Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Albert Eynshteyn
.


18 
Ko„p aytiladigan asossiz gaplardan yana biriga ko„ra, Eynshteyn yoshligida 
matematikani o„zlashtirishga qiynalgan emish. Aslida esa bu fan uning ishqi 
tushgan eng birinchi obyektlardan biri bo„lgan. Eynshteyn tug„ilgan shahar – 
Ulmning shiori «
Ulmenses sunt mathematici
» tarzida yangrashi ham bejiz emas 
(shiorning ma‟nosi lotinchada, «Barcha Ulmliklar – matematiklardir» deganidir). 
Albert Eynshteyn maktab darsliklaridagi har bir mavzuning mohiyatini oldindan 
bilib olishga intilardi va doimo, darslikda bayon qilingan mavzu matnidan 
boshqacha tarzda, ya'ni, o„z talqinicha tushuntirshlar berishga urinar edi. Ushbu 
bolalarcha odat, keyinchalik olim Eynshteynning eng asosiy shaxsiy fazilatlaridan 
biri bo„lib shakllangan xislati – mustaqil fikrlay olish va boshqalar nazdida 
g„ayritabiiy ravishdagi izchillik bilan mantiqiy mulohaza yuritish qobilaytiga 
aylandi. Uning bunday qobilaytlarining sayqallanishida, amakisning ataylab hazil 
sifatida qilgan ayrim ilmoqli gaplari ham katta turtki bo„lganligini olim o„zining 
kech xotiralarida qayd etib o„tgan. Olimning xotirlashicha, amakisi unga murakkab 
masala va misollardan iborat topshiriqlarni berar ekan, yosh jiyanining mazkur 
masalalarni yecha olishiga shubha qilishini ataylabdan ovoz chiqarib aytib, uni 
yanada qattiqroq va mukammalroq ishlarga undagan.
Aka uka Yakob va Germanning birgalikdagi loyihalari, ularning zavodi 
iqtisodiyotini borgan sari boshi berk ko„chaga olib kirib qo„yayotganligiga 
qaramasdan, Yakob o„z jiyaniga doimo juda yaxshi e‟tibor qaratgan va kuchli 
ilhombahsh ta‟sir ko„rsatgan. Yosh Eynshteyn fabrikada ko„rinish berishi bilanoq
uning ixtirochi va o„ta qiziquvchan amakisi, fabrikadagi dastgohlarning har biri 
haqida erinmay hikoya qilib, mashinalarning ishlash tamoyillari haqida so„zlab 
bergan. Albert galvanometrlar va elektrokimyoviy batareykalar bilan o„ynab, 
amakisi bilan ko„p sonli fizik tajribalarni bajarib ko„rish bilan kun o„tkazgan. 
Nazariyotchi fizik Eynshteyn timsoli bizni u haqida beixtiyor o„zga olamdan kelgan 
odam ekanligi haqida o„yashga undaydi. Olimning bolalik yillaridan boshlab eng 
katta qiziqish bilan shug„ullangan mashg„ulotlaridan biri – mashinalar bo„lgan. 
Bolaligidayoq u konstruktor o„yinlarini yig„ishni yaxshi ko„rgan va turli xil 
mexanizmlarning qanday ishlashini tekshirish payida bo„lgan. Yoshi ulg„ayib, katta 
bo„lgach esa u qator ixtirolariga patent olgan va muzlatgich, hamda, elektr 
kuchlanishini o„lchovchi asboblarning yangi modellarini loyihalagan. U texnik 
ijodiyotning boshqa ishqibozlari bilan qizg„in yozishlamalar olib borgan.
Eynshteyn o„zining ikkinchi ma‟naviy ustozi – Maks Telmey bilan 
tanishganida 10 yoshda bo„lgan. Ushbu polyak talabasi, German va Paulina 
Eynshteynlar xonadonida doimiy mehmon bo„lib, besh yil davomida bu xonadonga 
muttasil ravishda kelib turgan va oila a‟zolarining turli xil munozaralarida doimiy 
ishtirokchiga aylangan. Yosh bilan bog„liq katta farqqa qaramay (Maks va 
Albertning orasidagi farq 12 yosh bo„lgan) ular o„zaro mushtarak qiziqishlar tufayli 
mustahkam do„stlashishgan. Telmeyni yosh do„stining chuqur aqliy zakovati doim 


19 
lol qoldirib kelardi va u o„z maslakdoshiga qiziqtirgan savollarga javob topish 
yuzasidan yordamlashni hush ko„rardi. Maks Telmey yosh Eynshteynga, Lyudvig 
Byuxnerning «Kuch va materiya», Aleksandr fon Gumboldtning «Koinot» 
kitoblarini hamda, Aaron Bernshteynning tabiiy fanlar borasidagi ilmiy-ommabop 
mualliflik ishlari to„plamini hadya etadi. O„sha zamonaning boshqa bolalari Jyul 
Vern asarlarini qanday sevib mutolaa qilishgan bo„lsa, Albert Eynshteyn ham 
mazkur kitoblarni shunday katta ishq bilan o„qib chiqqan edi.
Davr ruhiyati shunday bo„lganki, Albert Eynshteyn, zamonaning eng ilg„or 
texnik va texnologik yutuqlari bilan hech bir tog„anoqlarsiz tanishib borishga 
erishgan. Masalan, 1861 yilda Jeyms Klark Maksvell elektromagnit maydon 
tenglamasini keltirib chiqardi. Albert yashagan uydan atiga bir mahalla naridagi 
Yakob Eynshteyn va K° zavodida esa, elektrotexnika zavodi ishchilari elektr 
cho„lg„amlarni yig„ar va zaryadlar, kondensator va qarshiliklarni yasar edilar. 
Xuddiki havoning ozi ham elektrlashayotgandek tuyular edi...
Eynshteynning kompasga qarab hayratlanishi, odamzotning qadim 
zamonlardan buyon elektrostatik hodisalarni kuzatib hayratlangandagi hissiyotlari 
bilan uzuviy qardosh edi. Elektr so„zining o„zi, yunonchadagi «
elektron
», ya'ni, 
«qahrabo» so„zidan kelib chiqqan; «magnetizm» so„zining aniq etimologiyasi esa 
fanga ma‟lum emas. Biroq taxminlarga ko„ra u, Fessaliyaning (Yunonistodagi 
tarixiy viloyat) Magnesiya hududi nomidan kelib chiqqan bo„lishi mumkin. Agar 
sochga qazilma smola bo„lagi bilan ishqalansa, u hurpayib dikkayib qolishi 
hodisasiga odamzot aynan qachon e‟tibor qarata boshlaganligini hozir hech kim 
aniq bilmaydi. Kompasning o„zini xitoyliklar ixtiro qilishgan bo„lib, u eramizdan 
taxminan 200 yilcha muqaddam, Xan sulolasi hukmronligi davrida paydo bo„lgan. 
Biroq, bu fenomening siri faqat XVI asrga kelib ochilgan: kompasning magnit 
strelkasi va Yerning magnit maydoni orasidagi aloqani, birinchi bo„lib, qirolicha 
Yelizaveta I ning saroy shifokori bo„lib xizmat qilgan Uilyam Gilbert tushuntirib 
bergan edi.
Elektromagnetizm hodisalariga bo„lgan qiziqish, ma‟rifat uyg„onish asrida 
sezilarli parvozlarni amalga oshirdi. Lekin faqat XIX asrdagina uning ichki 
qonuniyatlarini ilmiy tahlil qilishga kirishildi. Amalga oshirilgan kashfiyotlar va 
qilingan ixtirolar, sanoatning jadallashishiga sababchi bo„ladi. o„z navbatida esa bu 
jarayon Angliyada patentlash tizimining takomillashuviga va qishloq xo„jaligini 


20 
ratsionallashishiga, hamda, bug„ dvigatelining ixtiro qilinishiga turtki berdi. XX asr 
texnologik inqilobi, o„zining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va tanaychi bo„lgan 
elektr energiyasidan minnatdor bo„lmog„i lozimdir.
Bu boradagi bilimlarning nazariy asoslarini yaratishni farang olimi Sharl 
Ogyusten Kulon (1736-1806) boshlab berdi. U elektrostatik kuch qonuniyatlarini 
ochgan edi: elektr zaryadlari orasidagi tortishish yoki, itarilish kuchlari, ularning 
kattaliklariga to„g„ri proporsional, ular orasidagi masofa kvadratiga esa teskari 
proporsional. Bu ta‟rifdan Nyuton g„oyalarining aloqasini sezmlaslik mumkin 
emas. Agar itarilish kuchi effektini olib tashlab, zaryadlar o„rniga massalarni qo„yib 
qayta o„qisak, amalda Nyutonning butun olam tortishish qonuni kelib chiqadi.
Ba‟zi dengiz jonivorlari (xususan, skatlar) tanasida elektr toki hosil bo„lishi 
jarayonini texnik vositalar yordamida takrorlab ko„rish asnosida, 1800 yilda 
Alessandro Volta kimyoviy batareyani ixtiro qildi. Bu ixtiro tadqiqotchilar uchun 
haqiqiy sovg„a bo„lgan edi. Qo„l ostida doimiy tok manbaiga ega bo„lish orqali, 
turli xil elektr zanjirlarni tuzish yig„ish paydo bo„lib, bu esa, cheksiz imkoniyatlar 
eshigini ochib beruvchi kalit o„laroq qaralishi mumkin. Atiga bitta misol keltiramiz: 
o„sha zamonlarda kimyoviy batareyasiz, elementlarning tarkibiy qismlarga 
parchalab tadqiq qilishning asosiy usullaridan biri – elektrolizning amalda mavjud 
bo„lishi imkonsiz bo„lgan.
Voltaning mazkur ixtirosi tufayli, olimlar nazdida shu choqqacha alohida-
alohida yo„laklardan borgan elektr va magnetizm hodislari orasida sirli aloqa borligi 
bilib olindi. 1820 yilda Hans Xristian Ersted (1777-1851) o„qishga unchalik ham 
ishtiyoq 
ko„rsatmayotgan 
talabalariga, 
o„tkazgichdagi elektr toki unga 
yaqinlashtirilgan kompas strelkasini yo„nalishdan og„ishga majburlayotganini 
namoyish qilib berdi. Ilgari bunday xossaga faqat doimiy magnitlar ega bo„ladi 
xolos deb hisoblanar edi. Erstedning e‟tiborsiz talabalaridan farqli o„laroq, ilm-
fanga ishtiyoqmand ziyolilar orasida ushbu kashfiyot jo„shqin munosabatlarga 
sabab bo„ldi: kishilik jamiyati olamni o„rganishni boshlaganidan buyon ilk bora, 
magnetizmning kuchi bilan, zaryadlangan jismlar, magnitlar va ularning massalari 
o„zaro uyg„inlikka ega ekanligini aniqlangan edi.
Ushbu ilmiy ish natijasi boshqa bir farang olimi Andre Mari Amperning 
(1775-1836) qiziquvchanligini orttirib yubordi. U elektr toklarining o„zi ham, 
magnit tabiatiga ega ekanligi sababidan, o„zaro tortishishi, yoki, itarilishi mumkin 
ekanligini isbotlab berdi. Kulon singari Amper ham, o„z ilmiy natijalarining 
yakuniy xulosalariga kelishda, istalgan laboratoriyda topiladigan vosita – matematik 
tenglamalardan keng foydalangan.


21 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish