Polinom – yunoncha polis – «ko‘p sonli», «keng» va lotincha nomen – «ism». Ko‘phadning boshqacha nomi.
Prizma – yunoncha prisma – «arralangan», «qirqilgan». Ikki yog‘i (prizmaning asoslari) teng va parallel ko‘pburchak, boshqa yoqlari (prizmaning yoklari) parallelogramm bo‘lgan ko‘pyoqlik.
Parallelogrammlar prizmaning har ikki asosi bilan umumiy tomonlarga ega bo‘lishi kerak. Prizmani yo‘naltiruvchisi ko‘pburchak bo‘lgan silindr deb qarash mumkin. Yon qirralari asosiga perpendikulyar bo‘lgan prizma to‘g‘ri, aks holda og‘ma prizma deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |