G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Abu Rayhon
Beruniyning
tarix, astronomiya, filosofiya, adabiyot, 
tilshunoslik, etnografiya, matematika, geografiya, geodeziya, 
kartografiya, meteorologiya, fizika kimyo, dorishunoslik, tibbiyot, 
tabiatshunoslik sohalariga bag‘ishlangan 150 asari bor. Beruniyning 
asarlarida tabiatga oid juda kо‘p ma’lumotlar kiritilgan. Uning 
asarlarida О‘rta Osiyo, Eron, Hindiston, Afg‘onistanda keng tarqalgan 
qazilma boyliklar, dorivor о‘simliklar, haqida mukummal materiallar 
keltiriladi. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari “Saydana”, 
”Mineralogiya”, ”Hindiston”, ”О‘tmish avlodlardan qolgan 
yodgorliklar”, ”Geodeziya” va ”Ma’sudiy qonuni” kabi asarlarida 
mujassamlashgan. ”О‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarida 
Beruniy Eron shimolida tarqalgan tropik о‘simlik va hayvonot 
dunyosini ta’riflaydi. Shu kitobda muallif yil fasllarining hamda 
о‘simlik va hayvonlarning mavsumiy о‘zgarishlari (fenologiya) 
haqida yozgan. Beruniyning: “Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (“Tabiatda 
dorishunoslik”) asari 1927-yili Turkiyaning Bursa shahridagi 
kutubxonadan topilgan. U О‘rta Osiyo dorishunosligiga bag‘ishlangan 
bо‘lib, 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, 
tarixchi, faylasuf, sayyoh, shoir va boshqa mualliflarni keltiradi. Unda 
12


dorilarni nomlari arab, yunon, suryoniy, hind, fors, xorazmiy, sug‘diy, 
turkiy va boshqa tillarda kelitirilgan. Muallifning fikricha, yer 
yuzining о‘zgarishi о‘simlik va hayvonot dunyosining о‘zgarishiga 
sabab bо‘ladi. “Saydana”da Beruniy 1116 tur dorivor narsalarni 
ta’riflaydi. Shundan 750 turi о‘simliklardan, 101 turi hayvonlardan va 
qolganlari minerallardandir. “Tabiatda dorishunoslik” asarining asosiy 
xususiyatlaridan biri shundaki, unda A.R. Beruniy dorishunoslik о‘zi 
alohida fan bо‘lishi lozimligini ta’kidlab, shu bilan farmakologiya 
fanini asoslaydi.
Boburnoma” О‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, kabi 
mamlakatlar tarixi, sotsial-iqtisodiy ahvoli, tabiati, etnografiyasi, 
geografiyasi, tibbiyoti kabi sohalarni qamrab olgan genial asardir. 
“Boburnoma”ning asosiy xislatlaridan biri shundaki, unda muallif 
yorqin bо‘yoqlar yordamida, sodda til bilan tabiat, geografik 
xususiyatlar, о‘simlik va hayvonot dunyosi, xо‘jalik imkoniyatlari 
yaxlit tasvirlanadi. Bobur keng tarqalgan, hujalik ahamiyatiga va 
davolash xususiyatiga ega bо‘lgan о‘simliklar, о‘sha vaqtlarda 
insoniyatga qiron keltirgan bezgak kassaligi va uning yuzaga kelish 
sabablari haqida ma’lumotlar keltiradi. Muallifning fikricha bezgak 
kasalini yuzaga keltiruvchi vositalar ob-havo, bezgak chivinlarning 
kо‘pligi va ularning keng tarqalganligidadir. Muallif О‘rta Osiyo, 
Afg‘oniston, Hindiston qishloq xо‘jaligi tarixi tо‘g‘risida tо‘laqonli, 
qiziqarli faktik materiallarni izohlaydi. “Boburnoma” о‘z mohiyati 
bilan о‘lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi va madaniyati 
borasidagi beqiyos manbadir. Bobur Hindiston, О‘rta Osiyoda gul, 
manzarali va mevali daraxtlarni kо‘paytirish va о‘stirishga katta 
ahamiyat beradi. U ilgari о‘simlikninng ba’zi navlari о‘smaydigan 
joylarda ularni о‘stirishga harakat qiladi. U, Hindiston va 
Afg‘onistonning boshqa yerlarida о‘smaydigan mevali daraxtlar 
haqida ham ancha ma’lumotlar beradi.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish