Erkin Xojiyev


O`zbekiston  Respublikasida  yuridik  xizmat



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

O`zbekiston  Respublikasida  yuridik  xizmat.  O`zbekiston  Respublikasida 
yuridik  xizmat  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  2 
martdagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv 
organlari  va  korxonalaridagi  yuridik  xizmat  to`g`risida»gi  Nizom  bilan  tartibga 
solinadi.  Nizomga  ko`ra  oliy  yuridik  ma'lumotga  ega  bo`lgan  shaxs  boshqaruv 


organlarida  va  mulkchilik  shaklidan  qat'i  nazar,  korxonalarda  yuridik  maslahatchi 
bo`lib ishlashi mumkin. 
Vazirlik,  davlat  ko`mitasi,  idora  va  respublikaning  boshqa  boshqaruv  organi 
yuridik  bo`linmasining  boshlig`i  yoki  yuridik  maslahatchisi  lavozimini  egallash 
uchun kamida 5 yillik yuridik maslahatchi ish tajribasiga ega bo`lish zarur. 
Boshqaruv organining yuridik xizmati
1) boshqaruv bo`linmalar bilan birgalikda markaziy apparatda hamda vazirlik, 
idora,  boshqa  boshqaruv  organi  tizimida  qonunchilikning  to`g`ri  qo`llanilishini 
ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; quyi boshqaruv 
organlari  va  korxonalarning  amaldagi  qonunchilikni  buzgan  holda  chiqarilgan 
hujjatlarini bekor qilish uchun chora-tadbirlar ko`radi; 
qonunlarni  ko`llash  tajribasini  va  uning  samaraliligini  o`rganadi  va 
umumlashtiradi,  ularni  mukammallashtirish  yuzasidan  takliflar  tayyorlaydi,  ularni 
vazirlik, idora, boshka boshqaruv organlari rahbariyatiga ko`rib chiqish uchun havola 
etadi; 
2)  rahbarlarga  imzolash  uchun  taqdim  qilinayotgan  buyruklar  va  boshqa 
huquqiy mazmundagi hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi uchun javob 
beradi va ularga viza qo`yadi. 
Idoraviy  normativ  hujjatlarning  amaldagi  qonunlarga  muvofiqligini  yuridik 
xizmat tomonidan oldindan tekshirilmasdan chiqarilishiga yo`l qo`yilmaydi; 
3) vazirlikka, idoraga, boshqa boshqaruv organiga keladigan va ular tomonidan 
chiqariladigan normativ hujjatlarni tartibli hisobga olishni va saqlashni tashkil etadi, 
boshqa  bo`linmalar  bilan  birgalikda  idrraviy  normativ  hujjatlarni  tartibga  solish, 
bunday hujjatlarning to`plamlarini nashr etish ishlarini bajaradi; vazirliklar, idoralar, 
boshqa  boshqaruv  organlarining  amaldagi  normativ  hujjatlariga  o`zgartirishlar 
kiritish  yoki  o`z  kuchini  yo`qotganlarini  bekor  qilish  to`g`risidagi  takliflarni 
tayyorlaydi; 
4) tizimda xo`jalik hisobini mustahkamlash, ijara munosabatlarini va mehnatni 
rag`batlantirishni  tashkil  etishning  boshqa  samarali  shakllarini  joriy  kilish  uchun. 
huquqiy  vositalardan  foydalanishni  yaxshilash,  xo`jalik  shartnomalarining  rolini 
oshirish  va  uning  bajarilishi  uchun  mas'udiyatni  kuchaytirish  yuzasidan  chora-
tadbirlar ko`radi; 
5) o`ziga karashli korxonalar chet-el kompaniyalari va firmalari bilan iqtisodiy 
va ilmiy-texnik aloqalar o`rnatayotganda ularga huquqiy yordam ko`rsatadi; 
6)  mahsulot  sifatini  oshirish,  mehnat  haqidagi  konunga  rioya  etilishini 
ta'minlash,  mehnat  intizomini  mustahkamlash,  moddiy  resurslarni  tejash  va  ulardan 
oqilona  foydalanish,  kamomadlar  ,  o`rirlashlar,  ko`shib  yozishlar  hamda  samarasiz 
xarajatlar  va  nobudgarchiliklarning  oldini  olish,  aybdor  shaxslarni  javobgarlikka 
tortishga  qaratidgan  xuquqiy  tadbirlarni  ishlab  chiqishda  va  amalga  oshirishda 
qatnashadi; 
7) tarmoqdagi da'vo qo`zg`atish ishlarining ahvolini va uning amaliyotini tahlil 
kiladi, xo`jalik sudi tomonidan nizolarni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha korxonalar 
faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko`radi;  


8)  sudda,  xo`jalik  sudida,  boshqa  tashkilotlarda  huquqiy  masalalar 
ko`rilayotganda  belgilangan  tartibda  vazirlikning,  idoraning,  boshqa  boshqaruv 
organining manfaatlarini ifodalaydi; 
9)  vazirlik,  idora  va  boshqa  davlat  boshkdruv  organi  tizimidagi  huquqiy 
ishlarga rahbarlikni amalga oshiradi
o`ziga qarashli korxonalarda bu ishlarning ahvolini tekshirib boradi, bu ishlarni 
takomillashtirish  yuzasidan  takliflarni  ko`rib  chiqish.  uchun  vazirlik,  idora,  boshka 
boshqaruv organining rahbariyatiga, hay'atiga kiritadi
vazirlik,  idora,  boshqa  boshqaruv  organlari  tizimidagi  huquqiy  ishlarning  va 
yuridik xizmatlar  faoliyatining ijobiy  tajribasini o`rganadi  va  umumlashtiradi, uning 
amalda tadbiq etilishiga ko`maklashadi; 
huquqiy  ishlar  va  yuridik  xizmat  faoliyatining  turli  yo`nalishlari  bo`yicha 
tavsiyanomalar va ko`rsatmalar ishlab chiqadi
10)  vazirlik,  idora,  boshqa  boshqaruv  organlari  markaziy  apparati 
xodimlarining  yuridik  umumiy  o`kuvini  tashkil  etishda  va  o`tkazishda  qatnashadi, 
tarmok yuridik xizmatga uni korxonalarda takshil etishda yordam beradi
qonunchilikni tushuntirishga oid ishlarni olib boradi; 
11) zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish asosida qonunchilik bo`yicha 
axborot-ma'lumotnoma ishlarini olib boradi
amaldagi  normativ  hujjatlyrga  kiritilgan  yangi  o`zgartirishlar  haqidagi 
axborotni, Adliya vazirligi ko`rsatmalari va respublika xo`jalik sudlarining tajribasini 
o`ziga  qarashli  korxonalarga  tezkorlik  bilan  yetkazadi;  vazirlik,  idora  rahbariyatiga 
qonunchilik  bo`yicha  ma'lumotnoma  materiallarini  tayyorlaydi,  huquqiy  masalalar 
bo`yicha maslahatlar beradi
12)  vazirlik,  idora,  boshqa  boshqaruv  organi  tizimida  qonun  buzilishlari 
aniqlangan  takdirda  yuridik  xizmat  zarur  choralar  ko`rish,  bunday  kamchiliklarni 
bartaraf  etish hamda  ularning  oldini olish uchun  tegishli  rahbarga  bu  haqda  axborot 
beradi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish