Falsafaga kirish


Ekspertiza usulida baholash-



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/260
Sana23.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#845035
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   260
Bog'liq
FALSAFAGA KIRISH MARUZA MATNI wecompress.com - копия

Ekspertiza usulida baholash-
bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan 
va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil 
qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. 
Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo‘lgan eng maqbul 
echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: 
konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir 
to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish 
usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib 
chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, 


267 
muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar 
rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga 
ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning mashhur orakuli ismi 
bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda 
oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan 
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza 
usulida baholashning yana bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud 
bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda.
Kelajak ssenariylari
– bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan 
kelajagi haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga 
solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan 
bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan 
rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun 
voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar 
mavjudligini aniqlaydi.
SHunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va 
tarixiy yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda 
u tavsifiy xususiyat kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng 
qo‘llaniladi. 
SHuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham 
alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay olmaydi. SHu 
sababli amalda odatda murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur 
yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning 
ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish 
natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va 
ularni echishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno 
etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam 
parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif 
qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo 
uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. 
SHu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy-bilishga doir mazmunni ham, 
muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir 
funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. 
Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy 
tipini farqlash mumkin.
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini 
ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, 
kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, 
degan savollarga javob beradi.
Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona 
tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, 
chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab 
amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki 
qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga 


268 
javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar 
xususiyatini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, 
axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.
Analitik prognoz. U kelajakni o‘rganishning turli metodlari va vositalarining 
bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi.
Prognoz-ogohlantirish. Bu prognoz kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning 
masalan, yuz berishi kutilayotgan ekologik halokatlarning oldini olishga majbur 
qilish maqsadida ularning ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish uchun 
ishlab chiqiladi.
SHuni qayd etish lozimki, prognozlarning bu asosiy tiplari o‘rtasidagi farq 
shartlidir; ayni bir konkret ijtimoiy prognozda bir necha turdagi belgilar mavjud 
bo‘lishi mumkin.
SHunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat, 
ehtiyoj, manfaat, muammo, maqsad, vazifa, ideal, norma, kishilar faoliyatining 
tamoyili vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U 
bilishni amaliyot bilan bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani 
kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqeligi bilan uzviy bog‘lovchi funksiyasi 
hisoblanadi. Ilmiy boshqarish, xususan, uning muhim funksiyalaridan biri – 
rejalashtirish prognoz qilishga asoslanadi. Prognoz qilish yuz berishi muqarrar 
bo‘lgan yoki ehtimol tutilgan maqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham, 
nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish