Farmatsevtika deontologiyasining tarixiy rivojlanishi. Reja


Bioetikaning yuzaga kelish shart-sharoitlari



Download 140,77 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi140,77 Kb.
#899135
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза матни 2

Bioetikaning yuzaga kelish shart-sharoitlari
Axloq insonning xulq-atvorini va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki mexanizmlardan biridir. Axloq alohida fan – etika o‘rganadigan sohani tashkil etadi. Mazkur fanga buyuk yunon faylasufi Aristotel (Arastu) asos solgan. Odamlar jamoasida ijtimoiy munosabatlar murakkablashib borishi natijasida u yoki bu axloq normalari, qoidalarini insonning kundalik hayotidagi real sohalarga tatbiqan muayyanlashtirish ehtiyoji tug‘ildi. SHu tariqa etika sohasida amaliy tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi, amaliy etikaning turli yo‘nalishlari: siyosiy etika, jurnalist etikasi, biznes etikasi va h.k. shakllandi. Etikaning eski muammolarini yangidan tadqiq qilish, hayot (uning paydo bo‘lishi, uni quvvatlash va uzaytirish) va o‘lim bilan bog‘liq ko‘pgina an’anaviy muammolarni qayta ko‘rishga qattiq ehtiyoj tug‘ildi. Hozirgi zamon amaliy etikasi mana shu masalalar bilan shug‘ullanadi.
Bugungi kunda amaliy etika bemorxona va dorixonalarga, biznes va siyosat sohalariga kirib kelmoqda, tabiatga munosabat, hayvonlarning huquqlarini himoya qilish, ochlikka qarshi kurash muammolari bilan bevosita shug‘ullanmoqda.
Etika aynan amaliy muammolar
sohasida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy sabablari – inson bilimlari texnologik imkoniyatlarining o‘sishida. Amaliy etika, so‘zning keng ma’nosida, etika tushunchalari va nazariyalarini muayyan, murakkab va ko‘pincha juda dramatik vaziyatlarga tatbiq etish demakdir. Unga kazuistika («casus» - tasodif so‘zidan), ya’ni cheksiz tasodiflar yoki pretsedentlarni ko‘rib chiqish deb qarash ham mumkin. Ammo unga yanada kengroq - chuqur falsafiy ma’noga ega bo‘lgan va inson haqida tubdan yangicha tasavvurlarni shakllantiradigan yangi yo‘nalish deb qarash uchun barcha asoslar mavjud. Amaliy etika deganda, tor ma’noda, amaliyot ta’sirida yuzaga kelgan va amaliy etikaning alohida turlari (siyosiy etika, ekoetika, bioetika, jurnalist etikasi va sh.k.) paydo bo‘lishiga olib kelgan hodisa tushuniladi.
Bioetika, klassik tibbiyot etikasidan farq qiluvchi yangi yo‘nalish sifatida, XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi va jadal rivojlana boshladi.
«Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog shifokor, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi. Ikkinchi jahon urushi arafasida u Janubiy Dakota (Brukings sh.) universitetining biologiya fakultetini (bioximiya ixtisosligi bo‘yicha), so‘ng – Viskonsin universiteti (Madison sh.)da magistraturani tamomladi. SHifokorlik ilmiy darajasini olganidan so‘ng Potter Stokgolm bioximiya institutida, prof. X.A. Krebs bilan hamkorlikda Sheffild universitetida, so‘ngra – CHikago universitetida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazdi. 50-yillarda Potter saraton bemorligini davolashda hujayra o‘stirish ingibitorlari va kimyoviy davolash kombinatsiyasining musbat terapevtik samarasini birinchilardan bo‘lib namoyish etdi. Potter bioximiya hamda saraton bemorligini tadqiqqilish sohalarida 350 dan ortiq asarlarning va bioetika sohasida 50 dan ortiq maqola va kitoblarning muallifidir. «Bioetika – kelajakka ko‘prik» kitobini bugunda mumtoz asarlar qatoriga kiritish mumkin. O‘zining mashhur «Bioetika» atamasini Potter aynan shu kitobida birinchi marta qo‘llagan, bioetika haqidagi zamonaviy qarashlarning asoslarini yaratgan, bugungi kunda xalqaro amaliyotda keng quloch yoygan etika bo‘yicha fanlararo qo‘mitalar tashkil etish g‘oyasini muhokama qilgan.
Potterning asosiy g‘oyasi er yuzida hayotni saqlab qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va biologiya fanining sa’yharakatlarini birlashtirishni, (ayniqsa, biotibbiy texnologiyalar sohasidagi) fan-texnika taraqqiyotining uzoq muddatli oqibatlarini e’tiborga olishni nazarda tutadi. Normal va barqaror sivilizatsiyada insonning tur sifatida uzoq muddat yashab qolishi etika normalari tizimini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi. Etika normalarining mazkur tizimini V.R. Potter global bioetika deb nomladi.

Download 140,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish