Erkin Xojiyev



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

Bojxona ishi - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar 
va  transport  vositalarini  olib  o`tish,  boj  to`lovlarini  undirish,  bojxona 
rasmiylashtiruvi,  bojxona  nazoratini  amalga  oshirish  tartibi  va  shartlaridan  hamda 
bojxona  siyosatini  amalga  oshirishning  boshqa  vositalaridan  iboratdir.  Bojxona  ishi 
O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.     
O`zbekiston  Respublikasining  quruqlikdagi  hududi,  hududiy  va  ichki  suvlari 
hamda  ular  ustidagi  havo  bo`shlig`i  bojxona  hududini  tashkil  etadi.    O`zbekiston 
Respublikasi  hududida  erkin  bojxona  zonalari  va  erkin  omborlar  bo`lishi  mumkin, 
ularning  hududlari,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan 
bo`lsa,  O`zbekiston  Respublikasi  bojxona  hududidan  tashqarida  joylashgan  deb 
qaraladi.    Bojxona  hududi  sarhadlari,  shuningdek  erkin  bojxona  zonalari  va  erkin 
omborlarning  tegralari  -  O`zbekiston  Respublikasining  bojxona  chegarasi 
hisoblanadi 
O`zbekiston  Respublikasining  1997  yil  29  avgustda  qabul  qilingan  “Davlat 
bojxona xizmati to`g`risida”gi qonuni
208
ga binoan  O`zbekiston Respublikasi Davlat 
bojxona  qo`mitasi,  Davlat  bojxona  qo`mitasining  Qoraqalpog`iston  Respublikasi, 
viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona 
postlari - davlat bojxona xizmati organlaridir. Bojxona organlari: 

  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 
qiladi; 
                                                 
207
 O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. Toshkent, Adolat, 1998. 
208
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 230-m. 



  O`zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  manfaatlarini  himoya  qilish  va  o`z 
vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydi; 

  bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 

  bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi

  bojxona to`lovlarini undiradi; 

  bojxona  nazoratidan  o`tkazilishi  kerak  bo`lgan  tovarlar  va  transport  vositalari 
shunday nazoratdan o`tkazilishini ta'minlaydi; 

  bojxona  haqidagi  qonun  hujjatlari  buzilishining,  shu  jumladan  kontrabandaning 
oldini oladi, uni aniqlaydi va chek qo`yadi; 

  tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatga 
doir 
bojxona 
statistikasini 
hamda 
tovar 
nomenklaturasini yuritadi; 

  O`zbekiston  Respublikasi  xalqaro  shartnomalarining  bojxona  ishiga  oid  qismdan 
kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlaydi. 
Davlat  bojxona  xizmati  organlariga  rahbarlikni  O`zbekiston  Respublikasi 
Davlat bojxona qo`mitasi amalga oshiradi.  
Davlat  bojxona  qo`mitasi  bojxona  ishini  tashkil  qilishni  yaxshilash,  yagona 
bojxona  siyosatini  o`tkazish,  respublika  bojxona  organlarining  tezkorligini  hamda 
ular  faoliyatining  samaradorligini  oshirish,  mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligini 
mustahkamlashda  ularning  rolini  kuchaytirish,  shuningdek,  bojxona  ishi  sohasidagi 
xalqaro  hamkorlikni  yanada  kengaytirish  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  "O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo`mitasini  tashkil  qilish 
to`g`risida"gi  1997  yil  8  iyuldagi  Farmoniga  muvofiq  O`zbekiston  Respublikasi 
Davlat  soliq  qo`mitasi  Bosh  bojxona  boshqarmasining  negizida  O`zbekiston 
Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi tashkil qilindi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo`mitasi  faoliyatining  asosiy 
vazifalari va yo`nalishlari:  
1)  respublika bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;  
2)  respublikaning  iqtisodiy  manfaatlarini  himoya  qilish,  belgilangan  vakolatlar 
doirasida  mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligini  ta'minlash,  bojxona  qonunchiligiga 
rioya etilishini nazorat qilib borish; 
3)  bojxona  ishlarini  amalga  oshirish  chogida  fuqarolarning,  shuningdek,  yuridik 
shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;  
4)  O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida bojxona nazoratini ta'minlash, 
shu  chegara  orqali  tovarlar  va  transport  vositalari  o`tishini  tezlashtirishga  imkon 
beradigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish;  
5)  kontrabandaga,  bojxona  qonunchiligini  buzishlarga  qarshi  kurash,  narkotik 
moddalar, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog, valuta boyliklari, milliy 
boylik  hisoblanuvchi  badiiy,  madaniy-tarixiy  va  arxeologik  meros  buyumlari, 
aqliy  mulk  obyektlari  respublikaning  bojxona  chegarasi  orqali  qonunga  xilof 
ravishda olib o`tilishiga chek qo`yish;  
6)  savdo-iqtisodiy  munosabatlarni  tartibga  solishning  bojxona  vositalarini  qo`llash, 
boj haqi, soliqlar hamda boshqa bojxona to`lovlarini undirib olish;  
7)  xorijiy davlatlarning bojxona organlari bilan, bojxona ishi masalalariga mutasaddi 
xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  qilish,  xalqaro  bojxona  va  savdo 


tashkilotlarida ishtirok etish, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining 
bojxona  ishiga  taalluqli  qismidan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  bajarilishini 
ta'minlash;  
8)  tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  oid  bojxona  statistikasi  va  tovar  nomenklaturasini 
yuritish;  
9)  bojxona  ishi  sohasidagi  faoliyat  to`g`risida  axborot  to`plash  hamda  unga  ishlov 
berish  borasidagi  avtomatlashtirilgan  tizimni  ishlab  chiqish  va  joriy  etishdan 
iboratdir. 
Bojxona 
organlari 
o`z 
zimmalariga 
yuklatilgan 
vazifalarni 
davlat 
boshqaruvining  boshqa  organlari  va  davlat  hokimiyati  mahalliy  organlari  bilan 
hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda 
bojxona  haqidagi  qonun  hujjatlarining  buzilishiga  qarshi  kurashda  bojxona 
organlariga ko`maklashishlari  shart.   Bojxona  organlari  o`z  zimmalariga  yuklatilgan 
vazifalarni  bajarish  maqsadida  boshqa  organlar  va  tashkilotlar  bilan  aniqlangan 
huquqbuzarliklar  bo`yicha  mavjud  materiallar  to`g`risidagi  axborotni,  shuningdek 
boshqa  axborotni  qonun  hujjatlarida  va  bitimlarda  belgilangan  tartibda  o`zaro 
almashadilar.  
 Bojxona  organlari  o`z  vakolatlari  doirasida  chiqaradigan  hamma  uchun 
majburiy  tusdagi  normativ  hujjatlar  tegishli  vazirliklar,  idoralar  bilan  kelishilishi  va 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ro`yxatdan  o`tkazilishi  lozim.    Bojxona 
organlari  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  o`z  vakolatlariga  kiradigan  ayrim 
harakatlarning  boshqa  organlar  va  tashkilotlar  tomonidan  bajarilishiga  yo`l 
qo`yadilar.  
 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish