Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


yil Isroil prezidenti lavozimini rad  etadi  1955



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

1952
yil Isroil prezidenti lavozimini rad 
etadi 
1955
yil Prinstonda aorta anevrizmi 
tufayli vafot etadi. 


13 
 
XIX asr oxirida butun dunyo elektrning kuch-qudratiga mahliyo bo„lgan edi. 
Ayni vaqtda olimlar, u bilan bog„liq ravishda ochilgan kashfiyotlarni qanday 
qilib Nyuton fizikasi andozalariga solish ustida bosh qotirib, butun kuch-
g„ayratlarini shu masalaga safarbar etgan edilar. Barchani qiziqtirayotgan 
savolning javobi birinchi bo„lib 16 yoshli o„smir Eynshteynning kallasiga 
keldi: agar yorug„lik nurini quvib yetib olinsa, u qanday ko„rinish oladi?


14 
Oilaviy naqllarga ko„ra, Albert Eynshteynning otasi German Eynshteyn 
bolaligidanoq matematikaga bo„lgan kuchli muhabbati bilan ajralib turgan bo„lib, 
lekin, kambag„allik tufayli oliy ma‟lumotga ega bo„la olmagan ekan. U tijorat bilan 
shug„ullangan bo„lib, deyarli doimo «chamadoni tayyor» holda, ya'ni, istalgan vaqt 
boshqa bir shaharga ko„chib ketib, o„sha yerda yangi tijorat ishlarinii boshlab 
yuborishga shay holda hayot kechirgan. Lekin shunday jo„shqin faoliyat olib 
borishiga qaramasdan, German Eynshteynning buxgalteriya hisobotlari odatda 
salbiy balans bilan yakun olar edi. Buning hayron qolarli joyi yo„q: uning 
shaxsiyatiga xos bo„lgan o„ychanlik, barcha variantlarni sinchiklab tekshirib 
ko„rish, qaror qabul qilishda shoshma-shosharlik qilmaslik, hamda, muomaladagi 
odamlarning halolligiga bo„lgan ishonch kabi xislatlar, o„sha zamon tijorat oqimida 
ishlash uchun yetarli dastmoya sifatida qaralmas edi. German bir mudat Shtutgartda 
shogird sifatida ishlab, keyinroq Ulmga, o„z qarindoshi qo„lidagi matras ishlab 
chiqarish korxonasida ishlay boshladi. Dunay sohilidagi ushbu shvab shahri
o„zining strategik joylashuviga ko„ra, tarixan shakllangan ajoyib tijorat an‟analirga 
ega bo„lgan. Aynan shu shaharda, 1879 yilning 14 martida, German va uning xotini 
Paulinalar oilasida, tong„ich farzand – Albert dunyoga keldi.
Keyingi yil iyun oyida German va akasi Yakob, suv va gaz ta‟minoti bilan 
shug„ullanuvchi kichik bir firma tashkil etish maqsadida Myunxenga yo„l olishadi. 
1885 yilning may oyida Yakob Eynshteyn v K° ning elektrotexnikaga 
ixtisoslashgan zavodi ishga tushadi. Bu kompaniyada German tijorat masalalarini 
yuritgan, Yakob esa, texnik va ishlab chiqarish masalalari bilan shug„ullangan. 
Amakisi va otasining ushbu tijorat ishlari, yosh Albert Eynshteynning hayotiy yo„li 
qanday bo„lishini ko„p jihatdan belgilab bergan edi.


15 
Eynshteynning bolaligi haqida ma‟lumotlar juda oz bo„lib, ular asosan, bo„lajak 
olimning kallasi va uning ichidagi bilimlari markaziy o„rin tutuvchi latifanamo 
hikoyalardan iborat. Bunday latifanamo hikoyalar ichida hammasidan ham o„tib 
tushgani – Priston universitetida anatomiya patalogiyalari masalalari bilan 
shug„ullanuvchi ilmiy xodim bo„lib ishlagan doktor Tomas Xarvining, daho olim 
o„limi sodir bo„lganidan bir necha soat o„tib, shoshilish bilan uning miyasidan 
namuna olishga uringani va uni tadqiq qilishga kirishgani haqidagisidir.
Hammasi, yangi tug„ilgan chaqaloq Albert Eynshteynning kallasini ko„rib 
qo„rqib ketgan onasi Paulina haqidagi gapdan boshlanadi. U bolasini qo„liga olar 
ekan, uning boshi cho„zinchoqroq va yapoloqroq ekanligidan xavotirga tushgani 
hikoya qilinadi. Vrachlar bir necha kun ichida hammasi joyiga tushib ketishini 
aytib, onani tinchlantirishgan ekan (shunday ham bo„lgan) lekin, oila a‟zolari 
chaqaloqning aqliy qobiliyati haqida uzoq vaqtgacha xavotirlanib yurishgan ekan. 
Albert faqat ikki yoshga to„lganidan keyinroq gapira boshlagan va oilasidagilarning 
xavotirini yanada orttirib, eshitgan so„z va iboralarni tox‟tovsiz takrorlaydigan odat 
chiqargan. Uning bu qilig„i uchun enagalaridan bir tomonidan erkalatib «Janob 
Mijg„ov» deb laqab ham berilgan ekan.
Qandaydir besabab asosga ko„ra Eynshteyn maktabda juda yomon o„qigani 
haqida gap-so„zlar yuradi. Bunday gaplar umuman asossiz bo„lib, so„zimizning 
dalili sifatida, uning Fanni ismli xolasining, Paulinaga yozgan xatlaridan biridan 
iqtibos keltirishimiz mumkin: «
Kecha Albertga tabel topshirishdi. U yana sinfda 
eng a‟lochi bo„ldi va unga a‟lo tavsifnoma berishdi
». O„sha vaqtda Albert yetti 
yoshda edi. Uning o„rta ta‟limdagi yutuqlari, ayniqsa, fizika va matematika 
bo„yicha ilg„orligi keyinroq Myunxendagi Luitpold gimnaziyasida o„qigan yillarda 
ham saqlanib, sayqallanib borgan.
Albatta ba‟zi-baz‟ida o„qituvchilari Eynshteynga salbiy tavsiflar ham berib 
turushgan. Lekin bunday tavsifnomalardagi qaydlar hech qachon uning o„qishdagi 
qoloqligi yoki, fanlarni o„zlashtira olmasligi bilan bog„liq bo„lmagan. Balki ular 
doimo mavjud ta‟lim tizimining g„oyaviy muddaolari va yosh Eynshteynning 
shaxsiy qarashlari orasida tafovutlar mavjudligi bilan bog„liq bo„lar edi. Yosh 
Albert Eynshteyn va o„sha zamon nemis hukumati vakillari orasidagi ixtilofli 
munosabatlar – olimning bolaligi va o„smirlik davri ishtirok etgan syujetlarga ega 
latifanamo hikoyalarning ikkinchi asosiy bosh mavzusi hisoblanadi. Agar yosh 
o„quvchi Eynshteynga o„qituvchilari tomonidan berilgan salbiy tavsiflarni yig„ib 
chiqilsa, ular butun bir kitobga jo bo„lar edi. Kunlardan birida g„azablanib ketgan 
o„qituvchilaridan biri, agar mabodo Albert uning darslarida ko„ziga ko„rinmasa, 
o„zini baxtliroq xis qilishini ta‟kidlagan ekan. Albert o„zini oqlamoqchi bo„lib:
«
Men hech narsa qilganim yo„qku!
» - desa, o„qituvchi «
Bu gaping to„g„ri, lekin sen


16 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yuqoridagi 
fotosuratlarda:

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish