Faoliyatinining huquqiy tartibga



Download 397,5 Kb.
bet2/9
Sana24.04.2022
Hajmi397,5 Kb.
#578398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 mavzu Qimmatli qogʻozlar bozori va birjalar faoliyatinining huquqiy

Aylanuvchanlik – bu qimmatli qogʻozning bozorda xarid qilinishiga va sotilishiga, shuningdek koʻpchilik hollarda boshqa tovarlar muoma- lasini osonlashtiruvchi mustaqil toʻlov vostasi sifatida qoʻllanilishi;

  • Likvidlik – bu qimmatli qogʻozning uninig egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilish, pul mablagʻlariga aylanish qudratidir.

  • Xatar – qimmatli qogʻozlar operatsiyalari bilan bogʻliq yoʻqotishlar va muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir44.

    Chiqarilish shakliga koʻra qimmatli qogʻozlar blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi emitent qarorida qimmatli qogʻozlarning shakli belgi- lanishi mumkin.
    43 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексига шарҳ. 1-жилд (биринчи қисм) Адлия вазирлиги. – Т.:
    «Vektor-Press», 2010.–(Профессионал (малакали) шарҳлар). 273-бет.
    44 Butikov I.L. Qimmatli qog`ozlar bozori. Darslik – Toshkent. Konsauditinform, 2001.-20-bet
    Emitentlar tomonidan biznes faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirish maqsadida mablagʻ jalb qilish uchun barcha qimmatli qogʻozlar uchun bir xil boʻlgan belgi va rekvizitlarga ega boʻlgan holda chiqariladigan qimmatli qogʻozlar emissiyaviy qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Emmissiyaviy qimmatli qogʻozlar mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladi va muomalada boʻladi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar odatda katta seriyalarda, koʻp miqdorda chiqariladi va har bir seriyada barcha qimmatli qogʻozlar mutlaqo bir xil boʻladi.
    Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar esa yakka tartibda yoki kichik seriyalarda chiqariladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularga zarurat boʻlganda chiqariladi. Odatda bunday turdagi qimmatli qogʻoz- lar yaxshi rentabellikka ega boʻlgani uchun ham portfel investitsiyalar yoʻnaltiriladi. Noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar asosini bitta bitimlar tashkil etadi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish shart emas.
    Rivojlangan qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar- ning oʻndan ziyod turlari mavjud. Mamalakatimiz qonunchiligida esa qimmatli qogʻozlarning obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamgʻarma sertifikatlari, konosament, aksiya, gʻazna majburiyatlari, qimmatli qogʻozlarning hosilalari kabi turlari nazarda tutilgan.
    Quyida qimmatli qogʻozlarning turlari bilan batafsil tanishib chiqamiz:
    Qimmatli qogʻozlarning eng keng tarqalgan turi aksiyalardir. “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra, Aksiya oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksi- yadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiq- lovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir.
    Aksiya (frans. aksion farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divident shaklida olish va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
    Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
    Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
    Oʻz egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar korxona boshqaruvida qatnashish yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqini bermaydi. Ushbu aksiya oʻz egasiga aksiyadorlik jamiyati tugatilgan paytda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqini beradi.
    “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respubli- kasi Qonuniga koʻra, Obligatsiyalar – emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiyma- tini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foizni olishga boʻlgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi; Obligatsiya (lotincha obligatio soʻzidan, majburiyat) – bu uning egasi qarz berganligi (sarmoyadorning emitentga mablagʻlarni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi) haqida guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qogʻozning nominal qiymatini unda koʻrsatilgan muddatda belgilangan (qatʼiy) foiz toʻlangan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir.
    Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar maʼlum muddatga chiqariladi va soʻndirlishi shart. Egarda emitentning faoliyati tugatilsa, obligatsiya- ning egalari qimmatli qogʻozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda anʼanaviy tarzda ustunlikka ega boʻladi45.




    Download 397,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish