Gidrometallurgik usul Kumush ajratib olish Po‘lat ajratib olish



Download 1,36 Mb.
bet4/5
Sana02.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#479611
1   2   3   4   5
Bog'liq
1403770356 46637

Kumush ajratib olish

Oltin singari kumush ham tabiatda sof, ya’ni tug‘ma kumush metall holida uchraydi. Ammo oltindan farqli, kumush kimyoviy birikmalar hosil qilib, minerallar tashkil etadi. U oltingugurt birikmalari tashkil etib sulfidli rudalar tarkibida qatnashadi, yoki mayday – dispers zarralar sifatida tarkib topadi. Kumushning sirti malum darajada kislorodli parda va oksidli parda bilan qoplanadi.


Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud:
1. Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi.
2. Argentit yoki kumush yaltirog‘i – AgS sulfidli rudalarda uchraydi, kupincha tarkibida Su2S bo‘ladi.
3. Getit Ag2Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4. Surma-kumush, margimush-kumush sulfidli minerallari: stefanit 5Ag2SЧSb2S, pirargerit 3Ag2SЧAs2S3, diskrazit As3Sb2 polimetall rudalarda ko‘p tarqalgan.
5. Polibazit 9(Ag,Cu)2Ч(Sb, As)2S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu, Ag)2SЧSb2S3.
6. Argentoyarazit AgFe3(OH)6(SO4)2 – temir tug‘ma (jeleznie shlyapi) toshida bo‘ladi.
Kumush oltin bilan birga gidrometallurgik usulda va faqatgina
affinaj jarayonida bir-biridan ajratib olinadi.
Po‘lat ajratib olish

Po‘latlar ishlab chiqarish usuli bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:


1) ishlatiladigan agregatning turiga qarab:
– konverter (o‘z navbatida kislorodli-konverter);
– bessemer (bessemer konverterida erigan cho‘yanning ortiqcha
uglerodini havo yordamida kuydirib po‘latga aylantirish);
– tomason;
– marten;
– elektropo‘lat;
– elektroshlakni qayta eritish po‘latiga va boshqalarga bo‘linadi.
2) ishlatilish texnologiyasi bo‘yicha:
asosiy va nordon martenli;
– asosli va nordon elektropo‘lat;
– vakuumda sintetik shlaklar ishtirokida inert gazlar bilan puflab

ishlov berilgan va boshqa po‘latlarga bo‘linadi.


3) holati bo‘yicha:
– qattiq holdagi (gubchaga o‘xshash, g‘ovak-g‘ovak temir – bevosita tiklash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar);
– elektrolitik holdagi (tarkibida temir bo‘lgan materiallarini elektroliz qilishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar);
– kukunsimon holdagi (suyuq po‘latni mayda zarralarga aylantirish, changlatish jarayonidan hosil bo‘lgan mahsulotlar),
– xamirsimon holdagi («Aston-Bayers» jarayonidan, pudling,krichli va boshqa jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar),
– suyuq, quyilgan holdagi (konverter, marten va boshqa shunga o‘xshash jarayonlarning mahsulotlari).
O‘zbekistonda po‘lat ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqariladi.
Legirlangan metallarning qirindilari – ikkilamchi po‘lat olish xomashyolaridan biri hisoblanadi. Legirlangan metallarning qirindilari
– legirlangan po‘lat va qotishmalarni olish uchun eng qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Shixta tarkibida legirlangan metallar qirindilarini ishlatish ferro qotishmalar va boshqa legirlangan metallarni iqtisod qilishga olib keladi.
Qirindilar – legirlangan temir-tersak resurslarining 40 foizini tashkil qiladi, hamda ratsional va to‘la foydalanish kerak bo‘lgan juda ko‘p miqdorda legirlaydigan elementlarni o‘zida mujassam qilgan.Legirlangan qirindilar va legirlangan metallarning turli xil chiqindilaridan – legirlangan shixta quymalari (LShQ) tayyorlanadi. Bu legirlangan shixta quymalar elektro po‘lat eritish sexlarida eritiladi. LShQga ishlov berish uskunalariga quyidagilar kiradi: yoyli elektropechlar, kovshlar, turli xil konveyerlar. Pechlar maxsus fundamentlarga o‘rnatiladi. Pechlarda elektrodlar elektromashina regulyatorlari yordamida avtomatik boshqariladi.
Buning uchun usti maxsus moslama bilan ko‘tariladi va yon tomonga olinadi.
Elektropechlardan metall maxsus teshiklardan cho‘michlar (kovsh)ga tarnov (jelob) orqali oqiziladi. Cho‘michlarning sig‘imi unga solinadigan shlakni miqdoriga qarab o‘lchanadi.Eritish uchun mo‘ljallangan qirindilar laboratoriyada kimyoviy tarkibi tekshiriladi. Guruhi va markasi aniqlangandan keyin, elektropechda eritishga jo‘natiladi.Elektropechlarda eritish 4 ta asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1) qirindilarni pechning pastki va yon qismlariga yuklash;
2) qirindilarni eritish va qo‘shimcha yuklash;
3) talab qilingan haroratga etkazish va shlakdagi qisman erigan
legirlangan elementlarni tiklash;
4) metallni chiqarish va quyish

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish