Endokrin tizimi patofiziologiyasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

 
 
Gormonlar hosil bo‘lish (sintez) va ajralib chiqish (sekresiya) tezligini 
buzilishi-
endokrin patologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy 
mexanizmlaridan biridir. Gormonlarning sintezi va sekresiyasi aminokislotalar, 
oqsil-polipeptid, steroid va boshqa gormonlar hosilalari uchun sezilarli darajada 
farq qiladi. Qalqonsimon bez follikullyar bo‘shlig‘idagi gormonlar sintezi 
kolloiddagi tiroglobulin tarkibidagi tirozinga yodning qo‘shilishi va shu 
aminokislotaning yodlangan qoldiqlarining kondensatsiyasi bilan sodir bo‘ladi. 
Keyin follikulalarning epiteliysi pinotsitoz yordamida kolloid tomchilarni yutadi. 
Gormonlarni shakllantirish jarayoni tiroglobulinning proteolitik parchalanishi bilan 
tugaydi va bu tiroksin va triyodtironinning chiqarilishi, qonga tushishiga sabab 
bo‘ladi. 


Oqsil (peptid) gormonlari tegishli genlarning faollashishi tufayli xammaga 
ma’lum oqsil sintezi sxemasi bo‘yicha hosil bo‘ladi. Odatda, birinchi navbatda 
katta preprogormon molekulasi sintezlanadi. Ketma-ket fermentativ bo‘linish va bu 
molekulaning fazoviy konfiguratsiyasining o‘zgarishi donador endoplazmik to‘r 
sisternalarida dastlab progormon, keyin Golji kompleksi gormonning o‘zi hosil 
bo‘lishini taminlaydi. 
Steroid gormonlar sintezi uchun dastlabki substrat xolesterol bo‘lib, u 
qondan gormon hosil qiluvchi hujayralarga kiradi yoki ularda sirka kislotasidan 
sintezlanadi. 
xolesterin 
molekulasi 
yon 
zanjiridan 
ajratilgandan 
so‘ng 
molekulaning qolgan qismi silliq endoplazmik retikulum fermentlari ishtirokida 
ko‘plab kimyoviy modifikatsiyalarga uchraydi. Ushbu sxema bo‘yicha 
kortikosteroidlar, estrogenlar, androgenlar, progestinlar hosil bo‘ladi. Steroid 
gormonlar bezlarda saqlanib qolmaydi va oddiy diffuziya yo‘li bilan qonga kiradi. 
Protein-peptid gormonlari granulalar shaklida sintez qilinadi va hujayralarda 
to‘planadi ular stimullovchi asab yoki gumoral omillarning ta’siri ostida ekzotsitoz 
yo‘li bilan ajralib chiqadi. 
Gormonlar sekresiyasining fiziologik faolligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib 
turishi ma’lum, kunlar, yorug‘lik, fasl va boshqalar gormonlar sintezi ritmiga ta’sir 
etadi. Shunday qilib, melatoninning maksimal sekresiyasi kechasi minimal yoritish 
sharoitida 
(fotoperiodiklik) 
kuzatiladi. 
Testosteron, 
glyukokortikoidlar, 
kortikotropin qonidagi eng yuqori konsentratsiya ertalab, o‘sish gormoni tunning 
birinchi soatlarda aniqlanadi va hokazo. Ayol jinsiy gormonlar sekresiyasi nafaqat 
kun davomida, balki oylik sikl bosqichlariga ko‘ra o‘zgaradi. 
Endokrin bezlardagi mahalliy patologik jarayonlar ularning funksional 
faoliyatini o‘zgartiradi. Gipofunksiya bez parenximasi (atrofiya, nekroz) 
massasining pasayishi, fermentlar tizimining va gormonlar biosintezi kofaktorlari 
(foliy kislotasi, iz elementlari va boshqalar) etishmasligi, to‘planishi va sekreysiya 
mexanizmlarining blokadasi natijasida ro‘y beradi. Aksincha, ortiqcha ishlab 
chiqarish glandular epiteliya massasining ko‘payishi tufayli gormonlar 
(giperfunksiya, giperplaziya, gipertrofiya, yaxshi va xavfli o‘smalar), gormonlar 
biosintezi fermentlarining faollashishi va boshqalar natijasida ro‘y beradi. Oddiy 
sharoitlarda bezlarning gormonal faol o‘smalarining xususiyati gipofiz bezi 
tomonidan 
boshqariladi, 
bu 
ularning 
avtonomiyasi, 
ya’ni 
gormonlar 
sekresiyasining mustaqil tabiatini cheklaydi. Shuning uchun adenogipofiz tegishli 
tropik gormoni sekresiyasining sekinlashishi qaytar boglanish mexanizmi orqali 
periferik endokrin bez o‘simtasi hujayralarida gormonlar sekresiyasini ingibitsiya 
qilmay qo‘yadi. 
Endokrin disfunksiya ko‘pincha gormon biosintezi fermentlarining irsiy 
nuqsoni (adrenogenital sindrom) natijasidir. Gormonlar sekresiyasi va chiqarilish 
tezligi buzilishi bezlarning nerv va gumoral regulyatsiyasiga sezgirligi o‘zgarishi 
tufayli ro‘y berishi mumkin. Moyaklarning interstitsial hujayralari membranalarida 
lyutropin reseptorlari sonining kamayishi, gonadotropin preparati tomonidan jinsiy 
bezlarni uzoq vaqt stimulyatsiyasi natijasida kelib chiqadi, natijada endogen 
gonadotropinlarga etarli javob bera olmasligi va testosteron ishlab chiqarilishining
kamayishiga olib keladi. Qonda progesteron yoki androgenlarning ko‘pligi, gipofiz 


gonadotropotsitlarining lyutropin rilizing -gormoniga sezgirligini ingibitsiya qiladi. 
Bezning o‘zgargan sezgirligining sababi trofik innervatsiyani buzishi bo‘lishi 
mumkin. Masalan, simpatik nervlarning bog‘lab qo‘yilgandan so‘ng buyrak usti 
po‘stlog‘ining kortikotropin bilan stimulyatsiyaga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. 
Ichki sekresiya bezlarining absolyut va nisbiy etishmovchiligi ajratiladi. 
Ikkinchisi organizmning gormonlarga bo‘lgan ehtiyoji oshganda paydo bo‘ladi, 
fiziologik dam olish sharoitida esa gormonlarning sekresiya indekslari 
normallashadi. Kortikosteroidlarni ishlab chiqarishning organizm ehtiyojlariga 
etishmasligi ko‘pincha, bronxial astma va boshqa allergik kasalliklarda qayd 
etiladi. Gormonal zaxiralarning etishmasligi maxsus funksional testlar yordamida 
aniqlanadi. Xususan, glyukozaga yukni aniqlash bilan, uning qondagi darajasining 
ortishi yanada ba’zi diabet kasalligi bo‘lgan bemorlarda insulin ishlab chiqaradigan 
hujayralarning insulin zaxira qobiliyatini pasayishini aniqlashga imkon beradi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish