G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


  IV BO‘LIM. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
 



IV BO‘LIM. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA 
OILAVIY TARBIYANING AKS ETISHI 
4. 1. Ota-ona va bola o‘rtasidagi samarali muloqotning o‘ziga 
xos jihatlari..........................................................................................67 
4. 2. Ona va bola munosabatlari, oilaviy muloqot......................71
 
4. 3. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari.....................76
 
4. 4. Xalq pedagogikasida oila ma’naviyati...............................81
Xulosa.........................................................................................86 
Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................89 
Ilovalar........................................................................................91



KIRISH 
 
Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun har 
tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon-
e’tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona vataniga fidoiy, barkamol kishilar 
yetkazish uchun ular tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. 
Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi 
boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu 
vazifani amalga oshirishda asosiy ko‘makchi sifatida, xalqimizning 
milliy ma’naviy tarixi, milliy qadriyat, an’ana va urf odatlariga 
tayandik. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, 
ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab 
olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi 
aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, 
sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir
1
.
Mazkur jarayonda har bir ulg‘ayib borayotgan yosh avlod 
ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni tarkib toptirib borishda, 
oila va unda yaratilgan ijobiy muhit muhim o‘rin tutadi. Negaki, 
bolada yuzaga keladigan ijtimoiy xulq-atvor aynan dastlab oilada 
yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Bu xususida fransuz psixologi E. 
Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi 
ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy 
faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni 
taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli 
bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. 
2
Shunday ekan bolaning tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki 
tasavvurlari 
bevosita 
asrlar 
osha 
yashab 
kelayotgan 
xalq 
pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi 
orqali ongiga yetib borishini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan kamol 
topib borayotgan murg‘ak vujudda biz yuqorida sanab o‘tgan xalq 
og‘zaki ijodi yuksak tuyg‘ularni uyg‘otib, hissiy shakllanishida 
muhim o‘rin tutadi.
Xalq og‘zaki ijodida, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 
va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘st-
birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik 
va yomonlikning, yaxshi va yomon so‘zning oqibati, adolat, halollik 
1
M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti Toshkent - 2011 
2
David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages.



va to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat 
va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob, ilm-u hunarni ardoqlash, 
chin insoniy fazilatlar, xislatlar, tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari 
jamlangan. Shuningdek, o‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida 
farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish 
hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirish va kamol toptirish, estetik didini shakllantirish va 
takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-
estetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-
yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish 
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini 
oshirish 
hamda 
targ‘ibot 
qilish 
bo‘yicha 
komissiya 
tuzish 
to‘g‘risida"gi farmoni aholining keng qatlamida kitobga muhabbat 
uyg‘otish va aholi ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda 
kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq 
pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi 
orqali ongiga yetib borishi barchamizga ayon bo‘lgan oddiy 
haqiqatdir. Darhaqiqat, xalqning ko‘p asrlar mobaynida to‘plagan, 
sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir. 
Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko‘rgan, eng ezgu 
tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz 
ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o‘rganish 
hamisha oldinda bo‘lib kelgan.
Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar 
tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk 
kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi 
borligini ko‘ramiz.
Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Quddus 
Muhammadiy kabi atoqli adiblarimiz asarlarida xalq og‘zaki 
ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz. Ular bolaligini 
eslashib bobo - buvilaridan ertak, hikoya va rivoyatlar ichida 
ulg‘ayganliklarini ko‘p bora eslashgan. Yuqorida sanab o‘tilgan 
fikrlardan ko‘rinib turibdiki, xalq pedagogikasi na’munalari o‘sib 
voyaga yetayotgan har bir farzand (bola) hayotida muhim o‘ringa ega.
Bugungi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan, 
axborot oqimi ortib borayotgan ayni bir zamonda farzandlarimizda 



qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini saqlab qolish, bu borada ota-
onaning ya’ni oilaning o‘rni va shu oilada tarbiya topib, ulg‘ayib, 
voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg‘ota bilish 
har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan 
ota-ona ma’naviyati, ota-ona kitobxonligi, oilaviy badiiy muhit 
farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutishi va farzandlar kamolida 
birlamchi axloqiy parvozlar aynan xalq pedagogikasi asosida 
shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor.
Ota-onalarga farzanlarining kitobga mehr qo‘yishida ularga 
bolalikdanoq (ona qornidaligida) ibratli ertaklar, hikoyalar va boshqa 
xalq og‘zaki ijodining ta’sirchan vositalaridan foydalanib borishini 
anglatilsa, 
farzandlarida 
ma’naviy 
sifatlarni 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lar edik. Xalqimiz yaratgan 
ma’vaviyat durdonalarini unutmasdan, bola hayotiy ko‘nikmalarining 
shakllanishida, rivojlanishida o‘z mas’uliyatimizni oshirib borsak, 
ayni bugungi kun farzand tarbiyasiga yetkaza olsak, kelajak 
bunyodkorlarinining parvoziga qanot bo‘lgan bo‘lamiz.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish