Fan nomi: Elektr ta’minoti tizimini



Download 0,56 Mb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#778606
1   2
Bog'liq
Mavzu №3 35 kv gacha kuchlanishli kabellar montaji

Kabellarni trasheyalarda joylashtirish
Transheyalarni qazish. Mustahkamlash qoplamalari bo‘lmagan bo‘limlarda (asfaltlangan, ko‘prikli va shunga o‘xshashlar), daraxtzorlar ekilmagan va har xil er osti ob’ekt va jihozlar (kabellar, truba o‘tkazgichlar va boshqalar) yuqorida qayd qilingan joylarda buldozerlar va transheya ekskavatorlarini qo‘llab mexanizatsiyalashtirilgan usullar bilan bajariladi.
Avtomobil va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi joylarda ochiq (transheyani qazish) yoki yopiq (gorizontal parmalab teshish) usuli bilan kabellar yotqiziladi. Ob’ektlar tagidan kabellarni o‘tkazishda transheyani ochmasdan gorizontal (teshish) parmalash usulida, zichlab yoki D-4601 rusumli pnevmatik teshgich yordamida olib boriladi.
Transheyani tayyorlash. Kabel transheyaning 700mm chuqurligida qaziladi. Ko‘cha, maydon, shossey va temir yo‘llarni kesib o‘tishda joylashtirish cho‘qurligi 1 m gacha bo‘ladi. Joylashtirish chuqurligini 0,5 m gacha kamaytirish, kabellarni bino ichiga kiritish va yer osti ob’ektlarini kesib o‘tishda, agar kabellar mexanik jarohatlanishdan himoyalangan bo‘lsa (misol, quvurlar ichiga yotqizilgan bo‘lsa). Haydaladigan yerlarda 6-10 kV liniyalar chuqurligi 1m dan kam bo‘lmagan holatda kabellar yotqiziladi va bu holatda liniya usti ekin ekishda foydalanilishi mumkin.
10kV li kabellar uchun transheya kengligi 300mm dan kam bo‘lmasligi kerak; ikkita kabel uchun 400 mm; ikki-uch kabellar uchun 500 mm; uchta- to’rtta kabellar uchun 630 mm; to’rtta-beshta kabellar uchun 800mm. Transheya tagini 10 kV gacha bo‘lgan bitta kabel yotqizilishida yer qazish mexanizmlarida bajarilganida kengligi 150 mm dan kam bo‘lmagan holda bajariladi.
Kabellarni transheya ichida ulanish muftalariga ulash ishlarini bajarish uchun, transheya bu yerlarda 2 m uzunlikda ikki kabel yotqizilayotganida 1,5 m gacha har bir yonida yotgan mufta uchun 350 mm kenglikda bo‘ladi. Muftalarni transheya ichida shaxmat ko‘rinishda joylashtiriladi.
Kabellar transheyada bir gorizontal qatorda joylashtiriladi YOtqizilgan gorizontal yuzada qo’shni kabellar bilan o‘zaro oralig‘i 10 kVgaacha va 20-35 kV kuchlanishli kabellar uchun d ≥100 va d ≥ 250 mm tashkil qiladi
Transheya bo‘lim bo‘rilishlarida, kabellar bukilganida ularning izolyasiyasi jarohatlanmasligi kerak. Kabellarni bukilishi ruhsat etilgan radiuslari,3.1-jadvalda keltirilgan.
Kabellarning eng kam ruhsat etilgan bukilish radiusi 3.1-jadval

Kuch kabellar tavsifi

Tashqi diametriga nisbatan eng kam martali ruhsat etilgan kabel bukilish egri chiziq ichki
radiusi

Kuch kabellar, shimdirilgan qog‘oz izolyasiyali bir tolali qo‘rg‘oshin va alyumin qobiqli zirhlangan va
zirhlanmagan 35 kV gacha

25
Rbur = 25 Dkab

Ko‘p tolali kuch kabellar shimdirilgan qog‘oz izolyasiyali zirhlangan va zirhlanmagan 35 kV gacha
qo‘rg‘oshin qobiqli

15

alyumin qobiqli

25

rezina izolyasiyali, rezinli yoki polivinilxloridli qobiqli 0,66 kV gacha:
Zirhlangan

15


Zirhlanmagan

10

plastmassa izolyasiyali 3 kV gacha, alyumin qobiqli,
zirhlangan va zixirlanmagan

15

plastmassa izolyasiyali 3 kV gacha, plastmassali yoki
po‘lat gorfrirlangan qobiqda yoki zirhlangan

10

Ko‘p tolali kuch kabellari plastmassa izolyasiyali 3
kV gacha, plasmassali qobiqda zirhlanmagan

7,5

o‘zgaruvchan tokda.
Kabel uchlarini trassada davomli yotqizilayotgan kabel uchlarini o‘zaro, jihoz va jihozlarga ulash maqsadida termik kirishishli muftalar yordamida kabel uchlarini ajratib bajariladi. Kabellarning alohida bo‘laklarini bir-biriga ulash, kabellarni ulash muftalari yordamida amalga oshiriladi. So‘ngi muftalar KL boshlanishi va oxirida o‘rnatiladi. 1km ga kabel liniyalari muftalarining soni, kabelning yaratilish uzunligi bilan aniqlanadi.


NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Kuch kabellar navlari

  2. Kuch kabellarni montajga tayyorlash shartlari

  3. Kabellarni er osti transhiyalarda joylashtirish

  4. Kabellarni qanday xolatlarda bloklada joylashtiriladi?

  5. Kabellarni bino ichida va tashqarida joylashtirish



E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish