Erkin Xojiyev


O`zbekiston Respublikasida notariat



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

 
O`zbekiston Respublikasida notariat. O`zbekiston Respublikasida notariatning 
vazifasi  jismoniy  hamda  yuridik  shaxslarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini 
notariuslar  tomonidan  qonunlarda  nazarda  tutilgan  notarial  harakatlarni  amalga 
oshirish  yo`li  bilan  himoya  qilishni  ta'minlashdan  iboratdir.  O`zbekiston 
Respublikasining  1996  yil  26  dekabrda  qabul  qilingan  «Notariat  to`g`risida»gi 
qonuni
197
ga  binoan  O`zbekiston  Respublikasida  notarial  harakatlarni  davlat  notarial 
idorasida  ishlovchi  yoki  xususiy  amaliyot  bilan  shug`ullanuvchi  notariuslar  amalga 
oshiradi.  
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar 
idoralarining reyestrini O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.  
                                                 
197
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №2, 42-m. 


O`zbekiston  Respublikasida  notarius  lavozimiga  oliy  yuridik  ma'lumotga  ega 
bo`lgan,  davlat  notarial  idorasida  yoki  xususiy  amaliyot  bilan  shug`ullanuvchi 
notarius  huzurida  kamida  bir  yillik  muddatli  stajirovkani  o`tab,  malaka  imtihonini 
topshirgan,  notarial  faoliyat  bilan  shug`ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyaga  ega 
bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanadi. 
Notarius  o`z  faoliyatida  mustaqil  bo`lib,  bu  faoliyatni  amalga  oshirishda 
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi. 
Notarius:  
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat 
bilan shug`ullanishga;  
shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati ko`rsatishga haqli emas. 
Davlat  notarial  idoralarida  ishlovchi  notariuslar  quyidagi  notarial  harakatlarni 
amalga oshiradi:  
1) bitimlarni tasdiqlaydi;  
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;  
3)  er-xotinning  umumiy  mol-mulkidagi  ulushga  mulk  huquqi  to`g`risida 
guvohnomalar beradi;  
4)  mol-mulkni  o`zga  shaxsga  o`tkazishni  taqiqlab  qo`yadi  va  taqiqni  bekor 
qiladi;  
5) merosga bo`lgan huquq to`g`risida guvohnoma beradi;  
6) meros mol-mulkning qo`riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko`radi;  
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko`chirmalarning to`g`riligini 
shahodatlaydi;  
8)  hujjatlarning  bir  tildan  boshqa  tilga  to`g`ri  tarjima  qilinganligini 
shahodatlaydi;  
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;  
10) ko`chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;  
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;  
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;  
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;  
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;  
15)  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  arizalarini  boshqa  jismoniy  va  yuridik 
shaxslarga topshiradi;  
16) pul summalari va qimmatli qog`ozlarni depozitga qabul qilib oladi;  
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;  
18)  pul  to`lash  uchun  cheklarni  taqdim  etadi  va  cheklar  bo`yicha  pul 
to`lanmaganligini tasdiqlaydi;  
19) ijro xatlarini yozadi;  
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;  
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;  
22)  notarial  tasdiqlangan  hujjatlarning  dublikatlarini  hamda  reyestrlardan 
ko`chirmalarni  beradi.  Davlat  notarial  idoralarida  ishlovchi  notariuslar  qonunlarda 
nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.  
Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar mol-mulkni o`zga shaxsga 
o`tkazishni  taqiqlab  qo`yish  va  taqiqni  bekor  qilish,  merosga  bo`lgan  huquq 


to`g`risida  guvohnoma  berish  va  meros  mol-mulkni  qo`riqlash  chora-tadbirlarini 
ko`rishdan  tashqari,  davlat  notarial  idoralari  notariuslari  tomonidan  amalga 
oshiriladigan boshqa barcha notarial harakatlarni bajaradilar. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish