Glossariy-matematika atamalari izohli lug'ati


Masala – yunoncha primus – «birinchi». Sonlar bilan bog‘liq masalalar. Terminni yunon olimlari o'ylab topishgan. Hosila



Download 24,18 Kb.
bet6/10
Sana07.01.2022
Hajmi24,18 Kb.
#328741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Glossariy

Masala – yunoncha primus – «birinchi». Sonlar bilan bog‘liq masalalar. Terminni yunon olimlari o'ylab topishgan.

Hosila – fransuzcha derivee. Differensial hisobning asosiy tushunchasi. U funksiya o‘zgarishi tezligini ifodalaydi. Terminni fransuz olimi J.Lagranj 1797 yilda fanga kiritgan.

Proyeksiya – lotincha projectio – «oldinga irg‘itilgan». Biror shaklning tekislik (qog‘oz)ga tushirilgan tasviri.

Proporsiya – lotincha proportio – «munosabat», «nisbat». Qismlarning o‘lchamlarining o‘zaro nisbati, umuman, narsalar o‘rtasidagi miqdoriy munosabat.

Prosent (foiz) – lotincha pro centum – «yuzdan». Sonning yuzdan bir ulushi; % belgi bilan ifodalanadi. Masalan, 8 sonining 5 foizi (%) 0,4 ga teng. Sonning mingdan bir ulushi, ya’ni prosentning o‘ndan bir ulushi promille deb ataladi (%o bilan belgilanadi). Prosent xo‘jalikda moliya va statistik hisoblashlardagi miqdorni baholash va taqqoslash uchun ishlatiladi;

Prosent (foiz) fikri Qadimgi Bobilda yuzaga kelgan.



Postulat – lotincha postulatum – «talab». Biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi bo‘lgan prinsip yoki qoida. Postulat, odatda, biror mulohazaga ko‘ra asoslanadi, ana shu asoslash uning kabul qilinishiga sabab bo‘ladi. Postulat tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi.

Radian – lotincha radius – «nur». Uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyga mos burchak. Bir radian taxminan 57°17’44,8″ga teng . Masalan, 30°, 45°, 60°, 90°, 180° burchaklar mos holda radianga teng . Trigonometriya funksiyalarning argumenti, odatda, radian bilan ifodalanadi. Termin birinchi bor 1873 yilda Angliyadagi nashrlarda chiqqan.

Radikal – lotincha radix – «ildiz», radicalis – «ildizli». Ildiz chiqarish amalining belgisi. Radikal algebraning maxsus bo‘limlarida boshqa ma’noda ham ishlatiladi. Zamonaviy (√) belgisi birinchi bor R.Dekartning 1637 yilda bosmadan chiqqan «Geometriya» kitobida uchraydi. Ushbu belgi ikki qismdan: o‘zgartirilgan r xarfi va chiziqdan iborat. O‘z vaqtida xindular «mula», arablar – «jizr», yevropaliklar – «radiks» deb atashgan.

Radius – lotincha radius – «nur». Aylana (yoki sfera) ning ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi kesma. Radius aylana diametrining yarmiga teng.

Romb – yunoncha rombos – «childirma». Barcha tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchak. Burchaklari to‘g‘ri burchaklardan iborat bo‘lgan romb kvadrat deb ataladi.

Segment – lotincha segmentum – «kesma», «kesaman».

1) tekislikdagi segment — egri chiziq va shu yoy uchlarini tutashtiruvchi vatar bilan chegaralangan tekis shakl;

2) fazoviy segment — fazoviy jismni tekislik bilan kesganda undan ajratib olingan shaklning sirti bilan shu tekislik orasidagi qismi;

3) segment yoki kesma — to‘g‘ri chiziqning A va B nuqtasi orasidagi nuqtalarning A va B nuqtalarini ham o‘z ichiga olgan to‘plami.



Sekans – lotincha secans – «kesuvchi». 1) trigonometriya funksiyalardan biri, sec kabi belgilanadi.

Sekstillion – fransuzcha sextillion. Biror sonning 21 darajasi, masalan 10²¹.



Sektor – lotincha seco – «kesaman». Egri chiziq yoyi va bu yoy uchlarini egri chiziqda yotmagan nuqta (sektor uchi)ga tutashtiruvchi kesmalar bilan chegaralangan yassi shakl.


Download 24,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish