Erkin Xojiyev


§. Adliya sohasini boshqarish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

 
5§. Adliya sohasini boshqarish 
 
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  siyosatning  pirovard  maqsadi 
fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  ta'minlangan  kuchli  demokratik  jamiyat  qurish 
ekan, ushbu siyosatni amalga oshirishda adliya organlari katta rol o`ynaydi. Keyingi 
yillarda  O`zbekiston  Respublikasi  adliya  organlari  tomonidan  ijtimoiy-siyosiy 
hayotni,  davlat  tuzilishini,  shu  jumladan  sud-huquq  sohasini  erkinlashtirish, 
insonning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishni  ta'minlashga  yo`naltirilgan 
O`zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
farmonlari  va  Hukumatining  qarorlari  ijrosini  ta'minlash  bo`yicha  aniq  maqsadga 
yo`naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.  


Tadbirkorlar  va  xususiy  mulk  egalarining  qonuniy  manfaatlarini  himoya 
qilishning  samarali  mexanizmlari  yaratildi,  xo`jalik  yurituvchi  subyektlarning 
shartnomaviy-huquqiy  ishlari  takomillashtirilmoqda,  huquqni  qo`llash  amaliyotini 
doimiy  tahlil  qilish  va  uning  monitoringi  hamda  amaldagi  qonunchilikni 
takomillashtirish bo`yicha asoslangan takliflar berish tizimi ishlab chiqildi va amalga 
oshirilmoqda. 
Shu  bilan  birga,  mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy,  sud-huquq 
sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  adliya  organlarining  faoliyatini  yanada 
takomillashtirishni 
taqozo 
etmoqda. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining  2003  yil  27  avgustda  qabul  qilingan  “O`zbekiston  Respublikasi 
Adliya  vazirligi  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to`g`risida”gi 
qarori
196
da  qonunchilik  ijodkorligi  va  huquqni  qo`llash  amaliyoti  sohasida  yagona 
davlat  siyosati  amalga  oshirilishini  ta'minlash  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vazirligining  asosiy  va  eng  muhim  vazifasi  bo`lishi  lozimligi  alohida  ta'kidlanib, 
vazirlikning  eng  muhim  vazifalari  va  faoliyati  yo`nalishlari  etib  quyidagilar 
belgilandi: 

  qonunchilik 
ijodkorligi 
faoliyati 
va 
huquqni 
qo`llash 
amaliyotini 
takomillashtirishning  ustuvor  yo`nalishlarini  ishlab  chiqish,  ular  amalga 
oshirilishini ta'minlash; 

  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  mustahkamlangan  insonning  huquq  va 
erkinliklarini  himoya  qilishni  ta'minlash,  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  har 
tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash; 

  jamiyatda  huquqiy  ong,  huquqiy  madaniyatni  oshirishga  va  qonuniylikni 
mustahkamlashga  yo`naltirilgan  huquqiy  targ`ibot  bo`yicha  davlat  organlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish; 

  sudlarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatidan ta'minlash bo`yicha ishlarning 
samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta'minlash, sud hujjatlari 
va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini ta'minlashning samarali mexanizmini 
yaratish; 

  notariat,  advokatura,  FHDYO  organlari  hamda  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarga 
huquqiy  xizmat  ko`rsatuvchi  boshqa  tuzilmalar  faoliyatini  davlat  tomonidan 
tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish; 

  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  huquqiy  ta'minlash  samaradorligini  oshirishga, 
tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, xo`jalik yurituvchi subyektlarni tashkil 
etish  va  ro`yxatga  olish  jarayonini  soddalashtirishga,  shartnomaviy  intizomni 
mustahkamlashga  yo`naltirilgan  kompleks  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirish

  yuridik  shaxslar,  shu  jumladan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarni  ro`yxatdan 
o`tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta'minlash; 

  tegishli  davlat  organlari  bilan  birgalikda  xalqaro-huquqiy  munosabatlar  sohasida 
O`zbekiston  Respublikasi  manfaatlari  samarali  huquqiy  himoya  qilinishini 
ta'minlash; 
                                                 
196
 “O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami”, 2003 y., 15-16-son, 138-modda. 



  zamonaviy  talablar  va  standartlarni  hisobga  olgan  holda  huquqshunos  kadrlarni 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 
Adliya  vazirligi  o`z  maqomiga  ko`ra  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya 
vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  adliya  boshqarmalari,  O`zbekiston 
Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzuridagi Sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini 
moddiy-texnika  jihatidan  va  moliyaviy  ta'minlash  departamenti,  boshqa  adliya 
organlari  va  muassasalari  kiradi.  Adliya  organlari  va  muassasalari  mahalliy  davlat 
hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo`ysunadi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  o`z  faoliyatini  O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonun hujjatlari va O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  27  avgustdagi  qarori  bilan  tasdiqlangan 
«O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to`g`risida»gi Nizom asosida olib boradi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  davlat  boshqaruvi  organi 
hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o`z maqomiga ko`ra O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 
Vazirlik tizimiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  adliya  boshqarmalari,  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 
huzuridagi  Sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini  moddiy-texnika  jihatidan  va 
moliyaviy ta'minlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi. 
Vazirlikka  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  lavozimga 
tayinlanadigan  va  lavozimdan  ozod  qilinadigan  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya 
vaziri  boshchilik  qiladi.  Vazir  o`z  o`rinbosarlariga,  shu  jumladan  bir  nafar  birinchi 
o`rinbosarga ega bo`ladi. 
Vazirlikda  Vazir  (rais),  vazir  o`rinbosarlari  (lavozimi  bo`yicha)  va 
Vazirlikning  boshqa  rahbar  xodimlaridan  iborat  11  kishidan  iborat  hay'at  tashkil 
etiladi.  Hay'atning  shaxsiy  tarkibi  Adliya  vazirining  taqdimnomasiga  ko`ra 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadi.  Vazirlik 
hay'ati  Vazirlik faoliyatining  asosiy  masalalarini ko`rib  chiqadi, Vazirlik tarkibiy  va 
hududiy  bo`linmalari,  o`ziga  qarashli  organlar  va  muassasalar  rahbarlarining 
hisobotlarini  eshitadi,  kadrlarni  tanlash,  joy-joyiga  qo`yish,  o`qitish  va  tarbiyalash, 
ijro  nazorati  masalalarini,  Vazirlikning  muhim  buyruqlari  va  boshqa  hujjatlarining 
loyihalarini,  shuningdek  tekshirish  natijalarini  muhokama  qiladi.  Vazirlikning 
vakolatiga  taalluqli  masalalar  bo`yicha  hay'atning  majlislariga  vazirliklar,  davlat 
qo`mitalari,  idoralar,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar  rahbarlari  taklif  qilinishlari  mumkin.  Hay'atning  qarorlari  Vazirning 
buyruqlari  bilan  hayotga  joriy  etiladi.  Vazir  bilan  hay'at  o`rtasida  kelishmovchilik 
yuzaga  kelgan  taqdirda,  Vazir  o`z  qarorini  amalga  oshiradi.  Vazir  yuzaga  kelgan 
kelishmovchilik to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beradi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish