda mazkur xom ashyolar bilan cheklanib bo‘lmaydi, balki emning qimmatliligini oshirishning samarali manbaalarini izlab topish lozim. Em tarkibidagi donning ulushini kamaytirish va boshqa turdagi mahsulotlar bilan boyitish muhim vazifalardan biridir.

Download 16,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish