Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Mavzu savollari   
1.Umumiy davolash bosqichlari 
2.Tanqiya nima, maqsadi    
3.Tanqiya turlari, ko’rsatma va moneliklar 
4.Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysi  lar 


126 
 
5.Parxez nima va uning davolashdagi ahamiyati 
6..Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysilar,ibn Sino bo’yicha nomlanishi 
2.4. §. Ibn Sino dietologiyasi, parhez  taomlar,  ozuqa va davo haqida  
Sharq  tabobati  ta`limotining  asoschilari  bo`lmish  Ar  -  Roziy,  Ibn  Sino,  Ismoil 
Jurjoniy  va  boshqalar  inson  xastaliklarini  sabablarini  quyidagi  uchta  omil  bilan 
bog’liqligini asoslab berdilar. 
1.Tashqi  faktorlar  bo`yicha:  yashash  joyining  jug’rofiy  muhiti,  ya`ni  ayni 
xastalangan  bemorlarning  yashash  joyi  mintaqasi,  iqlimi,  ob  -havosi,  esadigan 
shamol  yo`nalishi,  ichimlik  suvlari  shu    inson  yashayotgan  uyning    qaysi  tomonga 
qarab  qurilgani,  yil  fasllari,  quyoshning    osmon  burchlaridagi  o`rni,    oyning  boshi, 
oxiri, to`lin oylik va hokazolar. 
2.Ichki  faktorlar  bo`yicha  kishining  emosional  holatlari  quvonch,  qo`rquv, 
hayajon, bezovtalanish, g’amginlik, alam, anduh kabilar bilan birga inson tanasidagi 
tabiiy va hayotiy harorat kiradi. 
3.Ovqatlanish yoki alimentar faktorlar. Bu omillarga oziq - ovqat mahsulotlarini 
yetishtirish, ularni saqlash, ovqatlarni pishirish uslublari, ovqatlanish madaniyati va 
odobi,  yilning fasli va inson mizojini hisobga olgan holda ovqatlanish kabilardir. 
Tashqi  ichki  faktorlarning  ovqatlanish  omillarining    inson  organizmiga  mos 
kelmasligi natijasida, shu  inson tanasida u yoki bu ko`rinishdagi xastalikni keltirib 
chiqaradi,  bu  xastalik  inson  organizmida  oddiy  yoki  murakkab,  yoki  bo`lmasa 
moddali va moddasiz mizoj buzilishi ko`rinishida kechadi. 
 
Bizlar  sharqning  hakim  olimlari  ta`limotini  o`rganib  borib,  shu    ta`limotga 
asoslanib  borib,  bemor  xastaliklarini  sababini  o`rganib  tashxislaymiz,  so`ngra  esa 
bemor tanasini yot modda va  xiltlardan tozalaymiz, ya`ni tanqiya qilamiz. 
 So`ngra bemorlarni davolashning uchinchi bosqichi bo`lmish,  bemorga parhez  
taomlarni buyurib, ularni parvarish qilishga kirishamiz. Parhez   degan so`z forscha 
tildan  olingan  bo`lib,  "  o`zini  tiya    bilish"  ma`nosini  anglatadi.  Tibbiyotda  esa 


127 
 
sog’liqqa  ziyon  yetkazadigan  oziq  -  ovqat  mahsulotlari  iste`molidan  tiya  bilishga 
tushuniladi. 
 
Hozirgi  zamon  Pevznyer    dietologiyasida  inson    organizmining  sutkalik 
energetik  talabi    asos  qilib  olingan  bo`lsa,    ibn  Sino  ta`limotida  parhez      taomlar  
quyidagi to`rtta omilga qat`iy rioya qilgan holda buyurilgan: 
1.Bemorning tabiiy mizoji. 
2.Bemorning yashash muhiti 
3.Mizoj buzilishidagi sabab 
4.Bemorga buyuriladigan taomlarning  mizoji. 
Bunda  buyurilgan  taomni  ayni  shu    xastalikka  qay  darajada  ozuqa  va  qay 
darajada davo ekanligi hisobga olinadi. 
Shu joyda sizlarga aniqlik berish uchun iste`mol mahsulotlarini davo va g’izolik 
xususiyati to`g’risida qisqacha so`z yuritishga to`g’ri keladi. Bu ta`limotda iste`mol 
qilingan mahsulotlar xoh u ozuqa bo`lsin,  xoh davo, uchta tarkibiy qismdan iborat: 
1) surat, 2) modda, 3) sifat. 
Surat deganda biz mahsulotni shaklini, siymosini, tuzilishini, rangini, hidini ko`z 
oldimizga keltiramiz. 
Modda  qismi  deganda  uning  tarkibidagi  modda  –  borliq  va  konsistensiyasi 
tushuniladi.  Sifat  yoki  kayfiyat  deganda,    shu  mahsulotni  rangi,  hidi,  ta`mi 
tushuniladi. 
Iste`mol  qilingan  mahsulot  davoli  ozuqa  sifatida    moddadan  iborat  bo`lib,  u 
kayfiyat  va  suratdan  tashkil  topgan.  Modda  va    surat  esa  bu  ikki  javhardir,  ammo 
kayfiyat shu davoli ozuqaning  sifati bo`lib, issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llikni 
namoyon  qiladi.  Ozuqa  tarkibidagi  issiqlik  va  sovuqlik  sifatlari  foila,  ya`ni  ta`sir 
qiluvchanlik  xususiyatiga  ega  bo`lib,  jumladan  issiqlik,  a`zoni  isitadi,  uning 
haroratini  saqlaydi,  xiltlarni  eritadi,  suyultiradi,  oquvchanligini  oshiradi, 
bug’lantiradi. Sovuqlik sifati esa sovitadi, qotiradi, jamlaydi va hokazo. 


128 
 
Ozuqali  davo  tarkibidagi  ho`llik  va  quruqlik    sifatlar  munfoila  xossasiga,  ya`ni 
ta`sirni qabul qilib,  modda va suratni hosil qiladi va kayfiyatni javharidir. 
Bizlar  yuqorida  iste`mol  mahsulotlarini  uch  tarkibiy  qismi  va  ularning 
xususiyatlari to`g’risida so`z yuritdik. Endilikda, Ibn Sino ta`limoti asosida iste`mol 
qilingan  mahsulot  hazmining    to`rt  bosqichida  hosil  bo`ladigan  mahsulotlari 
to`g’risida so`z yuritamiz. 
Bu  ta`limotning  tahlil  qilinishicha,    iste`mol  qilingan  mahsulot  hazmining 
birinchi  bosqichida  ovqat  og’izda  ishlov  beriladi,    ya`ni  chaynaladi  va  so`lak  bilan 
ho`llanib  qizilo’ngach  orqali  oshqozonga    tushadi.  U  yerda  esa  oshqozon  shirasi 
bilan  aralashib  issiq  bo`tqa  -    ximus  hosil  bo`ladi  va  ximus  oshqozondan  o`n  ikki 
barmoqli ichakka o`tish jarayonidan  hazmning ikkinchi bosqichi boshlanadi, bunda 
ximus  moddasi  ingichka  ichakka  ishlov  olgandan  so`ng  ikkiga  ajraladi,  ya`ni  bir 
qismi  ximus  masoriqo  orqali  jigarga  o`tadi,  2  -  qismi  esa  yo`g’on  ichak  orqali 
tashqariga chiqarib tashlanadi. Ximus jigarga o`tishidan hazmning uchinchi bosqichi 
boshlanadi. Bunda ximus jigarda hazm topib, uchga ajraladi ya`ni ximusni surat va  
sifat  qismidan  xiltlar  savdo,  safro,    qon    va  balg’am  hosil  bo`lsa,  uning  surat  va 
modda  qismidan  kaymus  hosil  bo`ladi.  Xiltlar  va  kaymus  tomirlar  orqali  tana 
a`zolariga  tarqaladi,  qoldiq  suv  esa  buyrak  va  siydik  qopi  orqali  siydik  sifatida 
tashqariga chiqarib tashlanadi. 
Tana a`zolarida hazmning to`rtinchi bosqichi kechadi, bunda tomirlardagi  xiltlar 
a`zolarga borib,    u  yerda hozirgi  zamon  meditsina tili bilan  aytganda  muhitni hosil 
qilsa,  kaymus  shu    a`zoning  qurilish  materiali  sifatida  modda  almashinuvi  
jarayonida  qatnashadi,  to`qimalarni  oziqlantiradi.  Ularni  hayotini  tiklaydi  va 
saqlaydi.  Bu    bosqichda  hosil  bo`lgan  oraliq  mahsulot  ter    va  chiqindi  yog’ 
moddalari teri orqali tashqariga chiqadi. 
1.Agar  iste`mol qilingan mahsulot organizmga o`zining moddasi va surati bilan 
ta`sir  etsa,  u  xosiyatli  ozuqa  bo`lib,  organizmning  tabiiy  haroratini  va  quvvatini 


129 
 
saqlaydi  va  rohat  bag’ishlaydi.  Bu  iste`mol  mahsulotlariga  yosh  qo`y  yoki  jo’ja 
go`shti, chala pishirilgan tuxum, asal va hokazolar  misol bo`ladi. 
2.Agar iste`mol mahsulotlari organizmga o`zining surat, modda,  kayfiyat, ya`ni 
har  uchala  tarkibiy  qismi  bilan  ta`sir  qilib,  organizmga  ozuqa  bo`lish  bilan  birga 
ozgina kayfiyat berib uni yaratadi, quvonch va surur bag’ishlaydi bunda behi, olma 
sharbatlari va sharob va maylar misol bo`la oladi. 
3.Ozuqali davoga quyidagilar misol bo`ladi: arpa suvi, uzum, bodring, semiz o`t, 
qovoq,  sholg’om,  sabzi,  lavlagi,  karam,  mosh,  no`xat,  tarvuz  va  boshqalar.    Bu 
mahsulotlarni  istemol  qilganda  bular  organizmda  modda  va  kayfiyat  bilan  ta`sir 
qiladi,  ammo, bunda modda ta`siri kayfiyatga nisbatan ustunligi tufayli, undan biror 
xilt hosil bo`ladi. Bu xilt  tanani biror qismida bo`lib, u ozgina bo`lsada  kayfiyat va 
mizojga  ega bo`ladi, kayfiyat    tananing o`zidagi  mizoj  va kayfiyatidan  ustun  kelib, 
tananing ho’lligiga o`zgarish berib ozuqali davo bo`ladi. 
1.Davoli  ozuqa:  iste`mol  qilingandan  so`ng,  tanaga  kayfiyat  va  modda  orqali 
ta`sir  qiladi,   ammo,  moddaga nisbatan  kayfiyat  ustunlikka  ega  bo`lganligi  sababli, 
tanadagi  ho’llik,    namlik  kabi    suvlik  xususiyatlarini  o`zgartiradi,  shundan  so`ng  
tana  uni  o`ziga  singdirib  oladi,    ammo,  undan  kam  miqdorda  xilt  hosil  bo`ladi.  Bu 
xilt ozuqa va tana javhari bo`lish qobiliyatiga ega bo`lib,  o`z xislatiga yarasha tana 
kayfiyati  ustidan  g’olib    keladi.  Ko`proq  davolik,  kamroq  ozuqalik  xususiyatini 
namoyon etadi. Bularga: gandano (piyoz) kabi mahsulotlar,  na`no, sachratqi bargi, it 
uzum,  sarimsoq,  olu  va  umuman  mevalar,  urug’liklardan:  bodring,  qovun,  tarvuz, 
qovoq va shunga o`xshashlar  misol bo`ladi. 
2.Agar  iste`mol  mahsuloti,    faqat  modda  qismi  bilan  organizmga  ta`sir  qilsa, 
ozuqa bo`ladi. 
3.Agar  iste`mol  mahsuloti  faqat  kayfiyati  bilan  ta`sir  qilsa  bu  mutloq  davo 
bo`ladi. 


130 
 
Ma`lumingiz  bo`lsinkim,  g’izo  va  davolar  qizdirish,  issiqlikni  ajratish,  sovitish, 
quyultirish,  ho`l  narsalarni  yumshatib,  ravon  qilish,  quritish  kabi  umumiy 
xususiyatlarga egadir. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish