Glossariy-matematika atamalari izohli lug'ati



Download 24,18 Kb.
bet2/10
Sana07.01.2022
Hajmi24,18 Kb.
#328741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Glossariy

Nol / nul – lotincha nullus – «hech narsa» degan ma'noni anglatadi.

1) musbat sonlar bilan manfiy sonlar chegarasidagi son.

Asosiy xossalari:

a) a+0=a;

b) a-0=a;

d) ikki sonning ko‘paytmasi nolga teng bo‘lishi uchun ko‘paytuvchilardan kamida bittasi nolga teng bo‘lishi zarur;

2) o‘nli sanoq sistemasida yozilgan sonning biror xonasida birliklar olinmaganini ko‘rsatuvchi raqam;

3) fizikada biror asbob shkalasining bo‘limlari boshlanadigan nuqta.



Oval – lotincha ovalum – «tuxum». Yassi, qavariq yopiq egri chiziqlar. Masalan, aylana, ellips. Agar oval yetarlicha silliq bo‘lsa, uning egriligi maksimum va minimumga erishadigan kamida 4 uchga ega bo‘ladi (ellipsda to‘rtta). Oval nuqtalari orasidagi masofaning aniq yuqori chegarasi uning diametri, biror yo‘nalishdagi urinmalari orasidagi masofa shu yo‘nalishdagi eni deyiladi. Ba’zan, oval deganda umuman o‘z-o‘zini kesmaydigan yopiq chiziqlar tushuniladi.

Aylana (yunoncha periferia – «periferiya», «aylana») – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar to‘plami. Aylananing uzunligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

C = 2πR. Bu formulada π — o‘zgarmas son (konstanta), R — aylana radiusi. Aylana — tekislikda hamma nuqtalari belgilangan nuqtadan barobar uzoqlikda yotgan yopiq egri chiziq. Belgilangan nuqta aylana markazi, markazdan aylana nuqtasigacha masofa aylana radiusi deyiladi. Markazlari umumiy, radiuslari har xil aylanalar konsentrik aylanalar deb ataladi.

Aylana ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma aylana vatari, markazdan o‘tuvchi vatar aylana diametri deb ataladi.

Uchi aylana markazida, tomonlari radiusdan iborat burchak markaziy deyiladi.

Aylana bo‘laklari aylana yoyi deb ataladi.

Aylana tushunchasi faqat tekislikda emas, ixtiyoriy silliq sirtlar o‘rtasida ham qaralishi, bunda uning shakli murakkab bo‘lishi mumkin.



Oktaedr – yunoncha okto – «sakkiz» va edra – «yoq».

1) matematikada — sakkizta uchburchak bilan chegaralangan jism, sakkizyoqlik.

Oktaedrning 6 ta uchi, 12 ta qirrasi va 8 ta yog‘i bo‘ladi.

Oktaedr yoqlari muntazam uchburchaklardan iborat bo‘lib, har bir uchidan 4 tadan qirra chiqadi. Agar Oktaedr qirrasi a ga teng bo‘lsa, hajmi

V = a³√2/3 formula bilan hisoblanadi; 2) kristallografiyada — elektroliz va kimyoviy reaksiyalar natijasida eritma, gaz va qattiq jismlardan hosil bo‘ladigan kristallar shakllaridan biri (bunda Oktaedrdan tashqari diedr, romboedr, tetraedr va boshqalar) shakllar ham hosil bo‘ladi. Ushbu terminni fanga milloddan avval IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon olimi Teetet tomonidan kiritilgan.


Download 24,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish