Erkin Xojiyev


§. Moliya va kredit sohasini boshqarish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

8§. Moliya va kredit sohasini boshqarish  
 
O`zbekiston 
Respublikasi 
moliyasi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining  122-moddasiga  binoan  O`zbekiston  Respublikasi  o`z  moliya  va 
pul-kredit tizimiga ega. 
Davlat  organlarining  pul  mablag`ini  yig`ish  va  uni  sarflash  (taqsimlash)ga 
qaratilgan faoliyati davlatning moliyaviy faoliyati bo`lib hisoblanadi.  
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga ko`ra O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va Senati birgalikda boj, valuta va 
kredit  ishlarini  qonun  yo`li  bilan  tartibga  soladi,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  taqdimiga  binoan  O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  budjetini 
qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  ijro  etuvchi  hokimiyat  organi 
sifatida  O`zbekiston  Respublikasida  pul  va  kredit  tizimini  mustahkamlash  chora-
tadbirlarini  amalga  oshirishga  ko`maklashadi,  yagona  narx  siyosati  o`tkazish  chora-
tadbirlarini  ishlab  chiqadi,  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjetini,  shuningdek, 
O`zbekiston 
Respublikasini 
ijtimoiy 
va 
iqtisodiy 
rivojlantirish 
istiqbol 
ko`rsatkichlarini  va  eng  muhim  dasturlarini  ishlab  chiqishni  hamda  ularning  ijrosini 
tashkil etadi. 


O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  respublikaning  markaziy  moliya-
iqtisodiy  organi  sifatida  O`zbekiston  Respublikasining  moliyaviy  narx  siyosatini 
hayotga  tatbiq  etadi  va  uning  butun  hududida  moliya,  narx-navoni  tashkil  etish 
faoliyatiga  umumiy  rahbarlikni  amalga  oshiradi.  Moliya  vazirligi  O`zbekiston 
Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy 
negiz  yaratishni,  respublika  budjetini  ishlab  chiqish  va  ijro  etishni,  uning  daromad 
qismi  barqarorligini  ta'minlashni,  valuta  rejasini  tuzish  va  ijro  etishni,  pul 
resurslaridan  oqilona  va  tejab  sarflashni  ta'minlaydi.  Moliya  vazirligi  respublika 
budjeti  ham  daromadlar,  ham  xarajatlar  bo`yicha  ijro  etilishi  uchun,  moliyaviy 
resurslarni  umumrespublika  ehtiyojlariga  safarbar  etish  ishlarini  tashkil  etish  uchun 
javob beradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  tumanlar  hokimliklari  boshqarmalari  va  bo`limlari, 
davlat sug`urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari 
va  tashkilotlari  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  yagona  tizimini 
tashkil  etadi.  Moliya  vazirligi  o`z  tizimiga  kiruvchi  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlar  faoliyatini  to`g`ridan-to`g`ri  yoki  o`zi  tashkil  etadigan  organlar  orqali 
muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi. 
Moliya  vazirligi  tizimiga  kiruvchi  organlarni  boshqarish  jarayonida  Vazirlik 
O`zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning 
birligini ta'minlaydi. Shu maqsadlarda Moliya vazirligi
O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini 
kelishilgan  yagona  moliyaviy,  soliq,  valuta  va  narx-navo  siyosatini  shakllantirish 
ishlarini  olib  borishga,  oltin  zahirasini  ko`paytirish  yo`li  bilan  O`zbekiston 
Respublikasining  moliyaviy  mustaqilligini  ta'minlashga,  respublika  iqtisodiyotini 
sog`lomlashtirishga,  bozor  munosabatlarini  shakllantirish  sharoitida  narx-navoni 
tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya 
qilishga yo`naltiradi; 
xalq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag` bilan ta'minlaydi, respublika 
mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz 
yaratadi; 
o`z  vakolati  doirasida  respublika  moliya  tizimi  tarkibiga  kiruvchi  organlar 
faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va 
shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish 
ishlarini muvofiqlashtiradi; 
O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  vakolatiga  kiruvchi  masalalar 
bo`yicha  uslubiy  ko`rsatmalar,  yo`riqnomalar,  preyskurantlar  va  boshqa  hujjatlarni 
tasdiqlaydi va chiqaradi
respublika  xalq  xo`jaligini,  O`zbekiston  Respublikasining  chet  eldagi 
diplomatik  va  boshqa  davlat  muassasalarini,  xalqaro  birlashmalar  va  tashkilotlarga 
a'zolik badallari to`lashni valuta bilan ta'minlaydi. 
Moliya  vazirligi  respublikada  moliyaviy  faoliyatning  huquqiy  asoslari 
mustahkamlanishini  ta'minlaydi,  qonun  loyihalari  bo`yicha  moliyaviy  xulosa  beradi 
va  o`z  huquqi  doirasiga  kiruvchi  masalalar  bo`yicha  qonunchilikni  qo`llanish 
amaliyotini  umumlashtiradi,  bu  qonunchilikni  takomillashtirishga  qaratilgan 


takliflarni  ishlab  chiqadi  va  ularni  Vazirlar  Mahkamasiga  kiritadi,  shuningdek,  o`z 
huquq doirasida idoraviy me'yoriy aktlar chiqaradi. 
Moliya  vazirligi  o`z  faoliyati  jarayonida  respublikaning  moliyaviy 
manfaatlariga,  korxonalar,  birlashmalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  fuqarolarning 
huquqlariga  rioya  etilishini,  shuningdek,  Vazirlik  tizimida  qonunchilik  to`g`ri 
qo`llanishini ta'minlaydi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish