G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Sistematika
– (systematikos – tartibga solish) – botanika fanining 
asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, u o‘simliklarni bir-biriga o‘xshashligi, 
farqi, qarindoshligini, kelib chiqishini o‘rganib, ularni guruhlarga 
birlashtirib, klassifikatsiya qiladi. 
Paleobotanika
– (yunon. palaios – qadimgi) qadimiy geologik 
davrlarda yashab va o‘lib, hozirgi kunda toshga aylanib qolgan 
o‘simliklarni tog‘ jinslaridagi izlariga asoslanib o‘rganadi. 
Geobotanika
– (yunon. geo – yer) o‘simliklar jamoalarini tashqi 
muhitga bog‘liq holda tuzilishini, tarkibini rivojlanishini va 
tarqalishini o‘rganadi. 
7


Ekologiya
(yunon. oikos – uy, logos – o‘rganish) fani o‘simliklarni 
tuzilishiga, hayotiy jarayonlariga tashqi muhitning va boshqa 
organizmlarining ta’sirini o‘rganadi. Har qanday organizmlarning 
ma’lum sharoitda yashashi uning uzoq evolyutsion moslashishining 
natijasidir.
Har bir bo‘lim mustaqil fan bo‘lib, ularning o‘ziga xos ilmiy-
tadqiqot uslublari mavjud. Tavsiflash uslubida o‘simlik organlarining 
tashqi va ichki tuzilishini tavsiflab o‘rganadi, bu esa o‘simliklarning 
keyingi holatini o‘rganishga asos bo‘ladi. 
Taqqoslash uslubi turli tizimli guruhlarga mansub o‘simliklarni bir-
birlariga taqqoslab, ularning o‘xshashlik va farqlariga, kelib 
chiqishiga qarab guruhlarga ajratadi, klassifikatsiyasini tuzib chiqadi. 
Tirik o‘simliklarda boradigan hayotiy jarayonlarni o‘rganish uslubi. 
Bu uslub yordamida o‘simliklarning modda almashinishi, nafas olishi, 
o‘sish va rivojlanishi o‘rganiladi. 
O‘simliklarni tashqi muhit bilan aloqasini o‘rganish uslubi. Mazkur 
uslub yordamida o‘simliklarning yer sharida tarqalish qonuniyatlarini; 
o‘simliklar jamoalarini tashqi muhit bilan bog‘langan holda tarkibini 
rivojlanishi va tarqalishini o‘rganadi. 
O‘simliklarning tarixiy taraqqiyotini o‘rganish uslubi. Bu uslub 
yordamida qachondir yashab, toshga aylangan qoldiqlariga qarab 
o‘simliklar dunyosining evolyutsion taraqqiyoti o‘rganiladi. 
O‘simliklarni iqlimlashtirish uslubi. Bu uslub xalq xo‘jaligida va 
tabobatda foydali. O‘simliklarni madaniylashtirish, o‘sib turgan 
joyidan boshqa joyga olib borib ekish, ko‘paytirishdan iborat. 
Mazkur uslublar botanikaning barcha bo‘limlarida keng 
foydalaniladi. Bu uslublar orqali hujayra nazariyasi, ko‘p hujayrali 
organizmlarning vujudga kelishi, organlarning paydo bo‘lishi va 
o‘zaro aloqasi, o‘simliklarning yer sharida tarqalish qonuniyati, 
evolyutsion taraqqiyotini ochib berdi.
Eksperimental uslub orqali o‘simliklarning tabiat bilan aloqasi 
yana-da chuqurroq o‘rganiladi. Botanika fanini o‘rganishdagi barcha 
uslublar eksperimental uslub bilan uzviy bog‘langan.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish