G‘allaorol tuman 2-son kasb-hunar maktabi “tasdiqlayman” ishlab chiqarish bo’yicha direktor o‘rinbosari m. Aripova



Download 7,02 Mb.
bet1/11
Sana23.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#695103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiy ishlanma M.Abduahadov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
G‘ALLAOROL TUMAN 2-SON KASB-HUNAR
MAKTABI

TASDIQLAYMAN”


ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA
DIREKTOR O‘RINBOSARI
____________ M . Aripova
______” ________________ 2022YIL
Avtomobil tuzilishi ularga texnik xizmat korsatish va ta’mirlash”fanidan
USLUBIY ISHLANMA
Bir juftlik dars ishlanmasi G‘allaorol tuman 2-son kasb-hunar maktabida pedagogik kengashining 2022-yildagi yig’ilishida o’quv jarayoniga qo‘llash uchun tavsiya etildi. Uslubiy kengashning “__”________ 2022-yildagi “__” sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma'qullandi
Uslubchi: _______ M.Abdualimova
Kafedra mudiri: _______ D.Muxtorov
O’qituvchi: _______ M.Abduahadov
2022-yil
KIRISH
Avtomobilsozlik - mustaqil davlatimizda paydo bo'lgan eng yosh, navqiron soha. Uni yaratishning tashabbuskori Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdir. Aynan u kishining shaxsan ishtiroklari va doimiy g'amxo'rliklari tufayli avtomobilsozlik sanoati mamlakatimizda misli ko'rilmagan qisqa muddatlarda yaratildi va muvaffaqiyatli rivojlanayapti. Yangi soha O'zbekiston iqtisodini ko'z oldimizda taraqqiy toptirishda qudratli lokomotivga aylandi.
O’zbekistonda xalq xo’jaligini avtomobil transportisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Avtomobil ishlab chiqarish tarmog’ining afzalligi shundan iboratki, u boshqa ko’plab sohalar bilan uzviy bog’langan holda rivojlanadi va mamlakat taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko’rsatadi.
O’zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish maqsadida muxtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida vatanimizda butkul yangi tarmoq-yuksak texnologiyalarga asoslangan istiqbolli avtomobil ishlab chiqarish zavodi barpo etildi. Xalqaro talablarga to’la javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodi tarbiyalandi.
Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga kasb etadigan navbatdagi ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga moyil loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiyalar siyosati olib borishdan iborat [1-3].
Respublikada, birinchi avtomobil zavodini qurish to’g’risidagi masala xal etilishi bilan, avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqila boshlandi. Bu dastur ko’plab butlovchi detallar va qismlarni o’z joyida ishlab chiqarishni ko’zda tutadi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish “Uzavtosanoat” qo`yishdir. Shunday maqsad albatta , ishlab chiqaruvchilar oldida mas’ul aktsiyadorlik kompaniyasi strategik vazifasining bir qismi bo’lib, o’zbek avtomobillarini ommaviy iste'molchiga maksimal tarzda, arzonlashtirishni yo’lga tannarhini arzonlashtirish masalasini ko’ndalang qo’yadi. Mahalliylashtirish korxonalarini tashkil etish va qurish bo’yicha ishlar, birinchi avtomobillarni ishlab chiqarishdan ancha avval boshlangan. “Uzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi amalga oshirayotgan mahalliylashtirish Dasturining birinchi bosqichida katta hajmli yoki ilgaridan chet eldan olib kelish foyda keltirmaydigan, saqlanish muddati juda qisqa bo’lgan mahsulotlarni o’zlashtirishni ko’zda tutadi.
Bugun O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, xorijnikidan aslo qolishmaydigan o‘ta sifatli ehtiyot qismlar va nozik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli yo‘nalishdagi ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bamperlar, pribor panellari, o‘rindiqlar, avtoemallar, germetiklar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, glushitel, trubalar, balkalar, shassi agregatlari, kuzov detallarini ishlab chiqaradigan korxonalar shular jumlasidandir. “GM-Uzbekiston” qo‘shma korxonasining talablariga javob beradigan xususiy ishlab chiqaruvchilar esa turli xil boshqa ehtiyot qismlarni yetkazib bermoqda. Yurtimizda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, ularga xizmat ko‘rsatuvchi keng tarmoqli butun bir infratuzilma yaratildi. Xususan, joylarda ochilgan jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan, ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlangan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatuvchi ko‘plab shoxobchalar ishining yo‘lga qo‘yilgani yurtimizda bu soha jadal taraqqiy etayotganidan dalolatdir.
Endilikda milliy iqtisodiyotimizning turli yo’nalishlarining tarkibiy qismlarni jahon bozori bilan qiyosiy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston milliy iqtisodiyoti - jami sohalar, assotsiatsiyalar, korxonalar, tashkilotlarninig yig’indisi bo’lib, ular iqtisodiy tizimga umumiy qonunlar va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda birlashgan [3].
Avtomobilsozlik sohasida ilg‘or tajribaga ega “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish bilan bir qatorda iste’molchilarning tanlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. “GM-Uzbekiston” YoAJ mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini va umuman yurtimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Albatta, har qanday yirik ishlab chiqarish ko‘plab yordamchi korxonalarni tashkil etishni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, mahalliylashtirish dasturi asosida qisqa davr ichida Asakadagi avtomobil zavodi uchun ko‘plab ehtiyot qismlarni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yakuniy mahsulot tannarxini pasaytirish, valutani tejash, yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini ochish imkonini berdi. «Uzavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi ko’plab korxonalar nafaqat «GM Uzbekistan» YoAJ avtomobillari uchun balki, «SamAvto», «GV MAN Avto Uzbekistan» kabi yirik ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona avtomobillari uchun ham butlovchi qismlarni yetkazib berish jarayoni amalga oshirilmoqda. Bu esa respublikamizda avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha ISO xalqaro standarti talablarini amalda qo’llanilayotganini izohlaydi.
Bundan tashqari ishlab chiqarishning ikkinchi navbatini ishga tushirish bu yerda tayyorlanayotgan mahsulot turi va hajmini ko‘paytirishga yordam beradi.



Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish